Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 01.04.1998 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOLALIKDAN nogironligi bo‘lgan bolalar TUG‘ILIShINING OLDINI OLISh UChUN YANGI TUG‘ILGAN ChAQALOQLAR HAMDA HOMILADOR AYoLLARDA TUG‘MA VA BOShQA PATOLOGIYANI BARVAQT ANIQLASh BO‘YIChA “ONA VA BOLA SKRININGGI” DAVLAT TIZIMINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson manfaatlarini ta’minlash chora-tadbirlari Dasturini bajarish va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda homilador ayollardagi patologiyani barvaqt aniqlash davlat tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patologiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola skrininggi” davlat dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga “Ona va bola skrininggi” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish va nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
skrining-markazlarni tashkil etish faoliyat ko‘rsatayotgan davolash-profilaktika muassasalari shoxobchalari hisobiga amalga oshiriladi. Markazlarni mablag‘ bilan ta’minlash sog‘liqni saqlashga ajratiladigan budjet mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993 — 2001-yillar davrida, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan “Vallak” konserni (Finlyandiya) va “Bristol Mayers Skvibb” kompaniyasi (AQSh) bilan tuzilgan bitimlarga muvofiq, “Ona va bola skrininggi” dasturi doirasida tashkil etiladigan skrining-markazlar texnikaviy muruvvat yordami sifatida umumiy summasi 1,2 mln AQSh dollaridan iborat bo‘lgan diagnostika apparatlari, tashkiliy texnika va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ona va bola skrininggi” davlat dasturini amalga oshirish uchun har yili 1 va 2-ilovalarga muvofiq mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi “Ona va bola skrininggi” davlat dasturini bajarish doirasida tuzilgan kontraktlarni ustuvor asosda ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “O‘zavtotrans” korporatsiyasining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda skrining davomida aniqlangan patologiyali shaxslarni (homilador ayollar va bolalarni bir nafar kuzatuvchi bilan birga) shaharlararo qatnaydigan avtobuslarda yashash joyidan tegishli mintaqaviy skrining-markazgacha bepul olib kelish va olib ketish tartibini ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Mahalla” jamg‘armasi bilan birgalikda “Ona va bola skrininggi” davlat dasturini bajarishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlasinlar hamda aholi o‘rtasida bolalarning rivojlanish xastaliklari bilan tug‘ilishining oldini olishning ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari D. G‘ulomova va A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-aprel.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140-son