O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
“Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Standartlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 3-son, 4-modda) qisman o‘zgartirish kiritgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin:
(1-band “b” kichik bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
“O‘zdavstandart” markazi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunlar buzilganligi uchun jarimalar undirish va ko‘rsatiladigan xizmatlarga sarflanadigan mablag‘larni hisobga olgan holda ularni davlat nazorati organlari o‘rtasida taqsimlash prinsiplari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin.
Belgilab qo‘yilsinki, nashr etilgan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulotlar va xizmatlar Davlat reyestriga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlarning nashr etilgan (qayta nashr etilgan) kataloglarini, standartlarga muvofiq tamg‘alangan belgilarni sotishdan belgilangan tartibda olingan mablag‘lar, shuningdek, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunlarning qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan hamda davlat nazorati organlariga yuboriladigan jarimalarning bir qismi hamda, “O‘zstandart” agentligi tomonidan shartnomalar va litsenziya bitimlari asosida beriladigan metrologiya va sertifikatlash sohasida ayrim huquqlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar ham standartlashtirish, standartlar, metrologik qoidalar va sertifikatlangan mahsulotlarga qo‘yiladigan majburiy talablarga rioya qilish ustidan davlat nazorati ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bo‘lishi mumkin;
(“b” kichik bandning birinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
v) Belgilab qo‘yilsinki, standartlarni, qurilish normalari va qoidalarini nashr qilish va qayta nashr qilishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari to‘liq yoki qisman O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan holda, qurilish, loyihalash, tabiiy resurslarni tartibga solish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida esa tegishlicha Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mahsulot sifatini normativ ta’minlash bo‘limlarini nazarda tutsin.
(1-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazorati amalga oshirilishida ularga zarur yordam ko‘rsatsin.
(1-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Davlat boshqaruvi organlariga, xo‘jalik faoliyati subyektlariga bir oy muddatda “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlardan kelib chiqqan holda o‘z nizomlariga kiritiladigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritish topshirilsin.
(“g” kichik bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 3-son, 4-modda) 1, 9, 10-bandlari va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 29-apreldagi 211-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 4-son, 16-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-avgust,
410-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirish bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Texnik tartibga solish agentligi), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek, boshqa davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar, sotuvchilar, ijrochilar), sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlarining majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilishlari hamda sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining davlat inspektorlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiradilar.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya nazorati metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalarini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, davlat korxonalari va boshqa tashkilotlar (bundan keyin matnda korxonalar deyiladi), shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan standartlar va metrologik qoidalarning, o‘lchash birligining o‘z vaqtida joriy etilishini hamda ularga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, standartlar va o‘lchash vositalarining ilmiy-texnik darajalarini tahlil qilishdan hamda ularni ishlab chiqishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotning texnik darajasini va sifatini oshirish maqsadida fan hamda texnika yutuqlaridan yanada samaraliroq foydalanishga ko‘maklashish O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratining bosh vazifasi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Mahsulotlar, atrof muhit, aholi sog‘lig‘i va mol-mulkining xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilanadigan talablar ustidan olib boriladigan davlat nazoratining obyekti mahsulot, shu jumladan, qaysi idoraga bo‘ysunishlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik faoliyati subyektlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning ham ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, ishlatish, tuzatish va foydalanish bosqichlarida sertifikatlashtirilgan mahsulotidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlar (dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulot ham), xizmatlar, shuningdek, sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Etalonlar, o‘lchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar, axborot-o‘lchash tizimlari, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari, o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori, metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlari hisoblanadi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Xo‘jalik faoliyati subyektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan barcha sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlarning talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati:
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining standartlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari;
standartlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha viloyatlar, shaharlardagi bosh davlat inspektorlari;
standartlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, uning birinchi o‘rinbosari va Texnik tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida mos ravishda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari hisoblanadi.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati lavozimlariga ko‘ra ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasining standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va shaharlardagi hududiy organlari rahbarlari lavozimlariga ko‘ra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa — tegishli hududiy bosh inspektorlarning o‘rinbosarlari hisoblanadi.
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi topshirilgan bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, mansabdor shaxslar lavozimlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida standartlar va o‘lchash vositalari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari hisoblanadilar.
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hokimiyat organlarining vakillari hisoblanadilar va davlat himoyasi ostida bo‘ladilar.
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar davlat nazoratchisi yoki davlat tekshiruvchisi sifatida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari kerak.
(2-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
O‘zbekiston Respublikasida davlat nazoratini:
Oldingi tahrirga qarang.
butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
(2-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish industriyasi, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalash sohasidagi standartlar bo‘yicha — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
(2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish, atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli moddalar ta’siridan muhofaza qilish sohasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
(2-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy jihozlar, dorivor vositalar sohasida, shuningdek, respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan, import bo‘yicha keltirilayotgan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalarning borligini aniqlash masalalari bo‘yicha — Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
a) standartlar va metrologiya qoidalarining, shuningdek, mahsulotlar (jarayonlar, ishlar va xizmatlar) ning aholi hayoti va salomatligi, mulki xavfsizligiga, atrof muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash, bir-birini almashtira olishga majburiy talablarni belgilaydigan standartlar va metrologiya qoidalarining o‘z vaqtida joriy qilinishi hamda ularga rioya qilinishini, shuningdek, ularni nazorat qilish uslublari birligi va tamg‘alash birligini, qonunchilikda nazarda tutilgan, mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomalariga kiritilgan boshqa talablarni tekshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) belgilangan kattaliklar birliklarining to‘g‘ri qo‘llanilishini, o‘lchash vositalarining holatini, ularni tayyorlash, saqlash, ta’mirlash, tekshirish va qo‘llash sharoitlarini, o‘z vaqtida eskirgan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishdan olib tashlash va yangisiga almashtirishni tekshiradilar;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
v) standartlashtirish va metrologiya xizmatlarining idoraviy xizmatlari ishini nazorat qiladilar;
g) standartlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradilar va ularning faoliyatlarini muvofiqlashtiradilar;
d) sertifikatlashtirish sinovlarining to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
e) ishlab chiqarishlar, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, sifat tizimlarida attestatsiya shartlariga qanday rioya qilinayotganligi ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazadilar;
j) mahsulotlarning ayrim turlarini o‘z bazalarida tashkil qilingan laboratoriyalarda sinab ko‘radilar;
Oldingi tahrirga qarang.
z) standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati natijalarini umumlashtiradilar, ularni ishlab chiqishda fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishda ko‘maklashadilar, ularning o‘z vaqtida joriy qilinmaganligi, standartlar va metrologik qoidalarning buzilishi sabablarini tahlil qiladilar, standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorat organlari ishining ta’sirini oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni o‘tkazadilar;
(3-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
k) sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
l) o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
(3-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
m) agar standartlar, metrologiya qoidalari va mahsulotlarning texnik darajasini va sifatini oshirishni ta’minlamasa yoki amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, ularni bekor qiladilar yoki bekor qilish, amalda bo‘lish muddatlarini cheklash to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadilar;
(3-bandning “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning o‘lchash vositalarini ishlab chiqarish, tuzatish va tekshirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun tayyorgarliklarini tekshiradilar, agarda ular tayyor bo‘lsalar, ularga ko‘rsatilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi ro‘yxatga olinganlik guvohnomalarini topshiradilar;
(3-bandning “o” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
p) vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlarning bosh tashkilotlarini va madaniy-maishiy maqsadlardagi mahsulotlarning muhim turlarini davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha attestatsiya qilishni amalga oshiradilar va ushbu sinovlarni ularga biriktirib qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha o‘tkazish huquqini beruvchi ro‘yxatga olinganlik guvohnomalarini beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
r) sertifikatlashtirish qoidalari, standartlar va o‘lchash vositalarini joriy etish va ularga rioya qilishni nazorat etish jarayonida aniqlangan buzilishlarni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
(3-bandning “r” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
4. Davlat inspektori quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), uni saqlash, transportda tashish va utilizatsiya qilish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik faoliyati subyekti tekshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
davlat nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va ma’lumotlarni xo‘jalik faoliyati subyektidan olish;
davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarini jalb etish;
mahsulot namunalarini va nusxalarini ularning standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun olishni standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirish, bunda sarflangan namunalarning qiymati hamda sinashni (tahlillarni, o‘lchashni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlari jumlasiga kiritiladi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari ushbu bandning birinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi mutlaq huquqlarga ega;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlar, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalarining buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda ma’muriy va moliyaviy javobgarlikka tortish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni tayyorlash, sotish (yetkazib berish, sotish), foydalanish, saqlash, transportda tashish va foydali tarzda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar va taqdimnomalar berish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
normativ hujjatlari bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlash;
standartning majburiy talablariga muvofiq kelmaydigan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lmagan import qilingan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan o‘tmagan, tekshirilmagan yoki tuzatilmagan o‘lchash vositalarini muomalaga chiqarishni va qo‘llashni to‘xtatish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bunday vositalarni muomaladan chiqarish zarur bo‘lganda ularni muomaladan olish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
(4-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan yuridik shaxslarga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilish va mazkur yuridik shaxslar tomonidan jarima bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, jarimani undirish haqida sudga murojaat qilish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda, uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib turish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
standartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan import mahsulotni sotishni taqiqlash;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Xo‘jalik faoliyatining subyektlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar yoki qarorlar bajarilmagan taqdirda davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura yoki sud organlariga yuboradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati organlari amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilishga va ularga berilgan huquqlardan foydalanishda va yuklangan funksiyalarni amalga oshirishda, standartlarga va metrologiya qoidalariga rioya qilish va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda idoraviy manfaatlarning har qanday ko‘rinishlari oldini olishga da’vat etilgandir.
Davlat inspektorlari qonunchilik bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, davlat yoki tijorat sirini oshkor etganliklari uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
6. Davlat inspektorlarining xatti-harakatlari ustidan yuqori turgan mansabdor shaxsga, agar qonunchilikda shikoyat qilishning o‘zgacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, 10 kun muddatda shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat qilish shikoyat qilingan qarorning bajarilishini to‘xtatmaydi.
Davlat inspektorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish kechiktirilmasdan, biroq shikoyat tushgan kundan boshlab 15 kun muddatdan kechikmay, qo‘shimcha ravishda o‘rganishni va tekshirishni talab etuvchi shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa bir oygacha muddatda amalga oshiriladi.
7. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari davlat inspektorlariga ularga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar (belgilangan tartibda xizmat xonalari, aloqa vositalari, transport va boshqalar bilan ta’minlash) yaratib berishga majburdirlar.
Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari faoliyatiga chet tashkilotlarning aralashuvi, standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish man etiladi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Standart va o‘lchash vositalari ustidan nazorat organlari o‘z ishini boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi, bunda Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tekshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun jarima summasining ellik foizi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)