ILOVA
T/r | Mezon | Indikator |
1-bob. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi | ||
1. | Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi | Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturi (bundan buyon matnda taʼlim dasturi deb yuritiladi)ni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida oliy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilot (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi)ning muvofiqlashtiruvchi kollegial organining (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnik kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqalar) (bundan buyon matnda Kollegial organ deb yuritiladi) tegishli qarori mavjud |
Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmani (kafedrani, boʻlimni) (bundan buyon matnda tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) tashkil etish hamda uni moddiy-texnik baza va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejalar mavjud* | ||
Tarkibiy tuzilmaning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari taʼlim dasturini samarali amalga oshirishga yoʻnaltirilgan va taʼlim dasturi doirasida belgilangan maqsadlarga uygʻun tarzda aniq belgilangan | ||
Taʼlim dasturini samarali amalga oshirish uchun tarkibiy tuzilma moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlangan hamda tarkibiy tuzilmaning ish rejalari ishlab chiqilgan** | ||
Tarkibiy tuzilmaning faoliyati taʼlim tashkiloti hamda taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga uygʻun** | ||
Tarkibiy tuzilma faoliyati muntazam monitoring va tahlil orqali tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida tarkibiy tuzilmaning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi** | ||
2. | Taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha uch yillik istiqbolli rejaning (bundan buyon matnda istiqbolli reja deb yuritiladi) mavjudligi | Istiqbolli reja ishlab chiqilgan hamda taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) bilan mos |
Istiqbolli rejada tadqiqot sifati, kadrlar salohiyati, infratuzilma, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va moliyaviy barqarorlik yoʻnalishlari qamrab olingan | ||
Istiqbolli rejani amalga oshirish uchun taʼlim tashkilotida moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari mavjud | ||
Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarni amalga oshirishga taʼsir qiluvchi xavf tahlili mavjud hamda ushbu xavflarni bartaraf etish boʻyicha muqobil choralar belgilangan | ||
Istiqbolli rejaning bajarilishi boʻyicha monitoring va tahlil tizimi yoʻlga qoʻyilgan** | ||
Monitoring va tahlil natijalari taqozo etgan taqdirda, istiqbolli rejaga tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi** | ||
3. | Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki | Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash boʻyicha ichki hujjatlar, shu jumladan tartib (qoidalar) taʼlim tashkilotining strategik rejasida (missiyasida, strategiyasida) belgilangan maqsadlar va institutsional sifatni taʼminlash siyosatiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda jamoatchilik uchun ochiq |
Taʼlim dasturini muntazam monitoring qilish, tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish tartibi (qoidalari) mavjud | ||
Taʼlim dasturini ishlab chiqish va takomillashtirishda izlanuvchilar, ilmiy rahbar (konsultant)lar, ish beruvchilar, soha mutaxassislari va bitiruvchilarning (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) fikr-mulohazalarini inobatga olish mexanizmi mavjud** | ||
Manfaatdor tomonlar fikri asosida taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan** | ||
Sifatni ichki taʼminlash tizimi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi muntazam ravishda baholab boriladi** | ||
4. | Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi | Mehnat bozori, taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalariga oid maʼlumotlarni muntazam ravishda toʻplash, tahlil va monitoring qilish tartibi mavjud hamda ushbu masalalar yuzasidan tarkibiy tuzilmaning vazifa va funksiyalari aniq belgilangan |
Yigʻilgan maʼlumotlar taʼlim dasturini rejalashtirish va ishlab chiqishda foydalanilgan** | ||
Ilmiy-tadqiqot va mehnat bozoridagi soʻnggi tendensiyalar tahlil qilinib, taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab boriladim** | ||
Tahlil va monitoring natijalari va belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yakunlaridan kelib chiqib, taʼlim dasturiga zarur oʻzgartishlar kiritiladi** | ||
Taʼlim ehtiyojlari va ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalari boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlar manfaatdor tomonlar foydalanishi uchun ochiq eʼlon qilinadi** | ||
5. | Taʼlim dasturining samaradorligini monitoring qilish va takomillashtirish mexanizmlarining joriy etilgani | Izlanuvchilar va sohaning yetakchi mutaxassislari oʻrtasida taʼlim dasturlari boʻyicha soʻrovnomalar (intervyular, muhokamalar va izlanuvchilar fikrini oʻrganishga qaratilgan boshqa tadbirlar) oʻtkazish tartibi belgilangan |
Soʻrovnomalar taʼlim dasturining tashkiliy-boshqaruv, oʻquv va ilmiy jarayonlari sifati bilan bogʻliq savollarni (masalalarni) qamrab olgan | ||
Soʻrovnoma savollari (masalalari) va oʻtkazish jarayonlari ilmiy-metodologik asoslanganm** | ||
Soʻrovnoma natijalari boʻyicha muammolarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan** | ||
Tahlil natijalari va amalga oshirilgan chora-tadbirlar yakunlaridan kelib chiqib, taʼlim dasturiga zarur oʻzgartishlar kiritib boriladi** | ||
Izlanuvchilar soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi** | ||
2-bob. Taʼlim dasturlari yoʻnalishi | ||
6. | Manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim talabi va milliy malakalar ramkasi (bundan buyon matnda MMR deb yuritiladi) talablariga muvofiqligi | Taʼlim dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va qayta koʻrib chiqish boʻyicha tartib mavjud |
Taʼlim dasturini ishlab chiqish jarayonida ish beruvchilar, soha mutaxassislari va ilmiy rahbar (konsultant)lar ishtiroki taʼminlanib, mazkur jarayon tizimli yoʻlga qoʻyilgan | ||
Taʼlim dasturi maqsadlari, kutilgan ilmiy natijalari va kompetensiyalari aniq belgilangan hamda oʻzaro uzviy bogʻlangan | ||
Taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan ilmiy natijalari MMR, davlat taʼlim talabi, kasbiy standart(lar) va (yoki) xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan | ||
Taʼlim dasturida sohaga oid dolzarb ilmiy, nazariy va amaliy bilimlar oʻz aksini topgan | ||
Taʼlim dasturining maqsadlari va kutilgan ilmiy natijalari taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) va akademik profiliga muvofiq ishlab chiqilgan | ||
7. | Taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik ustuvor yoʻnalishlar ishlab chiqilgani, asosiy faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), zarur resurslar va masʼullar bilan taʼminlangani | Taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik ustuvor yoʻnalishlar rasmiy hujjat (reja yoki dastur) sifatida ishlab chiqilgan |
