30.01.2026 yildagi PQ-34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xoʻjaligi boshqaruvini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, ushbu yoʻnalishda keng koʻlamli islohotlarni yanada jadallashtirish, hududda sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimi tugatilsin. Bunda Jizzax viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida mavjud shtat birliklari doirasida boshqarma boshligʻi lavozimi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) togʻli hududlarda foydali qazilma zaxirasiga ega yer uchastkalarini aniqlash va zarur infratuzilmani yaratish, togʻ-kon sanoati yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) togʻ va yaylov hududlarining sanoat, ishlab chiqarish, turizm, eksport boʻyicha salohiyatini oshirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yaylov hududlarida qishloq xoʻjaligiga mos keladigan “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash, chorvachilik, bogʻdorchilik, asalarichilik sohalarini rivojlantirish hamda eksportbop oʻsimliklar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) togʻli hududlar va yaylovlarni muhofaza qilish, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va global iqlim oʻzgarishlariga moslashuvchan ekotizimni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) dasht hududlarida yangi imkoniyatlarni aniqlash, zarur infratuzilmani yaratish orqali viloyat sanoatidagi va yalpi ishlab chiqarishga qoʻshadigan ulushini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) choʻl hududlarda yerosti suv zaxiralarini aniqlash, ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq xoʻjaligini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) dasht va choʻl hududlarida ekologik infratuzilmani barpo etish, chang boʻronlarining oldini olishga qaratilgan “yashil belbogʻlar”ni tashkil etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish maqsadida quyosh panellari fermalari va shamol generatsiyasini ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) dasht va choʻl hududlaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali hududlarda chorvachilik, quyonchilik, tuyachilikni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2026-yildan boshlab yangi kiritilayotgan viloyat hokimi oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ularga samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlarini (keyingi oʻrinlarda — KPI koʻrsatkichlari) belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha strategik koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlar koʻzda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha KPI koʻrsatkichlari tasniflanadi (strategik, hudud va tuman), ularning oʻzaro mutanosibligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ularning faoliyati samaradorligi KPI koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) KPI koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruvga asoslangan chora-tadbirlardan iborat boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) KPI koʻrsatkichlariga erishish natijasi har chorak va yil yakuni boʻyicha “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati hokimligida joriy qilingan tajriba-sinovning ijobiy natijalarini boshqa hokimliklarda ham joriy qilish yuzasidan 2026-yil dekabr oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlariga biriktirilgan hududlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jizzax viloyatining togʻ, yaylov, dasht va choʻl hududlarini rivojlantirish boʻyicha strategik maqsadlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jizzax viloyati hokimligi bir hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Jizzax viloyati hokimining tegishli oʻrinbosarlari funksional vazifalari va ularning kotibiyatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlarining mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan vazifalaridan hamda ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda ularning KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi U.Sh. Xusainov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-34-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
1-ILOVA

Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlariga biriktirilgan hududlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Viloyat hokimining oʻrinbosarlari

Biriktirilgan hududlar

1.

Viloyat hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Baxmal tumani

Zomin tumani

Forish tumani

Gʻallaorol tumani

Yangiobod tumani

2.

Viloyat hokimining dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Arnasoy tumani

Doʻstlik tumani

Zafarobod tumani

Zarbdor tumani

Mirzachoʻl tumani

Paxtakor tumani

Sharof Rashidov tumani

Jizzax shahri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining togʻ, yaylov, dasht va choʻl hududlarini rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STRATEGIK MAQSADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Viloyat hokimi oʻrinbosari

Tuman hokimi oʻrinbosari

Masʼul tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari

Masʼul davlat organlari hududiy boʻlinmalari

Strategik maqsadlar

Oʻlchov birligi

(foiz)

Indikatorlar

Oʻlchov birligi

(foiz)

Subindikatorlar

Oʻlchov birligi

(foiz)

2026-yil rejasi

Hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

(Baxmal, Zomin, Forish, Gʻallaorol, Yangiobod tumanlari)

1.

Togʻli hududlar va yaylovlarda investitsion muhitni yaxshilash

18

Investitsiyalarni jalb qilish

50

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish (mln dollar)

40

594,2

Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman investitsiya boʻlimi

Aholi jon boshiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (ming soʻm)

40

10 653

Hududiy loyihalarni amalga oshirish (soni)

20

146

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish

50

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishga tushirilgan loyihalar (soni)

25

10

Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman investitsiya boʻlimi

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi (mlrd soʻm)

25

11250

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida boʻsh yer maydoni (ga, regressiv)

25

23

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishchilar soni (nafar)

25

135

2.

Togʻli hududlar va yaylovlarda tabiiy mineral resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish

20

Foydali qazilmalar ishlab chiqarishni rivojlantirish

100

Foydalanilayotgan konlar soni (ta)

50

8

Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Foydalanilmayotgan konlar soni (ta, regressiv)

50

15

3.

Togʻli hududlarning oʻziga xos sanoat va eksport salohiyatini oshirish

20

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (QTEMQ) oʻrnatish

40

Yangi oʻrnatilgan energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari, shamol generatorlari va mikroGES) quvvati (MVt)

100

438

Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Eksport hajmini oshirish

60

Eksport qilingan sanoat mahsulotlar hajmi (mln dollar)

50

87,4

Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman investitsiya boʻlimi

Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlar hajmi (mln dollar)

50

109,5

4.

Togʻli hududlar va yaylovlarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish

18

Bogʻdorchilik mahsulotlarini yetishtirish

25

Yangi bogʻlar tashkil etish (ga)

40

2 162,6

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi

Eskirgan va samarasiz bogʻlarni yangilash (ga)

800

650

Bogʻdorchilik mahsulotlarining hajmi (mlrd soʻm)

40

662,8

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish

25

Chorvachilik mahsulotlari hajmi (mlrd soʻm)

25

1600

Chorvachilikka ixtisoslashgan yangi xoʻjaliklar tashkil etish (soni)

25

12

Yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh)

25

600,6

Qoʻy va echkilar bosh soni (ming bosh)

25

1 889,1

Asalarichilikni rivojlantirish

20

Asal ishlab chiqarish hajmi (tonna)

50

810,5

Asal ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar soni (ta)

50

31

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish

30

Tomchilatib sugʻorish joriy qilingan yaylovlar (ga)

100

670

5.

Togʻli hududlar va yaylovlarda turizm infratuzilmasini tashkil qilish

24

Jamoaviy va individual joylashtirish vositalarini rivojlantirish

60

Mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalari (soni)

10

9

Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Viloyat turizm boshqarmasi

Mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalarida joylashtirilgan shaxslar (nafar)

15

602 100

Sanatoriya-kurort muassasalari (soni)

10

1

Sanatoriya-kurort muassasalarida joylashtirilgan shaxslar (nafar)

15

212 650

Dam olish tashkilotlari va turistik bazalar (soni)

10

2

Dam olish tashkilotlari va turistik bazalarda xizmat koʻrsatilgan shaxslar (nafar)

15

9 170

Individual joylashtirish vositalari (mehmon uylari, dala hovli, oʻtov lageri) soni

10

35

Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari (soni)

15

53

Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Asosiy turistik resurslarni rivojlantirish

40

Maxsus togʻ infratuzilmalarini tashkil qilish (dor yoʻllari, koʻprik, km)

100

2

Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Hokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

(Arnasoy, Doʻstlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzachoʻl, Paxtakor, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahri)

1.

Dasht va choʻl hududlarida investitsion muhitni yaxshilash

20

Investitsiyalarni jalb qilish

40

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish (mln dollar)

40

766,5

Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman investitsiya boʻlimi

Aholi jon boshiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (ming soʻm)

40

12100

Ishlab chiqilgan loyihalar (soni)

20

253

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish

30

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishga tushirilgan loyihalar (soni)

25

18

Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman investitsiya boʻlimi

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi (mlrd soʻm)

25

5100

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida boʻsh yer maydoni (ga, regressiv)

25

15

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishchilar soni (nafar)

25

6 925

2.

Dasht va choʻl hududlarida resurslardan samarali foydalanish

15

Suv taʼminotini yaxshilash

100

Sugʻorish tarmoqlarini oʻtkazish (km)

50

132

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi

Tomchilatib sugʻorish joriy qilingan maydonlar (ga)

50

6000

3.

Dasht va choʻl hududlarining sanoat va savdo salohiyatini oshirish

20

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (QTEMQ) oʻrnatish

25

Yangi oʻrnatilgan energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari, shamol generatorlari) quvvati (MVt)

100

14,5

Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish

35

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi (ming soʻm)

100

19348

Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Eksport hajmini oshirish

40

Eksport qilingan mahsulotlar hajmi (mln dollar)

100

211,1

Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman investitsiya boʻlimi

4.

Dasht va choʻl hududlarida chorvachilikni rivojlantirish

15

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish

100

Chorvachilik mahsulotlari hajmi (mlrd soʻm)

25

1200

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi

Chorvachilikka ixtisoslashgan (quyon, tuya v.b.) xoʻjaliklar tashkil etish (soni)

25

23

Yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh)

25

422,4

Qoʻy va echkilar bosh soni (ming bosh)

25

680,9

5.

Dasht va choʻl hududlarida turizm infratuzilmasini tashkil qilish

10

Jamoaviy va individual joylashtirish vositalarini rivojlantirish

60

Mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalari (soni)

15

8

Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Viloyat turizm boshqarmasi

Mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalarida joylashtirilgan shaxslar (nafar)

20

186 340

Dam olish tashkilotlari va turistik bazalar (soni)

15

2

Dam olish tashkilotlari va turistik bazalarda xizmat koʻrsatilgan shaxslar (nafar)

20

14 550

Individual joylashtirish vositalari (mehmon uylari, oʻtov lageri) soni

15

34

Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari (soni)

15

77

Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Asosiy turistik resurslarni rivojlantirish

40

Maxsus choʻl infratuzilmalarini (safari, ekoturizm obyektlari) tashkil qilish (soni)

100

1

Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

6.

Dasht va choʻl hududlarida ekologik infratuzilmani barpo etish

20

Chang boʻronlarining oldini olish maqsadida “yashil belbogʻlar” tashkil etish

50

Qishloq xoʻjaligi yerlarida ihotazorlar barpo qilish (ga)

50

167

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi

Yantoq, saksovul, izen va boshqa choʻl oʻtlari ekilgan maydon (ga)

50

188

Tuproq eroziyasini kamaytirish

50

Tuproq shoʻrlanishini kamaytirish (ga)

50

242

Tuproqlardagi gumus miqdorini oshirish (ga)

50

3 195

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 07/26/34/0100-son)