07.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3747
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 07.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3747
Kuchga kirish sanasi
08.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3747]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2025-yil 22-dekabrdagi 8-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I boʻlim. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha
INDIKATORLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Indikator

1-bob. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi

1.

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi

Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilma (institut, markaz, fakultet, kafedra, boʻlim) (bundan buyon matnda tarkibiy tuzilma deb yuritiladi)ni tashkil etish uchun zarur moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejalar mavjud*

Tarkibiy tuzilmaning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari taʼlim dasturini samarali amalga oshirishga yoʻnaltirilgan va taʼlim dasturi doirasida belgilangan maqsadlarga uygʻun tarzda aniq belgilangan

Taʼlim dasturini samarali amalga oshirish uchun tarkibiy tuzilma moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlangan hamda tarkibiy tuzilmaning ish rejalari ishlab chiqilgan**

Tarkibiy tuzilma tomonidan taʼlim dasturini mehnat bozori talablariga va texnologik oʻzgarishlarga muvofiq muntazam takomillashtirish mexanizmlari yoʻlga qoʻyilgan**

2.

Taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning (bundan buyon matnda istiqbolli reja deb yuritiladi) mavjudligi

Istiqbolli reja kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotining (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) maqsadi (missiya, strategiyasi) bilan mos holda ishlab chiqilgan va taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan

Istiqbolli rejada taʼlim sifati, taʼlim dasturini rivojlantirish, kadrlar salohiyati, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va moliyaviy barqarorlik yoʻnalishlari qamrab olingan

Istiqbolli rejadagi har bir yoʻnalish boʻyicha aniq maqsadlar, vazifalar va ushbu vazifalarning amalga oshirish mexanizmlari, moliyaviy manbalari, masʼullar va bajarish muddati belgilangan

Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarning bajarilishini doimiy monitoring qilish mexanizmlari mavjud va aniqlangan kamchiliklarni tuzatish choralari koʻriladi**

3.

Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangani

Taʼlim dasturini ichki monitoring qilish va sifatni taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan va monitoring muntazam (yillik/yarim yillik) amalga oshiriladi

Pedagoglar, ish beruvchilar, buyurtmachilar, soha mutaxassislari va tinglovchilardan (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) muntazam ravishda fikr-mulohazalar yigʻilib, tahlil qilinadi hamda ushbu tahlillar natijasiga koʻra taʼlim dasturi takomillashtirilgan**

Takomillashtirilgan taʼlim dasturlarini taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq eʼlon qilingan**

4.

Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi

Mehnat bozori va taʼlim sohasi ehtiyojlarini muntazam oʻrganish, prognozlash va tahlil qilish tizimi joriy qilingan

Monitoring jarayoniga manfaatdor tomonlarning tizimli ishtiroki taʼminlangan**

Monitoring natijalari tahlil qilinib, taʼlim dasturlarini yangilash, mazmunni mehnat bozori talablari bilan moslashtirish boʻyicha aniq choralar belgilangan va amalga oshirilgan**

Monitoring natijalari asosida tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishlari takomillashtirilgan**

2-bob. Taʼlim dasturlari yoʻnalishi

5.

Manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim talabi va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi

Ishchi guruh tarkibiga ish beruvchilar, soha mutaxassislari, pedagoglar va zarur hollarda tinglovchilar jalb etilgan

Taʼlim dasturining mazmuni davlat taʼlim talabi, milliy malakalar ramkasi va tegishli kasbiy standartlar (malaka talablari) hamda mehnat bozori tahliliga muvofiq ishlab chiqilgan*

Tegishli taʼlim dasturlari manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan, taʼlim dasturlarida uning maqsadi va oʻqitish natijalari (kompetensiyalar), bilim koʻnikma va malakaga oid aniq talablar belgilangan

Taʼlim dasturini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish boʻyicha qabul qilingan qarorlar, muhokama bayonnomalari hujjatlashtirilgan

Taʼlim dasturi haqidagi asosiy axborot (maqsad, oʻqitish natijalari, qabul talablari, oʻqish shartlari) jamoatchilik va tinglovchilar uchun ochiq va muntazam yangilanib boriladi**

6.

Taʼlim dasturining milliy taʼlim tizimidagi ustuvor yoʻnalishlar va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgani

Taʼlim dasturining mazmuni milliy taʼlim tizimi ustuvor yoʻnalishlari (milliy malaka ramkasi) va barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligi boʻyicha tahlil qilingan

Taʼlim dasturi ilgʻor xorijiy tajribalar (yoki xalqaro standartlar) asosida ishlab chiqilgan

Taʼlim dasturining xorijiy ilgʻor tajribalar asosida ishlab chiqilganligi boʻyicha xorijiy va (yoki) mahalliy ekspertlar tomonidan berilgan rasmiy xulosa mavjud

7.

Taʼlim dasturining davomiyligi, modullarning uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangani

Taʼlim dasturining davomiyligi (umumiy kreditlar (soatlar), oʻqish muddati) ushbu dasturning maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga mos ravishda belgilangan

Taʼlim dasturida fanlar (modullar) oʻrtasida mantiqiy izchillik va uzviylik taʼminlangan hamda fanlar (modullar) taʼlim dasturi yakunida kutilayotgan oʻquv natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan

Fan (modul)lardagi amaliy va nazariy mashgʻulotlar oʻrtasida oʻzaro integratsiya taʼminlangan

Mashgʻulot turlari (nazariy, amaliy va boshqalar) taʼlim dasturi mazmuniga muvofiq ravishda belgilangan

8.