Yillik ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha aniq maqsad va vazifalar belgilab qoʻyilgan | ||
Yillik ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha aniq maqsad va vazifalar uchun samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ishlab chiqilgan | ||
Taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik faoliyat natijalari tahlil qilinib, keyingi yil uchun taklif va tavsiyalar shakllantirilgan** | ||
Yillik ustuvor yoʻnalishlar va KPI ijrosi boʻyicha hisobotlar taʼlim tashkiloti kollegial organida koʻrib chiqilib, tasdiqlangan** | ||
8. | Qabul parametrlari taʼlim tashkilotining tadqiqot va ilmiy rahbarlik salohiyati, jamiyatdagi ilmiy va ijtimoiy ehtiyojlar, mehnat bozori tahlili asosida shakllantirilgani | Qabul parametrlarini belgilashda mehnat bozori tahlillari va prognozlash maʼlumotlaridan foydalanilgan (oldingi faoliyat natijalari, ilmiy tadqiqot ishini himoya qilgan izlanuvchilarning natijalari) |
Qabul parametrlarini shakllantirishda tegishli ixtisosliklar boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari salohiyati tahlil qilingan va hisobga olingan* | ||
Qabul parametrlarini belgilashda jamiyatning ilmiy va ijtimoiy ehtiyojlari inobatga olingan | ||
Qabul kvotalarini shakllantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga amal qilingan | ||
Qabul natijalari tahlil qilinib, keyingi yil uchun qabul parametrlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan** | ||
9. | Taʼlim dasturi ilmiy-tadqiqot rejasida belgilangan davomiylik muddatida kutilayotgan tadqiqot natijalariga erishilishini taʼminlashga qaratilgani | Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish boʻyicha yillik tadqiqot rejasi mavjud hamda maqsad va vazifalari aniq belgilangan |
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ijro va natijalarni monitoring qilish tizimi mavjud | ||
Ilmiy-tadqiqot natijalari ilmiy maqolalar, monografiya, tezislar yoki patentlar koʻrinishida rasmiylashtirilgan** | ||
Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy qilingan (fan, taʼlim, amaliyot yoki metodik ishlarda qoʻllanilgan)** | ||
Ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan doimiy nazorat amalga oshirilgan** | ||
Tadqiqot ishlari natijasi boʻyicha kafedra/boʻlim yoki kollegial organ muhokamasi oʻtkazilgan** | ||
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ixtisoslikka mos ilmiy yutuqlar (grantlar, mukofotlar, natijalar) mavjud** | ||
10. | Amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani | Taʼlim dasturlarining samaradorligini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan** |
Taʼlim dasturi boʻyicha tizimli monitoring va tahlil jarayonlari taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan davriylikda izchil amalga oshiriladi** | ||
Monitoring va tahlil natijalari tadqiqot sifati boʻyicha ichki yigʻilishlarda muhokama qilingan va tegishli qarorlar qabul qilingan** | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli ravishda ishlab chiqiladi hamda mazkur chora-tadbirlarning ijro holati nazoratga olinadi** | ||
Taʼlim dasturining monitoringi va tahlil natijalari elektron axborot tizimga doimiy joylashtiriladi hamda ulardan ochiq foydalanish imkoniyati mavjud** | ||
11. | Taʼlim dasturining mazmunida oʻqish jarayoni davomida tadqiqot faoliyatining koʻzda tutilgani va izlanuvchilarni tadqiqot faoliyatiga tayyorlashga yoʻnaltirilgani | Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirokini taʼminlovchi tadqiqot rejasi va ularni amalga oshirishning mexanizmlari ishlab chiqilgan |
Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan rahbarlik va maslahat tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini baholash va hisobot tizimi mavjud | ||
Ilmiy izlanuvchilar uchun ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish imkoniyati yaratilgan | ||
Taʼlim jarayonida tadqiqot metodologiyasi va ilmiy tahlil usullari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi** | ||
Taʼlim dasturida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish boʻyicha yillik tahliliy hisobotlar tayyorlanadi** | ||
3-bob. Tadqiqot jarayonini tashkil etish va tadqiqot natijalarini baholash yoʻnalishi | ||
12. | Taʼlim dasturida izlanuvchilar faoliyatini baholash tartibining mavjudligi va baholash usullari belgilangan tadqiqot natijalariga qay darajada erishilganini aniqlashga yoʻnaltirilgani | Izlanuvchilar faoliyatini baholash jarayonlarini samarali tashkil etish uchun tartib va uni amalga oshirish mexanizm(lar)i ishlab chiqilgan |
Ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan izlanuvchilar faoliyatining samaradorligini muntazam nazorat qilish va baholash tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Izlanuvchilarning yarim yillik va yil yakunidagi ilmiy faoliyati natijalari yuzasidan hisobot taqdim etish amaliyoti mavjud** | ||
Hisobot natijalari asosida ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan** | ||
Ilmiy ishlar natijalari (maqolalar, monografiya, konferensiya chiqishlari, patentlar) baholash tizimida inobatga olingan** | ||
Baholash natijalari asosida izlanuvchilarga individual tavsiyalar berib boriladi** | ||
13. | Taʼlim dasturida akademik erkinlik va halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi | Taʼlim tashkilotida akademik halollik, etika va erkinlikka oid tartib (qoidalar) va (yoki) yoʻriqnomalar mavjud |
Plagiat va boshqa akademik halollik qoidalari buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha antiplagiat tizimi mavjud | ||
Akademik halollik tamoyillari taʼlim dasturini ishlab chiqish, oʻqitish, baholash va tadqiqot faoliyati jarayonlariga tizimli ravishda integratsiya qilinadi** | ||
Akademik halollik qoidalarini buzish holatlarini koʻrib chiqish va javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha shaffof tartib mavjud** | ||
Izlanuvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, innovatsion gʻoyalar yoki ixtirolar boʻyicha mualliflik huquqi va intellektual mulk egaligi aniq belgilangan | ||
Izlanuvchilar, ilmiy rahbar (konsultant)lar uchun akademik halollik, etika, plagiat, sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish, mualliflik huquqi va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha muntazam ravishda treninglar (seminarlar, maʼruzalar) tashkil etiladi** | ||
Akademik halollik, etika va erkinlik boʻyicha masʼul shaxs yoki komissiya faoliyati tashkil etilgan** | ||
14. | Izlanuvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi | Izlanuvchilarning baholash natijalari yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari va shikoyatlarini yigʻish, koʻrib chiqish va tahlil qilish, shuningdek ushbu masalalarni bajarish uchun masʼul ijrochilarni belgilash boʻyicha tartib ishlab chiqilgan |
