T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼullar |
I. Tashkiliy chora-tadbirlar |
1. | “Amir Temur va temuriylarning insoniyat tamaddunidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazish. | 1. Xalqaro ilmiy anjumanni oʻtkazish yuzasidan ishchi guruh tashkil etish. 2. Xalqaro ilmiy anjuman dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Samarqand viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi |
3. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro ilmiy anjumanni yuqori saviyada tashkil etish. 4. Xalqaro ilmiy anjuman ishtirokchilari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil qilish. 5. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2026-yil aprel |
2. | “Amir Temur va temuriylar merosi” xalqaro ilmiy seminarini tashkil etish. | 1. “Amir Temur va temuriylar merosi” xalqaro ilmiy seminari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Tarix instituti |
2. “Amir Temur va temuriylar merosi” xalqaro ilmiy seminarini anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish. | Doimiy |
3. | Amir Temur nomi bilan bogʻliq obyektlarni, shu jumladan, Amir Temur sharafiga barpo etilgan yodgorlik majmualarini mukammal taʼmirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish. | 1. Taʼmirtalab va obodonlashtirish zarur boʻlgan obyektlar hamda yodgorlik majmualari roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil mart | Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniy meros agentligi |
2. Taʼmirlash va obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratish. | 2026-yil aprel |
3. Taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish. | 2026-yil dekabr |
4. | Dunyodagi mashhur muzeylarning eng ilgʻor tajribalari asosida Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish. | 1. Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyasini yaratish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Toshkent shahri hokimligi, Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi |
2. Muzeyni rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyasini yaratish hamda xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etish. | 2026-yil dekabr |
5. | Amir Temur va temuriylar merosini xalqaro darajada targʻib etishni ragʻbatlantirish. | 1. Amir Temur va temuriylar merosini xalqaro darajada targʻib etish ishlarini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil mart | - | Fanlar akademiyasi, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
2. Amir Temur va temuriylar merosini xalqaro darajada targʻib etishni ragʻbatlantirish (jumladan, xalqaro mukofot berish) yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil may |
3. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil iyul |
6. | Amir Temur va temuriylar merosi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari tomonidan oʻrganilishini ragʻbatlantirish. | 1. Amir Temur va temuriylar merosi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari tomonidan oʻrganilishini ragʻbatlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil mart | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
2. Ishchi guruh tomonidan ishlarni tizimli tashkil etish, tegishli oʻrganishlar olib borish va umumlashgan maʼlumotlarni tayyorlash. | 2026-yil aprel |
3. Umumlashgan maʼlumotlar asosida oliy taʼlim tashkilotlari magistratura bosqichi talabalari uchun Amir Temur nomidagi stipendiyani taʼsis etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil may |
4. Ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil iyun |
7. | Amir Temur va temuriylar merosini asrash ishlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. | 1. Amir Temur va temuriylar merosini asrash ishlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil mart | - | Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi |
2. Ishchi guruh tomonidan ishlarni tizimli tashkil etish, tegishli oʻrganishlar olib borish va umumlashgan maʼlumotlarni tayyorlash. | 2026-yil aprel |
3. “Temuriylar merosini asrash” umummilliy jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2026-yil may |
4. Ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyun |
II. Ilmiy-tadqiqot ishlari |
8. | Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilan bogʻliq turkum kitoblar, ilmiy va ilmiy-ommabop asarlarni tayyorlash va chop etish. | 1. “Amir Temur va temuriylar tarixi” koʻp jildlik asarini chop etish. | 2026 — 2028-yillar | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Tarix instituti, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
2. “Amir Temur — tarixni oʻzgartirgan ulugʻ shaxs” ilmiy-ommabop asarini chop etish. | 2026-yil noyabr |
