17.02.2026 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq ilmiy tadqiqotlarning sifatini oshirish, ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmonida ilmiy laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganishni tizimlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha xaridlarni mustaqil va markazlashgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, taqdim etish, qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularning hisobini yuritishni Ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari yagona elektron platformasi orqali yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda Ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — maxsus axborot tizimi) ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot tizimini ishlab chiqish va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda xarid qilinadigan laboratoriya asbob-uskunasidan foydalanish bo‘yicha malakali xodimlar bo‘lmaganida yoki xodimlar malakasini oshirish zarurati bo‘lgan taqdirda, ularning ko‘nikmalarini oshirish uchun 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ikki haftagacha bo‘lgan muddatga yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga ilmiy stajirovkaga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 27-sentabrdagi 525-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 65-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) bajariladigan ilmiy-tadqiqot uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilish hamda sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalar bilan jihozlash — tashkilotning ilmiy bo‘linmasiga xarid qilingan asbob-uskunani yetkazish, o‘rnatish, jihozlash va qo‘shimcha jihozlash bilan bog‘liq ta’minot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy dasturlari — davlat buyurtmasi asosida bajariladigan fundamental yoki amaliy tadqiqot loyihalarini o‘z ichiga olgan va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, davlat maqsadli dasturlari hamda hududiy dasturlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik dissertatsiyasi — tegishli ilmiy darajani olish maqsadida tayyorlangan va muayyan ilmiy muammoning yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot — muayyan mavzu bo‘yicha olib borilishi rejalashtirilgan, kutilayotgan natijalar, kalendar — rejasi hamda ijrochilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, tashkilotning Ilmiy kengashi yoki shunga teng vakolatga ega bo‘linmasi bilan kelishilgan tadqiqot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot dasturi — tashkilotning muayyan davr uchun bir mavzu (yo‘nalish)dagi ilmiy-tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan va belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan ta’minlash — bajariladigan ilmiy-tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan jihozlash, sarflov materiallari hamda butlovchi qismlarni xarid qilish va o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot rahbari — belgilangan muddat va ajratilgan moliyalashtirish doirasida ilmiy-tadqiqotning oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ishlariga mas’ul bo‘lgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlashgan davlat xaridi — ilmiy-tadqiqot rahbarining belgilangan tartibda taqdim etadigan arizasiga ko‘ra ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan ta’minlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari va undan yuqori bo‘lgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xaridlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda xarid — ilmiy-tadqiqot rahbarining belgilangan tartibda taqdim etadigan arizasiga ko‘ra ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ilmiy-tadqiqot bajariladigan tashkilot tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha bo‘lgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xaridlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot tizimi — ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, taqdim etish, qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularning hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ilmiy-tadqiqot Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moddiy jihatdan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xaridi ma’qullangan buyurtmalar ro‘yxati Jamg‘arma kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi (davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishi bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilmiy-tadqiqotni moddiy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq xarid (keyingi o‘rinlarda — xarid) ikki xil usulda (markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid) quyidagi ilmiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar (keyingi o‘rinlarda — ilmiy loyiha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlanayotgan ilmiy bo‘linmaning (laboratoriya) yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida muayyan mavzulardagi (keyingi o‘rinlarda — ilmiy mavzu) tadqiqotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki va undan ortiq bo‘lgan doktorantlarning dissertatsiyalari bo‘yicha tadqiqotlar (keyingi o‘rinlarda — dissertatsiya tadqiqoti).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi mas’ullar tomonidan xarid uchun ariza amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy loyihada — loyiha rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy mavzuda — ilmiy bo‘linma rahbari yoki ilmiy-tadqiqot dasturida tegishli ilmiy mavzuga rahbarlik qilishi belgilangan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya tadqiqotida — doktorantlarning ilmiy rahbari yoki o‘zaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan doktorantlar biri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xaridlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish, moliyalashtirish, foydalanish va hisobotini yuritish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xaridlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizada ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza, maxsus axborot tizimida ma’lum bir ilmiy faoliyat yo‘nalishidagi