Ishlab chiqilgan tartibda shikoyat berish shakllari, muddatlari, ularni koʻrib chiqish tartibi va qaror qabul qilish mexanizmi belgilangan | ||
Takliflar, fikr-mulohazalar va shikoyatlar izlanuvchilar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali qabul qilinadi hamda ularni koʻrib chiqish jarayoni shaffoflik, hisobdorlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi** | ||
Izlanuvchilarning baholash jarayoni, natijalari boʻyicha shikoyatlari taʼlim tashkilotining apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
Tahlil natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlanadi hamda baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi, baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi** | ||
4-bob. Izlanuvchilar faoliyati yoʻnalishi | ||
15. | Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani | Taʼlim dasturiga qabul qilish mezonlari va talablari aniq belgilangan, hujjat topshiruvchilar va barcha manfaatdor tomonlarga ochiq tarzda yetkazish mexanizmi mavjud |
Qabul jarayonlari va mezonlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq | ||
Qabul komissiyasi tarkibi va ish faoliyati boʻyicha ichki hujjat mavjud | ||
Qabul jarayoni va natijalari boʻyicha apellyatsiya va qayta koʻrib chiqish mexanizmi mavjud | ||
Taʼlim dasturiga qabul talablari izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalari va boshqa tegishli ichki hamda tashqi mezonlar asosida muntazam ravishda tizimli qayta koʻrib chiqiladi va zarur hollarda yangilanadi** | ||
16. | Qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi | Qabul yoʻnalishlari taʼlim tashkilotining moddiy-texnik bazasi va kadrlar imkoniyatlariga mos belgilangan* |
Ilmiy rahbar (konsultant)larning soni doktorantura taʼlim dasturiga qabul qilinadigan izlanuvchilar soniga nisbati qonunchilik hujjatlariga mos keladi | ||
Moliyaviy imkoniyatlardan (budjet, grantlar, kontrakt tushumlari) kelib chiqqan holda qabul parametrlari shakllantirilgan | ||
Qabul parametrlari taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) va akademik profili bilan uygʻunlashtirilgan | ||
Qabul parametrlarini bajarilish holati boʻyicha har yili tahlil amalga oshiriladi hamda tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartishlar kiritib boriladi** | ||
17. | Izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqish muddatini uzaytirish tartibining belgilangani | Izlanuvchilar harakati boʻyicha ichki hujjat(lar) (qoidalar, tartib, nizom) oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda ishlab chiqilgan |
Izlanuvchilar harakatiga oid jarayonlar va qarorlar boʻyicha shikoyat berish imkoniyati mavjud | ||
Izlanuvchilar ularning harakati boʻyicha ichki hujjat(lar) (qoidalar, tartib, nizom), izlanuvchilar harakati jarayonlari hamda natijalari haqida xabardor qilinadi** | ||
Yakka tartibdagi rejasini belgilangan muddatda bajarmagan izlanuvchilar bilan ishlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilangan** | ||
Oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tegishli buyruq orqali rasmiylashtiriladi** | ||
18. | Izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish xizmatlarining mavjudligi | Izlanuvchilar uchun psixologik maslahat va yordam markazi mavjud |
Izlanuvchilarni ilmiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan | ||
Ilmiy mentorlik (akademik rahbarlik) tizimi joriy etilgan va samarali ishlaydi** | ||
Maslahat berish xizmatlaridan foydalanish va ushbu xizmatlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam yigʻiladi va tahlil qilinadi** | ||
Izlanuvchilarning maslahat xizmatlariga boʻlgan qoniqish darajasi muntazam oʻrganiladi va tizim shu asosda takomillashtiriladi** | ||
5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi | ||
19. | Ilmiy rahbar va konsultantlarning koʻnikma, malaka va ilmiy darajalarining ixtisoslikka mosligi | Ilmiy rahbar (konsultant)lar ixtisosliklar boʻyicha mos ilmiy daraja va unvonlarga ega |
Ilmiy rahbar (konsultant)larning ixtisosliklari taʼlim dasturining yoʻnalishiga muvofiq | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)larning mos tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha yuqori impakt faktorli nufuzli ilmiy jurnallarda nashrlari mavjud** | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar xorijiy hamda mahalliy malaka oshirish kurslarida, shuningdek boshqa ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etganlik toʻgʻrisida sertifikat(maʼlumot)larga ega** | ||
20. | Taʼlim dasturi yetarlicha mutaxassis va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan taʼminlangani, ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga javob berishi | Taʼlim dasturi boʻyicha mutaxassis va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan taʼminlanganlik darajasi belgilangan shtat normativlariga javob beradi (Bunda yangi taʼlim dasturi uchun mutaxassis va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari tarkibi boʻyicha aniq reja taqdim etilgan taqdirda mutaxassis va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan amalda taʼminlanish talab etilmaydi) |
Ilmiy yordamchi kadrlar (laborant, metodist va boshqalar) soni taʼlim dasturlariga mos taʼminlangan (Bunda yangi taʼlim dasturi uchun ilmiy yordamchi kadrlar tarkibi boʻyicha aniq reja taqdim etilgan taqdirda ilmiy yordamchi kadrlar bilan amalda taʼminlanish talab etilmaydi) | ||
Xodimlarni ragʻbatlantirish va lavozim oʻsishi tizimi joriy etilgan** | ||
21. | Ilmiy rahbar va konsultantlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi | Ilmiy rahbar (konsultant)lar uchun mukofot va qoʻshimcha haq toʻlash tartibi mavjud |
Ilmiy rahbar (konsultant)lik faoliyati samaradorligini baholash tizimi mavjud | ||
Ilmiy faoliyatda faol boʻlgan xodimlar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi** | ||
22. | Xorijlik ilmiy rahbar va konsultantlarni jalb qilish imkoniyatlarining mavjudligi | Xorijiy ilmiy rahbar (konsultant)lar bilan tuzilgan shartnomalar mavjud** |
Xorijiy ilmiy rahbar (konsultant)lar ishtirokidagi ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud** | ||
Xorijiy ilmiy tashkilotlar (tashkilot xodimlari) bilan qoʻshma ilmiy loyihalar va tadqiqot natijalari mavjud** | ||
Xorijiy ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan masofaviy maslahat berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Xorijiy ilmiy rahbar (konsultant)larni jalb qilish uchun huquqiy hamda moliyaviy asos mavjud | ||
6-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi | ||
23. | Ixtisoslik xususiyatidan va izlanuvchilar sonidan kelib chiqib, tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi va elektron resurslar bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani | Ilmiy kutubxona fondi barcha ixtisosliklarni qamrab olgan va doimiy yangilanib boriladi |
Elektron kutubxona va maʼlumotlar bazalari mavjud | ||
Ilmiy manbalarga izlanuvchilarning onlayn kirish imkoniyati mavjud | ||
