1-ILOVA
1. | A.V. Nuridinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi |
2. | Sh.K. Abdurahmonov | — | Andijon viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi |
3. | B.M. Axmedov | — | madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari |
4. | E.I. Basitxanova | — | sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
5. | D.A. Nazarmuxamedov | — | ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
6. | B.M. Usmanov | — | tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
7. | I.A. Abdugafarov | — | transport vaziri oʻrinbosari |
8. | A.R. Sormonkulov | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari |
9. | A.U. Aqqulov | — | Turizm qoʻmitasi raisi |
10. | A.A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
11. | R.T. Mirzaaxmedov | — | “Hunarmand” uyushmasi raisi |
12. | I.M. Valixodjayev | — | Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi |
13. | S.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
14. | D.X. Sattorov | — | Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
15. | R.X. Ismanov | — | Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Badiiy akademiya, Andijon viloyati hokimligi (tashkilotchilar) | |||||
2-bosqich | Nomzodlar | Festivalda qatnashish uchun tashkilotchiga hujjatlarni topshiradi. | ||||
3-bosqich | Tashkiliy qoʻmita | Festivalda ishtirok etuvchilarning roʻyxatini aniqlab, ishtirokchilarga maʼlum qiladi. | Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar | |||
4-bosqich | Festivalni tashkil etadi va oʻtkazadi. | Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda | ||||
5-bosqich | Tashkiliy qoʻmita | Festival gʻolib va sovrindorlarini taqdirlaydi. | Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda | |||
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Ijro uchun masʼullar |
I. Tashkiliy masalalar | ||||
1. | Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish. | 1. Ushbu chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda xarajatlar smetasini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish. | Festival tashkil etiladigan yil yanvar | Tashkiliy qoʻmita |
2. Festival doirasida tegishli ishchi guruhlarni tuzish hamda masʼullarni belgilash. | Festival tashkil etiladigan yil fevral | Tashkiliy qoʻmita | ||
2. | Festival oʻtkaziladigan hududni aniqlash va joylarni tayyorlash. | 1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, maydon, bino-inshootlar, koʻrgazma zallari va galereyalarni) belgilash toʻgʻrisida Andijon viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish. Bunda Festivalda ishtirok etadigan ijodkorlar uchun alohida pavilyonlar tashkil etishni, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joylar ajratilishini nazarda tutish. | Festival tashkil etiladigan yil fevral | Andijon viloyati hokimligi |
2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, Festival doirasida Bobur shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. 3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish. | Festival tashkil etiladigan yil mart-aprel | Andijon viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ | ||
3. | Festival ishtirokchilari uchun mehmonxonalarni tayyorlash va ularni joylashtirish. | 1. Bobur shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish. | Festival tashkil etiladigan yil mart | Andijon viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyatini aniqlash, ishtirokchi va mehmonlarni mehmonxonalarga joylashtirish choralarini koʻrish. | Festival tashkil etiladigan oydan bir oy avval | |||
4. | Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish. | 1. Festival dasturini oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqish. | Festival tashkil etiladigan yil mart | Badiiy akademiya, Andijon viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
2. Festival dasturini turoperatorlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish. | Festival tashkil etiladigan yil aprel-may | |||
5. | Festival doirasida tashkil etiladigan koʻrik-tanlov va Festival ishtirokchilari koʻrgazmalarini tashkil etish. | 1. Festivalga iqtidorli ijodkorlar va isteʼdodli yoshlarni keng jalb qilgan holda hududlar kesimida Festival va koʻrik-tanlov ishtirokchilari koʻrgazmasini tashkil etish hamda oʻtkazish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish. | Festival tashkil etiladigan yil mart | Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Festival va koʻrik-tanlov ishtirokchilarining ijodiy asarlarini Bobur shahriga olib kelish va olib ketish logistikasini taʼminlash. | Festival tashkil etiladigan yil may | |||
6. | Festivalga bagʻishlangan esdalik buyumlarini tayyorlash. | Festivalni targʻib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlarni (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash hamda targʻibotini tashkil etish. | Festival tashkil etiladigan yil mart-aprel | “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya |
7. | Bobur shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlarining toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash. | 1. Festival davomida Bobur shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. | Festival tashkil etiladigan yil aprel | Andijon viloyati hokimligi |
