21.01.2026 yildagi PQ-22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda sport kurashlarini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash hamda milliy terma jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar sport kurashlarini (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) rivojlantirish va ommalashtirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sport kurashlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish hamda ularni professional sportchi sifatida tayyorlash, musobaqalarning yangi turlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sport kurashlari bo‘yicha zamonaviy sport majmualarini barpo etish, mavjud moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni doimiy ravishda sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sport kurashlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026 — 2032-yillarda sport kurashlarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2026-yildan boshlab sport kurashlari bo‘yicha quyidagi musobaqalar muntazam o‘tkazib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Bosh prokuror kubogi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “O‘zbekiston botirlari” turniri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan sport musobaqalari 2026-yildan boshlab O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari hisobidan o‘tkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sportchilarni professional tayyorlash va ular zaxirasini yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasini (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirish va xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda, sport kurashlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa sport mutaxassislarini zamonaviy, innovatsion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Birlashgan kurash dunyosi, Osiyo sport kurashlari federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning sport kurashlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) barcha darajadagi sport-ta’lim tashkilotlarida yagona yondashuv asosida sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashni tashkil etishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasiga har yili jami 50 milliard so‘m yo‘naltirib boriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur mablag‘lar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi faoliyatini moliyaviy ta’minlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, milliy terma jamoalarni tayyorlashni tashkil qilishga sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar bo‘yicha undiruvlar hamda undirilgan davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lardan (taqsimotdan avval) ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Sport vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sport kurashlari va milliy kurashni rivojlantirish jamg‘armasida jamlanadi hamda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasining so‘rovnomasiga asosan grant sifatida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mablag‘larning taqsimoti Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sport kurashlarini ommalashtirish va keng targ‘ib qilishni tashkil qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) har bir tuman (shahar)da kamida bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashtirilgan sport klublar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. Bunda ushbu maktablarni sport inventarlari bilan jihozlab borish mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2026/2027 o‘quv yildan boshlab zarur infratuzilmasi mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlari bo‘yicha sport maktabining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan reja asosida “Bolalar uchun kurash” dasturini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) sport kurashlari klublariga ega bo‘lgan hamda “Bolalar uchun kurash” dasturi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida sport kurashlari bo‘yicha tizimli ravishda sport musobaqalarini o‘tkazib borish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Sport vazirligi O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda joylarda sport kurashlari bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlarni sport kurashlariga keng jalb etish va iqtidorli sportchilarni eng quyi bo‘g‘indan saralab borishni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) har yili talabalar o‘rtasida sport kurashlari bo‘yicha tizimli ravishda sport musobaqalari o‘tkazib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oliy ta’lim tashkilotlarida sport kurashlari bo‘yicha seksiya va klublar faoliyati yo‘lga qo‘yilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari sport kurashlarini ommalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yoshlar o‘rtasida tuman (shahar) va hudud miqyosida musobaqalarni muntazam ravishda tashkil qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va sport musobaqalarida hududiy sport jamoalari ishtirok etishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sport vazirligining buyurtmanomalari (viza talabnomalari)ga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tashqi ishlar vazirligi sport kurashlari bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ichki ishlar vazirligi sport kurashlari bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a’zolariga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi (uzaytirilishi) hamda O‘zbekiston Respublikasida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin;
(12-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi sport kurashlari bo‘yicha xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi N.T. Yo‘ldoshev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport kurashlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

1.

Sport kurashlari bo‘yicha sport infratuzilmasini yaxshilash.

1. Sport kurashlari bo‘yicha hududlardagi sport inshootlarini xatlovdan o‘tkazish hamda sport inshootlarining joriy holati va ta’mirga muhtojligini joyiga chiqib o‘rganish.

2. O‘rganish natijalariga muvofiq sport kurashlari bo‘yicha sport inshootlarini kapital ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sport vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

3. Manzilli dasturga muvofiq joylardagi sport kurashlari bo‘yicha sport inshootlarini kapital ta’mirlash (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish.

Manzilli dasturda belgilangan muddatlarda

2.

Sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchilarning umumiy sonini oshirish.

1. Sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchilar sonini tahlil qilish.

2. Ilg‘or xorijiy davlatlar (AQSH, Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon va boshqalar) tajribasini o‘rgangan holda sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

-

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,

Sport vazirligi

3.

Umumta’lim maktablarida sport kurashlariga ixtisoslashtirilgan sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Har bir tuman (shahar)dagi sport kurashlariga ixtisoslashtiriladigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish.

2026-yil iyun

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sport vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

2. Har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumta’lim maktabida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublarini tashkil etish.

2026/2027 o‘quv yili

3. Ushbu maktablarni zarur sport inventarlari bilan jihozlab borish.

Doimiy

4.

Qurolli Kuchlar tizimida sport kurashlarini yanada ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasini shakllantirish.

2026-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Mudofaa vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

2. Qurolli Kuchlar tizimidagi sport kurashlari bo‘yicha sport seksiyalarini trener va sportchi lavozimlari bilan to‘ldirish, xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, sport kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zaruriy vositalar bilan ta’minlash.

Doimiy

5.

Hududlarda sport kurashlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil iyun

-

Sport vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

2. Hududlarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida sport kurashlari bo‘yicha yosh sportchilar bilan mahorat darslarini tashkil qilib borish.

