19.02.2026 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda o‘qituvchi va ustozlik kasbining maqomi hamda nufuzini yanada oshirish, xususan, oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarning yashash sharoitini yaxshilashda ularga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratish orqali soha vakillarini tizimli qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2026-yildan boshlab kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga (keyingi o‘rinlarda — pedagoglar) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlang‘ich badalining 25 foizini qoplab berish uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalarini ko‘rib chiqish hamda ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya ajratish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali qabul qilinadi hamda ushbu jarayondagi barcha xizmatlar bepul ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdorlaridan kelib chiqib aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) subsidiya olish uchun kelib tushgan arizalar “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali inson omilisiz ko‘rib chiqiladi hamda subsidiyalar ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali avtomatik tarzda to‘lab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan har yili 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi. Bunda ushbu mablag‘lar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilda respublika budjetining aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish xarajatlari doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yildan boshlab respublika budjetining parametrlarida nazarda tutilgan holda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) va kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda tegishli axborot tizimlarini “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimlarini davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “subsidiya.idm.uz” va “subsidyplatform.mf.uz” platformalarida uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya xabarnomalarini berish va subsidiya to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha modulni yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida pedagoglar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-martga qadar mazkur qarorga muvofiq joriy etilayotgan subsidiya ajratish tartibini takomillashtirish, jumladan, ushbu dastur bilan turar joyga ega pedagoglarni ham qamrab olish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.G. Karimova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini Davlat budjetidan qoplab berish uchun kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagog xodimlarni aniqlash mezonlari, ularga subsidiyalarni hisoblash va ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi, ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (pedagog);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich badal uchun subsidiya (keyingi o‘rinlarda — subsidiya) — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan qayta moliyalashtirishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng ko‘p miqdorlari doirasida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha shakllantirilishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badalning 25 foizi miqdorida Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul tashkilotlar — ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ijtimoiy mezonlar asosida baholashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — mazkur Nizom talablariga muvofiq ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma — ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan, berilgan vaqtidan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya ariza beruvchining ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarga hamda markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga bepul aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda YIDXPda ariza beruvchining avtomatik tarzda to‘ldiriladigan ma’lumotlarining to‘g‘riligiga tegishliligi yuzasidan mas’ul davlat organlari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ariza topshirishning bosqichlari to‘liq yakunlangandan so‘ng mas’ul tashkilotlar so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ijtimoiy mezonlar asosida baholash uchun avtomatik tarzda shu kunning o‘zida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot tizimi), dasturiy ta’minot tizimi orqali esa mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi va ikki ish kuni ichida dasturiy ta’minot tizimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza baholash jarayoniga o‘tkazilishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “FHDY ning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ariza beruvchi va er (xotin) o‘rtasida rasmiy nikoh tuzilgani dasturiy ta’minot tizimi tomonidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar tekshiriladi va dasturiy ta’minot tizimiga taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud yoki mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchining pedagogik faoliyat bo‘yicha kamida 15 yil ish stajiga ega yoki ega emasligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — tegishliligi bo‘yicha ariza beruvchining oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagog ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchining kredit tarixi bank ichki talablariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchining arizasi uning YIDXPda qayd etilish ketma-ketligiga muvofiq mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida dasturiy ta’minot tizimi tomonidan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatik ravishda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalarning YIDXPda qayd etilish ketma-ketligida ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyi mavjud bo‘lmagan ariza beruvchi arizasining navbatiga ustuvorlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat xizmatlari markazi, YIDXP va mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi integratsiyalashgan tizim orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholashning adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi bo‘yicha axborot tizimlariga mas’ul bo‘lgan tashkilotning rahbari va xodimlari shaxsan javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan muddatda mas’ul tashkilotlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish holati bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga tizimli ravishda ma’lumot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Baholash natijalarini ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ariza beruvchiga