24.12.2025 yildagi 817-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-255-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
817-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-bandning birinchi xatboshisidagi “pedagogik xodimlar,” so‘zlari “pedagogik xodimlar (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tarbiyachilari bundan mustasno),” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II-bandning birinchi xatboshisidagi “bolalar muassasalaridan tashqari” so‘zlari “bolalar muassasalari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlardan tashqari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining 2-bandidagi “pedagog xodimlar,” so‘zlari “pedagog xodimlar (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tarbiyachilari bundan mustasno),” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 6-bandi o‘n oltinchi xatboshisi “hududda aholini jamoaviy” so‘zlaridan keyin “va adaptiv” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 6-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi “hududda aholini jamoaviy” so‘zlaridan keyin “va adaptiv” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-ilovaning 6-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi “hududda aholini jamoaviy” so‘zlaridan keyin “va adaptiv” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi mutaxassis (tibbiyot xodimlari bundan mustasno), ishlab chiqarish, o‘quv yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar to‘lanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarini ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sun’iy intellekt bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish, “Call-markaz” hamda media-markaz faoliyatini tashkil etish, avtomatik tarzda amalga oshirilayotgan elektron to‘lovlarni kuzatib borish va boshqa sohalarda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz tomonidan Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hamda Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar qiymati mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq tartib asosida aniqlanadi hamda aniqlangan qiymat doirasida shartnoma(lar) tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Jamg‘arma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi Kuzatuv kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kuzatuv kengashi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy faoliyati bo‘yicha esa Agentlikka hisobdordir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 101 — 105-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101. Kuzatuv kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari balansi prognoz ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyati haqidagi hisobotlarini har yili, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida eshitib boradi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat bo‘lganda, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlariga o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalarini jalb etishda Jamg‘armaga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida ekspert-tahlil guruh (lar)ini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Kuzatuv kengashi majlislari zaruratga ko‘ra, lekin bir yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Kuzatuv kengashi majlisini kengash raisi, u bo‘lmagan taqdirda esa kengash raisining o‘rinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Kuzatuv kengashi majlisi unda kengash a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashining qarori kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng bo‘lganda, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Kuzatuv kengashi qarorlari Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda moliyalashtirish tartibi va qoidalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyati, shu jumladan, mablag‘larning belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilishi, ijtimoiy sohaga doir qarorlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning umumiy boshqaruv xodimlari soni doirasida Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) shtatlar soni va tuzilmasiga o‘zgartirish kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Ijrochi direktori va uning o‘rinbosarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Agentlikka” so‘zi “Kuzatuv kengashiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “Agentlikka” so‘zi “Kuzatuv kengashi va Agentlikka” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini zarur hollarda tasdiqlangan smetalarga kiritiladigan tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlaydi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muruvvat” internat uylari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va faoliyatini takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarning yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolarining imtiyozli hamda bepul statsionar, shu jumladan, chet davlatlardagi tibbiyot muassasalarida davolanishini ta’minlash xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘quv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy va ma’naviy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish hamda ularni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlagan ish beruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiya ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda avtotransport va boshqa zarur jihoz va uskunalar xarid qilish bo‘yicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalarga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehribonlik uylari va bolalar uylari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shuningdek, istisno tariqasida, kambag‘al oilalarning vasiylik va homiylik tayinlangan bolalariga yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlar xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning sog‘ligini saqlash, salomatligini tiklash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, ta’lim berish, kasb-hunarga yo‘naltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz va boshpanasiz qolgan, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan, jinoyat qurbonlari va guvohlari bo‘lgan, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari va respublika ta’lim muassasalarining loyiha hamda dasturlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmatlari uchun haq to‘lash xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash hamda ijara to‘lovlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan uysiz fuqarolarni vaqtincha boshpana (ijtimoiy uylar) bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘qish, kasbga tayyorlash, malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman yoki to‘liq qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarni himoya va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
palliativ yordam ko‘rsatish markazlari va shelterlar, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar hamda Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, o‘quv qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar loyihalari va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarining (ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikum, “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi va boshqalar) tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) milliy va xalqaro ko‘rik-tanlov, olimpiada, musobaqa, bellashuv va boshqa tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni (ishtirokchilarning kelib ketish, yashash, transport, mehmonxona, ovqatlanish, esdalik sovg‘alarini berish, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar) moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan Call-markaz xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijtimoiy karta”larni joriy etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun “ijtimoiy taksi” xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichini (KPI) baholash asosida rag‘batlantirish to‘lovlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va ularni ko‘rsatish xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini, shu jumladan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, texnik uskuna va vositalarni sotib olish hamda tizimda axborot kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMS-xabar yuborish xizmatlari bo‘yicha barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish chora-tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-ma’lumot va reklama, maqolalar, broshyuralar, qo‘llanmalar hamda boshqa axborot materiallarini tayyorlash va nashr etish, shu jumladan, video va audio roliklar hamda filmlar yaratish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun haq to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatish sohasida tajriba-loyihalarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash (rag‘batlantirish, mukofotlash, ustamalar to‘lash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun pullik kompensatsiya) va ijtimoiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiyalar, seminarlar, olimpiadalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar, chet elda o‘tkaziladigan tadbirlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlari hamda tizim tashkilotlari o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarining respublikada va chet elda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy mavzudagi loyihalar hamda davlat ijtimoiy buyurtmalarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlarini “Ijtimoiy himoya fidoyisi” idoraviy ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, mukofotlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizimdagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya sohasiga homiylik qilish istagi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizimdagi tashkilotlar xodimlarini hamda jalb qilingan volontyorlar uchun maxsus kiyim-bosh, sumka va boshqa sovg‘alar berish hamda boshqa xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari bilan belgilangan miqdorda Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Ijtimoiy himoya milliy agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan, asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, ixtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda o‘quv materiallari va boshqalarni xarid qilish, shuningdek, o‘quv qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va boshqa sohalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish va saqlash xarajatlari uchun subsidiya ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish, saqlash, xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllarini, shu jumladan, kichik hajmli bolalar uylarini tashkil etish tadbirlarini (uy-joy xarid qilish, qurish, joriy ta’mirlash, ijaraga olish. tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish, saqlash va boshqa xarajatlar) moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya sohasidagi loyihalarni xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylardan maqsadli jalb qilingan mablag‘larni kelishuvga ko‘ra homiylar tomonidan belgilangan ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining topshirig‘iga asosan qo‘shimcha tadbirlarga va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga mablag‘ ajratilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Quyidagi budjet mablag‘lari hisobidan xarajatlar Agentlik hamda uning hududiy bo‘linmalari orqali alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali moliyalashtirilib, Jamg‘arma xarajatlari bilan qo‘shilgan holda ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hisobotlarida aks ettiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “voyaga yetkazayotgan” so‘zlari “parvarishlayotgan” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-bandning uchinchi xatboshisidagi “ruxsati bilan” so‘zlari “buyrug‘iga asosan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“221. Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq Jamg‘armadan xarajatlar mazkur Nizomning 22-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-band “budjetdan tashqari jamg‘armalariga” so‘zlaridan oldin “alohida maxsus g‘azna hisobvaraqlari yoki” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 251-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“251. Jamg‘arma bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun undirilgan jarima va penya summalari Jamg‘armaning rivojlantirish jamg‘armasida jamlanadi hamda Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda sarflanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi tomonidan Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) buyurtmasiga asosan Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) va Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha — Agentlik buyurtmasiga asosan axborot tizimlarini ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sun’iy intellekt bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish, “Call-markaz” hamda media-markaz faoliyatini tashkil etish, avtomatik tarzda amalga oshirilayotgan elektron to‘lovlarni kuzatib borish va boshqa sohalardagi xizmatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarga jalb qilinadigan mutaxassislar — loyiha doirasida jalb qilinadigan dasturchilar, loyihachilar, “Call-markaz” xizmati xodimlari, Media-markaz xodimlari, Markazning hududiy mutaxassislari va boshqa ishlarda ishtirok etuvchi xodimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlik buyurtmasiga asosan Jamg‘arma va Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Markaz tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha shartnoma qiymatini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Loyihalar bo‘yicha shartnomaning umumiy qiymati quyidagi xarajatlardan shakllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz, boshqaruv va yordamchi xodimlarni saqlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning foydasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot tizimlarni texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar loyihalarga jalb qilinadigan mutaxassislarga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash fondi hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