tadqiqotni bajarishga mas’ul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xaridlar bo‘yicha arizalar ilmiy-tadqiqot rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maxsus axborot tizimi orqali yuboriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) shaxsiy kabinet va davlat xizmatlari markazlari orqali ilmiy-tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ham ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar YIDXP orqali yuborilganda, ariza uning mas’ul tashkilot rahbari bilan kelishilganini tasdiqlovchi hujjat biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. YIDXP orqali ariza yuborilganda, ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunadagi so‘rovnoma elektron ravishda to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazlashgan davlat xaridi uchun arizaga maxsus axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning kollegial organi tomonidan (kollegial organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, tashkilot xodimlarining kengaytirilgan yig‘ilishida) xaridni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 3, 4, 5-ilovalarga muvofiq shakldagi ro‘yxat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xarid bo‘yicha alohida ishlab chiqilgan texnik topshiriq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid bo‘yicha olingan kamida ikkita dastlabki tijorat takliflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tijorat takliflari asosida tuzilgan raqobat varaqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengash bayonnomasi (davlat ilmiy dasturlaridagi ilmiy loyihalar bo‘yicha xaridlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotda xarid uchun mas’ul ishchi guruh tarkibi to‘g‘risida ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik qabul qilingan arizalar bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini, shuningdek, arizaga ilova qilingan hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganini ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ma’qullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ko‘rib chiqish jarayonida ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan arizalar Agentlik tomonidan maxsus axborot tizimi orqali qayta ishlash uchun ilmiy-tadqiqot rahbariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Taqdim etilgan ariza quyidagi hollarda Agentlik tomonidan rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza va unga ilova qilingan hujjatlar to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilmaganda, jumladan, zarur imzo, muhr va shtamplar mavjud bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 12-bandida talab etilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza ushbu Nizomning 21, 25 va 29-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘on yoki soxta hujjatlar taqdim etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Rad etilgan arizadagi kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng ariza belgilangan muddatlarda qayta topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kollegial organning qaroridan ko‘chirma arizani kelishish mobaynida tashkilot rahbari belgilagan xodim tomonidan maxsus axborot tizimiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ilmiy-tadqiqotlarni ekspertizadan o‘tkazgan tegishli Ilmiy kengash arizada ko‘rsatilgan xaridni ko‘rib chiqqan va muhokama qilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rib chiqish va muhokama qilish natijalari Ilmiy kengashning bayonnomasida batafsil ko‘rsatiladi va xarid bo‘yicha qaror belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xarid bo‘yicha texnik topshiriq va dastlabki tijorat takliflari ilmiy-tadqiqot bo‘yicha hujjatlarda nazarda tutilgan asbob-uskunalarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilotdagi xarid bo‘yicha mas’ul ishchi guruh tarkibi xarid qilinadigan asbob-uskunalarni o‘rnatish, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlashga mas’ul mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Davlat ilmiy dasturlaridagi ilmiy loyihalar bo‘yicha xaridlar uchun ariza va hujjatlarni shakllantirishga oid talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ilmiy loyiha uchun xaridlar bo‘yicha ariza ilmiy loyiha boshlangandan so‘ng loyihani bajarish muddatining oxirgi yili uchinchi oyiga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ilmiy loyiha uchun asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bo‘yicha xaridlar umumlashtirilgan holda yoki alohida taqdim etilgan arizalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada ko‘rsatilgan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar xaridi ilmiy loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lishi hamda ilmiy loyihani ekspertizadan o‘tkazgan tegishli Ilmiy-texnik kengashning yig‘ilish bayonnomasida alohida masala sifatida ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa bilan tasdiqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Arizani maxsus axborot tizimiga kiritishda ilmiy loyihaning shifri ko‘rsatiladi va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar arizaga ilova qilinadigan hujjat sifatida biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xarid jarayonlari boshlanmagan arizalar bo‘yicha, zaruratga ko‘ra, Ilmiy-texnik kengashning ijobiy xulosasi asosida ilmiy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi doirasida o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar yuzasidan ariza maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ilmiy-tadqiqot dasturidagi ilmiy mavzu bo‘yicha xarid uchun ariza va hujjatlarni shakllantirishga oid talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ilmiy mavzu bo‘yicha xarid uchun ariza Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlanayotgan ilmiy bo‘linmaning (laboratoriya) yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot dasturi bajarilishining birinchi yarim yili yakuniga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza ilmiy mavzuga rahbarlik qiluvchi shaxs tomonidan maxsus axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Arizada