Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2026 03.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3187
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining buyrugʻi, 03.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3187
Kuchga kirish sanasi
03.10.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3187]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 70-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3760, 22.01.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor v.b. K. ALLAMJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
324-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 26-avgustdagi 324-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot xizmati rahbarlarini (bundan buyon matnda axborot xizmati rahbari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash masalasini tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari bilan kelishish, shuningdek ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa va tashkilotlar.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 17-dekabrdagi 445-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3187-1, 16.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 10/20/3187-1/0057-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari Agentlik bilan kelishilgan holda, hududiy davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari hududiy boshqarmalar bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi hamda ular tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish bevosita mazkur davlat organlari va tashkilotlariga proaktiv shaklda davlat xizmatini ko‘rsatish tarzida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlashga taqdim etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzod tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni tan olish to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot xizmati rahbari lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar elektron imzo bilan tasdiqlangan yoki “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda jo‘natiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini ko‘rib chiqishda nomzod bilan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Suhbat tegishlicha Agentlik va uning hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi, bunda komissiya tarkibi Agentlikda direktor tomonidan, hududiy boshqarmalarda esa boshqarma boshliqlari tomonidan kamida besh kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlikda direktorning soha bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari, hududiy boshqarmalarda boshqarma boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiyalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Agentlikning Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, hududiy boshqarmalarda axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish sektori tegishli komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni kelishish davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchi organ tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin suhbat o‘tkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab besh kuni ichida ishchi organ tomonidan kamchiliklar ko‘rsatilgan holda nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim qilishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Suhbat nomzod bilan uning kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, axborot xizmatlariga oid masalalar, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat o‘rtasida muloqotni shakllantirish va takomillashtirishda keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, zamonaviy axborot maydonida kechayotgan tendensiyalarga oid tahliliy yondashuv kabi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat o‘tkazish varaqasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya suhbat natijalari yuzasidan nomzodni suhbatdan o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar komissiyaning ishchi organini xabardor qilishlari lozim. Bunda nomzodlar komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida suhbatga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suhbat natijalariga ko‘ra nomzodning suhbatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi holati bo‘yicha ishchi organ ikki ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlar bir oydan so‘ng qayta tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Suhbatning shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida, uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Axborot xizmati rahbari lavozimidan ozod etilganda, davlat organi va tashkiloti o‘n ish kuni muddatida Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari tegishli ravishda Agentlik va uning hududiy boshqarmalarida har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tadi. Bunda, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini ular ishlayotgan tashkilot tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi marta lavozimga tayinlangan axborot xizmati rahbari lavozimga tayinlangan yilida, biroq lavozimda kamida uch oy ishlaganidan keyin attestatsiyadan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga qadar ikki oylik muddat ichida attestatsiyadan o‘tish kerak.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 9 — 11-bandlariga muvofiq tartibda attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga davlat organlari va tashkilotlari, muassasalar vakillari ham kiritilishi, shuningdek hududiy boshqarmalaridagi attestatsiya komissiyalari tarkibiga Agentlik vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Attestatsiya komissiyasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tuvchilarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini rais o‘rinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Attestatsiya komissiyasining ishchi organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tuvchilarning anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda attestatsiyadan o‘tuvchilarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Attestatsiya komissiyasi ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Attestatsiya komissiyasining qarorlari, uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazishi uchun Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga xat yuboradi. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi attestatsiyadan o‘tuvchining anketasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq bo‘lganda, attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, bunda attestatsiya o‘tkazilishidan kamida besh ish kuni oldin attestatsiyani o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlari xabardor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq bo‘lganda, attestatsiya ular taqdim etilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Attestatsiyaga kela olmaydigan attestatsiyadan o‘tuvchilar attestatsiya boshlangunga qadar attestatsiya komissiyasining ishchi organini xabardor qilishlari lozim. Bunda attestatsiyadan o‘tuvchilar attestatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Attestatsiyadan o‘tuvchi bilan uning kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi, shu jumladan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayonida berilgan savollar va attestatsiyadan o‘tuvchining javoblari, suhbat natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat o‘tkazish varaqasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyada beriladigan savollar ro‘yxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tuvchining bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tuvchini attestatsiyadan o‘tgan deb topish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tuvchini attestatsiyadan o‘tmagan deb topish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Attestatsiya natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Attestatsiya shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida, uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan axborot xizmati rahbariga attestatsiyadan o‘tgandan keyin ikki kun muddatda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Guvohnomalarni hisobga olish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Axborot xizmati rahbari attestatsiyadan o‘tmagan deb topilganda davlat organi va tashkiloti mazkur xodimni takroran attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida uch oy o‘tgach murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Attestatsiya komissiyalarining qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish axborot xizmati rahbarining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar axborot xizmati rahbari o‘z faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi lozim, bunda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, axborot xizmati rahbarining arizasiga ko‘ra, o‘n ish kuni ichida uning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Dublikatni berishda axborot xizmati rahbariga Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan “DUBLIKAT” belgisi qo‘yilgan attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi va dublikati berilishi uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar asosida baholaydi hamda ularning reytingini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash uchun Agentlik direktorining buyrug‘i asosida baholash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi kamida besh kishidan iborat bo‘ladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Komissiya qarorlari uning a’zolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Komissiya majlisi natijasida axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash haqida qaror qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash uchun axborot xizmati rahbarlari tomonidan Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Komissiya ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan mezonlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar asosida har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholaydi va ularning reytingini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash natijasida to‘plangan ballarning umumiy yig‘indisi asosida quyidagicha e’tirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatkich miqdori 55 ballgacha bo‘lsa — past darajada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatkich miqdori 56 balldan 71 ballgacha bo‘lsa — qoniqarli darajada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatkich miqdori 72 balldan 85 ballgacha bo‘lsa — o‘rta darajada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatkich miqdori 86 balldan 100 ballgacha bo‘lsa — yuqori darajada.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Axborot xizmati rahbarlari reytingi axborot xizmati rahbari tomonidan to‘plangan ballarining umumiy yig‘indisidan kelib chiqib, hududlar kesimida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval ko‘rinishida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Agentlik axborot xizmati rahbarlari reytingini reyting tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Komissiyaning qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q. RAFIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