2. Zaruratga koʻra, yangi kafe va ovqatlanish shaxobchalarini tashkil qilish choralarini koʻrish, mehmonlarni zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlarining koʻrsatilishini taʼminlash. | Festival tashkil etiladigan yil aprel-may | |||
8. | Yoʻlovchi tashish xizmatini namunali koʻrsatishni tashkil etish. | 1. Bobur shahridagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi korxonalarni xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish. | Festival tashkil etiladigan yil may | Andijon viloyati hokimligi, Transport vazirligi |
2. Zaruratga koʻra, Andijon viloyatining boshqa hududlaridan Bobur shahriga taksi xizmati koʻrsatuvchi subyektlarni shartnoma asosida jalb qilish. | Festival kunlari | |||
9. | Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish. | 1. Festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus guruhlar tashkil qilish. 2. Mehmonlarni kutib olish joylarida Festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish. | Festival kunlari | Andijon viloyati hokimligi, Badiiy akademiya |
3. Festival kunlari Andijon shahriga harakatlanuvchi Festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi transport vositalarida belgilangan tartibda joylar ajratilishini taʼminlash. | Festival kunlari | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, | ||
4. Festivalga ishtirokchilari uchun turizm marshrutlarini ishlab chiqish. | Festival kunlari | Turizm qoʻmitasi | ||
10. | Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish. | Festival oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini koʻrish. | Festival kunlari | Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar | ||||
11. | Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida Festivalni muntazam yoritish. | 1. Festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVlarda muntazam yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. | Festival tashkil etiladigan yil mart | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi |
2. Tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Festivalni targʻib etuvchi roliklarni markaziy va tegishli mahalliy telekanallarda muntazam namoyish etish. | Festival tashkil etiladigan yil aprel-may | |||
3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, Festivalga xorijlik sayyohlarni keng jalb etish. | Festival tashkil etiladigan yil davomida | Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
12. | Festivalda Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼati namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish. | 1. Har bir hududning oʻziga xos tasviriy sanʼatini va madaniy hayotini aks ettiruvchi ijodkorlar shaharchalari maketini tayyorlash. | Festival tashkil etiladigan yil aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Badiiy akademiya, “Hunarmand” uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
2. Respublikaning har bir hududidan 6 nafardan ijodkorlar ishtirokini taʼminlash. | Festival kunlari | |||
3. Festival uchun ajratilgan ijodkorlar shaharchalari hududida Festival ishtirokchilari va mehmonlariga taniqli rassomlar ishtirokida mahorat darslarini namoyish etish. | Festival kunlari | |||
4. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalari va yerosti oʻtish joylarida, yirik savdo markazlarida). | Festival tashkil etiladigan yil mart-may | |||
13. | Festival ishtirokchilari va mehmonlarini Andijon viloyatining tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish. | 1. Festival ishtirokchilari va mehmonlarni Andijon viloyatining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish. | Festival tashkil etiladigan yil mart | Andijon viloyati hokimligi, Badiiy akademiya, Turizm qoʻmitasi |
2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish. | Festival tashkil etiladigan yil aprel | |||
3. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti, ijodkorlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash. Sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblarini belgilangan tartibda (shartnoma asosida) jalb etish. | Festival tashkil etiladigan yil aprel | Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya | ||
14. | Festival oʻtkaziladigan joylarda “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish. | Tashkiliy qoʻmita murojaatiga asosan oʻrnatilgan tartibda festival oʻtkaziladigan hududda “Wi-Fi” xizmatini tashkil etish. | Festival kunlari | Badiiy akademiya, Andijon viloyati hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
III. Festival tadbirlarini moliyalashtirish | ||||
15. | Festivalni moliyalashtirish. | 1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Festival tashkil etiladigan yil fevral | Badiiy akademiya, Andijon viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni Festival jarayonlari boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish. | Festival tashkil etiladigan yil mart | |||
3. Festival tadbirlarini moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish. | Festival tashkil etiladigan yil davomida | |||