Taʼlim mazmunining zamonaviy andragogik yondashuvlarga mosligi, modullar muammoli keyslar asosida shakllantirilgani

Taʼlim mazmuni zamonaviy andragogik prinsiplar (katta yoshdagi tinglovchilarning ehtiyojlari, tajribaga tayangan oʻqitish, oʻz-oʻzini oʻrganishga yoʻnaltirish, motivatsion yondashuv va boshqalar) asosida ishlab chiqilgan

Fan (modul)lar kompetensiyaga yoʻnaltirilgan, amaliy faoliyatga asoslangan va real ish muhitidagi muammoli vaziyatlar boʻyicha ishlab chiqilgan

Taʼlim jarayonida muammoli keyslar, real sektorlardan misollar, ishlab chiqarishdan olingan vaziyatli topshiriqlardan tizimli ravishda foydalaniladi**

Muammoli keyslarni qoʻllash samaradorligi monitoringi amalga oshiriladi**

9.

Amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani

Tinglovchilarni taʼlim dasturlari fan (modul)lari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari doimiy ravishda monitoring qilingan**

Monitoring natijasidan kelib chiqib, taʼlim dasturlari fan (modul)larini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan**

Monitoring natijalari asosida zaruratga koʻra taʼlim dasturi, shu jumladan fanlarning (modullarning) mazmuni, oʻqitish usullariga zarur oʻzgartishlar kiritilgan**

3-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi

10.

Oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani va malaka oshirishning muqobil shakllarining yoʻlga qoʻyilgani

Davlat taʼlim talablari (malaka talablari) asosida oʻquv reja va oʻquv dasturlari (ishchi oʻquv reja va dasturlar) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan*

Malaka oshirishning muqobil shakllari (masofaviy, aralash) boʻyicha metodik materiallar ishlab chiqilgan

Oʻquv mashgʻulotlari oʻquv reja va dasturlar hamda dars jadvaliga muvofiq tashkil etilgan**

Oʻquv natijalarini baholash tizimi joriy etilgan boʻlib, baholash vositalari oʻquv natijalarini aniqlashga xizmat qiladi va muntazam ravishda tahlil qilinadi**

Oʻquv jarayonining sifatini ichki monitoring qilish mexanizmi mavjud, monitoring natijalari asosida oʻquv jarayoni takomillashtiriladi**

11.

Oʻquv jarayonining toʻgʻri tashkil etilgani, uning doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani

Oʻquv reja asosida dars jadvali ishlab chiqilgan

Oʻquv mashgʻulotlari dars jadvaliga muvofiq holda, uzluksiz va tizimli ravishda tashkil etilgan**

Oʻquv jarayoni sifatini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilgan**

12.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani

Dars jarayonlarida ilgʻor pedagogik yondashuvlar muntazam qoʻllaniladi**

Ilgʻor pedagogik yondashuvlar fanlar (modullar) mazmunini chuqur oʻzlashtirish va taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga samarali erishishga qaratiladi**

Ilgʻor pedagogik yondashuvlar tinglovchilarda mustaqil taʼlim olish, tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlash hamda hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi**

Ilgʻor pedagogik yondashuvlar samaradorligi boʻyicha muntazam monitoring va tahlil olib boriladi**

Monitoring va tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ilgʻor pedagogik yondashuvlar boʻyicha pedagoglarning salohiyati muntazam rivojlantiriladi**

13.

Tinglovchilarning kirish va chiqish testlari, baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi

Test savollari oʻquv dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan

Tinglovchilarning baholash natijalari va testlar boʻyicha fikr-mulohazalarini anonim soʻrovnomalar hamda LMS/onlayn shakllar orqali muntazam ravishda yigʻish va tahlil qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan

Kirish va chiqish testlari natijalari fanlar (modullar) kesimida tahlil qilinib, tinglovchilarning bilim va koʻnikmalardagi oʻzgarishi aniqlangan**

Tinglovchilarning fikr-mulohazalari va test natijalari ilmiy-metodik kengashlar yoki kafedra majlislarida muhokama qilinadi**

14.

Taʼlim dasturida akademik halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi

Taʼlim tashkilotida akademik halollik, etika va kasbiy masʼuliyatga oid tartib (qoidalar) va yoʻriqnomalar mavjud

Plagiat va boshqa akademik halollik qoidalarini buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha antiplagiat tizimi va tashkiliy choralar joriy etiladi**

Akademik halollik qoidalarini buzish holatlarini koʻrib chiqish va javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha shaffof tartib mavjud**

4-bob. Tinglovchilar faoliyati yoʻnalishi

15.

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilar kontingentini shakllantirish mexanizmi mavjud

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlangan

Qabul jarayonlari amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tashkil etilgan**

Qabul jarayonlari hujjatlashtirilgan, tegishli buyruqlar qabul qilingan**

Malaka oshirish kurslariga buyurtma berish hamda tinglovchilarni qabul qilish jarayonlari raqamlashtirilgan

16.