Ilmiy adabiyotlar roʻyxatida xalqaro nashrlar ulushi qonunchilik hujjatlardagi talablarga mos | ||
Izlanuvchilarning ilmiy manbalardan foydalanish faolligi boʻyicha statistikasi yuritiladi** | ||
24. | Mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani | Taʼlim tashkiloti xalqaro umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalariga rasmiy ravishda obuna boʻlgan |
Izlanuvchilarga xalqaro umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish boʻyicha imkoniyat yaratilgan | ||
Xalqaro bazalardan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkaziladi** | ||
Foydalanish statistikasi (izlanuvchi faolligi) mavjud va doimiy yuritiladi** | ||
Xalqaro maʼlumotlar bazalari boʻyicha ichki yoʻriqnoma mavjud | ||
25. | Ilmiy-eksperimental laboratoriyalar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalar bilan taʼminlangani va ulardan foydalanilishi holati | Ilmiy-eksperimental laboratoriyalardagi asbob-uskunalar va ularning soni mavjud barcha ixtisosliklariga mos keladi |
Asbob-uskunalarning zamonaviyligi, texnik holati va yaroqlilik muddatlari doimiy ravishda nazorat qilinadi va yangilanib boriladi | ||
Ilmiy-eksperimental laboratoriyalardan foydalanish grafigi va izlanuvchilar ishtiroki taʼminlangan | ||
Asbob-uskunalar, jihozlar va texnikalarning texnik pasportlari mavjud, texnik koʻrikdan oʻtkazilgan, texnik xizmat koʻrsatilganlik (taʼmirlash, profilaktika) ishlari hujjatlashtirib boriladi** | ||
26. | Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) foydalanish imkoniyati yaratilgani | Taʼlim tashkiloti binolari va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, liftlar, eshiklar va sanitariya xonalari nogironligi boʻlgan shaxslar (izlanuvchilar) uchun moslashtirilgan |
Maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud | ||
Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron resurslar, dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl yozuvi alifbosi, subtitr va boshqalar) yaratilgan | ||
Imkoniyati cheklangan izlanuvchilar uchun psixologik maslahat xizmatlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan | ||
INDIKATORLAR
T/r | Mezon | Indikator |
1-bob. Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi | ||
1. | Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani | Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va tadqiqot sifatini taʼminlash maqsadida taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasiga (strategik reja, missiya, strategiya) muvofiq moliyaviy mablagʻlarni boshqarish va taqsimlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan |
Moliyaviy resurslar ustuvor yoʻnalishlar (infratuzilma, metodik taʼminot, kadrlar malakasi, raqamli texnologiyalar)ga muvofiq taqsimlangan | ||
Moliyaviy rejalar ijrosi boʻyicha tizimli monitoring, tahlil va ichki nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan hamda ularning natijalari asosida tegishli qarorlar qabul qilingan | ||
Moliyaviy boshqaruv tizimi orqali taʼlim sifat koʻrsatkichlari barqaror ravishda yaxshilangan | ||
Mablagʻlardan foydalanish jarayoni shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilgan hamda xarajatlar samaradorligi, natijadorligi muntazam tahlil qilingan | ||
2. | Ilmiy kengashlar (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnik kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqalar) (bundan buyon matnda kollegial organ deb yuritiladi) tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi | Taʼlim tashkilotida kollegial organning mavjudligi, ushbu kollegial organlarni tashkil etish asoslari, maqsadlari va vazifalari aniq belgilangan hamda ularning tadqiqot sifatini taʼminlashdagi ishtiroki taʼminlangan |
Kollegial organ qarorlarini qabul qilish jarayonida izlanuvchilar, ilmiy rahbar (konsultant)lar, ish beruvchilar, soha mutaxassislari va bitiruvchilarning (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) taklif va fikr-mulohazalari inobatga olingan | ||
Kollegial organ yigʻilishlari belgilangan reja asosida muntazam oʻtkaziladi | ||
Yigʻilishlarda taʼlim va/yoki ilmiy faoliyatga oid dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi | ||
Kollegial organ qarorlari va ushbu qarorlar yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha yagona monitoring tizimi joriy etilgan hamda monitoring natijalar muntazam tahlil qilingan | ||
3. | Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani | Taʼlim tashkilotining rivojlantirish rejasi (strategik reja, missiya, strategiya) sohaning ustuvor yoʻnalishlari, mehnat bozori tahlillari va kadrlar tayyorlash maqsadi bilan uygʻun holda ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan |
Rivojlantirish rejasini samarali amalga oshirish uchun taʼlim tashkilotidagi barcha tarkibiy boʻlinmalarning yillik ish rejalari tasdiqlangan | ||
Rivojlantirish rejasini amalga oshirish uchun taʼlim tashkilotining barcha tarkibiy boʻlinmalarini yillik ish rejalari ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan | ||
Rivojlantirish rejasini amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari ajratilgan, ularning taqsimoti rivojlantirish rejasining maqsadlari va vazifalari bilan uygʻunlashtirilgan | ||
Taʼlim tashkilotining rivojlantirish rejasini bajarilish holati va natijalari ochiq hamda shaffof tarzda jamoatchilikka muntazam taqdim etilgan | ||
Taʼlim tashkilotining rivojlantirish rejasini muntazam tahlillar, monitoring natijalari, manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari va takliflari asosida takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
4. | Taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi | Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni rivojlantirish yoʻnalishlarida tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan |
Madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlar (festivallar, koʻrgazmalar, anjumanlar va boshqalar) tashkil etilgan | ||
Taʼlim tashkiloti tashabbusi bilan hudud yoki jamoatchilik manfaatiga xizmat qiluvchi loyihalar amalga oshirilgan | ||
Taʼlim tashkiloti ilmiy faoliyati natijalari mahalliy yoki milliy OAV orqali yoritilgan | ||
Jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlarning natijalari tahlil qilingan | ||
5. | Tadqiqot jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha ochiq axborot tizimining (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani | Taʼlim tashkilotida ilmiy faoliyatni boshqarish, monitoring qilish va nazoratni amalga oshirish uchun axborot tizimi (NEMIS, LMS, elektron jurnal, boshqaruv platformasi va boshqalar) joriy etilgan* |
Oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyish maqsadida axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan | ||
Axborot tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilgan hamda axborot tizimida foydalanuvchilarning samarali va qulay ishlay olishi taʼminlagan | ||
