Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1652-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-oktabrdagi 642-son “Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-yanvar,
20-son
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-yanvar,
3-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-yanvar,
5-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi 20-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-yanvardagi 5-q/q-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1652, 2007-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 18-modda).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 23-iyuldagi 3, 42/qq va 25-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1652-1, 2012-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 386-modda).
3. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-avgustdagi 70, 8/QQ, 56-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1652-2, 2018-yil 7-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1652-2/1853-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-martdagi 4, 9-2020 va 21-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1652-3, 2020-yil 2-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/1652-3/0531-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2026-y., 10/26/1652-4/0091-son)