Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari harbiy qismlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda 1992-yil 1-noyabrdan sobiq harbiy tuzilmalar tomonidan koʻrsatilgan qoʻshinlarni moliyalashtirish toʻxtatilganini eʼtiborga olib:
1. Respublika hududida joylashgan havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari harbiy qismlari ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olingan havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari harbiy qismlariga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri (oʼrtoq Boqiboyev) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qoʻshilmalari, qismlari va muassasalarining mavjud moliyaviy taʼminot normalaridan kelib chiqib, qoʻshimcha ajratmalarni koʻzda tutgan holda yurisdiksiyaga olingan qoʻshinlarni moliyalashtirishni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga oʻtkaziayotlgan harbiy tuzilmalarning qoʻmondonlik tarkibiga, shaxsiy tarkib tomonidan ularga qoʻyilgan vazifalarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin, bunda harbiy muassasalarning barcha harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, harbiy xizmatchilar orasidan boʻlgan pensionerlarning ijtimoiy va huquqiy muxofazasini Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlashini nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-noyabr,
PF-495-son