OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDAN MOLIYAVIY HISOBOT, SOLIQLAR, MAJBURIY TOʻLOVLAR VA DAROMADLAR TOʻGʻRISIDAGI DEKLARATSIYALAR BOʻYIChA HISOB-KITOBLAR, YoZMA ARIZALAR VA BILDIRIShNOMALAR QABUL QILIB OLISh HAMDA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 24-noyabrdagi 2020-43-sonli ““Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1500-5, 04.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qaroriga asosan Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomi ilovaga asosan tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 28-sentabrda 824-son bilan roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 10-sentabrda 99-114-son bilan tasdiqlangan “Soliq toʻlovchilarning hisobotlari va balanslarini qabul qilish vaqtinchalik tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi rais B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-iyul,
2005-42-son
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi va “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ–100 sonli qaroriga asosan soliq toʻlovchilar tomonidan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va ajratmalar, daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar (shu jumladan qonunchilikka muvofiq hisob-kitoblarga ilova qilinadigan hujjatlar) hamda soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblash, toʻlashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni (bundan keyin “hisobotlar”) soliq organlariga taqdim etish borasida oʻzaro munosabatlar tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Nizom amaldagi qonunchilikka koʻra soliq toʻlovchi boʻlgan va davlat soliq xizmati organlariga hisobotlar taqdim etishi belgilangan tadbirkorlik subyektlariga va boshqa tashkilotlarga (bundan keyin “soliq toʻlovchi”) tatbiq etiladi.
II. Soliq toʻlovchining hisobot taqdim etish turlari
3. Soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakllari, ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bunda mikrofirma va kichik korxonalar buxgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklni, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shaklni hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma — 2-a-shaklni har hisobot yili boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmasdan davlat soliq xizmati organlariga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Soliqlar, majburiy toʻlovlar va ajratmalar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzish tartibi hamda taqdim qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
5. Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va soliqlarni hisoblab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan majburiy maʼlumotnomalardan tashqari soliq toʻlovchilardan qoʻshimcha ravishda har qanday maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan man etiladi.
6. Hisobotlar soliq toʻlovchilar tomonidan quyidagi tartiblarda taqdim etishlari mumkin:
a) soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan davlat soliq xizmati organiga bevosita tashrifi orqali.
Ushbu tartibda hisobotlar bevosita soliq toʻlovchi tomonidan ikki nusxada tuzilib, belgilangan muddatlarda davlat soliq inspeksiyasining soliq toʻlovchilarning hisobot va balanslarni qabul qiluvchi tegishli boʻlinmaga taqdim etiladi.
Soliq toʻlovchilar tomonidan hisobotlar soliq inspeksiyalardagi alohida maxsus ajratilgan xonalarda (operatsion zallarda) taqdim etiladi.
b) pochta aloqasi orqali.
Ushbu tartibda soliq toʻlovchi tomonidan hisobotlar ikki nusxada tuzilib, bitta konvertga solinadi va oʻzining muhri bilan tamgʻalanadi. Konvertga solingan hisobotlar, soliq toʻlovchilar hisobga qoʻyilgan davlat soliq inspeksiyasiga pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
s) elektron hujjat aylanishi orqali.
Ushbu tartibda hisobotlar soliq toʻlovchi tomonidan elektron shakllarda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda hisobga qoʻyilgan davlat soliq inspeksiyalariga elektron aloqa orqali yuboriladi. Elektron hujjatlarda tayyorlangan hisobotlar bevosita soliq toʻlovchi yoki ularning axborot vositachisi orqali yuborilishi mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan hisobotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hisobotlarning belgilangan shakllari toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak. Soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan quyidagi majburiy rekvizitlariga ega boʻlishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni joʻnatuvchi soliq toʻlovchining nomi;
elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Elektron hujjatlarda taqdim etilayotgan hisobotlardagi maʼlumotlarni himoyasini taʼminlash maqsadida, elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan maʼlumotlarni kriptografiya himoya vositalari qoʻllaniladi.
Elektron shaklda hisobotlarni taqdim etgan soliq toʻlovchilar ushbu hisobotlarni qogʻoz nusxalarda taqdim etish majburiyatiga ega emas.