Malaka oshirish reja-grafigi taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi hamda taʼlim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun yetarliligi

Malaka oshirish kurslarining davriyligi, shakllari, muddatlari belgilangan

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)i taʼlim tashkilotining infratuzilmasi, moliyaviy imkoniyatlari, auditoriya, laboratoriya, oʻquv amaliyot bazalari va davlat taʼlim talablariga mos ravishda belgilangan

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)i hududning mehnat bozori, taʼlim tashkilotining maqsadi (missiya, strategiya), pedagoglar soni va tarkibi, ularning ish (oʻquv) yuklamasi bilan uygʻunlashtirilgan

Malaka oshirish kurslari reja-grafigi va tinglovchilar kontingentini tasdiqlash toʻgʻrisida tegishli hujjatlar mavjud

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)ining bajarilish holati boʻyicha har yili tahlillar amalga oshiriladi, tahlil natijalari asosida kelgusi yil qabul rejasiga oʻzgartirishlar kiritiladi**

17.

Tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi

Taʼlim dasturi boʻyicha tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan akademik, ijtimoiy va kasbiy yoʻnalish boʻyicha maslahat berish tizimi joriy qilingan

Tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash va maslahat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq (veb-sayt, bukletlar, axborot stendlari orqali) yoritilgan

Tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash va maslahat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar tizimli ravishda yigʻiladi, tahlil qilinadi, xizmatlardan qoniqish darajasi oʻrganiladi hamda maslahat tizimi samaradorligi takomillashtiriladi**

5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi

18.

Taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi

Boshqaruv xodimlar soni va ularning malakasi belgilangan shtat normativlariga mos, vazifalar taqsimlangan va lavozim yoʻriqnoma (kasbiy standart)lari tasdiqlangan

Pedagog kadrlar soni taʼlim dasturi talablari va tinglovchi nisbatiga mos keladi

Pedagog kadrlar mutaxassisligi oʻqitiladigan fanlar (modullar) bilan mos keladi yoki tegishli yoʻnalishi boʻyicha amaliy ish tajribasiga ega, ularning diplom/sertifikatlari va malaka tasdigʻi hujjatlar bilan tasdiqlangan

Ilmiy salohiyat (PhD, DSc, professor, dotsent va boshqalar) darajasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq

19.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi modullarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani

Pedagog kadrlarning mutaxassisligi, ish staji va tajribasi malaka oshirish kurslari fanlar (modullar) boʻyicha fan profiliga mos keladi**

Malaka oshirish kurslari fanlar (modullar) boʻyicha tegishli oliy maʼlumot va kasbiy tayyorgarlikka ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangan**

Pedagog kadrlar ilmiy maqolalar, ilmiy nashrlar yoki ilmiy-texnik loyihalar va tadqiqotlarda faol ishtirok etgan**

Pedagog kadrlar davriy ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida, seminar va treninglarda yoki stajirovkalarda ishtirok etgan**

Fanlarning (modullarning) amaliy (laboratoriya) qismlarini olib borish uchun pedagog kadrlarning yetarli malakasi mavjud**

20.

Yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi modullarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyoj tahlil qilingan*

Yangi taʼlim dasturlari boʻyicha pedagog kadrlarni jalb qilish strategiyasi (tanlov, konkurs, grantlar orqali) belgilangan

Fanlar (modullar) mazmuniga mos kasbiy koʻnikmaga ega boʻlgan pedagog kadrlarni ishga qabul qilish va kadrlar zaxirasini yaratish mexanizmi mavjud

Oʻquv jarayoniga pedagogik mahorat va kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari koʻzda tutilgan

21.

Amaliyotchi hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlarining mavjudligi

Oʻquv jarayoniga xalqaro va mahalliy tashkilotlardan amaliyotchi mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha hamkorlik memorandum (huquqiy asos)lari mavjud

Amaliyotchi hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning moliyaviy manbalari (budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqalar) belgilangan

Taʼlim dasturlari mazmuniga mos amaliyotchi va xorijiy mutaxassislar jalb etilishi hamda ular tomonidan master-klasslar yoki treninglar oʻtkazish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan

22.

Kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi

Pedagog va xodimlar uchun kasbiy rivojlanish va malaka oshirish chora tadbirlari ishlab chiqilgan

Pedagoglar va xodimlar uchun moddiy ragʻbatlantirish tizimi (mukofotlash, lavozim oʻsishi) joriy etilgan

Pedagog va xodimlar uchun maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi (faxriy yorliq, tashakkurnoma, diplom va boshqalar) yoʻlga qoʻyilgan

23.

Xorijda malaka oshirgan professor-oʻqituvchilarning oʻquv jarayoniga jalb qilingani

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan pedagog kadrlarga oid toʻliq maʼlumotlar bazasi mavjud

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan pedagog kadrlar taʼlim dasturlari va fanlar (modullar) doirasida dars berishga jalb qilingan**

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan pedagog kadrlar tomonidan taʼlim tashkilotida master klasslar oʻtkazilgan**

6-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi

24.

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha infratuzilma, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, xomashyo materiallari va inventarlar mavjud hamda ular taʼlim dasturining talablariga mos*

Taʼlim dasturi boʻyicha jihozlar va texnikalar soni tinglovchilar kontingentidan (guruh hajmidan) kelib chiqqan holda taʼminlangan

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha korxonalar, tashkilotlar, taʼlim tashkilotlari bilan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha hamkorlik shartnomalari yoki kelishuvlar mavjud

Mashgʻulotlarda zarur asbob-uskuna va texnikalardan foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar mavjud

Xomashyo va (yoki) yonilgʻi-moylash materiallaridan foydalanish hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi mavjud va ular yuritib (hujjatlashtirib) boriladi**

Asbob-uskuna va texnikalar bilan ishlash boʻyicha pedagog kadrlar va tinglovchilar uchun soha mutaxassislari yoki ish beruvchilar bilan hamkorlikda treninglar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan**

25.