3. Iqtidorli yoshlarni aniqlash va saralab olish hamda ularni professional sportchi sifatida tayyorlash uchun sport-ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirib borish.

Doimiy

6.

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoalarning nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi va unda munosib ishtirok etishini ta’minlash.

1. Sport kurashlari bo‘yicha milliy terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2. Nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik ko‘rish rejasini ishlab chiqish.

3. Rejaga muvofiq terma jamoa a’zolari uchun xalqaro va mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazib borish.

2026-yil iyul

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

4. Terma jamoa a’zolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

Doimiy

7.

Sport kurashlari bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda ushbu sport turini rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘quv reja va o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

2026-yil avgust

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,

Sport vazirligi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv reja va o‘quv dasturlari, maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Davlat sport-ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarini joriy qilish.

2026/2027 o‘quv yili

8.

Sport kurashlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa sport mutaxassislarini zamonaviy, innovatsion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash tizimini joriy etish.

Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil mart

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari va homiylik xayriyalari

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Sport vazirligi

9.

Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy jihatdan ta’minlash tizimini takomillashtirish.

1. Sport kurashlari bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qo‘llanmalar ro‘yxatini shakllantirish.

2026-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Sport vazirligi

2. Ro‘yxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni takomillashtirish.

3. Takomillashtirilgan ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni Sport vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqish va chop etish.

Doimiy

10.

Sport kurashlari bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy etib borish choralarini ko‘rish.

1. O‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etib borish.

2. Milliy terma jamoa trenerlari va boshqa mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida sport kurashlari rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborishni yo‘lga qo‘yish.

3. Sport kurashlari rivojlangan xorijiy davlatlar sportchilari ishtirokida xorijiy va mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilib borish.

Doimiy

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

11.

Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qo‘llab-quvvatlash.

1. Sport kurashlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlanganlik holati va ehtiyojini o‘rganish.

2. Aniqlangan ehtiyojga ko‘ra, sport kurashlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlab borishni tashkil qilish.

Doimiy

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2032-yillarda sport kurashlarini rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2026

2027

2028

2029

2030

2031

2032

1.

Sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchilar soni

nafar

26 700

26 900

27 100

27 300

27 500

27 700

27 900

Sport vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

2.

Sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni

nafar

1 500

1 600

1 700

1 800

1 900

2 000

2 100

Sport vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

3.

Sport kurashlari bo‘yicha trenerlar soni

nafar

1 070

1 090

1 110

1 130

1 150

1 170

1 190

Sport vazirligi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

4.

Sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlar soni

nafar

13

15

17

20

23

26

30

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

5.

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki

son

21

20

22

20

21

20

22

Sport vazirligi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

6.

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro sport musobaqalari

son

3

4

4

3

3

3

3

Sport vazirligi,

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi,

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-337-son qarorining 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” so‘zlari “Sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “B. Kurbanov” so‘zlari “Sh. Xalmuxammedov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uchinchi xatboshidagi “2024-2025-yillarda” so‘zlari “2024 — 2027-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturining 44-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-449-son qaroriga 1-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

9.

Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarini tashkil etish.

1. Obyekt barpo etiladigan manzilni aniqlash, tegishli yer maydonini ajratish.

2023-yil aprel

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov),

Samarqand viloyati hokimligi

(A. Boboyev),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(X. Bozarov)

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi

(U. Rozukulov),

Sport vazirligi

(M. Ismailov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

2023-yil may — iyul

“O‘zavtosanoat” AJ homiylik mablag‘lari,

ijrochilar mablag‘lari

3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) e’lon qilish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

5. Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

6. Bino va inshootlarni zamon talablari asosida jihozlash.

Ijrochilar mablag‘lari

7. Amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini qabul qilish, nazorat-o‘lchovdan o‘tkazish.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-149-son qarorining 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2026-yil 1-fevraldan boshlab biologik namunalarni to‘plash va tadqiqotlar (doping-testlar) o‘tkazish bo‘yicha maxsus moslamalar hamda boshqa tovar va xizmatlarni xarid qilishni (xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilardan) “taklif so‘rovi” xarid qilish tartib-taomili orqali amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 5-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2024-2025-yillar davomida” so‘zlari “2024 — 2026-yillar davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-274-son qarori bilan tasdiqlangan 2024 — 2026-yillarda voleybol sport turlarini rivojlantirish dasturining 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori bilan tasdiqlangan Jamoaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

6.

Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanishga tizimli jalb qilib borishni yo‘lga qo‘yish.

1. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib borishga jalb qilish.

Doimiy

Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

“Tadbirkor ayol”

O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

2. Tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilishga ko‘maklashish.

Doimiy

3. Tadbirkorlik subyektlarining o‘z xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanishini tashkil qilishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Soliq qo‘mitasi

(F. Pulatov)

4. Xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoaviy sport turlariga homiylik mablag‘larini yo‘naltirganlik uchun soliq imtiyozlarini taqdim qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil iyun

5. Tadbirkorlik subyektlarining xodimlarni sportga jalb qilish bo‘yicha reytingini joriy etish hamda ularning sport klublari reyestrini yuritish, shuningdek, har yili e’lon qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil aprel

O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi

”.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)