Axborot tizimi orqali oʻquv va ilmiy faoliyatni rejalashtirish, monitoring va hisobot ishlari yuritilgan, maʼlumotlar asosida yillik tahliliy hisobotlar tayyorlangan va kollegial organ yigʻilishlarida muhokama qilingan | ||
Axborot tizimining samaradorligi, maʼlumotlar bilan ishlash jarayonlari va integratsiya holati boʻyicha doimiy monitoring tizimi amalga oshirilgan hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilgan | ||
6. | Taʼlim tashkilotini xalqarolashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarining yoʻlga qoʻyilgani | Xorijiy taʼlim tashkilotlari, shuningdek nufuzli xalqaro institutlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan |
Taʼlim tashkilotida qoʻshma doktorantura taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalar yoki ilmiy nashrlar amalga oshirilgan | ||
Ilmiy xodimlar, izlanuvchilar xorijda oʻz sohalari boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilotlarda malaka oshirish, tajriba almashish va stajirovka dasturlarida ishtirok etgan | ||
Tadqiqot jarayonlariga tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakaga ega xorijiy mutaxassislar jalb etilgan hamda ularning ilmiy faoliyatdagi ishtiroki tadqiqot sifatini oshirishga xizmat qilgan | ||
Xalqaro hamkorlik natijasida ilmiy-tadqiqot faoliyati va taʼlim dasturlarining mazmuni takomillashtirilgan | ||
Tahlillar natijasida samaradorlik koʻrsatkichlari aniqlanib, xalqaro hamkorlik faoliyati qayta koʻrib chiqilgan va manfaatli yoʻnalishlarda rivojlantirilgan | ||
2-bob. Tadqiqot sifatini taʼminlash yoʻnalishi | ||
7. | Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani | Tadqiqot sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligini aniqlash boʻyicha baholash tartibi manfaatdor tomonlar ishtirokida ishlab chiqilgan va ijroga yoʻnaltirilgan |
Tadqiqot sifatini ichki taʼminlash tizimi faoliyatida ilmiy rahbar (konsultant)lar, izlanuvchilar, ish beruvchilar, bitiruvchilar va jamoatchilik vakillarining ishtiroki taʼlim tashkilotining ichki hujjatlari bilan tartibga solingan | ||
Tadqiqot sifatini ichki taʼminlash jarayonida manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangan hamda ularning ishtirokida muntazam tadbirlar (uchrashuvlar, seminar-treninglar, muhokamalar, anjumanlar soʻrovnomalar, intervyular, fokus-guruhlar va boshqalar) oʻtkazilgan | ||
Yigʻilgan maʼlumotlar, shu jumladan manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari va (yoki) ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tadqiqot sifatini ichki taʼminlash tizimi, taʼlim dasturlari va jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan hamda muntazam takomillashtirilgan | ||
Olingan tavsiyalar asosida tadqiqot sifatini ichki taʼminlash tizimi, taʼlim dasturlariga tegishli oʻzgartirish va takomillashtirishlar kiritilgan | ||
8. | Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani, izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi yuritilgani va natijalar asosida takomillashtirish choralari koʻrilgani | Taʼlim tashkilotida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi yoki shtati joriy etilgan |
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligini aniqlash boʻyicha baholash tartibi amaliyotga joriy etilgan | ||
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi faoliyati muntazam ravishda (yillik yoki yarim yillik) monitoring qilingan hamda tahlillar asosida baholab borilgan | ||
Monitoring va tahlil natijalari kollegial organ yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda jamoatchilik va manfaatdor tomonlarga yetkazilgan | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan | ||
Aniqlangan muammo va kamchiliklar chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻz vaqtida bartaraf etilgan | ||
9. | Taʼlim tashkilotida akademik halollik va erkinlik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi | Taʼlim tashkilotida akademik halollik, etika va kasbiy masʼuliyatga oid tartib (qoidalar) va (yoki) yoʻriqnoma(lar) mavjud |
Akademik halollik tamoyillari taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitish, baholash va tadqiqot faoliyati jarayonlariga tizimli ravishda integratsiya qilingan | ||
Plagiat va boshqa akademik halollik qoidalari buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha antiplagiat tizimi va tashkiliy choralar joriy etilgan* | ||
Akademik halollik qoidalarini buzish holatlarini koʻrib chiqish va javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha shaffof tartib mavjud | ||
Izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar akademik halollik va etika qoidalari bilan tanishtirilgan | ||
Izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar uchun akademik halollik, etika, plagiat, sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish, mualliflik huquqi va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha muntazam ravishda treninglar (seminarlar, maʼruzalar) tashkil etilgan | ||
Izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, innovatsion gʻoyalar, ixtirolar va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar himoya qilingan | ||
Akademik halollik tizimining samaradorligi doimiy tahlil qilingan hamda uni takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrilgan | ||
10. | Dissertatsiya ishi himoyasi uchun mavjud ilmiy kengashlar faoliyati, ularning tarkibiy tuzilishi, ish tartibi va qabul qilingan qarorlarining ilmiy-huquqiy asoslangani | Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tasdiqlangan va roʻyxatga olingan |
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tarkibi fan sohalari boʻyicha malakali mutaxassislardan shakllantirilgan | ||
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyati belgilangan nizom va reglament asosida amalga oshiriladi | ||
Dissertatsiyalar himoyasi ochiqlik va ilmiy halollik prinsiplariga muvofiq oʻtkaziladi | ||
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ilmiy va huquqiy jihatdan asoslangan | ||
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyati natijalari boʻyicha hisobotlar yuritiladi va OAKga taqdim etiladi | ||
3-bob. Tadqiqotchilar faoliyati yoʻnalishi | ||
11. | Qabul parametrlari ilmiy-tadqiqotlar uchun mavjud mablagʻlar, tadqiqot loyihalari yoki boshqa moliyalashtirish manbalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda belgilangani | Qabul parametrlari (izlanuvchilar soni, ixtisosliklar kesimidagi kvotalar va boshqalar) taʼlim tashkilotining auditoriyalari, maxsus xonalar, laboratoriyalari, amaliyot bazalari, texnikaviy jihozlanishi hamda taʼlim, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish faoliyatini taʼlim dasturlarida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradigan infratuzilma quvvatiga mos ravishda belgilangan* |
Qabul parametrlari mehnat bozori ehtiyojlari, ustuvor tadqiqot yoʻnalishlari, amaliyot bazalari va ilmiy salohiyat bilan uygʻun holda shakllantirilgan | ||
Qabul parametrlari taʼlim tashkilotining rivojlantirish rejasi (strategik rejasi, missiyasi, strategiyasi) va akademik profili bilan uygʻunlashtirilgan | ||