‎SUHBAT O‘TKAZISH VARAQASI

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi‎ _____________________________________________________________

‎‎2. Tug‘ilgan yili (sanasi)‎ ______________________________________________________________________

3. Ma’lumoti‎‎‎ _______________________________________________________________________________

4. Mutaxassisligi‎‎‎____________________________________________________________________________

‎‎5. Umumiy ish staji ____, shu jumladan jurnalistika, axborot xizmatida_______________________________‎

6. Boshqa ma’lumotlar: ________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________‎

‎‎7. Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari:

1) savol: ___________________________________________________________________________

javob: _____________________________________________________________________________

2) savol: ___________________________________________________________________________

javob: _____________________________________________________________________________

3) savol: ___________________________________________________________________________

javob: _____________________________________________________________________________

4) savol: ___________________________________________________________________________

javob: _____________________________________________________________________________

5) savol: ___________________________________________________________________________

javob: _____________________________________________________________________________

6) amaliy sinov natijasi: __________________________________________________________

8. Nomzodning e’tirozlari va takliflari:‎‎_________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________‎

9. Ovoz berish natijalari:‎‎‎

yoqlaganlar __________________
‎qarshilar ‎ __________________

10. Suhbat o‘tkazilgan sana:‎‎ _____________________________________________________________________

11. O‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha xulosa:‎‎_____________________________________________
‎_______________________________________________________________________________‎

Komissiya raisi‎

_______________________________________‎

(F.I.O., imzo)‎

Komissiya raisining o‘rinbosari ‎

_______________________________________‎

(F.I.O., imzo)‎ ‎

Komissiya a’zolari:‎

1. _____________________________________‎

(F.I.O., imzo)‎ ‎

2. _____________________________________‎

(F.I.O., imzo)‎ ‎

3. _____________________________________‎

(F.I.O., imzo)‎ ‎

Ishchi organ mas’ul xodimi ‎

_______________________________________‎

(F.I.O., imzo)‎

Suhbat varaqasi bilan tanishdim:‎

_______________________________________‎

(nomzodning F.I.O., sana va imzosi)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun
‎attestatsiyadan o‘tuvchining
‎ANKETASI ‎‎

‎‎‎3 x 4 sm o‘lchamli fotosurat uchun joy

1.‎

‎‎Familiyasi

‎‎_________________________________________________________________

‎‎Otasining ismi

‎‎‎‎_________________________________________________________________

2.‎

Tug‘ilgan sanasi (yil, kun va oy) ‎‎

3.‎

‎‎Pasport (ID-karta)ning seriyasi, tartib raqami, berilgan sanasi:

‎‎
‎___________________________________________________

4.‎

‎‎Yashash joyi:

‎‎viloyat __________________________
‎ko‘cha____________________________
‎‎telefon_________________________‎
‎‎

‎‎shahar (tuman) __________________________
‎uy, kvartira raqami _____________________
‎el. pochta manzili _______________________

5.‎

‎‎Ma’lumoti
‎Ta’lim muassasasining nomi
‎Mutaxassisligi

‎‎_____________________________________________
‎_____________________________________________
‎_____________________________________________

6.‎

‎‎Mehnat faoliyati

‎‎

T/r

Oy va yil‎‎‎

Tashkilot va lavozimi

Tashkilot joylashgan joy

ishga kirgan vaqti‎‎

ishdan bo‘shagan vaqti

1.‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎7.

‎‎‎Axborot xizmati rahbari sifatidagi mehnat faoliyati‎

‎‎

T/r‎‏

Oy va yil‎‎

Tashkilot va lavozimi ‎‏

Tashkilot joylashgan joy‎‏

tayinlandi‎‎

ozod qilindi‎‎

1.

