26.12.2025 yildagi 831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son Farmoni ijrosini ta’minlash, muvofiqlikni baholash tizimini soddalashtirish hamda tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olishda taqdim etiladigan hujjatlar va ma’lumotlarni shakllantirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi davlat xizmati axborot tizimida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, axborot tizimi orqali hisobga olingan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalari bozor nazorati talablariga muvofiq doimiy monitoring qilib boriladi. Bunda bozor nazorati organlari tayinlangunga qadar bozor nazorati vazifalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq, idoralararo nazoratni amalga oshirish maqsadida Soliq qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga tegishli ma’lumotlarni doimiy taqdim etib borish hamda hisobga olingan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida ko‘rib borish uchun tegishli tizimlarni integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori 1-bandining “v” kichik bandi hamda qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
831-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-dekabrdagi 831-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — muvofiqlik deklaratsiyasi) muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi shaxs tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor nazorati — mahsulotlar bozorga muomalaga kiritilganidan so‘ng ularning xavfsizligini, inson hayoti, sog‘lig‘iga, jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat manfaatlariga, atrof-muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlashga qaratilgan, bozor nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va choralar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor nazorati organi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha bozor nazoratini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
distribyutor — ta’minot zanjirida mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan farqli ravishda muomalaga chiqaruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotga ega bo‘lgan hamda o‘z nomi yoki tovar belgisi ostida sotuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qiluvchi — boshqa davlatdan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirituvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan tadbirkorlik subyekti yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy operator — mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki ularni bozorga kiritish yoki muomalaga chiqarish huquqiga ega yuridik yoxud jismoniy shaxs, xususan, ishlab chiqaruvchi, uning vakolatli vakili, import qiluvchi yoki distribyutor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot to‘pi — muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi tomonidan taqdim etilgan yuk hujjatiga muvofiq (agar mavjud bo‘lsa) bir turdagi, bir nomdagi va belgidagi mahsulot birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi — muvofiqlik deklaratsiyasini hisobga olish tashabbusi bilan murojaat qilgan iqtisodiy operator;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik deklaratsiyasi — muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchining, bozorga kiritiladigan yoki muomalaga chiqariladigan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olgani to‘g‘risidagi rasmiy bayonoti. Bunda muvofiqlik deklaratsiyasi, har bir mahsulot to‘piga yoki yagona (yakka) mahsulotga nisbatan rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MXIK kodi — mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogidagi identifikatsiya kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIF TN kodi — O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq mahsulot kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukka ilova qilinadigan hujjatlar — mahsulot nomenklaturasi va miqdorini belgilovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona (yakka) mahsulot — bir dona, alohida holda ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilayotgan mahsulotning yagona nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish — muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi shaxs tomonidan muvofiqlik deklaratsiyasini axborot tizimida hisobga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muvofiqlik deklaratsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun ular ishlab chiqarilgandan so‘ng, ammo realizatsiya qilingunga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan (import) mahsulotlar uchun ular “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar axborot tizimida hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muvofiqlik deklaratsiyasini hisobga olishda unda ko‘rsatilgan mahsulot turi, to‘pi yoki yagona (yakka) mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari aynan ushbu mahsulot turi, to‘pi yoki yagona (yakka) mahsulotga tegishliligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyasi, unda ko‘rsatilgan mahsulotning yaroqlilik muddatidan qat’i nazar, ushbu mahsulot turi, to‘pi yoki yagona (yakka) mahsulot uchun amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyasida xatolik (model, marka, to‘pi, ishlab chiqaruvchi nomi va shunga o‘xshash ma’lumotlar) o‘tgan bo‘lsa, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xato hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar yangi deklaratsiyani hisobga olish tarzida amalga oshirilib, eskisi axborot tizimida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyalari Bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” axborot tizimiga integratsiya qilinadi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimi orqali manfaatdor tomonlar tanishishlari uchun ochiq bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Muvofiqligi deklaratsiya qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Muvofiqlik deklaratsiyasini hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Muvofiqlik deklaratsiyasi ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish sxemasi asosida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Muvofiqlik deklaratsiyasini hisobga olishda, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahsulotning O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlik deklaratsiyasi beriladigan mahsulot uchun belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) menejment tizimining muvofiqlik sertifikati (mavjud bo‘lganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahsulot to‘pi yoki yagona (yakka) mahsulot uchun mahsulot hajmini belgilovchi shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) va yuk kuzatuv hujjatlari nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi axborot tizimida o‘zi tomonidan to‘ldirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga va unda ilova qilingan hujjatlarning haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi yoki davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi kelib yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning nomidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP orqali mustaqil ravishda zamonaviy vositalar (elektron raqamli imzo, mobil-ID, One-ID tizimi, daktiloskopiya va boshqalar) yordamida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi orqali mustaqil ravishda zamonaviy vositalar (mobil-ID, One-ID tizimi va boshqalar) yordamida muvofiqlik deklaratsiyasiga oid tegishli ma’lumotlarni axborot tizimida hisobga olish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat qilgan taqdirda, muvofiqlik deklaratsiyasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik deklaratsiyasi axborot tizimida bepul hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muvofiqlik deklaratsiyasi ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan Muvofiqlik deklaratsiyasi shakli bo‘yicha hisobga olinadi va unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar (yuridik yoki jismoniy shaxs nomi, STIR yoki JSHSHIR, yuridik va joylashgan manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili), ERI orqali deklaratsiyani berishga vakolatli shaxsning F.I.O.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muvofiqlik deklaratsiyasi berilayotgan mahsulotga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan talab(lar)ni o‘z ichiga oluvchi hujjat(lar) raqam(lari)i va band(lar)i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ishlab chiqaruvchining to‘liq nomi va manzili (agar, 13-bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi shaxs ishlab chiqaruvchidan boshqa iqtisodiy operator bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mahsulot nomi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisi (mavjud bo‘lsa), model va markasi, TIF TN va MXIK kodlari, mahsulot turi, to‘pi va (yoki) seriya raqami (tegishli hollarda), tovar yo‘l hujjatlariga havola va mahsulotlarning hajmi (soni yoki yagona (yakka) mahsulot);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mazkur bandning “g” kichik bandiga muvofiq aks ettirilgan ma’lumotlarda keltirilgan mahsulotga nisbatan Milliy akkreditatsiya tizimida ro‘yxatga olingan laboratoriyalarda axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan sinov bayonnomasi raqami va sanasiga havola;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) menejment tizimining muvofiqlik sertifikati raqami va sanasi (mavjud bo‘lganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) muvofiqlik deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘g‘ri va haqqoniyligi kafolati yuzasidan bayonot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik deklaratsiyasi hisobga olingan sana, uning raqami hamda muvofiqlik deklaratsiyasi hisobga olinganini tasdiqlovchi maxsus QR-kod axborot tizimi orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muvofiqlik deklaratsiyasi axborot tizimida hisobga olingan kundan boshlab amal qiladi va ushbu Reglamentning 13-bandida keltirilgan ma’lumotlardagi mahsulotlarga tegishli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar hamda ma’lumotlar axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab o‘n yil mobaynida saqlanishi hamda tegishli vakolatli organlarga ularning so‘rovi bo‘yicha taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli bozor nazorati organi hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularga ilova qilingan hujjatlar bilan axborot tizimi orqali tanishishlari mumkin. Vakolatli bozor nazorati organi axborot tizimi orqali hisobga olingan muvofiqlik deklaratsiyalarini doimiy monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muvofiqlik deklaratsiyasida ko‘rsatilgan mahsulotlar majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda yoki muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi tomonidan muvofiqlik deklaratsiyasini hisobga olishda ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlar haqqoniyligi hamda ishonchliligining aksi isbotlanganda, vakolatli bozor nazorati organi tomonidan muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchiga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA

Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi

Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani shakllantirish va tasdiqlash uchun Reglamentda belgilangan hujjatlarni tayyorlaydi.

Ixtiyoriy

2-bosqich

Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi

Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali Reglament talablari asosida muvofiqlik deklaratsiyasini shakllantiradi va hisobga olish uchun yuboradi.

Ixtiyoriy

3-bosqich

“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi

Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani avtomatik ravishda hisobga oladi.

Darhol

(avtomatik ravishda)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUVOFIQLIK TO‘G‘RISIDAGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DEKLARATSIYA

Muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi:

Nomi:

STIR:

Manzili:

a) yuridik:

b) joylashgan joyi:

v) telefon raqami:

g) elektron pochta:

d) vakolatli shaxs F.I.O.

Mahsulotni ishlab chiqaruvchi:

Ishlab chiqaruvchi davlat:

Manzili:

a) yuridik:

b) joylashgan joyi:

Mahsulot nomi:

Tovar belgisi:

Model:

Marka:

Miqdori:

TIF TN kodi:

MXIK kodi:

Tovar yo‘l hujjatlari:

a) invoys

b) tovar-transport yuk xati (SMR)

Mahsulot quyidagi hujjat talablariga muvofiq:

Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani tasdiqlashga asos:

a) sinash laboratoriyasi

b) sinov bayonnomasi

v) menejment tizimi sertifikati (mavjud bo‘lsa)

Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya:

Maxsus

QR-kod

joyi

a) tasdiqlangan sana:

b) hisob raqami

Mazkur muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni to‘g‘riligi, haqqoniyligi va ishonchliligini kafolatlagan holda, ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi, ushbu hujjatda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlayman hamda unga oid javobgarlikni o‘z zimmamga olaman.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mahsulot nomi

Miqdori

Sinov bayonnomasi

Hujjat va uning bandlari

1

...

...

Qabul qiluvchi mas’ul shaxs F.I.O. QR-kod

Ushbu ilova muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya bilan birga haqiqiy hisoblanadi.

Eslatma: muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya bir to‘p va turdagi mahsulot uchun hisobga olinadi.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 09/25/831/1227-son; 22.06.2026-y., 09/26/316/0615-son)