OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
RADIOAKTIV CHIQINDILARNI KOʻMISH RESPUBLIKA PUNKTINING IDORAVIY MANSUBLIGI VA MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 47-sonli “Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq xoʻjaligida radionuklidlardan foydalanishni yanada rivojlantirish, shuningdek, atrof muhitni radioaktiv ifloslanishdan muhofaza qilish, radioaktiv chiqindilarni uzoqlashtirish va zararsizlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. OʻzSSR Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutining radioaktiv chiqindilarni koʻmish Respublika punkti mustaqil tashkilotga — yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti huzuridagi radioaktiv chiqindilarni koʻmish Respublika punktiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yildan boshlab har yili radioaktiv chiqindilarni koʻmish Respublika punktini saqlab turish uchun respublika budjeti mablagʻlari hisobidan zarur miqdorda pul ajratishni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi radioaktiv chiqindilarni yigʻish, saqlash, tashish va koʻmish ustidan davlat nazoratini kuchaytirsin.
4. Chirchiq shahar ijroiya qoʻmitasi radioaktiv chiqindilarni koʻmish Respublika punktining talabnomalari boʻyicha tegishli ravishda kvartiralar ajratishni koʻrib chiqsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-fevral,
52-son