1-ILOVA
1. | A. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi |
2. | U. Teshabayeva | — | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari |
3. | O. Davlatov | — | Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori |
4. | E. Asanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi |
5. | Sh. Sagatova | — | adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi |
6. | B. Karimov | — | Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori |
7. | H. Jumayev | — | AT “Aloqabank” matbuot kotibi, muharrir |
8. | S. Olimov | — | Respublika yosh ijodkorlar kengashi NNT “Mutolaa” loyihasi menejeri |
9. | J. Ahmedov | — | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori |
10. | M. Abdullayeva | — | tarjimon |
11. | E. Norpoʻlatov | — | Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi, Vasiylik kengashi kotibi |
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Ijro uchun masʼullar | Tadbirlar maqsadi |
1. | “Bir kunda bir sahifa” nomli umummilliy onlayn tashabbusni yoʻlga qoʻyish | “Mutolaa” platformasi va mobil ilovasi orqali foydalanuvchilar kitob oʻqish darajasining kunlik reytingini yuritish (ochiq maʼlumot boʻladi) | Doimiy | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | Yoshlarda har kuni kitob oʻqish odatini shakllantirish |
2. | Hududlar boʻyicha kitob sotuvi va kutubxona tashriflari asosida Kitobxonlik indeksini joriy etish | 1. Har yili hududlar kesimida kitoblar sotuvi, kutubxona tashriflari va tanlovlarda ishtirokchilar soni asosida indeks shakllantirish | 2026-yil 1-mart | Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | Kitobxonlik darajasi boʻyicha hududlar oʻrtasida sogʻlom raqobatni yaratish |
2. Natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish | Doimiy | ||||
3. | “Transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida kitob” loyihasini amalga oshirish | Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) Wi-fi yoki mobil internet orqali “Mutolaa” platformasiga ulanish imkoniyati yaratiladi | 2026-yil 1-sentabr | Transport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Toshshahartansxizmat” AJ | Aholining vaqtdan unumli foydalanish, sayohatda ham kitob oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishi |
4. | “Kitob burchaklari”ni tashkil etish | Barcha davlat idoralarida “kitob burchaklari”ni yaratish. Bunda kitoblar sohaga oid ilmiy va maʼnaviy adabiyotlardan tanlanadi | 2026-yil 1-mart | Vazirlik va idoralar | Davlat xizmatchilarida kitob oʻqish koʻnikmasini shakllantirish |
5. | “Oilaviy kitobxonlik” dasturini amalga oshirish | 1. Har bir mahallada oilalar oʻrtasida kitob mutolaasi tanlovlarini tashkil etib borish | Doimiy | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Oilalarda kitobxonlik anʼanalarini mustahkamlash |
6. | Kitob yarmarkalari va festivallar oʻtkazish | Har yili har bir hududda jahon darajasidagi “Kitob FEST” (Frankfurt kitob yarmarkasi namunasidagi) kitob yarmarkalari va festivallarini oʻtkazish | Doimiy | Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi | Kitobxonlikni targʻib etuvchi ommaviy anʼanani shakllantirish |
7. | Ijtimoiy reklama va media dasturni amalga oshirish | Ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari va jamoat joylarida qisqa videoroliklar orqali kitobxonlik targʻibotini kuchaytirish | Doimiy | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Kitob mutolaasini aholining kundalik madaniyatiga aylanishtirish |
8. | “Kutubxona infratuzilmasi — 2030” | Yangi zamonaviy dizaynda kutubxonalar tashkil qilish va ularda raqamli kutubxona portalini yaratish | 2026 — 2030-yillar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Har bir tuman va shaharda zamonaviy kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish |
9. | Davlat xizmatchilari uchun “Kitob oʻqish soati”ni yoʻlga qoʻyish | Har oyda tashkilotlarda kitob mutolaasi va fikr almashish soatini oʻtkazish | Doimiy | Vazirlik va idoralar | Maʼnaviy saviya va tafakkurni oshirish |
10. | Qisqa targʻibot shiorlarini joriy etish | Televizion va radio efirlar, gazetalar, internet saytlar, bannerlar, LED-ekranlar orqali “Har kuni 20 daqiqa kitob”, “Kitob — aql drayveri”va “Kitob oʻqigan inson — fikrli inson” kabi qisqa targʻibot shiorlarini joriy etish | 2026 — 2030-yillar | Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi | Kitobxonlikni targʻib etuvchi ommaviy anʼanani shakllantirish |
11. | Bolalar adabiyotini qoʻllab-quvvatlash | Bolalar adabiyoti yoʻnalishida oʻtkazilgan ijodiy tanlovlarda gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash tartibini ishlab chiqish. Bunda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan gʻolib loyiha mualliflariga BHMning 100 baravari miqdorida mukofot pulini toʻlab berish va ularning asarlarini 5 000 nusxada chop etish xarajatlarini qoplab berish nazarda tutiladi. | 2026-yil 1-mart | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi | Bolalar kontentini rivojlantirish |