ko‘rsatilgan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlar ilmiy-tadqiqot dasturini ishlab chiqishda tegishli ilmiy mavzu bo‘yicha xarid masalasi tashkilot kollegial organining yig‘ilishida alohida masala sifatida ko‘rib chiqilgan bo‘lishi va muhokama natijalari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomada batafsil ko‘rsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Arizani maxsus axborot tizimiga kiritishda ilmiy mavzuga doir ma’lumot ko‘rsatiladi va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar arizaga ilova qilinadigan hujjat sifatida biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xarid jarayonlari boshlanmagan arizalar bo‘yicha, zaruratga ko‘ra, tashkilot kollegial organining ijobiy xulosasi asosida ilmiy mavzuning umumiy moliyalashtirish hajmi doirasida o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar yuzasidan ariza maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Doktorlik dissertatsiyasi tadqiqoti bo‘yicha xarid uchun ariza va hujjatlarni shakllantirishga oid talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha xarid uchun arizalar bir tashkilotdagi doktorantlar o‘qishga qabul qilingan sanadan boshlab, ikkinchi yilning 30-iyun sanasiga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar doktorantlarning ilmiy rahbari yoki o‘zaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan doktorantlarning biri tomonidan maxsus axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Arizani maxsus axborot tizimiga kiritishda dissertatsiya tadqiqotlariga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi va ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar arizaga ilova qilinadigan hujjat sifatida biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Arizada ikki va undan ortiq dissertatsiya tadqiqotini tayyorlashda bir xil turdagi asbob-uskunalar, sarflov materiali va butlovchi qismlardan foydalanish zarurati asoslantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha xarid masalasi tashkilotning kollegial organining yig‘ilishida alohida masala sifatida ko‘rib chiqiladi va muhokama natijalari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomada batafsil ko‘rsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza kollegial organning xarid bo‘yicha ijobiy qarori bo‘lgan taqdirdagina qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xarid jarayonlari boshlanmagan arizalar bo‘yicha, zaruratga ko‘ra, tashkilot kollegial organi ijobiy xulosasi asosida dissertatsiya tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan xaridning belgilangan umumiy summasi doirasida o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar yuzasidan ariza maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazlashgan davlat xaridini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Jamg‘arma markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi markazlashgan xarid organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarning ro‘yxati davlat xaridlarining maxsus axborot portalida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun Jamg‘arma tomonidan har yili yanvar oyida ilmiy faoliyat yo‘nalishlari uchun zarur asbob-uskunalar, sarflov materiallari va butlovchi qismlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Xarid komissiyasi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Xarid komissiyasi Jamg‘arma ijrochi direktorining buyrug‘i asosida kamida 7 nafar toq sonli a’zolardan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid komissiyasi tarkibiga mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan va vazirliklar, idoralar hamda ilmiy faoliyatni olib boruvchi tashkilotlardan xaridlarning texnik parametrini yuqori darajada biladigan malakali mutaxassislar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Xarid komissiyasi komissiya raisi, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib (ovoz berish huquqiga ega emas) va boshqa a’zolardan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, Xarid komissiyasi ishiga qo‘shimcha (shu jumladan, xorijiy) mutaxassislar ekspert sifatida (ovoz berish huquqisiz) jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xarid komissiyasining ish faoliyatini mas’ul kotib tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xarid komissiyasi a’zolari xolis bo‘lishi va xarid qilish tartib-taomili g‘olibini tanlashdan shaxsan manfaatdor bo‘lmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xarid komissiyasining yig‘ilishlari komissiya a’zolari ishtirokida yuzma-yuz o‘tkaziladi. Yuzma-yuz yig‘ilishlar, zaruratga ko‘ra, videokonferensiyalar, telekonferensiyalar shaklida ham o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xarid komissiyasining yig‘ilishi uning a’zolaridan uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xarid komissiyasining qarori uning a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Xarid komissiyasiga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Xarid komissiyasi raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid komissiyasi raisi bo‘lmagan vaqtlarda uning vazifalari komissiya raisi o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Xarid komissiyasining kelib tushgan takliflarni baholash bo‘yicha qarorlari davlat xaridlarining maxsus axborot portalida tuziladigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid komissiyasining bayoni mas’ul kotib tomonidan tuziladi va Xarid komissiyasining yig‘ilishida ishtirok etgan barcha a’zolari bilan kelishilgan holda rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga yil yakuni bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli (barcha soliqlar ushlab qolingan holda) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofot puli Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining buyrug‘i asosida beriladi (tayinlanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mas’ul kotib davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Markazlashgan davlat xaridlari eng yaxshi takliflarni tanlash asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda laboratoriya asbob-uskunalari, zarur