Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.06.2003 yildagi 256-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SALOMATLIK—1” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH VA “SALOMATLIK—2” LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH UCHUN XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN AJRATILGAN QARZ MABLAGʻLAR VA YAPONIYA GRANTIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda “Salomatlik—1” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirilayotgan sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish jarayonini chuqurlashtirish va islohotlarni amalga oshirishning ikkinchi bosqichiga — “Salomatlik—2” loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish tadbirlariga oʻtish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 1998-yil 16-noyabrda imzolangan Qarz toʻgʻrisidagi 4396—UZ-son bitimga 2003-yil mart oyidagi qoʻshimchaga muvofiq, qarz mablagʻlari tejalishi hisobiga, “Salomatlik—1” loyihasi suv taqchil boʻlgan mintaqalarga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlariga kengaytirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilishga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Yaponiyaning trast fondidan 493.550 AQSH dollari miqdorida grant olganligi va ushbu grant “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Salomatlik—2” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida islohotlarni chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilganligi hamda Fargʻona, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Salomatlik—1” tajriba loyihasining davomi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Grant mablagʻlarini “Salomatlik—2” loyihasi doirasida quyidagi komponentlar boʻyicha yoʻnaltirish nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat sogʻliqni saqlashining infratuzilmasi va funksiyalarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻini xizmatlarini takomillashtirish va sogʻliqni saqlashni tarkibiy oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vrachlar va umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralarini oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani boshqarish, monitoringni amalga oshirish, baholash va tezkor xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grant mablagʻlaridan foydalanish auditini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutilmagan xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Grant toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlashga umumiy rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki beradigan qarz doirasida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyundagi 236-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Salomatlik—1” loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlash boʻyicha bajaruvchi tashkilot etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik—1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha markaziy byuro “Salomatlik—2” loyihasi bevosita tayyorlanishi va grant mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha masʼul boʻlgan yuridik shaxs etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Salomatlik—1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha markaziy byuro “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlash xarajatlarini Yaponiya grantidan moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan kelishilgan bank muassasalarida belgilangan tartibda xorijiy va milliy valyutalarda maxsus hisob raqamlari ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Salomatlik—1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha markaziy byuroning soʻroviga koʻra “Salomatlik—2” loyihasining texnik topshiriqlariga muvofiq barcha zarur maslahatlar, statistika maʼlumotlari va boshqa tahliliy materiallarni taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni tashkil etishda, “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlash doirasida olib kelinadigan import qilinadigan tovarlar soliqlar va bojxona toʻlovlaridan, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Yaponiya granti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ishlar va xizmatlar davlat soliqlaridan va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlardan ozod qilinsin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududida Yaponiya granti hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi, shuningdek import qilinadigan tovarlar va xizmatlarni bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari uchun toʻlovlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Salomatlik—1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha markaziy byuroning 2003-yil uchun xarajatlar smetasida Yaponiya granti mablagʻlari hisobiga “Salomatlik—2” loyihasini tayyorlash doirasida olib kelinadigan import qilinadigan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash uchun budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Salomatlik—1” loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga kengaytirilishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi huzurida ilovaga muvofiq shtatdagi xodimlari boʻlgan Loyihani amalga oshirish byurosi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatdagi xodimlar belgilangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ichki rezervlar hisobiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan Byurolarning barcha xarajatlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati budjetlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan tuzilgan 4396—UZ-son Qarz bitimiga muvofiq “Salomatlik—1” loyihasi barcha komponentlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni roʻyobga chiqarish tashkil etilayotgan Byurolarga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
6-iyundagi 256-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎“Salomatlik-1” ‎loyihasini amalga oshirish byurosi shtat jadvali

T/r‎

Lavozim nomi ‎

Soni ‎

Razryad‎

Tarif koefitsiyenti‎

1.‎

Loyihani amalga oshirish byurosi direktori

1‎

14‎

5,606‎

2.‎

Sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish,
‎moliya va menejment boʻyicha mutaxassislar

2‎

11‎

4,663‎

Jami:‎

3‎

Xorazm viloyati “Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirish
byurosi shtat jadvali

T/r‎

Lavozim nomi ‎

Soni ‎

Razryad‎

Tarif koefitsiyenti‎

1.

Loyihani amalga oshirish byurosi direktori

1‎

14‎

5,5606‎

2.‎

Sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish,
‎moliya va menejment boʻyicha mutaxassislar

2‎

11‎

4,663‎

Jami:‎

3‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: yuqorida koʻrstaib oʻtilgan xodimlarga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tadbiq etiladi.