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎To‘ldirilgan sana__________

Imzo ____________

‎‎Komissiya a’zolari:

1.

_____________________________________________

‎‎(F.I.O., imzo)

2.

_____________________________________________

‎‎(F.I.O., imzo) ‎‎

3.

‎‎_____________________________________________‎‎

‎‎(F.I.O., imzo)

‎‎Ishchi organ mas’ul xodimi

‎‎__________________________________________________________

‎‎(F.I.O., imzo)

S‎uhbat varaqasi bilan tanishdim:

‎‎__________________________________________________________‎‎

‎‎(sana va nomzodning imzosi)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2025-yil 14-yanvardagi 252-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3187-2, 06.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎

‎‎‎Axborot xizmat rahbari attestatsiyadan o‘tganligi haqida
‎GUVOHNOMA

‎‎________________-son

‎‎(seriyasi)‎

‎‎Ushbu bilan__________________________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(attestatsiyani o‘tkazgan tashkilot nomi)

‎‎______________________________ da attestatsiyadan o‘tganligi tasdiqlanadi.
‎‎Guvohnoma _________________________ gacha amal qiladi.

‎‎(yil, kun va oy)

‎‎Attestatsiya komissiyasi raisi:

__________

‎‎_______________________________________

(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.O‘.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot xizmati rahbarining faoliyati samaradorligini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Ballar*

To‘plandi**

A

B

S

D

AXBOROT XIZMATI RAHBARI FAOLIYATI ISH HAJMI

Matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar va boshqa tadbirlar (press-tadbirlar) soni

1.

6 va undan ortiq press-tadbir

10

5 ta press-tadbir

8

4 ta press-tadbir

6

3 ta press-tadbir

4

2 va undan kam press-tadbir

0

Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar soni

2.

6 va undan ortiq onlayn efir

10

5 ta onlayn efir

8

4 ta onlayn efir

6

3 ta onlayn efir

4

2 va undan kam onlayn efir

0

AXBOROT XIZMATI RAHBARI ISH FAOLIYATI SIFATI

Matbuot anjumanlarida, brifinglar va boshqa press-tadbirlarda rahbarlarning ishtiroki***

3.

rahbar ishtirok etsa

10

rahbarning birinchi o‘rinbosari ishtirok etsa

8

rahbarning o‘rinbosari ishtirok etsa

6

rahbarlar ishtirok etmasa

0

Axborotni yetkazib berish shakli (har oyda bir martadan kam bo‘lmagan holda)

4.

infografika tarzida

10

foto, video shaklida

8

matn shaklida

6

axborot e’lon qilinmasa

0

AXBOROT XIZMATI RAHBARI ISH FAOLIYATI SAMARADORLIGI

Axborotning qamrov miqyosi

5.

radio/televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytda e’lon qilinishi

10

faqat ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytda e’lon qilinishi

8

faqat radio/televideniye va gazetada e’lon qilinishi

6

radio, televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar yoki veb-saytda e’lon qilinishi

4

axborot e’lon qilinmasa

0

Sohaga oid muammolarni yoritish

6.

birinchi manba sifatida yoritish

10

e’lon qilingan tanqidiy materialga munosabat bildirish

5

birinchi manba sifatida yoritmasa yoki e’lon qilingan tanqidiy materialga munosabat bildirmasa

0

Tanqidiy materiallarga munosabat bildirishning tezkorligi

7.

Tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 5 soat ichida

10

Tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 12 soat ichida

8

Tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida

4

Tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soatdan keyin

0

Tadbirlar haqidagi axborotlarning rasmiy veb-sayt, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishi tezkorligi

8.

tadbir yakunlangandan keyin 1 soat ichida

10

tadbir yakunlangandan keyin 5 soat ichida

8

tadbir yakunlangandan keyin 12 soat ichida

4

tadbir yakunlangandan keyin 12 soatdan keyin

0

Rahbar yoki axborot xizmati rahbarining muayyaan axborot voqeligi munosabati bilan rasmiy bayonot berishi

9.

video formatida

10

matn shaklida

5

bayonot berilmasa

0

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilinishi

10.

tashkilot faoliyati haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilinsa

10

tashkilot faoliyati haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilinmasa

0

Yondashilgan me’zonlar soni

10

Umumiy ball (D1+D2+D3+D4+D5+D6+D7+D8+D9+D10)

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jami 100 ball, har bir mezon 10 balldan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ushbu ustunda hisoblash natijasida aniqlangan ballar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Yuqoriroq lavozimdagi shaxs ishtirok etganligi uchun ball beriladi (masalan, birinchi rahbar ishtirok esa 10 ball beriladi, uning o‘rinbosarlari yoki boshqa xodim ishtirok etganligidan qat’iy nazar).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3187/3846-son; 16.01.2020-y., 10/20/3187-1/0057-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.02.2025-y., 10/25/3187-2/0110-son)