dasturiy ta’minot tizimi tomonidan ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan namunaviy shakllarga muvofiq subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi elektron QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xabarnoma bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPdagi shaxsiy manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan hollarda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchi baholash natijalari bo‘yicha ijtimoiy mezonlarga mos kelgan taqdirda, talabgor sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan talabgorning boshqa istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankidan ipoteka kreditini olish huquqi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgorga ipoteka krediti ajratilishi ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomatik tarzda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar kamida bitta ijtimoiy mezonga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza ko‘rib chiqish jarayoniga o‘tkazilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa uy-joy subsidiya dasturlari doirasida ariza beruvchining va (yoki) uning turmush o‘rtog‘ining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini so‘ndirgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomasi amalda bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun topshirilgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ariza beruvchining kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiq bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) joriy yilda ajratiladigan subsidiya mablag‘lariga mutanosib ravishda subsidiyalar soni tugaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda dasturiy ta’minot tizimi tomonidan barcha arizalarni ko‘rib chiqish avtomatik tarzda to‘xtatiladi va rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ariza beruvchi davlat dasturlari doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan foydalangani aniqlanganda. Bunda qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har yili uy-joy dasturi doirasida oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga ajratilishi nazarda tutilgan subsidiya mablag‘lari miqdoriga mutanosib ravishda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalar taqdim etilgan taqdirda, dasturiy ta’minot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik ravishda to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya mablag‘lariga mutanosib ravishda subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining murojaatiga asosan arizani ko‘rib chiqish davri yakunlanguniga qadar mas’ul tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazasida xatolik tufayli noto‘g‘ri xulosa shakllangan taqdirda, Komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy ta’minot tizim administratori tomonidan ma’lumotlarga tuzatish kiritish uchun bir qadam ortga qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqparvar” komissiyalari yoki sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy ta’minotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish Komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mas’ul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan ma’lumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqparvar” komissiyalari yoki sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalari bekor qilingan taqdirda, Komissiya uch ish kuni ichida fuqaro va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar hamda subsidiya xabarnomasining muddati doirasida tuzilgan birlamchi shartnoma ham inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olinadigan uy-joy uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foiz to‘lovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshib ketmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha bo‘lgan muddatda istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirgani yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli ma’lumotlarini taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida ariza beruvchiga kafolat xatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Talabgor qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatida ko‘rsatilgan muddat doirasida tijorat bankiga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal summasi ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdorlari doirasida ajratiladigan ipoteka krediti miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan uy-joy qiymatining 15 foizi miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich badalning 25 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich badal ushbu bandga muvofiq aniqlanadigan boshlang‘ich badal summasidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi talabgorning o‘z mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM = KS*0,15/0,85*0,25,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM — ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS — ipoteka krediti shartnomasida ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sotib olinadigan kvartira bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kuni ichida ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki bir ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi (keyingi o‘rinlarda — to‘lov platformasi) orqali boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda to‘lov platformasi orqali ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgan buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi bo‘yicha Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimida avtomatik tarzda to‘lov topshiriqnomasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya miqdori to‘g‘ri hisoblanishiga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kuni ichida sotib olinadigan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib berilgan boshlang‘ich badal uchun subsidiya faqat boshlang‘ich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablag‘lari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga o‘tkazib beriladi. Mazkur mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida undan foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Iqtisodiyot va moliya vazirligining to‘lov platformasi orqali fuqarolarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan to‘lab berilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimlariga onlayn tarzda uzatib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga ushbu banklar tomonidan to‘liq miqdorda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish va to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Subsidiya olish uchun tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi,