Modullar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani

Har bir fan (modul) boʻyicha oʻquv adabiyotlar, qoʻllanmalar va oʻquv uslubiy majmualar mavjud*

Oʻquv adabiyotlari, qoʻllanmalar va oʻquv uslubiy majmualar fan (modul)ning mazmuni va oʻquv maqsadlariga mos

Fan (modul)lari boʻyicha raqamli taʼlim resurslari ishlab chiqilgan va elektron kutubxonaga joylashtirilgan**

Pedagog kadrlar va tinglovchilar uchun elektron taʼlim resurslarga uzluksiz kirish imkoniyati mavjud**

Oʻquv jarayonida adabiyotlar va elektron resurslarning qoʻllanilishi samaradorligi (tinglovchi faolligi, natijalar tahlili orqali) muntazam tahlil qilinadi va yangilab boriladi**

Fan (modul) mazmuniga mos zamonaviy xorijiy adabiyotlardan va qoʻshimcha materiallardan foydalanish imkoniyati yaratilgan**

26.

Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning tinglovchilar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani

Taʼlim tashkiloti tinglovchilar kontingentidan kelib chiqqan holda oʻquv xonalari bilan taʼminlangan*

Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlar oʻtkaziladigan oʻquv xonalari va moddiy-texnik baza mehnatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradi

Laboratoriyalar va ustaxonalar (poligonlar) taʼlim dasturiga mos asbob-uskunalar, jihozlar va texnikalar bilan taʼminlangan, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari mavjud, evakuatsiya yoʻllari (sxemalari) belgilangan hamda xavfsizlik jurnallarini yuritish yoʻlga qoʻyilgan

Fanlar (modullar) ehtiyojini hisobga olgan holda oʻquv xonalarida axborot-kommunikatsiya vositalari (proyektor, kompyuter va boshqalar) oʻrnatilgan hamda IT infratuzilma shakllantirilgan

Oʻquv, laboratoriya xonalari va ustaxonalarda (poligonlarda) tinglovchilar uchun yetarli oʻrindiqlar va ish joylari mavjud

27.

Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani

Taʼlim tashkiloti binolar va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, liftlar, eshiklar va sanitariya xonalari nogironligi boʻlgan shaxslar (tinglovchilar) uchun moslashtirilgan

Inklyuziv taʼlim uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi), elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati yaratilgan

Taʼlim jarayonida inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi pedagog va psixolog tomonidan yordam koʻrsatish tizimi mavjud**

28.

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi

ARMda taʼlim dasturiga mos oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, badiiy adabiyotlar mavjud, kutubxona fondi yaratilgan

ARMda oʻquv zali, elektron kutubxonadan foydalanish va internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati yaratilgan

ARM kompyuter vositalari va internet tarmogʻiga ulangan elektron qurilmalar bilan jihozlangan hamda Wi-Fi zonalarni tashkil etilgan

Elektron kutubxona tizimida taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, oʻqitish materiallari toʻplami, raqamli taʼlim resurslari va multimedia kontentlar raqamli formatda joylashtirilgan

ARM dan foydalanish tartibi qulay va ochiq, elektron maʼlumotlar bazasiga erkin kirish taʼminlangan, kutubxona xizmatlaridan foydalanish samaradorligi monitoringi yuritilgan**

29.

Raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, wi-fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari)

Taʼlim dasturi boʻyicha tinglovchilar va pedagoglar uchun barqaror internet ulanishi, Wi-Fi zonalari va zarur raqamli qurilmalardan (kompyuterlar, planshetlar va boshqalar) foydalanish imkoniyati yaratilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish, baholash va monitoring qilish uchun LMS va (yoki) taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari joriy etilgan va amalda qoʻllanilmoqda

Taʼlim dasturi boʻyicha onlayn kurslar, video darslar, testlar va boshqa raqamli taʼlim resurslari mavjud boʻlib, ular oʻquv reja va oʻquv natijalari bilan uygʻunlashtirilgan hamda muntazam yangilanib boriladi

Masofaviy taʼlim platformalari orqali oʻquv jarayonida qatnashish imkoniyati yaratilgan, masofaviy taʼlimda ishtirok etayotgan pedagoglar va tinglovchilar soni boʻyicha monitoring olib boriladi va natijalar tahlil qilinadi

Raqamli taʼlim resurslari va LMSdan foydalanishni boshqarish boʻyicha masʼul xodim hamda texnik qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari mavjud.

LMS, masofaviy taʼlim platformalari va raqamli taʼlim texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha pedagoglar va tinglovchilar uchun muntazam oʻquv-seminarlar, treninglar va vebinarlar tashkil etib boriladi**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) indikatorlarda nazarda tutilgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbir rejasi, monitoring va tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6)*majburiy indikatorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**faqat amaldagi taʼlim dasturlari uchun foydalaniladigan umumiy indikatorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II boʻlim. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha
INDIKATORLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Indikator

1-bob. Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi

1.