Qabul parametrlari ilmiy-tadqiqotlar, grantlar va tashqi moliyalashtirish manbalari bilan uzviy bogʻlangan holda rejalashtirilgan | ||
Qabul jarayonlarini tashkil etish hamda qabul parametrlari bajarilishi boʻyicha muntazam monitoring olib boriladi | ||
Qabul parametrlarini bajarilish holati boʻyicha har yili tahlil amalga oshirilgan hamda tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib borilgan | ||
12. | Izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqish muddatini uzaytirish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani | Izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari, baholash usullari va qabul komissiyasi faoliyati belgilangan va hujjatlashtirilgan |
Izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari, baholash usullari va qabul komissiyasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq | ||
Korrupsiyani oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi xavfini kamaytirish va baholashning xolisligini taʼminlovchi raqamlashtirilgan tizim joriy etilgan | ||
Qabul natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasiga kelib tushgan arizalar rasmiylashtirilgan, koʻrib chiqilgan va ularning ijrosi nazoratga olingan | ||
Qabul jarayoni doimiy ravishda nazorat va tahlil qilingan hamda tahlil natijalari asosida qabul jarayonini takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
13. | Izlanuvchilarning belgilangan talablar asosida dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi, ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dasturi ishlab chiqilgani va tasdiqlangani | Izlanuvchilarning dissertatsiya ishini tayyorlash boʻyicha yakka tartibdagi rejasi ishlab chiqilgan hamda ilmiy rahbar (konsultant) va taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan* |
Ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda vazifalarning bajarilishi muntazam monitoring qilinadi | ||
Izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari boʻyicha oraliq va yakuniy hisobotlar topshirilib boriladi | ||
Dissertatsiya ishini tayyorlash jarayonida ilmiy seminarlar va muhokamalar tashkil etilgan | ||
Izlanuvchilarning ilmiy faoliyati natijalari ilmiy rahbar (konsultant) va masʼul boʻlimlar tomonidan monitoring qilinadi hamda rasmiy ravishda hujjatlashtiriladi | ||
14. | Respublika va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyilgani | Respublika va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektorlari bilan akademik mobillikni tartibga soluvchi ichki tartib mavjud |
Respublika va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektorlari bilan akademik mobillikni amalga oshirish boʻyicha kelishuv shartnomalari (memorandumlar va hamkorlik bitimlari) tuzilgan | ||
Akademik mobillikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan va (yoki) masʼul ijrochi(lar) belgilangan | ||
Akademik mobillik jarayonlari milliy va xalqaro akademik mobillik talablari asosida amalga oshirilgan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar va izlanuvchilarning akademik mobillik loyihalarida, shu jumladan hamkorlik dasturlari asosida yoʻlga qoʻyilgan loyihalarda ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan | ||
Akademik mobillikda ishtirok etgan ilmiy rahbar (konsultant)lar va izlanuvchilar taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi, taʼlim dasturlari va oʻquv hamda ilmiy jarayonni yaxshilashga qoʻshayotgan hissasi tizimli tahlil qilingan | ||
4-bob. Tadqiqot jarayonini tashkil etish yoʻnalishi | ||
15. | Ilmiy rahbarlar (konsultant) faoliyati belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani, tasdiqlangani va yuritilishi | Ilmiy rahbar (konsultant)larni tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq |
Ilmiy rahbar (konsultant)lar zimmasiga yuklatilgan vazifalar aniq belgilangan, ularning faoliyatini baholash va samaradorligini monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyatining natijalari boʻyicha tahlil va takliflar tayyorlanadi | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar uchun malaka oshirish va uslubiy koʻmak tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
16. | Dissertatsiya mavzularining jamiyat, iqtisodiyot va sanoatdagi dolzarb muammolarning yechimiga qaratilgani, olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilgani | Dissertatsiya mavzulari jamiyat, iqtisodiyot va sanoatdagi dolzarb muammolarning yechimi va amaliy ehtiyojlari bilan muvofiqlashtirilgan |
Dissertatsiya mavzulari taʼlim tashkiloti tadqiqot yoʻnalishlariga muvofiq va manfaatdor tashkilotlar va ishlab chiqarish sohasi bilan kelishilgan holda tanlangan | ||
Ilmiy-tadqiqot natijalari amaliyotda qoʻllanilgan yoki joriy etilgan (dalolatnoma, maʼlumotnoma yoki kelishuv hujjatlari rasmiylashtirilgan) | ||
Dissertatsiya mavzulari boʻyicha olingan natijalar ilmiy va amaliy konferensiyalarda taqdim etilgan | ||
Ilmiy natijalar boʻyicha patent, monografiya, mualliflik guvohnomasi yoki litsenziya olingan (tegishli sohalar boʻyicha) | ||
17. | Ilmiy rahbarlar (konsultant) yuklamalarining belgilangan normalariga muvofiq ajratilgani | Ilmiy rahbar (konsultant)lar yuklamalarini belgilash tartibi ichki hujjat(lar) (qoidalar, tartib, nizom) bilan tartibga solingan |
Har bir ilmiy rahbar (konsultant)ga yuklama ajratishda belgilangan normativlar (izlanuvchilar soni, vaqt meʼyori va vazifalar hajmi) inobatga olingan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lik yuklamasi izlanuvchilar soniga mutanosib ravishda aniq hisoblangan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar yuklamasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron yoki qogʻoz shaklida hisobga olinadi | ||
18. | Izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalari asosida chop etilgan maqola, tezis va intellektual mulk huquqini himoya qiluvchi hujjatlarga egaligi | Ilmiy ish natijasiga doir intellektual mulk huquqini himoya qiluvchi hujjatlar (patent, guvohnoma va boshqalar) olingan |
Chop etilgan ishlar va patentlar boʻyicha maʼlumotlar taʼlim tashkilotining elektron axborot bazasiga kiritilgan | ||
Izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalari (ilmiy yangilik, amaliy ahamiyat va ilmiy nashrlari) ilmiy daraja talablariga muvofiqligi jihatidan muhokama qilingan va baholangan. | ||
19. | Taʼlim tashkilotida tadqiqotlar natijadorligi tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani | Ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligi boʻyicha yillik yoki yarim yillik tahliliy hisobotlarni yurituvchi monitoring tizimi mavjud |
Tahlil natijalari kollegial organ yoki maxsus komissiya yigʻilishlarida muhokama qilingan | ||
Muhokama natijalari asosida ilmiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan | ||
Ilmiy faoliyat natijalari tahlili boʻyicha hisobotlar maʼlumotlar bazasi yoki axborot tizimida saqlanadi | ||