7. Hisobotlarni taqdim etish tartibi soliq toʻlovchilar tomonidan tanlab olinadi.
Bunda, hisobotlarni tasdiqlangan shakllarda taqdim etilishi taʼminlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Soliq idoralarining hisobotlarni qabul qilish tartibi
8. Soliq toʻlovchilar tomonidan elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilish va ishlov berish uchun hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmada alohida elektron manzilga ega boʻlgan elektron hujjatlarni qabul qilib oluvchi kompyuter oʻrnatiladi. Ushbu kompyuter davlat soliq inspeksiyasining lokal tarmogʻiga ulangan boʻlishi lozim.
9. Pochta aloqasi orqali soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar davlat soliq inspeksiyasining umumiy boʻlimiga kelgach, umumiy boʻlim pochta konvertidagi barcha hujjatlarni yagona raqam va kelib tushish sanasi bilan roʻyxatdan oʻtkazib, bir kun ichida reyestr asosida hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaga taqdim etadi.
10. Soliq toʻlovchilar hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaning masʼul xodimlariga bevosita hisobotlarni topshirganda, hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs soliq toʻlovchining hisobotning ikkinchi nusxasining oʻngdan pastki burchagiga davlat soliq xizmati idorasining roʻyxatga olish shtampini qoʻyadi, kirish raqami va hujjatning kelib tushgan sanasini koʻrsatadi.
11. Davlat soliq inspeksiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaga soliq toʻlovchilarning hisobotlari tushgandan soʻng, ularni olinganligini, ushbu tartibdagi 1-ilovaga muvofiq, soliq toʻlovchilarning hisobotlarini roʻyxatga olish jurnaliga bir kun ichida qayd qiladilar.
Topshiriladigan hisobotlarni qayd qilish jurnali raqamlanishi, tikilgan, Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
12. Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini olish jurnalida hisobotlar soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan sanasi:
elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilganda, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, hisobotlarni joʻnatuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin boʻlmagan joʻnatilish sanasi;
hisobotlarni joʻnatuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin boʻlmagan joʻnatilish sanasi;
pochta aloqasi orqali taqdim etilganda, hisobotlarni yuborilganligi toʻgʻrisida pochta boʻlimining shtampidagi sanasi;
soliq toʻlovchilarning bevosita davlat soliq inspeksiyasiga tashrifi orqali taqdim etilganda, mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs tomonidan hujjatning kelib tushganligi toʻgʻrisida koʻrsatilgan sanasi hisoblanadi.
13. Hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinma xodimlari soliq toʻlovchilardan qabul qilingan hisobotlarda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:
hisobotlar shakllarini toʻliqligini;
hisobotlarda mansabdor shaxslarining imzolarining va muhrning mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron hujjat aylanishi orqali yuborilganda hisobotlardagi mansabdor shaxslarning elektron raqamli imzolarining mavjudligini va elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi;
hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzil, sanalar va shu kabilarni) toʻldirishini;
hisobotlardagi shakllarida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlarni toʻldirishini, shunda korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud boʻlmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ) (“x” belgi bilan) qoʻyilganligini.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini qayta ishlov berish kelib tushgan paytidan to hisobotning yoki mulohazalarning bir nusxasi soliq toʻlovchiga berilishi paytigacha uch kundan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Agarda yuqorida aytilgan muddatning tugash vaqti dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 19-oktabrdagi 2008-42-sonli qarori (roʻyxat raqami 1500-1, 04.11.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 448-modda)
15. Hisobotga doir eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda taalluqli kompyuter dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq toʻlovlari summalari koʻrsatkichlari hisobvaraqlariga yozuvlarni oʻtkazish va budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblarga koʻra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasini olib boruvchi boʻlinmaga topshiriladi, shundan keyin budjet bilan hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlar koʻchirilib, soliq summalarining shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni kompyuterdan chiqarib, belgilangan holda hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaga topshiriladi.
16. Shunday keyin, hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaning xodimlari, qogʻoz shakllarda taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilingani haqida shtamp qoʻyib, qabul qilingan hisobotning bir nusxasini soliq toʻlovchiga qaytaradilar.