YIDXP

1. So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qiladi.

2. Arizalarning qayd qilinishi navbatligiga ko‘ra ularni ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot tizimi) yuboradi va tizim orqali mas’ul tashkilotlarga elektron shaklda taqdim etadi.

Shu kunning o‘zida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligining dasturiy ta’minot tizimi

1. Mas’ul tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazasidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida arizani avtomatlashtirilgan tarzda quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

ariza baholash jarayoniga o‘tkazilishidan oldin “FHDY yagona elektron arxivi” ma’lumotlari bazasidan ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rasmiy nikoh tuzilgani;

ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi;

ariza beruvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) orqali ariza beruvchining kredit tarixi bankning ichki qoidalariga muvofiq yoki muvofiq emasligi.

1. 2 ish kuni ichida

2. Baholash natijalari yuzasidan avtomatik tarzda subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan subsidiya xabarnomasini tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

2. 1 ish kuni ichida

4-bosqich

Talabgor

1. O‘zining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, mo‘ljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.

1. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma olingunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida

2. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

2. Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

5-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgorning subsidiya xabarnomasini “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasidan (keyingi o‘rinlarda — to‘lov platformasi) ro‘yxatdan o‘tkazadi.

2. Talabgorning hujjatlarini o‘rganib chiqadi.

3. Ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatini taqdim etadi.

Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda, to‘lov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qiladi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Talabgor

Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini tijorat bankiga taqdim etadi.

Ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatida ko‘rsatilgan muddat doirasida

7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnomani imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

1. 1 ish kuni ichida

2. To‘lov platformasi orqali boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanoma yuboradi.

2. 1 ish kuni ichida

8-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.

5 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

SO‘ROVNOMA

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi ________

Qabul qilgan shaxs _________

1. _____________________

(familiyasi)

______________________

(ismi)

______________________

(otasining ismi)

2. Manzil: ________________

(aholi punkti)

________________

(tuman, shahar)

_________________

(viloyat)

3. Tug‘ilgan sanasi ___ /_____ / ______

4. Jinsi ____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

bo‘ydoq / turmushga chiqmagan _____

uylangan / turmushga chiqqan _____

ajrashgan _____________________

beva __________________________

yolg‘iz ona _____________________

6. Pasport yoki ID-karta bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSHSHIR)*:

_______________________

7. Turmush o‘rtog‘ining pasport bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

______________

(JSHSHIR)

8. Siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

el. pochta _________

uy tel: _________

ish tel: _________

mobil tel: ______

Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti to‘g‘risidagi va boshqa tegishli ma’lumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

____________

__________

____________

_________

imzo

kun

oy

yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratiladigan oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni baholashning ijtimoiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Mas’ul tashkilot

I. Hozirgi turar joy maqomi*

1.

Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

II. Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagog**

2.

Ariza beruvchining pedagogik faoliyat bo‘yicha kamida 15 yil stajga ega ekanligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Ariza beruvchining oliy malaka toifasiga ega pedagog ekanligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

4.

Ariza beruvchining bosh o‘qituvchi lavozimiga ega pedagog ekanligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

III. Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki talablariga muvofiqligi***

5.

Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligi

Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* To‘liq o‘z mulkida ikki va undan ortiq uy-joyga ega bo‘lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalarning YIDXPda qayd etilish ketma-ketligida ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyi mavjud bo‘lmagan ariza beruvchi arizasining navbatiga ustuvorlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ariza beruvchiga II bo‘lim bo‘yicha mezon asosida mas’ul tashkilotlar tomonidan alohida ma’lumot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchining oliy malaka toifasiga ega pedagog ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega pedagog ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu ma’lumotlardan bittasining tasdiqlanishi mazkur ijtimoiy mezonga muvofiq deb hisoblashga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki tartibiga muvofiq bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagog xodimlarga subsidiya ajratish to‘g‘risida

0000000-son

XABARNOMA

Ariza raqami___________

Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil

Amal qilish muddati “___” _________ 20___ yil

Fuqaro _________________________________________________________________________________

(F.I.O)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil “___” _________ dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi sababli talabgor deb topildi.

Pasport (ID-karta) ma’lumotlari:

seriyasi _______ raqami_________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) ________________

Kim tomonidan berilgan ____________________________,

Berilgan sanasi _______________________

Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili _________________________________________________________

Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya miqdori Nizomda belgilangan umumiy tartibga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi.

Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka kreditini ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagog xodimlarga subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida

0000000-son

XABARNOMA

Ariza raqami __________

Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil

Fuqaro __________________________________________________________________________________

(F.I.O)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ___ ___________ ___-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning _________________ sababli rad etishga asosli deb topildi.

(Nizomning qaysi bandiga asosan rad etilishi ko‘rsatilishi kerak)

Pasport (ID-karta) ma’lumotlari:

seriyasi _______ raqami ________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _________________

Kim tomonidan berilgan _________________________________,

Berilgan sanasi _______________________

Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili _________________________________________________________

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR-kod

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 09/26/69/0160-son)