O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZAVTOSANOAT” O‘ZBEKISTON AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-avgustdagi 405-sonli “Avtomobil sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Qishloqxo‘jalikmash” konserniga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
“Qishloqxo‘jalikmash” O‘zbekiston davlat qishloq xo‘jaligi va avtomobil mashinasozlik konsernini tugatish to‘g‘risidagi;
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan “O‘zavtosanoat” O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini ta’sis etish to‘g‘risidagi;
“O‘zavtosanoat” uyushmasi tomonidan “Qishloqxo‘jalikmash” konserni qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, kontraktlar va unga tegishli mol-mulklar bo‘yicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “O‘zavtosanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega bo‘lishiga rozilik berilsin va xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 56 nafardan, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 3 nafar o‘rinbosaridan iborat qilib belgilansin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablag‘ bilan ta’minlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
“O‘zavtosanoat” uyushmasiga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va xorijiy mamlakatlarning yetakchi mutaxassislarini shartnomaviy shartlarda mehnatga haq to‘lagan holda kontrakt bo‘yicha ishlash uchun jalb etishga ruxsat etilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar “O‘zavtosanoat” uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
uyushma ta’sischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
bozor konyunkturasi va. mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasini belgilash, avtomobil sanoatining mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
4. “O‘zavtosanoat” uyushmasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uyushma tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini, ularni ko‘proq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutgan holda, 1994-1995-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zavtosanoat” uyushmasiga uyushma a’zolari –– davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabr 525-son qarori tahririda)
5. “O‘zavtosanoat” uyushmasi:
bir oy muddatda Ustavni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin;
avtomobilsozlik bo‘yicha qurila boshlangan obyektlarni (Asaka avtomobil zavodi, “Avtoehtiyotqism” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “AvtoVAZagregat” ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalarni) 2 oy muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin, texnik-iqtisodiy asoslashni aniqlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga ularni qurishni nihoyasiga yetkazishga doir takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, birlashmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga avtomobilni yig‘ish uchun butlovchi buyumlar (avtoshinalar, avtooynalar, akkumulyatorlar, startyorlar, generatorlar va boshqalar) ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflar kiritsin.
6. Umumtarmoq vazifalarini hal etish, texnika bilan qayta jihozlashni mablag‘ bilan ta’minlash va jahon bozorida raqobatga qodir bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida “O‘zavtosanoat” uyushmasiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning mahsulot tannarxining 3 foizigacha miqdordagi ajratmalari, shuningdek, birlashma va korxonalar ixtiyorida qoladigan foyda hisobiga barqarorlashtirish va rivojlantirish yagona jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“O‘zavtosanoat” uyushmasi Moliya vazirligi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda uyushmaning barqarorlashtirish va rivojlantirish yagona jamg‘armasiga mablag‘ ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zavtosanoat” uyushmasini, uning talabnomasiga binoan, aloqa vositalari, shu jumladan, selektor va hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
8. “O‘zavtosansat” uyushmasi Toshkent shahar, Jukovskiy ko‘chasi, 79-uyda joylashgan.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-mart,
143-son
“O‘zavtosanoat” O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarining
RO‘YXATI
1. “O‘zbekiston bog‘dorchilik mashinasozligi zavodi (“O‘zBMZ”) ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent viloyati.
2. “Krasniy dvigatel” ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand shahri.
3. Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi, Do‘stlik shahri, Xorazm viloyati.
4. Yuqori Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tajriba zavodi, Yik shaharchasi, Toshkent viloyati.
5. “Avtoehtiyotqism” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent viloyati.
6. Asaka pritseplar zavodi, Asaka shahri, Andijon viloyati.
7. “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi, Asaka shahri, Andijon viloyati.
8. “Zenit” zavodi, Toshkent shahri.
9. 19-davlat podshipnik zavodi, Shovot shahri, Xorazm viloyati.
10. 26-davlat podshipnik zavodi, Marhamat shahri, Andijon viloyati.
11. “27-davlat podshipnik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi, Oxunboboyev shahri, Andijon viloyati.
12. Tuzatish-qurish, o‘rnatish boshqarmasi, Toshkent shahri.
13. “O‘zavtotexxizmatko‘rsatish” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
14. “AvtoVAZagregat” ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand shahri.
15. 1-avtodo‘kon, Toshkent shahri.
16. 2-avtodo‘kon, Toshkent shahri.
17. Biznes-markaz, Toshkent shahri.
18. “O‘zavtoservis” uyushmasi, Toshkent shahri.
Izoh: ta’sischilari “O‘zavtosanoat” uyushmasi a’zolari — birlashmalar, korxonalar bo‘lgan boshqa uyushmalar, ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalariga, qo‘shma (shu jumladan, xorijiy sarmoyani jalb etuvchi) korxonalarga kiruvchi korxonalar ham uyushma a’zolari hisoblanadilar.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 17-martdagi 143-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 17-martdagi 143-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zavtosanoat” O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati uyushmasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Iqtisodiy istiqbolni belgilash, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boshqarmasi
Ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi, investitsiyalar, texnika bilan qayta jihozlash boshqarmasi
Marketing, birja faoliyati, moddiy-texnika resurslari boshqarmasi
Xalqaro kooperatsiya va butlash bo‘limi
Moliya, hisob va hisobot bo‘limi
Avtoservisni rivojlantirish bo‘limi
Ilmiy-texnika siyosatini muvofiqlashtirish bo‘limi
Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘limi
Tashqi iqtisodiy aloqalar, qo‘shma korxonalar va firmalar ishini muvofiqlashtirish bo‘limi
Ishlar boshqarmasi
Birinchi bo‘lim