3. “Temuriylar oltin davri kashfiyotlari” ilmiy asarini chop etish. | 2026 — 2028-yillar |
4. “Amir Temurning harbiy mahorati” ilmiy-ommabop asarini chop etish. | 2027-yil noyabr |
5. “Ijodkor temuriylar: olimlar, shoirlar, xattotlar” ilmiy-ommabop turkum asarlarini chop etish. | 2026 — 2029-yillar |
6. “Temuriylar saltanati maxfiy xizmati” asarini chop etish. | 2027 — 2029-yillar |
7. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari lugʻatini yaratish va chop etish. | 2029-yil mart |
8. “Boburnoma” asarini chop etishga tayyorlash. | 2028-2029-yillar |
9. “Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy sanʼati” kitobini nashrga tayyorlash. | 2029-yil dekabr |
9. | “Amir Temur va temuriylar tarixi jadidlar ilmiy merosida” asarini yaratish. | 1. Siddiqiy Ajziyning “Anjumani arvoh” (“Ruhlar yigʻini”, 1912-y.), “Mirʼoti ibrat” (“Ibrat oynasi”, 1914-y.) asarini oʻzbek tiliga tarjima qilish. 2. Abdurauf Fitratning Amir Temur haqidagi sheʼrlarini tahlil qilish. 3. Jadidlarning Amir Temur va temuriylar tarixiga oid maqolalarini aniqlash. 4. Jadidlarning maqolalari va asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish. | 2026-yil davomida | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi |
10. | Amir Temur va temuriylar davriga oid manbalarni chop etish. | 1. “Muʼiz al-ansob” asarini chop etish. 2. “Toj Salmoniy. Tarixnoma” asarini chop etish. 3. “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini (oʻzbek, fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan, rus tillarida) chop etish. | 2026-yil davomida | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Tarix instituti, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
4. “Temuriylar tarixiga oid yozma manbalar” ikki jildlik asarini chop etish. 5. “Zafarnoma”, “Boburnoma”, “Akbarnoma” (Oyini Akbariy), “Jahongirnoma” va boshqa asarlarga ishlangan miniaturalarning ilmiy-koʻrgazmali toʻplamini chop etish. 6. “Amir Temur va temuriylar xitoy manbalarida” asarini chop etish. | 2027-yil davomida |
7. “Temuriylar davri tarixiy hujjatlari” toʻplamini chop etish. | 2028-yil davomida |
11. | “Temuriylar davri meʼmorchiligi” kitob-albomini yaratish. | 1. Temuriylar davrida yaratilgan meʼmorchilik inshootlari haqida maʼlumotlarni jamlash hamda tahlil qilish. 2. “Temuriylar davri meʼmorchiligi” kitob-albomini zamonaviy matbaa talablari asosida chop etish. | 2028-2029-yillar | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
12. | “Temuriylar davrining 100 nodir qoʻlyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratish. | 1. Oʻzbekistondagi, shuningdek, xorijiy toʻplamlardagi temuriylar davriga oid qoʻlyozmalar va boshqa nodir artefaktlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida “Temuriylar davrining 100 qoʻlyozmasi” hamda “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini nashrga tayyorlash. 3. Kitob-albomlarni zamonaviy matbaa talablari asosida chop etish. | 2026-2027-yillar | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
13. | “Temuriy malikalar” kitobining toʻldirilgan nashrini yaratish. | 1. Temuriylar davrida davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat va sanʼat yoʻnalishida faoliyat olib borgan malikalar haqida yangi maʼlumotlarni jamlash. 2. “Temuriy malikalar” kitobi haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va asarni nashrga tayyorlash. 3. Temuriy malikalar — Saroymulkxonim, Tumon Ogʻo, Gavharshodbegim, Shodimulk, Xonzodabegim, Gulbadanbegim, Hamidabonu, Nurjahonbegim, Mumtoz Mahal, Zebinisobegim hayoti va faoliyati yoritilgan “Temuriy malikalar” asarini zamonaviy matbaa talablari asosida chop etish. | 2026-2027-yillar | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
14. | “Temuriylar davri manbalari elektron platformasi” ilmiy loyihasini amalga oshirish. | 1. “Temuriylar davri manbalari elektron platformasi” maqsadli loyihasini innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim qilish. | 2026-yil sentabr | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Ilmiy loyihani moliyalashtirish choralarini koʻrish. | 2026-yil dekabr |
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. | 2027 — 2029-yillar |
15. | Temuriylar davriga oid arxeologik yodgorliklarda maqsadli tadqiqotlar olib borish. | 1. Arxeologiya yodgorliklarini aniqlash va roʻyxatini tuzish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Tarix instituti, Madaniy meros agentligi |
2. Yodgorliklar boʻyicha ilmiy guruhlarni tuzish. | 2026-yil may |
3. Yodgorliklarda arxeologiya ishlarini bajarish. | Reja asosida |
III. Targʻibot ishlari |
16. | Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid nodir osori atiqalar koʻrgazmasini tashkil etish. | 1. Dunyo kutubxonalari, muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid nodir osoriatiqalar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi |
2. Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyida dunyo kutubxonalari, muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid nodir osoriatiqalar koʻrgazmasini tashkil etish. | 2026-yil aprel |
17. | Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish. | 1. Koʻrgazmali axborot vositalarini tayyorlash, mediamahsulotlar va audiovizual asarlar yaratish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi |
2. Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish. 3. Tayyorlangan koʻrgazmali axborot vositalarini, mediamahsulotlar va audiovizual asarlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2026-yildan reja asosida |
18. | “Tirik tarix” loyihasi asosida suratga olingan, Amir Temur saltanatining Yevropa davlatlari bilan diplomatik va elchilik aloqalari yoritib berilgan tarixiy-badiiy va hujjatli filmlarni Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy mamlakatlarda namoyish etish boʻyicha zarur choralar koʻrish. | 1. Filmning xorijiy tillarga subtitr tarjimasini tayyorlash. 2. Chet ellarda namoyish etish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirish. | 2026-yildan mart oyidan boshlab | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
19. | Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻida Amir Temur jangovar bayrogʻini qoʻlga kiritgan harbiy okruglar, ularda xizmat qilayotgan askar va ofitserlarning ibratli faoliyati hamda Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan shaharlar haqida turkum koʻrsatuv va materiallar berib borish. | Amir Temur jangovar bayrogʻini qoʻlga kiritgan harbiy okruglar, ularda xizmat qilayotgan askar va ofitserlarning ibratli faoliyati hamda Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan shaharlar haqida doimiy ravishda turkum koʻrsatuv va materiallar berib borish. | Doimiy | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, vazirlik va idoralar |
20. | “Amir Temur siymosi sahnada” respublika teatrlari festivalini oʻtkazish. | 1. Festival rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Ijrochilarning mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. “Amir Temur siymosi sahnada” respublika teatrlari festivalini oʻtkazish. | 2026-yil may |
21. | Temuriylar davriga oid xorijda saqlanayotgan asl yozma manbalar va moddiy ashyolarning nusxalarini Oʻzbekistonga olib kelish. | 1. Temuriylar davriga oid xorijda saqlanayotgan asl yozma manbalar va moddiy ashyolarning manbalarini aniqlash va roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Ulardan nusxalar olish boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan kelishuvga erishish. | Reja asosida |
22. | Yosh ijrochilar oʻrtasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan qoʻshiqlar tanlovini oʻtkazish. | 1. Yosh ijrochilar oʻrtasida qoʻshiqlar tanlovi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Qoʻshiqlar tanlovi toʻgʻrisida OAVlarida eʼlon berish. | 2026-yil mart | Ijrochilarning mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
3. Yosh ijrochilar oʻrtasida Respublika tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2026-yil mart-aprel |
23. | Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati va kashfiyotlarini xalqaro miqyosda targʻib etish. | 1. Xorijiy telekanallar hamda axborot manbalarida maxsus videoroliklar, ilmiy-ommabop maqolalar chop etish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Tashqi ishlar vazirligi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi |
2. Tayyorlangan videoroliklar, ilmiy-ommabop maqolalarni xorijiy telekanallar hamda axborot manbalarida eʼlon qilish. | 2026-yil aprel |
24. | Amir Temur va temuriylar ijodini keng oʻrganish va targʻib qilishga bagʻishlangan maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etish. | 1. Amir Temurning davlat arbobi, sarkarda, “Temuriylar renessansi” asoschisi sifatida qoldirgan merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar hamda davra suhbatlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Tashqi ishlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar |
2. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, Oʻzbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida ilmiy anjumanlar va davra suhbatlarini oʻtkazish. | 2026-2027-yillarda reja asosida |
25. | Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan hissasini keng targʻib qilish. | 1. “Buyuk temuriylar” atamasini xalqaro ilmiy istiloh sifatida joriy qilish maqsadida xorijiy davlatlarda “Buyuk temuriylar tarixi va madaniy merosi” mavzusiga bagʻishlangan taqdimotlar, media tadbirlar hamda anjumanlar rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. “Buyuk temuriylar tarixi va madaniy merosi” mavzusiga bagʻishlangan taqdimotlar, media tadbirlar hamda anjumanlar tashkil etish. | 2026-yil 1-maydan boshlab |
26. | Har yili aprel oyini “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilish va uning doirasida umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari, harbiy qismlar, korxona va tashkilotlar, mahallalarda temurshunos olimlar, sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish. | 1. Temurshunos olimlar, sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish uchun dastur ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Islom sivilizatsiyasi markazi, vazirlik va idoralar |
2. Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari, harbiy qismlar, korxona va tashkilotlar, mahallalarda temurshunos olimlar hamda sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish. | Doimiy |
IV. Ijodiy ishlar |
27. | Temuriylar tarixiga bagʻishlangan suratlarni yaratish. | 1. Yuqori malakali tarixchi olimlar, sanʼatshunoslar, rassomlardan iborat maxsus ishchi guruh tuzish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi |
2. Tarixiy shaxslar, buyuk tarixiy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy va boshqa voqealarga oid mavzular roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil aprel |
3. Dastgohli va mahobatli rangtasvir yoʻnalishida tarixiy shaxslarning portretlari hamda tarixiy voqealar tasvirini mavjud tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar, arxiv hujjatlari asosida yaratish. 4. Tarixiy yoʻnalishda ijod qilayotgan rassomlarni ragʻbatlantirish maqsadida tarixiy shaxslar portretlari, tarixiy mavzuda yaratilgan eng yaxshi asarlar tanlovini oʻtkazish. | 2026 — 2029-yillar |
28. | Amir Temur va temuriylar xaritalari toʻplamini yaratish. | 1. Xaritalar toʻplamini yaratish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Tarix instituti, Kadastr agentligi, “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi |
2. Xaritalar toʻplamining konsepsiyasini ishlab chiqish, yoʻnalishlarini belgilash. | 2026-yil avgust |
3. Xaritalar toʻplamini tayyorlash. | 2026-yil dekabr |
4. Xaritalarni chop etish. | Reja asosida |
V. Temurshunoslik yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlash |
29. | Birinchi va Ikkinchi Uygʻonish davrlari tarixini oʻrganish boʻyicha ilgʻor sanalgan xorijiy ilmiy, taʼlim, madaniyat muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash tizimini yaratish. | 1. Xorijiy ilmiy, taʼlim, madaniyat muassasalari roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil aprel | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Birinchi va Ikkinchi Uygʻonish davrlari tarixini oʻrganish yoʻnalishi boʻyicha talabgorlar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil iyun |
3. Belgilangan tartibda talabgorlarni xorijiy ilmiy, taʼlim, madaniyat muassasalariga yuborish choralarini koʻrish. | 2027-yil yanvardan boshlab |
VI. Xalqaro ilmiy safarlar |
30. | “Amir Temur izidan” xalqaro ilmiy safarini uyushtirish. | 1. Xalqaro ilmiy safarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Ilmiy safar yuzasidan xorijiy davlatlar bilan kelishuvlarni amalga oshirish. | 2026-yil avgust |
3. Ilmiy safarni tashkil etish. | Reja asosida |
VII. Temuriylarga oid meʼmoriy yodgorliklarni tiklash va taʼmirlash ishlari |
31. | Temuriylarga oid meʼmoriy yodgorliklarni tiklash va taʼmirlash ishlarini bajarish. | 1. Temuriylarga oid meʼmoriy yodgorliklar roʻyxatini tuzish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Madaniy meros agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Yodgorliklarning holatini baholash va xulosalar tayyorlash. | 2026-yil aprel |
3. Tiklash va taʼmirlashga loyiq yodgorliklar boʻyicha ishlarni tasdiqlash. | 2026-yil may |
4. Yodgorliklarda tiklash va taʼmirlash ishlarini bajarish. | Reja asosida |
32. | Temuriylar davrining siyosiy, ilmiy, madaniy, diniy hayotida salmoqli oʻrin tutgan tarixiy shaxslarning qabrlarini aniqlash va taʼmirlash. | 1. Ishchi guruh tuzish va tarixiy shaxslar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil mart | Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar | Fanlar akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Qabrlar oʻrnini aniqlash va ularning haqqoniy holatini oʻrganish. | 2026-yil aprel |
3. Taʼmirlash va tiklash ishlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2026-yil may |
4. Taʼmirlash va tiklash ishlarini bajarish. | Reja asosida |