Elektron shakldagi hisobot qabul qilinganligi haqida soliq inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qoʻyiladi va imzolangan hisobot soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Hisobotning qabul qilingan nusxasi, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, yaʼni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq toʻlovchining oʻziga qaytariladi.
17. Taqdim etilgan hisobotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan, mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda hamda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq “Hisobotga doir mulohazalar” tayyorlanib, qayta ishlash uchun soliq toʻlovchiga qaytariladi.
“Hisobotga doir mulohazalar” va hisobotlar, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, yaʼni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq toʻlovchining oʻziga qaytariladi.
18. Mazkur mulohazalar tuzatilish va hisobotlar topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Bunday holda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻllanmasligi lozim.
19. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takror ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq xizmati idorasiga qayta taqdim etiladi va hisobotga bogʻliq keyingi ishlar ushbu Nizomning 15-16 bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Soliq toʻlovchilarning qabul qilingan hisobotlari hisobotlar va balanslarni qabul qilish boʻlinmasida maxsus ajratilgan va yopiladigan yaroqli idora shkaflarida va qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.
Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash chogʻida ulardan foydalanish va ularning qogʻoz nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash muddati, qogʻoz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi kerak.
IV. Hisobotlarni qabul qilishni tashkillashtirish
21. Soliq toʻlovchilar hisobotlarni topshirish jarayonida quyidagi huquqlarga egadir:
soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari boʻyicha axborot va maslahatlar olish;
soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar bilan tanishish;
soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.
budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yigʻimlar summasini qaytarish toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan murojaatlari yuzasidan maʼlumotlar soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchilarning xohishiga koʻra — elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq toʻlovchining oʻziga taqdim etiladi.
Shunda, har bir maʼlumot belgilangan tartibda soliq organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat orqali taqdim etilgan maʼlumot esa soliq organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
23. Davlat soliq organlarida soliq toʻlovchilardan hisobotlar toʻliq ish kuni davomida qabul qilinadi.
24. Soliq toʻlovchilardan hisobotlarni qabul qilishda, ularni mulkchilik shakliga, faoliyat turiga, toʻlayotgan soliq turlariga qarab yoki boshqa mezonlarga qarab hisobotlarni qabul qiluvchi xodimlarga biriktirish qatʼiyan man etiladi.
25. Soliq toʻlovchilar tomonidan hisobotlarni topshirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida hisobotlarni qabul qilish har bir operatsion zallarda:
tegishli meʼyoriy hujjatlar hamda soliq tizimidagi yangiliklarni yorituvchi informatsion axborot stendlari;
hisobotlarni qabul qilish boʻlinmasining xodimlarini joylashganligi va ularning funksional vazifalari haqida informatsion axborot stendlari;
soliq inspeksiyasining lokal axborot tizimiga ulanmagan, meʼyoriy huquqiy-informatsion dasturlari kiritilgan kompyuterlar oʻrnatilishi;
hisobotlarni topshirishda mavjud savollar va muammolar, shuningdek soliq qonunchiligida oʻzgarishlar toʻgʻrisida soliq toʻlovchilarga tezkor konsultatsiyalar berish uchun soliq xizmati organining masʼul xodimini biriktirish lozim.
V. Hisobotlardan foydalanish tartibi
26. Hisobotlarni qabul qilish boʻlinmasi va soliq idorasining boshqa boʻlinmalari masʼul xodimlari (hisobotlardan foydalanuvchilar), soliq toʻlovchilarning topshirgan hisobotlardan foydalanishni (maʼlumotlarni koʻchirib yozish, hisobot shakllaridan, soliq hisob-kitoblaridan nusxalar olish) faqat maxsus ajratilgan xonadan amalga oshirishlari mumkin va shunda xonadan tashqarisiga olib chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
27. Hisobotdan foydalanuvchiga soliq toʻlovchining buxgalterlik hisoboti yoki hisobotlarning ayrim shakllari zarur boʻlib qolgan taqdirda hisobotdan foydalanuvchi zarur hujjatlarning nusxalarini olishga haqlidir.