sarflov materiallari va butlovchi qismlar qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, davlat xaridiga doir texnik topshiriqlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqobatli xarid qilish tartib-taomillariga muvofiq buyurtmalarni yetkazib berish (shu jumladan, zarurat bo‘lganda, buyurtmalarni tashkilotga yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish hamda foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish) uchun elektron shartnomalar tuziladi (xorijiy yetkazib beruvchilar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuziladigan shartnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik — “Buyurtmachi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma — “Markazlashgan xarid organi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi — “Yetkazib beruvchi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot — “Qabul qiluvchi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Jamg‘arma yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tuzilgan shartnomalarga muvofiq milliy va xorijiy valyuta birligida pul o‘tkazish yoki akkreditiv shaklida moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Xarid bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan so‘ng tovar yetkazib berilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (tashkilot va yetkazib beruvchi o‘rtasida imzolangan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, uskunani foydalanishga topshirish dalolatnomasi, foto-lavhalar va boshqalar) qabul qiluvchi tomonidan bir hafta muddatda maxsus axborot tizimiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mustaqil ravishda xaridni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mustaqil ravishda xarid maxsus axborot tizimi orqali yuborilgan arizaga asosan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Mustaqil ravishda xaridni amalga oshirish uchun Jamg‘arma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida tashkilotga alohida budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ariza Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangandan so‘ng Agentlikning ko‘rsatmasiga asosan Jamg‘arma mablag‘lari tashkilotning tegishli budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tashkilotdan xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul etib belgilangan xodim O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari elektron tizimida davlat xaridlari to‘g‘risida e’lonni joylashtiradi va lot raqamini ilmiy-tadqiqot rahbariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ilmiy-tadqiqot rahbari e’lon joylashtirilgandan so‘ng bir hafta muddatda maxsus axborot tizimiga lot raqamini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tashkilot va yetkazib beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzilgandan so‘ng bir hafta muddatda ilmiy-tadqiqot rahbari tomonidan shartnomaning nusxasi maxsus axborot tizimiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mustaqil xarid yakunlari bo‘yicha sarflanmagan (yoki majburiyat bilan ta’minlanmagan, iqtisod qilingan) mablag‘lar shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan so‘ng bir oy muddatda Jamg‘armaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot rahbari sarflanmagan mablag‘larni Jamg‘armaga belgilangan muddatda va to‘liq o‘tkazilishiga javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xarid qilingan buyurtmalardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tashkilot xarid qilingan buyurtmalar yetkazib berilgan kundan boshlab besh yil davomida har yil yakunida buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalarga erishilgani yuzasidan maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga hisobot taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Hisobotda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmaning to‘liq va funksional ishlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmadan bevosita foydalanuvchilar soni, shu jumladan, bevosita 40 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchi yosh olimlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmadan bilvosita foydalanuvchilar soni, shu jumladan, bilvosita 40 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchi yosh olimlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmadan foydalanish ko‘lami (laboratoriya, oliy ta’lim tashkiloti yoki ilmiy tashkilot yoxud respublika miqyosida (tegishli faktlar asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida buyurtma yordamida olingan muhim natijalar va ularning chop etilishi to‘g‘risida ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Xarid komissiyasi tomonidan buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalariga erishilgani yuzasidan xulosasi hisobot kelib tushgan sanadan boshlab bir oy davomida tayyorlanadi va Agentlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga ko‘ra, Xarid komissiyasi xarid qilingan va o‘rnatilgan laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bo‘yicha hisobotni joyiga chiqqan holda o‘rganish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Agentlik tomonidan xulosa kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida buyurtmalardan foydalanish natijalari maqsadga muvofiqligi yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmadan foydalanish natijalari ushbu Nizom talablariga muvofiq emas deb topilganda, buyurtmadan foydalanish natijalariga ko‘ra tashkilotga ogohlantirish beriladi hamda bu haqida uning yuqori turuvchi organiga taqdimnoma kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar keyingi hisobot davriga qadar bartaraf etilmagan taqdirda, uch yil muddatga tashkilotning buyurtmalari qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Tashkilot rahbari buyurtmalardan maqsadli va samarali foydalanish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda ariza beruvchilar qabul qilingan qarorlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Xaridlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish, moliyalashtirish, foydalanish va hisobotini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