Taʼlim tashkilotida Ilmiy-pedagogik (metodik) kengashning (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi

Kengash tashkil etilgan hamda taʼlim tashkilotining boshqaruv tuzilmasida oʻz oʻrniga ega

Kengash tarkibi, vakolatlari, funksiyalari va masʼuliyati ichki nizomlarda aniq belgilangan, aʼzolarning malakasi taʼlim sifati boʻyicha asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi

Kengashning yillik ish rejasi tasdiqlangan hamda reja asosida oʻtkazilgan yigʻilishlar, koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar tegishli tartibda bayonnomalarda rasmiylashtirilgan

Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlar taʼlim sifati, strategik rivojlanish, moliyaviy boshqaruv va resurslardan samarali foydalanishni yaxshilashga qaratilgan

Kengash qarorlarining ijrosi boʻyicha masʼullar va muddatlar aniqlangan, qarorlar oʻquv jarayoni, ilmiy-metodik faoliyat, moddiy-texnik baza va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga taʼsir koʻrsatadi

Kengash qarorlarining ijrosi va samaradorligi boʻyicha monitoring tizimi joriy etilgan, natijalar muntazam tahlil qilinadi va zarur hollarda tuzatish chora-tadbirlari koʻriladi

2.

Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani

Taʼlim tashkilotining istiqbolli rivojlanish rejasi, yillik ish rejasi va moliyaviy rejasi (smeta) oʻzaro uygʻun holda ishlab chiqilgan, taʼlim sifati koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan va tasdiqlangan

Moliyaviy resurslarni shakllantirish manbalari aniqlangan, ulardan foydalanish tartibi va ustuvor yoʻnalishlari taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan holda hujjatlashtirilgan

Moliyaviy rejada taʼlim sifatini oshirish, oʻquv jarayonini modernizatsiya qilish, pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish va moddiy-texnik bazani yangilashga yoʻnaltirilgan xarajatlar aniq belgilangan, mablagʻlar maqsadli va samarali yoʻnaltiriladi

Mablagʻlarning belgilangan yoʻnalishlarda maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlovchi ichki audit va moliyaviy nazorat jarayonlari yoʻlga qoʻyilgan, audit natijalari boʻyicha tegishli tuzatish va takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi

3.

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasi sohaning ustuvor yoʻnalishlari, mehnat bozori tahlillari va kadrlar malakasini oshirish bilan uygʻun holda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan*

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasida maqsadlar, ustuvor yoʻnalishlar, muddat va masʼul ijrochilar hamda kutilayotgan natijalar belgilangan

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy, moddiy va inson resurslari ajratilgan, ularning taqsimoti ustuvor yoʻnalishlar bilan uygʻunlashtirilgan

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining bajarilish holati va natijalarini ochiq hamda shaffof tarzda jamoatchilikka yetkazib borish mexanizmlari yaratilgan

4.

Taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi

Tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan

Tashkilotning hududiy va respublika darajasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishdagi ishtiroki va qoʻshgan hissasi

Madaniy-maʼrifiy yoki ilmiy tadbirlar (konferensiya, seminar, davra suhbati, festival, koʻrgazma va boshqa anjumanlar) tashkil etilgan

5.

Taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani

Taʼlim tashkilotida oʻquv jarayonlari va taʼlim sifatini boshqarishga xizmat qiluvchi raqamli axborot tizimi joriy etilgan

Axborot tizimi taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlariga integratsiya qilingan, maʼlumotlar avtomatik almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan

Axborot tizimi foydalanuvchilar uchun qulay, maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligi taʼminlangan

Axborot tizimi orqali oʻquv jarayonlarini rejalashtirish, monitoring va hisobot ishlari yuritilgan, maʼlumotlar asosida yillik tahliliy hisobotlar tayyorlangan va kollegial organining yigʻilishlarida muhokama qilingan

Axborot tizimining samaradorligi, maʼlumotlar bilan ishlash jarayonlari va integratsiya holati boʻyicha doimiy monitoring tizimi amalga oshirilgan hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun zarur tuzatishlar kiritish chora-tadbirlari koʻrilgan

6.

Taʼlim tashkilotini xalqarolashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyilgan

Xorijiy taʼlim, ilmiy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan

Pedagoglar sohasi boʻyicha nufuzli xorijiy tashkilotlarda malaka oshirish va stajirovkalarda ishtirok etgan

Taʼlim jarayoniga malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan

Xalqaro hamkorlik orqali oʻquv jarayonlari, ilmiy salohiyat va taʼlim dasturlarining rivojlanishiga erishilgan

2-bob. Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi

7.

Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, uning asosiy maqsad va vazifalari belgilangan

Taʼlim tashkilotida taʼlim sifati samaradorligini aniqlash boʻyicha tegishli mezonlar ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan

Manfaatdor tomonlar fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrov va tahlil ishlari tizimli amalga oshirilgan

8.

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi Kengash yigʻilishlarida muhokama qilingan

Tahlil natijalari asosida malaka oshirish tizimida aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish, takomillashtirish boʻyicha takliflar olingan

Tahlillar hamda manfaatdor tomonlar tavsiyalari asosida taʼlim dasturlari va jarayonlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan

9.

Ichki baholash jarayoni oʻtkazilgani, baholash natijalari asosida chora-tadbirlarning amalga oshirilgani.

Ichki baholash jarayoni taʼlim tashkilotida tasdiqlangan tartib asosida oʻtkazilgan

Ichki baholash natijalari boʻyicha aniqlangan muammo va rivojlanish sohalari uchun aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Chora-tadbirlar rejasidagi bandlar belgilangan muddatlarda bajarilgan, ijro holati boʻyicha muntazam monitoring va hisobdorlik tizimi yoʻlga qoʻyilgan

10.