20. | Izlanuvchilar belgilangan shaxsiy ish rejalarining oʻrnatilgan tartibda bajarilishi monitoring qilib borilgani | Yakka tartibdagi rejalarining bajarilishi boʻyicha monitoring grafigi va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan |
Ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan izlanuvchilar faoliyati boʻyicha davriy hisobotlar taqdim etiladi | ||
Izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasi bajarilishi natijalari boʻyicha yigʻilishlar yoki muhokamalar oʻtkaziladi | ||
Monitoring natijalari asosida xulosalar va tavsiyalar tayyorlanadi | ||
Bajarilmagan vazifalar boʻyicha choralar belgilangan va ijro nazorati amalga oshiriladi | ||
5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi | ||
21. | Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligi va ularning rahbarligida soʻnggi uch yilda bitirgan izlanuvchilarning oʻz vaqtida himoya qilganlari salmogʻi | Har bir ilmiy rahbar (konsultant) boʻyicha rahbarlik qilgan izlanuvchilar roʻyxati shakllantirilgan |
Ilmiy rahbar (konsultant)lar kesimida izlanuvchilarning soʻnggi uch yildagi himoya qilganlik hisoboti yuritilgan | ||
Izlanuvchilardan belgilangan muddatlarda himoya qilganlar salmogʻi hisoblangan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lik samaradorligi boʻyicha tahlil yoʻlga qoʻyilgan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lik faoliyati natijalari kollegial organning yigʻilishlarida muhokama qilingan | ||
22. | Taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarining ilmiy rahbarlik (konsultantlik)ka jalb etilgani | Taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarning ixtisosliklar kesimidagi ilmiy rahbar (konsultant)likka jalb etilgan |
Ilmiy rahbar (konsultant) sifatida faoliyat yuritayotgan fan doktorlari va izlanuvchilarning ixtisosliklari oʻrtasidagi muvofiqlik taʼminlangan | ||
Fan doktorlarining ilmiy rahbar (konsultant)lik faoliyati natijalari boʻyicha tahliliy hisobot yuritilgan | ||
23. | Ilmiy rahbar (konsultant)lar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijadorligi | Ilmiy rahbar (konsultant)larning soʻnggi 3 yildagi chop etilgan ilmiy nashrlari roʻyxati yuritilgan |
Ilmiy rahbar (konsultant)larning amalga oshirgan ilmiy-loyihaviy va innovatsion ishlarda ishtiroki taʼminlangan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar ishtirokida ixtiro yoki seleksiya yutugʻi (patent), shuningdek salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda maqolalar (belgilangan talabda) bilan himoya qilingan ishlanmalar mavjud | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligi boʻyicha yillik baholash natijalari mavjud | ||
24. | Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani va shu asosida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning tashkil etilgani | Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyatini baholash mezon va koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan |
Baholash jarayonini amalga oshirish tartibi (davriyligi, masʼul tuzilmalar) belgilangan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati boʻyicha yillik yoki yarim yillik baholash natijalari mavjud | ||
Baholash natijalari asosida ragʻbatlantirish yoki takliflar kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligi boʻyicha moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi amalda yoʻlga qoʻyilgan | ||
25. | Oʻz vaqtida himoya qilmagan tadqiqotchilar bilan olib borilgan ishlar, nazorat tadbirlari va samaradorligi, ilmiy rahbar hamda maslahatchilarga choralar koʻrilgani | Oʻz vaqtida himoya qilmagan izlanuvchilar roʻyxati shakllantirilgan va ular boʻyicha tahlil yuritilgan |
Oʻz vaqtida himoya qilmagan izlanuvchilar bilan olib borilgan tushuntirish, maslahat va yordam tadbirlari mavjud | ||
Ilmiy rahbar (konsultant)larning masʼuliyatini baholash yoki ularga nisbatan choralar koʻrish amaliyoti mavjud | ||
Izlanuvchilar bilan individual reja yoki qayta ish rejasi ishlab chiqilgan va bajarilishi nazorat qilingan | ||
Oʻz vaqtida himoya qilmagan izlanuvchilar ulushi yillar kesimida tahlil qilinib, samaradorlik koʻrsatkichlari aniqlangan | ||
6-bob. Ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishi | ||
26. | Xalqaro miqyosda va respublika miqyosidagi ilmiy-metodik va amaliy anjumanlar oʻtkazilgani | Taʼlim tashkiloti tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar oʻtkazilgan |
Anjumanlar yoʻnalishi va mavzulari ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlariga mos | ||
Anjumanlarda ilmiy izlanuvchilar, ilmiy rahbar (konsultant)lar, xodimlar, tizim tashkilotlari va xorijiy tashkilotlar ishtirok etgan | ||
Anjuman materiallari (tezislar, maqolalar toʻplami) nashr etilgan | ||
Anjumanlar natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorlar, tavsiyalar yoki amaliy takliflar mavjud | ||
Anjumanlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligiga taʼsiri boʻyicha tahlil yoki hisobot mavjud | ||
27. | Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda korxona va tashkilotlar bilan tadqiqot natijalarini tatbiq etish yoʻnalishida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani | Tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha imzolangan shartnomalar va amal qilish muddatlari mavjud |
Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar mavjud | ||
Ilmiy natijalarni tatbiq etish boʻyicha dalolatnomalar, bayonnomalar yoki tasdiqlovchi hujjatlar mavjud | ||
Hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan ilmiy anjumanlar, seminarlar yoki taqdimotlar mavjud | ||
28. | Taʼlim tashkilotining tegishli sohalarda mahalliy va xalqaro ilmiy grant tanlovlarida ishtirok etgani hamda uning natijadorligi | Taʼlim tashkiloti ilmiy rahbar (konsultant) va izlanuvchilari tomonidan mahalliy hamda xalqaro ilmiy grant tanlovlarida muntazam ishtirok etish imkoniyati yaratilgan |
Taʼlim tashkilotida ilmiy rahbar (konsultant) va izlanuvchilarining ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha oʻquv-seminarlar, treninglar va master-klasslar oʻtkazilgan | ||
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va “Startap” loyihalari mavjud | ||
Xalqaro ilmiy fondlar, dasturlar va donor tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilgan grantlar mavjud | ||
Yutib olingan grantlar taʼlim tashkilotining ustuvor ilmiy yoʻnalishlariga mos boʻlib, ularning natijalari ishlab chiqarish hamda oʻquv jarayoniga joriy etilgan, shuningdek tegishli taʼlim dasturlarini rivojlantirish va takomillashtirish jarayoniga bevosita integratsiya qilingan | ||
Grant loyihalari doirasida ilmiy-tadqiqotlar olib borilib, ularning natijasida ilmiy maqolalar, patentlar, monografiyalar, yangi texnologiyalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan | ||
29. | Mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) (bundan buyon matnda indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari deb yuritiladi) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani | Taʼlim tashkilotida indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati mavjud |
