1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbai | Muddatlar | Masʼul ijrochilar |
1. | Radioaktiv chiqindilarni saralash laboratoriyasini tashkil qilish. | 1. Laboratoriya binosi uchun joy tanlash va loyihani ishlab chiqish. | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida | 2026-yil | Fanlar akademiyasi |
2. Laboratoriya bino va inshootlarini qurib ishga tushirish. 3. Radioaktiv chiqindilarni saralash texnologiyasini ishlab chiqish. 4. Zarur uskunalarni xarid qilish, oʻrnatib ishga tushirish. 5. Zarur kadrlar bilan taʼminlash. | 2027-yil | ||||
2. | Radioaktiv chiqindilar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ijtimoiy himoyasi va moddiy taʼminotini oshirish. | 1. Oʻquv kurslari va seminarlar oʻtkazish orqali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 2. Radioaktiv chiqindilarni saralash amaliyotlarini tashkil etish. 3. Xodimlar bilimini davriy tekshirish. 4. Xodimlarni sogʻlomlashtirish, ularning dam olishi, moddiy taʼminoti va ijtimoiy himoyasini yaxshilash. | Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | 2026-yildan boshlab — doimiy | Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
3. | Markazga tegishli barcha avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash va yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish. | 1. Asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash boʻyicha reja-jadval tuzish. 2. Reja-jadval asosida asbob-uskuna va transport vositalarini xarid qilish. 3. Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish. | Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | 2026-2027-yillar | Fanlar akademiyasi |
4. | Markaz hududida “toza” va “zararlangan” zonalar orasidagi sanitariya nazorat punktini takomillashtirish. | 1. Sanitariya-nazorat punktini dush va dozimetrik jihozlar bilan jihozlash. 2. Maxsus avtotransport vositalarini dezaktivatsiya qilish binosini kapital taʼmirlash. | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida | 2027-yil | Fanlar akademiyasi |
5. | Aydarali qishlogʻidan Markazgacha boʻlgan 5 km uzunlikdagi yoʻlni mukammal taʼmirlash. | 1. Tender oʻtkazish orqali yoʻlni mukammal taʼmirlash uchun pudrat tashkilotini tanlash. 2. Aydarali qishlogʻidan Markazgacha boʻlgan yoʻlni mukammal taʼmirlash. | Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi | 2027-yil | Toshkent viloyati hokimligi |
6. | Radioaktiv materiallarni ruxsatsiz olib kirish va olib chiqib ketishning oldini olish va uzluksiz monitoringini amalga oshirish uchun nazorat-kuzatuv postini oʻrnatish. | 1. Radiatsiya nazorat-kuzatuv posti uchun joy tanlash. 2. Radiatsion portal monitorini oʻrnatish va ishga tushirish. 3. Doimiy texnik xizmat koʻrsatish. | Yadro fizikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026-yil | Fanlar akademiyasi |
7. | Markaz hududini tabiiy gaz bilan taʼminlash. | 1. Eng yaqin gaz taqsimlash punktidan Markaz hududigacha gaz quvurini tortish va yillik gaz hajmini ajratish. 2. Markazni isitish va issiq suv bilan taʼminlash uchun qozonxona qurish. | Ijrochilarning mablagʻlari hisobidan | 2026-yil | Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi |
8. | Binolarni rekonstruksiya qilish, Markaz hududini obodonlashtirish, ichimlik va sugʻorish suvi bilan taʼminlash. | 1. Umumiy maydoni 400 kv metr boʻlgan 2 qavatli maʼmuriy bino qurish. 2. Garaj, omborxonalar, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, yonginga qarshi suv hovuzlari va yordamchi binolarni kapital taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish. 3. Suv drenaj tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash. 4. Markaz hududini obodonlashtirish. 5. Artezian quduq qazish. 6. Suv minorasini qurish. | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida | 2027-yil | Fanlar akademiyasi |
9. | Markaz hududini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish. | 1. Markaz hududini “toza” va “zararlangan” zonalarga ajratish hamda oʻta muhim obyekt hududini belgilab olish. 2. Toifalangan obyektlar boʻyicha amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan yoʻriqnoma talablariga muvofiq obyekt perimetri boʻylab zamonaviy videokuzatuv kameralari, muhandislik yoʻlaklari, post soyabonlari, aloqa va himoya texnik vositalari, tungi yoritish moslamalari bilan jihozlash. 3. Radioaktiv chiqindilarni saqlash hududida nazorat oʻtish joyi (NOʻJ)ni qurish. 4. NOʻJda zamonaviy turniket hamda yuzdan tanib oluvchi vosita (Fase ID) oʻrnatish. 5. NOʻJ yoniga mudofaa istehkomini (DZOT) qurish. Mudofaa istehkomida tashvish tugmasi va ichki aloqa vositasini oʻrnatish. | Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida | 2026-yil | Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi |
2-ILOVA
Lavozimlar nomi | Mehnatga haq toʻlash razryadlari | Tarif koeffitsiyenti |
Direktor | 8,748 | |
Bosh muhandis | 6,350 | |
Bosh buxgalter* | 5,545 | |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis* | 2,994 | |
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis* | 4,436 | |
Yetakchi muhandis | 4,800 | |
Muhandislar | 3,290 | |
Texnologlar | 2,770 | |
Avtokran mashinisti | 5 | 1,269 |
Elektrik | 6 | 1,384 |
Haydovchilar (maxsus avtotransport) | 3 — 6 | 1,106 — 1,384 |
Haydovchilar (yengil avtomobillar)* | 1 — 3 | 1,000 — 1,106 |