Tinglovchilar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi

Tinglovchilar bilimini baholash tizimi va mezonlari boʻyicha tartib va koʻrsatmalar ishlab chiqilgan

Baholash tizimi taʼlim dasturlaridagi oʻquv natijalari va fan (modul) maqsadlariga mos ravishda ishlab chiqilgan

Pedagoglar baholash mezonlaridan xabardor va ularni amaliyotda qoʻllay oladi

Baholash jarayonida raqamli texnologiyalar samarali qoʻllaniladi hamda jarayon ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslanib tashkil etilgan

Baholash natijalari boʻyicha apellyatsiya yoki qayta koʻrib chiqish mexanizmi mavjud

Baholash natijalari doimiy monitoring qilib borilgan hamda manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda muhokama qilingan

11.

Taʼlim tashkilotida akademik halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi

Akademik halollik qoidalari taʼlim tashkilotining ichki hujjatlari orqali rasman tasdiqlangan

Akademik halollikni taʼminlash uchun masʼul (komissiya yoki boʻlinma) belgilangan, uning vakolatlari, funksiyasi hujjatlashtirilgan hamda muntazam faoliyat yuritadi

Tinglovchilar uchun akademik halollik qoidalariga oid targʻibot ishlari muntazam oʻtkazilgan va axborot materiallari tayyorlangan

Ilmiy va oʻquv ishlarida plagiat hamda soxtalik holatlarini oldini olish maqsadida elektron tekshiruv tizimi joriy etilgan, tinglovchilar va pedagog xodimlar uchun tizimdan ochiq foydalanish imkoniyati yaratilgan

12.

Ish beruvchilarning malaka oshirgan tinglovchilarga oid fikr-mulohazalarining tahlil qilingani

Taʼlim tashkilotida ish beruvchilar fikrini yigʻish boʻyicha amaliyot (anketalar, intervyular, onlayn platforma) yoʻlga qoʻyilgan

Ish beruvchilar bilan muntazam hamkorlik va aloqa mexanizmlarining yoʻlga qoʻyilgan

Ish beruvchilar fikrlari asosida taʼlim dasturlariga oʻzgartirishlar kiritilishi imkoniyati mavjud

3-bob. Tinglovchilar faoliyati yoʻnalishi

13.

Qabul parametrlarining taʼlim tashkiloti resurslari va imkoniyatlariga mosligi

Tinglovchilarni oʻqishga qabul qilishda taʼlim tashkilotining quvvati, bino va inshootlar sigʻimi, moliyaviy resurslari hamda moddiy-texnik bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilangan*

Taʼlim tashkilotining oʻqituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar oʻqituvchi hisobiga nisbatining cheklangan normativlari mavjud

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan didaktik imkoniyatlarning mavjudligi

Tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish parametrlarining monitoringi olib borilgan

Monitoring natijalari asosida qabul rejasiga zarur oʻzgartirishlar kiritiladi

14.

Tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani

Tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartib-qoidalari, mezonlari va komissiya faoliyati taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarida belgilangan boʻlib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi

Korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi xavfini kamaytirish va baholashning xolisligini taʼminlovchi raqamlashtirilgan tizim joriy etilgan

Tinglovchilar hujjatlarni qabul qilish va tekshirish boʻyicha aniq reglamentlar, masʼullar va muddatlar belgilangan

Tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonining doimiy monitoringi amalga oshirilgan

4-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi

15.

Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani

Davlat taʼlim talablari (malaka talablari) asosida oʻquv reja va oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan*

Ishchi oʻquv reja va dasturlar taʼlim dasturlariga mos holatda ishlab chiqilgan

Dars jadvallari oʻquv rejadagi kredit/soat hajmi, fan (modul)lar ketma-ketligi boʻyicha ishlab chiqilib, tasdiqlangan hamda oʻquv kursi boshlanishidan oldin eʼlon qilingan

Maʼruza, amaliy, laboratoriya, seminar-trening, koʻchma mashgʻulotlar va mustaqil taʼlim boʻyicha haftalik yuklama taqsimoti hujjatlashtirilgan

Oʻquv jarayonini rejalashtirishga oid asosiy hujjatlar (dars jadvallari, imtihonlar jadvali va boshqalar) tinglovchi, pedagog va manfaatdor tomonlar uchun ochiq holda veb-sayt yoki axborot tizimi orqali eʼlon qilingan

16.

Professor-oʻqituvchilarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani, tasdiqlangani va yuritilishi

Oʻquv dasturlarda fan (modul)ning maqsad va vazifalari, oʻquv natijalari, asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar, taʼlim texnologiyalari aniq belgilangan

Har bir fan (modul)ning oʻquv dasturi davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturining maqsad va natijalariga mos holda ishlab chiqilgan*

Oʻquv-meʼyoriy hujjatlar pedagoglarga dars mashgʻulotlari boshlanishidan oldin yetkazilgan va tinglovchilar uchun ham ochiq holda taqdim etilgan

Oʻquv-meʼyoriy hujjatlarning sifati, mazmuni va amaliy ahamiyati muntazam ravishda tegishli boʻlimlar tomonidan nazorati amalga oshirib boriladi

17.

Professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani

Taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik va maʼnaviy-maʼrifiy ish turlari hajmini belgilash qoidalari mavjud va tasdiqlangan

Professor-oʻqituvchilar mutaxassisligi oʻqitiladigan fanlar (modullar) bilan toʻliq mos keladi yoki tegishli yoʻnalishi boʻyicha amaliy ish tajribasiga ega

Oʻquv yuklama pedagoglar oʻrtasida ularning ish stavkasi va zaruratga koʻra ilmiy daraja va ilmiy unvonlardan kelib chiqib mutanosib ravishda taqsimlangan.

Oʻquv yuklama toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻquv yili boshlanishidan avval oʻz vaqtida pedagoglarga tegishli tartibda yetkazilgan

Oʻquv yuklama taqsimoti barcha pedagoglar uchun ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilgan

18.

Taʼlim dasturlarini iqtisodiyot, sanoat va soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, takomillashtirilgani hamda mazmunining yangilangani

Taʼlim dasturlarini takomillashtirish jarayonida ish beruvchi va buyurtmachilar, soha mutaxassislari fikr-mulohazalari oʻrganilgan

Taʼlim dasturlari mehnat bozori, soha ehtiyojlari va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda ishlab chiqilgan

Dastur mazmuniga raqamli texnologiyalar, zamonaviy kompetensiyalar va innovatsion yondashuvlar integratsiya qilingan

Taʼlim dasturlariga kiritilgan oʻzgarishlar tinglovchilar, pedagoglar va ish beruvchilarga ochiq va shaffof tarzda yetkazilgan

19.

Taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani

Dars tahlillarini oʻtkazish tartibi, mezonlari va baholash koʻrsatkichlari ichki hujjatlarda belgilangan

Dars tahlillari oʻtkazish reja-grafigi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan

Dars tahlillari belgilangan reja asosida muntazam amalga oshiriladi

Dars tahlillari natijalari kafedra, fakultet yoki tegishli boʻlinma yigʻilishlarida muhokama qilinadi

Aniqlangan kamchiliklar va takomillashtirish imkoniyatlari boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi

5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi

20.

Taʼlim tashkilotida belgilangan talablar va meʼyorlarga muvofiq ilmiy salohiyatga ega pedagog kadrlarning mavjudligi

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga sohaning yetuk professor-oʻqituvchilari hamda tajribali mutaxassislari jalb qilingan*

Har bir qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlaridan kelib chiqib yetarlicha ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega pedagoglar jalb qilingan

Pedagog kadrlar ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etadi, ularning ilmiy ishlari va natijalari doimiy tahlil qilinadi

21.

Taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning mutaxassisligi (ixtisosligi) va faoliyat yoʻnalishlari dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi

Pedagoglarning oʻqitayotgan fanlari boʻyicha tegishli oliy maʼlumoti, ixtisosligi va kasbiy tayyorgarligi mavjud

Pedagoglarning mutaxassisligi oʻqitilayotgan fanlarning profili va mazmuniga mos keladi

Taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoniga jalb qilingan pedagoglar dars berayotgan fan (modul)i boʻyicha malaka oshirishdan yoki qisqa muddatli treninglardan oʻtkazilgan

22.

Taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani

Pedagog kadrlarni ishga qabul qilish jarayonlari amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlar asosida amalga oshiriladi

Ishga qabul qilish ochiq va shaffof tanlov asosida tashkil etiladi hamda xolis baholash mezonlari qoʻllaniladi

Ishga qabul qilingan pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari mehnat qonunchiligi talablari asosida rasmiylashtiriladi

Pedagog kadrlarni ishdan boʻshatish jarayonlari mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiriladi

23.

Pedagog kadrlarning xorijda va/yoki ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishi yoki stajirovkalari tashkil etilgani

Taʼlim tashkiloti xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalari bilan malaka oshirish va stajirovka boʻyicha hamkorlik kelishuvlariga ega

Oxirgi uch yilda stajirovka va malaka oshirishda ishtirok etgan pedagoglar ulushi oʻsish tendensiyasini koʻrsatgan

Malaka oshirish va stajirovka jarayonlari uchun zarur moliyaviy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan

Malaka oshirish yoki stajirovka natijalari boʻyicha olingan bilim va koʻnikmalar oʻquv jarayoniga joriy etilgan

24.

Xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI)ning yoʻlga qoʻyilgani hamda u asosida xodimlarning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani

Taʼlim tashkilotida rahbar va xodimlar hamda pedagoglar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) toʻgʻrisidagi tartib ishlab chiqilgan

KPI koʻrsatkichlari va baholash mezonlari aniq belgilangan

KPI baholash jarayoni ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshiriladi

KPI baholash natijalari boʻyicha xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan

KPI tizimining samaradorligi davriy ravishda tahlil qilinib, natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi

6-bob. Tinglovchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi

25.

Taʼlim xizmatlari yuzasidan tinglovchilar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani

Tinglovchilar fikr-mulohazalarini oʻrganish mexanizmlari yoʻlga qoʻyilgan

Tinglovchilar qoniqishini baholash boʻyicha soʻrovnoma (anketa) shakli va metodologiyasi ishlab chiqilgan

Fikr-mulohazalarni yigʻish boʻyicha monitoring tizimi mavjud (onlayn anketa platformasi)

Tinglovchilar fikr-mulohazalarining umumiy natijalari kafedra (boʻlim, kengash va b.) yigʻilishida muhokama qilingan

26.

Tinglovchilarga yetarli darajada taʼlim olish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish hamda karera xizmatlarining tashkil etilgani

Tinglovchilarni ijtimoiy, akademik va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan

Tinglovchilar ijtimoiy, akademik va psixologik qoʻllab-quvvatlash uchun malakali mutaxassislar jalb qilingan

Tinglovchilardan olingan fikr-mulohazalar asosida xizmatlar faoliyati takomillashtirilgan

27.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan tinglovchilar uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani

Ijtimoiy himoyaga mansub tinglovchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilishda imtiyozlar belgilangan

Imkoniyati cheklangan tinglovchilar uchun taʼlim va infratuzilma sharoitlari yaratilgan

Taʼlim tashkilotida tinglovchilar turar joyi (TTJ) mavjud va uning faoliyati tashkil etilgan

TTJda madaniy va maʼrifiy tadbirlari hamda tinglovchilar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha faoliyat yoʻlga qoʻyilgan

28.

Tinglovchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi

Tinglovchilar huquqlarini himoya qilish, shikoyat va murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini tartibga soluvchi ichki hujjat mavjud

Shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun axborot tizimi joriy etilgan

Tinglovchilar murojaatlarini koʻrib chiqish muddati va tartibiga rioya qilinadi

Shikoyatlar va murojaatlar boʻyicha qarorlar rasmiy ravishda hujjatlashtirilgan

Murojaatlar natijalari tahlil qilinib, tizimli choralar koʻrilgan

7-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi

29.

Taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun tinglovchilar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, xomashyo materiallari va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangan

Taʼlim muassasasining umumiy maydoni tinglovchilarning kontingenti hisobga olingan holda oʻquv xonalari, laboratoriyalar, amaliy mashgʻulot xonalari, axborot resurs markazi va boshqa infratuzilmalar bilan taʼminlangan*

Taʼlim tashkilotining bino va inshootlari va moddiy-texnik bazasi mehnatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradi

Laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar tinglovchilarning amaliy koʻnikma va malakalarini shakllantirish uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, musiqa asboblari, texnik vositalar va xomashyo bilan yetarli darajada taʼminlangan

Tinglovchilar va pedagoglarning elektron taʼlim platformalari hamda dasturiy taʼminotlarga kirish imkoniyati mavjud

Infratuzilmadan foydalanish va uni rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlar mavjud

30.

Taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari, ustaxonalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani

Amaliyot oʻtish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilma (laboratoriyalar, ustaxonalar, amaliyot xonalari) mavjud va faoliyat koʻrsatmoqda*

Taʼlim dasturiga mos laboratoriya va amaliyot bazalari tashkil etilgan hamda zarur jihozlar bilan taʼminlangan

Laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar ishchi holatda boʻlib, ularni yangilash boʻyicha rejali ishlar amalga oshirilgan

31.

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) zaruriy oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) fondi tarkibi va undan foydalanish koʻrsatkichlari, shu jumladan kitoblar sonining (elektron manbalarning) tinglovchilar soniga nisbati oʻquv-metodik taʼminotga qoʻyiladigan minimal talablarga mos keladi

Fanlar (modullar) boʻyicha zarur oʻquv, ilmiy adabiyotlar va oʻquv uslubiy majmualar yetarli miqdorda mavjud

Elektron kutubxona va maʼlumotlar bazalari (jumladan xalqaro) foydalanish uchun ochiq

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (kompyuterlar, internet, elektron katalog) joriy etilgan

Elektron katalog va onlayn foydalanish tizimi yaratilgan va muntazam yangilanadi

Axborot-resurs markazi sohaviy ilmiy manbalar va jurnallar bilan taʼminlangan

Kutubxona va elektron resurslardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi va hisobot yuritiladi

32.

Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani

Taʼlim tashkiloti binolar va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, liftlar, eshiklar va sanitariya xonalari nogironligi boʻlgan shaxslar (talabalar) uchun moslashtirilgan

Taʼlim dasturlari boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), ergonomik oʻrindiqlar, maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud

Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr yoki boshqalar) yaratilgan

Individual taʼlim rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshiriladi

Inklyuziv taʼlim jarayonlari samaradorligi muntazam tahlil qilinadi va hisobot yuritiladi

33.

Oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlarning xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani

Oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlar va asbob-uskunalarning joylashuvi oʻquv mashgʻulotlarining mazmuni va amaliyot jarayonlariga mos

Oʻquv va laboratoriya xonalarida erkin harakatlanish taʼminlangan hamda favqulodda holatlarda evakuatsiya chiqish yoʻllari belgilangan

Laboratoriya asboblari xavfsiz masofada oʻrnatilgan va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjud

Elektr uskunalar xavfsiz ulangan, muntazam tekshiruvlar amalga oshiriladi

Havo aylanishi va yoritish tizimlari sanitar-gigiyenik talablarga javob beradi

Javon va saqlash joylari xavfsizlik talablariga muvofiq tashkil etilgan

34.

Oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va raqamli taʼlim muhiti yaratilgani

Oʻquv xonalari AKT vositalari (kompyuterlar, elektron doskalar, proyektorlar yoki boshqalar) bilan jihozlangan

Raqamli taʼlim muhiti (LMS, elektron jurnal, elektron kutubxona, raqamli oʻquv resurslari) joriy etilgan va oʻquv jarayonida faol qoʻllaniladi

Pedagoglar oʻquv jarayonida elektron taʼlim platformalari, multimedia vositalari va interaktiv uskunalardan samarali foydalanadi

Onlayn darslar va videokonferensiyalar uchun toʻliq texnik sharoit yaratilgan

AKT vositalaridan foydalanish boʻyicha xavfsizlik texnikasi va tartib-qoidalari ishlab chiqilgan

Oʻquv binolarida barqaror va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi taʼminlangan va Wi-Fi qamrov hududi yetarli darajada tashkil etilgan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) indikatorlarda nazarda tutilgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbirlar rejasi, monitoring, tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6)*majburiy indikatorlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2026-y., 10/26/3747/0023-son)