OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MONOPOLIST BIRLAShMALAR (KORXONALAR) DAVLAT REESTRIGA KIRITILGAN XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLAR TOMONIDAN IShLAB ChIQARILGAN MAHSULOTLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA ChEKLANGAN ShARTNOMAVIY NARXLAR YoKI RENTABELLIKNING ChEKLANGAN DARAJALARINI HAMDA TARIFLARNI ShAKLLANTIRISh VA QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-sentabrda 1415-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 30-noyabrdagi 101, 105, 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga cheklangan shartnomaviy narxlar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini hamda tariflarni shakllantirish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1415-1, 06.12.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-sonli “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining 2003-yil 9-oktabrdagi yigʻilish Bayonnomasiga asosan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasining monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga cheklangan shartnomaviy narxlar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini hamda tariflarni shakllantirish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat boʻyicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik isteʼmolga moʻljallangan mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (1995-yil 3-fevral, roʻyxat raqami 123);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat boʻyicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik isteʼmolga moʻljallangan mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga 1995-yil 1 mayda 132-son bilan kiritilgan 1-son qoʻshimcha (1995-yil 24-may, roʻyxat raqami 123-1);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat boʻyicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik isteʼmolga moʻljallangan mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga 1996-yil 4-aprelda 36/18-son bilan kiritilgan 2-son qoʻshimcha (1996-yil 2-may, roʻyxat raqami 123-2);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat boʻyicha Kengashi tomonidan 1995-yil 19-yanvarda 4/2-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish-texnik isteʼmolga moʻljallangan mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni shakllantirish hamda qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga 1996-yil 24-aprelda 54/23-son bilan kiritilgan 3-son qoʻshimcha (1996-yil 12-may, roʻyxat raqami 123-3);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 7-iyulda 72-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan korxonalarning monopol mahsulotlariga narxlar (rentabellikning cheklangan darajasi)ni deklaratsiyalashda moliya organlariga hujjatlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi Uslubiy tavsiyalar.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
104-son
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
40-son
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi J. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 432-modda)