Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2021 02.08.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1502
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 02.08.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1502
Kuchga kirish sanasi
12.08.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-iyulda 1502-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 1-apreldagi 20-sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 31-martdagi 2021-17-sonli va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 30-martdagi 31-sonli ““Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1502-4, 04.05.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3620-son Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2005-yil 2-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-son

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 2-avgust,

2005-46-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari U. ROZUQULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2005-yil 2-avgustdagi 70, 2005-46, 61-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52 (II)-son) muvofiq yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga (keyingi o‘rinlarda — korxona) yagona soliq to‘lovi to‘lashni kechiktirib berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotoreyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. To‘lovni kechiktirish soliq ta’tillari tarzida beriladi va davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan e’tiboran bir yilgacha bo‘lgan muddatga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini muayyan muddatga ko‘chirishni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan tashkil etilgan korxonalarga belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar kiradi, bundan oldin faoliyat yuritgan yuridik shaxslar bazasida tashkil etilgan korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, boshqa korxonalar huzurida tashkil etilgan korxonalar, ular shu korxonalardan ijaraga olingan uskunalarda ishlayotgan taqdirda mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. To‘lovni kechiktirib berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni olish uchun soliq to‘lovchi yagona soliq to‘lovini to‘lashning birinchi muddati yetib kelishidan kamida 15 kun oldin kechiktirmay yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish huquqini olish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan shaklda ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish huquqini olish to‘g‘risidagi ariza (keyingi o‘rinlarda — ariza) soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi to‘lovni kechiktirish to‘g‘risidagi arizani, ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, so‘ngra to‘lovni kechiktirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror chiqarib, korxonaning berilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining tegishli belgisini qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organining rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza belgilanmagan shaklda taqdim etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan muddatdan kech topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona yagona soliq to‘lovining to‘lovchisi hisoblanmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona soliq to‘lovi to‘lashni kechiktirish boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. To‘lovni kechiktirish korxonaga korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, agar korxona davlat ro‘yxatidan 15 yoki 25-yanvarda o‘tkazilgan bo‘lsa, mazkur korxonaga to‘lovni kechiktirish joriy yilning 1-yanvaridan keyingi yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning xohishiga ko‘ra to‘lovni kechiktirish bir yildan kamroq muddatga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxona arizada ko‘rsatilgan muddat tugashiga qadar to‘lovni kechiktirish keyinchalik qo‘llashdan ixtiyoriy rad etgan taqdirda yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar belgilangan muddatlarda, rad etganlik to‘g‘risidagi ariza berilgan oydan boshlab vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. To‘lovni kechiktirish berilgan davrda korxonaning soliq to‘lash tartibi o‘zgargan vaqtda, korxona to‘lovni kechiktirish huquqidan o‘tgan paytidan boshlab mahrum bo‘ladi va unda qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. To‘lovni kechiktirish yoki kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish berilgan davrda korxona tugatilsa, kechiktirilgan to‘lov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hisob-kitoblarni taqdim etish va kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. To‘lovi kechiktirib berilgan korxona soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan tartibda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda korxona yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining yuqoridagi o‘ng burchagiga “Yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha kechiktirish” belgisini qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar to‘lovni kechiktirib berish muddati chorak yakuniga qadar tugasa, ushbu davrlar uchun yagona soliq to‘lovining summasini aniqlash uchun korxona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining belgilangan shakli bo‘yicha yagona soliq to‘lovi bo‘yicha ma’lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, agar to‘lovni kechiktirib berish muddati 1-iyunda tugasa, korxona soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga aprel va may oylari uchun yagona soliq to‘lovining ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etadi, iyun oyi uchun yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi 25-iyulga qadar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish 12 oy davomida to‘lovni kechiktirib berishning belgilangan muddati tugashidan so‘ng boshlanadigan oyning 1-kunidan boshlab, keyingi yilning o‘sha oyi 1-kunigacha teng ulushlar bilan (to‘lanadigan yagona soliq to‘lovining hisoblab yozilgan yillik summasining kamida o‘n ikkidan bir qismi hisobida) amalga oshiriladi. Bunda kechiktirilgan to‘lovni to‘lash har bir oyning 25-kuniga qadar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirishning ushbu tartibi mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ham qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. To‘lovchining xohishiga qarab qarz summasi muddatidan avval so‘ndirilishi mumkin. Bunda, har oyda kechiktirilgan to‘lovni to‘lash yagona soliq to‘lovi hisoblangan yillik summasining o‘n ikkidan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, shuningdek, kechiktirilgan to‘lov summasi o‘z vaqtida so‘ndirilmaganda korxonaga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Korxonalarning buxgalteriya hisobida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kechiktirilgan to‘lov summalarni aks ettirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korxonaning buxgalteriya hisobida to‘lovni kechiktirish bilan bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debet 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar” scheti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” scheti;

b) hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasini kechiktirilgan to‘lov summasiga ko‘chirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” scheti;

kredit 6240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” scheti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) to‘lovni kechiktirish tugaganidan so‘ng yagona soliq to‘lovining bir qismini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar boshlanganida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debet 6240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” scheti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” scheti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kechiktirilgan yagona soliq to‘lovining bir qismi to‘langanda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” scheti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schet.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Korxona mazkur Nizom talablariga rioya etilishi bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat soliq xizmati organlari kechiktirilgan to‘lov summasini o‘z vaqtida so‘ndirish ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 30-sentabrdagi 82-son, 2010-40-son va 101-son (ro‘yxat raqami 1502-1, 2010-yil 15-noyabr), 2017-yil 4-apreldagi 27-son, 2014-14-son va 61-son (ro‘yxat raqami 1502-2, 2014-yil 14-aprel), 2018-yil 16-martdagi 64, 2018-24, 9-son (ro‘yxat raqami 1502-3, 2018-yil 4-aprel) qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan.