22.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3760
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining buyrugʻi, 22.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3760
Kuchga kirish sanasi
23.01.2026
Hujjat 23.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3760]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor Q. AXMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari Federatsiya raisi K. RAFIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 70-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) axborot xizmati rahbarlarini (bundan buyon matnda talabgorlar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — davlat organlari va tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlmagan yoxud bunday guvohnomasining amal qilish muddati tugayotgan axborot xizmati rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish uning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, tegishli malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar ular ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birinchi marta lavozimga tayinlangan talabgor ishga qabul qilingan kundan boshlab kamida uch oy ishlaganidan keyin attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga qadar ikki oy mobaynida attestatsiyadan oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun Markaz mutaxassislari orasidan Markaz direktorining buyrugʻi bilan kamida yetti kishidan iborat tarkibda Attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlari vakillari ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

Markaz direktorining soha boʻyicha masʼul oʻrinbosari Komissiya raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi Komissiya ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiyaning ishchi organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun Komissiya raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Komissiya aʼzolari hamda talabgorlarga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Attestatsiyada beriladigan savollar roʻyxati Markaz tomonidan ishlab chiqilib, attestatsiya oʻtkazish sanasidan kamida ikki oy oldin uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabgorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan talabgorlarning roʻyxatini taqdim etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga attestatsiyani oʻtkazish joyini koʻrsatgan holda yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat organlari va tashkilotlari Komissiya murojaat qilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida unga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi talabgorlarning anketasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya tomonidan talabgorlarning anketasi taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida ushbu hujjatlar atroflicha oʻrganib chiqilib, attestatsiyadan oʻtadigan talabgorlar roʻyxati tasdiqlanadi hamda attestatsiya ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya ishchi organi har bir talabgor haqidagi materiallarni attestatsiya oʻtkazish sanasidan kamida bir hafta oldin Komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Attestatsiyaga uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, mehnat taʼtili, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) kelmagan talabgor attestatsiya boshlangunga qadar Markazni yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi lozim. Bunda talabgor attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgorlar boʻyicha ular ishlayotgan davlat organi yoki tashkiloti rahbarlariga xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgorlar boʻyicha Komissiya tomonidan talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Attestatsiyani oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya ishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya majlisi uning aʼzolarini talabgorlarning hujjatlari bilan tanishtirish, shuningdek talabgorlarga attestatsiyani oʻtkazish tartibini tushuntirishdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Attestatsiya 5 ta savoldan va amaliy sinovlardan iborat ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Attestatsiya oʻtkazilayotgan xonaga talabgorlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, shpargalka va boshqa materiallar olib kirish hamda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki foydalangan talabgor attestatsiyani oʻtkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida attestatsiyadan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Attestatsiya shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Markazda uch yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya attestatsiyani oʻtkazish davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor toʻgʻrisida qisqa maʼlumotni tinglaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar roʻyxatiga muvofiq talabgor bilan suhbat oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalariga koʻra talabgorga baho beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishchi organiga attestatsiya natijalarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgor bilan uning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohasi, shu jumladan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayonida berilgan savollar va talabgorning javoblari, suhbat natijalari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat oʻtkazish varaqasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Attestatsiya oʻtkazish vaqtida talabgorning natijalari (suhbat natijalari) 5 ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Komissiyaning har bir aʼzosi nomzodni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, axborot-kommunikatsiya sohasidagi muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi — 5 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga aniq, biroq toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi, axborot-kommunikatsiya sohasidagi muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi — 4 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 3 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi — 2 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi — 1 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi — 0 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni attestatsiyadan oʻtgan deb topish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb topish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda suhbat natijalariga koʻra kamida 4 ball bilan baholangan talabgor attestatsiyadan oʻtgan deb topiladi va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiyaning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va suhbat oʻtkazish varaqasiga kiritiladi. Bayonnoma qarori va suhbat oʻtkazish varaqasi ushbu attestatsiyada ishtirok etgan rais hamda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiyaning qarorlari ovoz berish tugaganidan keyin shu vaqtning oʻzida talabgorlar uchun eʼlon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan talabgorga attestatsiyadan oʻtgandan keyin besh kun muddatda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Attestatsiyadan oʻta olmagan talabgor boʻyicha Komissiya ishchi organi Komissiyaning qarorlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kun muddatda xulosani rasmiylashtiradi hamda uni davlat organi yoki tashkilotiga yozma yoki elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda davlat organi va tashkiloti mazkur xodimni takroran attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Talabgor takroran attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddatda takroran attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, Komissiya uning ish joyiga bu haqda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi yoki tashkiloti xabarnoma olingan kundan keyin oʻn kun mobaynida mazkur xabarnomani koʻrib chiqishi va mehnat qonunchiligiga muvofiq tegishli choralar toʻgʻrisida besh kun muddatda Markazni yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Talabgorlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgorlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Markaz direktorining buyrugʻi bilan Markazning kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda Apellyatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaz direktorining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar mazkur attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan talabgorni shikoyat koʻrib chiqilishidan 2 kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan talabgor mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida talabgorga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda talabgorning attestatsiya natijasida olgan balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan talabgorga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Apellyatsiya komissiyasining attestatsiya natijalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qarori asosida talabgorga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Apellyatsiya komissiyasining qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish Markaz tomonidan talabgorning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda uning arizasi asosida bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar talabgor oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Markaz tomonidan qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi lozim, bunda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda talabgorning arizasiga koʻra, ushbu ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun ichida uning dublikati bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Dublikatni berishda talabgorga Markaz tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qoʻyilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabgor boshqa davlat organi yoki tashkilotiga oʻtgan taqdirda agar uning attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi amal qilish muddati tugamagan boʻlsa, u qayta attestatsiyadan oʻtmasdan faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Talabgorning faoliyat samaradorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-son “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun talabgorning

