OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN TOVARLARGA NISBATAN QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1124-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 31-yanvardagi 7 va 01-02/8-8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1770, 16.02.2008-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 23-yanvarda 27 va 02/8-2-son qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1124-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 7, 14-son; 2003-y., 4-son) ilovaga* binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
17-son
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi B.R. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
01-02/8-2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 123-modda)