(Jamg‘arma)

Markazlashgan xaridlarni amalga oshirish uchun Xarid komissiyasini tashkil etadi.

Har yili yanvar oyida

2-bosqich

Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar

(Tashkilot)

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni maxsus axborot tizimi orqali Innovatsion rivojlanish agentligiga yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Innovatsion rivojlanish agentligi

Qabul qilingan arizalar bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni ko‘rib chiqadi va ma’qullangan arizalarni maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboradi.

10 ish kunida

4-bosqich

Xarid komissiyasi

Buyurtmalar asosida markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshiradi.

Belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Jamg‘arma

Xaridlar yakuni bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq ularni moliyalashtiradi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Tashkilot

Yetkazib berilgan laboratoriya uskunalari haqidagi ma’lumotlarni maxsus axborot tizimiga kiritadi.

Bir hafta muddatda

7-bosqich

Tashkilot

Buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalariga erishilgani yuzasidan Xarid komissiyasiga hisobot taqdim etib boradi.

Besh yil davomida har yil yakunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

I. Davlat ilmiy dasturlaridagi ilmiy loyiha doirasida xaridlar bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

1. Tashkilot nomi

2. Ilmiy loyihaning shifr raqami

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Familiyasi:

5. Ismi:

6. Otasining ismi:

7. Tug‘ilgan yili va sanasi:

8. Lavozimi:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

II. Ilmiy-tadqiqot dasturidagi ilmiy mavzu doirasida xaridlar bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

1. Tashkilot nomi

2. Ilmiy mavzuning shifr raqami

3. Loyiha rahbarining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Familiyasi:

5. Ismi:

6. Otasining ismi:

7. Tug‘ilgan yili va sanasi:

8. Lavozimi:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

III. Doktorlik dissertatsiyasi tadqiqoti doirasida xaridlar bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

1. Tashkilot nomi

2. Doktorantlarning ro‘yxatdagi raqamlari

3. Ilmiy tadqiqot rahbarining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Familiyasi:

5. Ismi:

6. Otasining ismi:

7. Tug‘ilgan yili va sanasi:

8. Lavozimi:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

_____________________________________________________ uchun talab etilayotgan reaktivlar va sarflov materiallari

(Tashkilotning nomi)

RO‘YXATI

T/r

Reaktivlar va sarflov materiallari nomi

Tasnifi

TIF TN kodi

O‘lchov birligi

Soni

Taklif etilayotgan xarid narxi
(xarid qilish valyuta birligida)

Jami talab etiladigan mablag‘
(xarid qilish valyuta birligida)

Ishlatilish maqsadi

Izoh.

1. Buyurtmaning xarid narxini asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinadi.

2. Buyurtmaning TIF TN bo‘yicha uzil-kesil kodlari bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.

Tashkilot rahbari

F.I.O.

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” __________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

___________________________________________ uchun talab etilayotgan butlovchi qismlar

(Tashkilotning nomi)

RO‘YXATI

T/r

Mavjud buyurtma rusumi va ishlab chiqaruvchi nomi

Butlovchi qism nomi

Texnik tasnifi

TIF TN kodi

O‘lchov birligi

Soni

Taklif etilayotgan xarid narxi
(xarid qilish valyuta birligida)

Jami talab etiladigan mablag‘
(xarid qilish valyuta birligida)

Ishlatilish maqsadi

Izoh.

1. Buyurtmaning xarid narxini asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinadi.

2. Buyurtmaning TIF TN bo‘yicha uzil-kesil kodlari bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.

Tashkilot rahbari

F.I.O.

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” __________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

____________________________________________________________ ga xarid qilinishi nazarda tutilgan buyurtmalar

(Tashkilotning nomi)

RO‘YXATI

T/r

Yangi yoki mavjud laboratoriyaning nomi

Buyurtma nomi

Buyurtma TIF TN kodi

O‘lchov birligi

Soni

Taklif etilayotgan xarid narxi
(xarid qilish valyuta birligida)

Jami talab etiladigan mablag‘
(xarid qilish valyuta birligida)

Buyurtmaning ilmiy, iqtisodiy samaradorligi va kutilayotgan natijalari

...

Izoh.

1. Yangi yoki mavjud laboratoriyaning nomi, buyurtma nomi, soni, taklif etilayotgan xarid narxi va jami talab etiladigan mablag‘lar ustuni loyihalar portfelidagi boshqa ma’lumot (hujjat)lar bilan bir xilda ifodalanishi hamda mos bo‘lishi shart.

2. Buyurtmaning taklif etilayotgan xarid narxi, jami talab etiladigan mablag‘lar ustuni belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va (yoki) Moliya-iqtisod bo‘limi xodimlari tomonidan raqobat varaqasi tuzilgandan so‘ng to‘ldiriladi.

3. Buyurtmaning TIF TN bo‘yicha uzil-kesil kodlari bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.

Tashkilot rahbari

F.I.O.

Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” __________

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 09/26/65/0151-son)