ANKETASI

1. Familiyasi, ismi otasining ismi

___________________________________________

2. Tugʻilgan sanasi (yil, kun va oy)

___________________________________________

3. Pasport (ID-karta)ning seriyasi, tartib raqami, berilgan sanasi:

___________________________________________

4. Yashash joyi:

___________________________________________

viloyat ____________________________

shahar (tuman) __________________________

koʻcha ____________________________

uy, kvartira raqami ______________________

telefon ____________________________

el. pochta manzili _______________________

5. Maʼlumoti

___________________________________________

Taʼlim tashkilotining nomi

___________________________________________

Mutaxassisligi

___________________________________________

6. Mehnat faoliyati

T/r

Oy va yil

Tashkilot va lavozimi

Tashkilot joylashgan joy

ishga kirgan vaqti

ishdan boʻshagan vaqti

1.

2.

7. Axborot xizmati rahbari sifatidagi mehnat faoliyati

T/r

Oy va yil

Tashkilot va lavozimi

Tashkilot joylashgan joy

tayinlandi

ozod qilindi

1.

2.

Toʻldirilgan sana __________

Imzo ____________

Komissiya aʼzolari:

1. ______________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

2. ______________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

3. ______________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

Ishchi organ masʼul xodimi

___________________________________________

(F.I.O., imzo)

Suhbat varaqasi bilan tanishdim:

(sana va nomzodning imzosi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

SUHBAT OʻTKAZISH VARAQASI

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________________________________________

2. Tugʻilgan yili (sanasi) ________________________________________________________________

3. Maʼlumoti __________________________________________________________________________

4. Mutaxassisligi ______________________________________________________________________

5. Umumiy ish staji ____, shu jumladan jurnalistika, axborot xizmatida ______________________

6. Boshqa maʼlumotlar: __________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________

7. Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari:

1) savol: ______________________________________________________________________________

javob: ________________________________________________________________________________

2) savol: ______________________________________________________________________________

javob: ________________________________________________________________________________

3) savol: ______________________________________________________________________________

javob: ________________________________________________________________________________

4) savol: ______________________________________________________________________________

javob: ________________________________________________________________________________

5) savol: ______________________________________________________________________________

javob: ________________________________________________________________________________

6) amaliy sinov natijasi: _______________________________________________________________

8. Nomzodning eʼtirozlari va takliflari: _________________________________________________

________________________________________________________________________________________

9. Ovoz berish natijalari:

yoqlaganlar __________________

qarshilar __________________

10. Suhbat oʻtkazilgan sana: _______________________________________________________________

11. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha xulosa: ____________________________________________

_______________________________________________________________________________________

Komissiya raisi

_______________________________________

(F.I.O., imzo)

Komissiya raisining oʻrinbosari

_______________________________________

(F.I.O., imzo)

Komissiya aʼzolari:

1. _____________________________________

(F.I.O., imzo)

2. _____________________________________

(F.I.O., imzo)

3. _____________________________________

(F.I.O., imzo)

Ishchi organ masʼul xodimi

_______________________________________

(F.I.O., imzo)

Suhbat varaqasi bilan tanishdim:

_______________________________________

(nomzodning F.I.O., sana va imzosi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Axborot xizmat rahbari attestatsiyadan oʻtganligi haqida

GUVOHNOMA

________________-son

(seriyasi)

Ushbu bilan ___________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

______________________________________________________________________________________

(attestatsiyani oʻtkazgan tashkilot nomi)

______________________________ da attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi va u davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbari boʻlib ishlashi mumkin

Guvohnoma ___________________________ gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)

Attestatsiya komissiyasi raisi:

__________

____________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 70-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 26-avgustdagi 324-son “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 3187, 2019-yil 3-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3187/3846-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 17-dekabrdagi 445-son “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 3187-1, 2020-yil 16-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 10/20/3187-1/0057-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-son “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 3187-2, 2025-yil 6-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 10/26/3760/0068-son)