Axborot resurslaridan, shu jumladan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar (yoʻriqnomalar) ishlab chiqilgan hamda oʻquv-seminarlar va treninglar oʻtkazilgan | ||
Izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar uchun indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalariga kirish imkoniyati (IP manzil, login, korporativ akkaunt yoki boshqalar) yaratilgan | ||
Ilmiy maqolalar indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida chop etilgan hamda chop etilgan ilmiy maqolalar va ularga iqtiboslik koʻrsatkichlari boʻyicha izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar kesimida tahlillar yuritilgan | ||
Ilmiy natijalari xalqaro darajada tan olinishini belgilovchi koʻrsatkich “Xirsh” indeksi (h-indeks) besh va undan yuqori boʻlgan izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar boʻyicha tahlillar yuritilgan hamda ularni moddiy ragʻbatlantirib borish tizimi joriy etilgan | ||
Axborot resurslaridan, shu jumladan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha tahlil olib borilgan va hisobotlar yuritilgan | ||
30. | Ilmiy-noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimining joriy etilgani hamda doimiy hisobotlarning yuritilishi | Ilmiy-noshirlik faoliyatida antiplagiat tizimi joriy etilgan* |
Koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha ichki tartib (yoʻriqnoma) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan | ||
Barcha dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar va tezislarni antiplagiat tizimi orqali tekshirish yoʻlga qoʻyilgan | ||
Tekshiruv natijalari boʻyicha hisobotlar shakllantirilgan hamda maʼlumotlar bazasi yuritilgan | ||
Plagiat holatlarini tahlil qilish va oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi mavjud | ||
Ilmiy ishlarning oʻrtacha oʻxshashlik foizi va tendensiyalari boʻyicha yillik hisobotlari tayyorlangan | ||
7-bob. Tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi | ||
31. | Taʼlim xizmatlari yuzasidan tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani | Izlanuvchilar qoniqishini aniqlashga qaratilgan muntazam soʻrovnomalar oʻtkaziladi |
Fikr-mulohazalarni yigʻishda onlayn va anʼanaviy usullardan foydalaniladi | ||
Izlanuvchilar fikrlarini tahlil qilish boʻyicha masʼul komissiya yoki guruh faoliyati yoʻlga qoʻyilgan | ||
Soʻrov natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlanadi va masʼul boʻlinma(lar)ga taqdim etiladi | ||
Fikr-mulohazalarni oʻrganish natijalari tadqiqot jarayonlarini takomillashtirishda inobatga olinadi | ||
32. | Tadqiqotchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha oʻquv-metodologik treninglar tashkil etilgani | Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha oʻquv-metodologik treninglar rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
Oxirgi 3 yilda izlanuvchilar uchun muntazam ravishda treninglar, seminarlar yoki master-klasslar oʻtkazilgan | ||
Treninglarda izlanuvchilar, ilmiy rahbar (konsultant)lar va tashqi ekspertlar ishtirok etgan | ||
Treninglar natijasida ilmiy-tadqiqot faoliyatida ijobiy natijalar qayd etilgani haqida tahliliy maʼlumotlar shakllantirilgan | ||
33. | Tadqiqotchilarga yetarli darajada tadqiqot olib borish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish xizmatlarining tashkil etilgani | Izlanuvchilarni ijtimoiy, akademik va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish xizmatlari mavjud |
Ijtimoiy himoya va moddiy yordam choralari tizimli amalga oshiriladi | ||
Izlanuvchilardan olingan fikr-mulohazalar asosida maslahat berish xizmatlari takomillashtirilgan | ||
34. | Tadqiqotchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi | Izlanuvchilar huquq va erkinliklarini taʼminlash tartibi belgilangan |
Shikoyat va murojaatlarni qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Murojaatlar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ochiq axborot kanallari (onlayn/ anʼanaviy) mavjud | ||
Izlanuvchilar murojaatlarini koʻrib chiqish muddati va tartibiga rioya qilinadi | ||
Shikoyatlar va murojaatlar boʻyicha qarorlar rasmiy ravishda hujjatlashtirilgan | ||
8-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi | ||
35. | Ilmiy-eksperimental laboratoriya va maydonlar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallar va boshqalar bilan taʼminlangani va ulardan foydalanilishi holati | Ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun maxsus ilmiy-eksperimental laboratoriyalar va maydon (poligon)lar mavjud |
Laboratoriyalar va ilmiy maydon (poligon)lar asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar bilan jihozlangan* | ||
Asbob-uskunalarning texnik holati, kalibrovka va/yoki xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Laboratoriyalardagi jihozlardan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar foydalanish imkoniyati muntazam taʼminlangan | ||
Ilmiy faoliyat uchun xomashyo, material va reaktivlar bilan taʼminlash tizimi mavjud va muntazam yangilanib boriladi | ||
36. | Tadqiqot olib borish uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani | Ilmiy-tadqiqotlar uchun zarur baza va infratuzilma mavjud |
Ixtisosliklarga mos laboratoriyalar faoliyat koʻrsatadi | ||
Laboratoriya jihozlari ishchi holatda va doimiy yangilanib boriladi | ||
Ilmiy-tadqiqotlar va stajirovkalar uchun sanoat hamkorlari bilan shartnomalar qilingan | ||
Tadqiqot natijalarining tahlillari taʼlim jarayonini takomillashtirish uchun qoʻllaniladi | ||
37. | Ixtisoslik xususiyatidan va izlanuvchilar sonidan kelib chiqib tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi va elektron resurslar bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani | Ixtisosliklar boʻyicha zamonaviy ilmiy manbalar fondi mavjud |
Izlanuvchilar uchun ilmiy jurnallar, dissertatsiyalar va statistik maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan | ||
Taʼlim tashkilotida ilmiy elektron va/yoki anʼanaviy kutubxona faoliyat koʻrsatadi | ||
Ilmiy manbalar va elektron resurslar doimiy yangilanib boriladi va izlanuvchilar ehtiyojiga moslashtirilgan | ||
Izlanuvchilar va ilmiy rahbar (konsultant)lar tomonidan elektron bazalardan foydalanishning statistik tahlili yuritiladi | ||
Axborot-taʼlim muhitida foydalanuvchilar uchun yoʻriqnoma va qoʻllanmalar ishlab chiqilgan hamda amalda qoʻllaniladi | ||
38. | Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani | Taʼlim tashkilotida pandus, lift va maxsus hojatxonalar mavjud |
Taʼlim tashkilotiga kirish va harakatlanish qulayligi taʼminlangan | ||
Auditoriyalar imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan | ||
Taʼlim tashkilotida maxsus oʻquv materiallari (brayl yoki audio materiallar) mavjud | ||
Maxsus axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda yordamchi vositalari joriy etilgan | ||
Imkoniyati cheklangan izlanuvchilar uchun individual taʼlim olish rejasi tuzilgan | ||