Hisobotdan foydalanuvchilarni va ular tomonidan olingan ayrim hisobot shakllarini roʻyxatga olish uchun 3-ilovada koʻrsatilgan, raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan hisobotlardan foydalanuvchilarni roʻyxatga olish jurnali yuritilishi zarur.
28. Hisobotlardan foydalanuvchilarga hisobotlar oʻrnatilgan tartibda faqatgina soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlarini yozma ravishdagi koʻrsatmasiga asosan berilishi zarur.
VI. Hisobotlarni qabul qilishda davlat soliq organlari xodimlarining va hisobotlardan foydalanuvchilarning javobgarligi
29. Soliq toʻlovchilardan hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinma xodimlari:
hisobotlarning saqlanishi va undagi maʼlumotlari sir saqlanishini taʼminlash uchun;
amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy va soliq hisobotlardan tashqari soliq toʻlovchilardan qoʻshimcha ravishda har qanday maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilganlik uchun;
ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan savollar boʻyicha olib borilgan tekshiruvning sifatsiz amalga oshirilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.
30. Hisobotlardan foydalanuvchilar soliq toʻlovchilarning hisobotlardagi maʼlumotlarining sir saqlanishi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar.
VII. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
31. Soliq toʻlovchilar, taqdim etiladigan hisobotlar tasdiqlangan shakllarda toʻldirilishi, undagi barcha koʻrsatkichlarining haqqoniyligi hamda hisobotlarni oʻz vaqtida topshirilishi uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar boʻladilar.
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini roʻyxatga olish jurnali
|
№ |
Soliq toʻlovchining nomi |
Hisobotning turi (moliyaviy hisobot, soliqlar yoki majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitob va hokazo) |
Hisobotlar taqdim etilgan sana |
Qayta ishlashga yuborilgan sana |
Hisobot qayta ishlovdan soʻng qabul qilingan sana | ||
|
elektron hujjat aylanishi orqali |
Pochta aloqasi orqali |
Soliq toʻlovchilarning bevosita Soliq inspeksiyasiga tashrifi orqali | |||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
Izoh: 4, 5, 6-ustunlarda hisobotni qabul qilish sanasi Nizomning 14 bandiga muvofiq belgilanadi. | |||||||
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobotlar yuzasidan mulohazalar
| 1. Hisobotlar toʻliq emas _______________________________________________________ | |||
| |
(hisobotlarning qaysi shakllari yoʻqligi koʻrsatilsin) | ||
| ____________________________________________________________________________ | |||
| 2. Mansabdor shaxslar imzosi yoʻq ________________________________________________ | |||
| |
(qaysi shakllarda) | ||
|
3. Barcha rekvizitlar toʻldirilganmi: | |||
| — bank hisobotlari raqami | |||
| — STIR faoliyat kodi | |||
| — yuridik manzil | |||
| — javobgar shaxs | |||
| Zarurat boʻlsin, qaysi shakllarda toʻldirilmaganligi koʻrsatilsin | |||
| 4. Hisobotlar shakllarining toʻldirilmagan koʻrsatkichlari bor yoki hisobot shakllari belgilangan meʼyorlar buzilgan holda toʻldirilgan ___________________________________ ____________________________________________________________________________ | |||
|
(qaysi shakllarda ekanligi koʻrsatilsin) | |||
| 5. ___________________ soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qoʻllanadigan imtiyozlar tafsiloti yoʻq | |||
| 6. ___________________ soliqlarni va majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod qilishda tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) yoʻq | |||
| 7. Boshqalar __________________________________________________________________ | |||
| |
(sababi koʻrsatilsin) | ||
| Izoh: mulohazalar faqat hisobotlar yuzasidan eʼtirozlar bor boʻlganda toʻldiriladi. Mulohazalar ikki nusxada toʻldiriladi, ulardan bittasi inspeksiyada saqlanadi. | |||
Inspektor ____________________ (ismi, sharifi); sana ____________________ | |||
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobotlardan foydalanuvchilarni roʻyxatga olish jurnali
|
№ |
Hisobotdan |
Foydalangan |
Olingan |
Oluvchining |
Qaytarish |
Qaytarib |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |