OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XOʻJALIKLARIGA BOʻLGʻUSI HOSILNI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-aprelda 1337-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 347-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1337-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (2004-yil 16-aprel, roʻyxat raqami 1337 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 15-son, 182-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-aprel,
6/3-son
Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 4-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tijorat banklari ushbu kreditlar boʻyicha imtiyozli foiz stavkalari belgilash borasida qaror qabul qilish huquqiga egalar”.
2. 5-band beshinchi xatboshidan keyin quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Gʻalla hosilini oʻrish va paxta xomashyosi yigʻim-terimi xarajatlari uchun toʻlovlar”.
3. 10-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun tasdiqlangan agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilash tavsiya etiladi”.
4. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-con, 137-modda)