a) loyiha qiymatini aniqlashda inobatga olinadigan mutaxassislarning shartli shtat birliklari soni har bir axborot moduli uchun o‘rtacha 1,85 shtat birligi hisobidan kelib chiqib aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnatga haq to‘lash fondi quyidagi formula asosida hisobi-kitob qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTF = 1,85 * MS * 16 * MHTEKM * LAOOS;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTF — mehnatga haq to‘lash fondi;

MS — modullar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTEKM — O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (agar markaz ijtimoiy soliq to‘lovchi bo‘lsa, unda ushbu miqdor ijtimoiy soliq miqdoriga oshirilib hisobga olinadi);

LAOOS — loyihalar amalga oshiriladigan oylar soni.

Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar mehnatga haq to‘lash fondining 5 foiz miqdorida belgilanadi.

5. “Call-markaz” xizmati bo‘yicha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar jalb qilinadigan mutaxassislarga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash fondi hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Call-markaz” xizmati loyihasi qiymatini aniqlashda inobatga olinadigan mutaxassislarning (koll-markaz rahbarlari, supervayzer va boshqa xodimlarni hisobga olgan holda) shartli shtat birliklari soni Agentlikning qisqa raqamlari orqali audio, vizual va matnli har oylik 2 300 ta murojaat uchun bir shtat birligi hisobidan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
audio, vizual va matnli har oylik murojaatlar soni loyiha qiymatini hisoblashdan oldingi 3 oylik o‘rtacha ko‘rsatkichlari olinadi. Bunda loyihani amalga oshirish davrida audio, vizual va matnli murojaatlar oshgan taqdirda oxirgi 3 oylik ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, loyiha qiymati qayta ko‘rib chiqilishi va amaldagi shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnatga haq to‘lash fondi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:

MHTF = O‘OQS /2300 * 10,5 * MHTEKM * LAOOS;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTF — mehnatga haq to‘lash fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘OQS — oxirgi uch oydagi o‘rtacha audio, vizual va matnli murojaatlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTEKM — O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (agar markaz ijtimoiy soliq to‘lovchi bo‘lsa, unda ushbu miqdor ijtimoiy soliq miqdoriga oshirilib hisobga olinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOOS — loyihalar amalga oshiriladigan oylar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar mehnatga haq to‘lash fondining 5 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning hududiy bo‘linmalaridagi mavjud kompyuter va orgtexnika vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar jalb qilinadigan mutaxassislarga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash fondi hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlikning hududiy bo‘linmalari, shu jumladan, ijtimoiy xodimlar tomonidan foydalanilayotgan orgtexnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish loyihasi xodimlari soni har bir hududda kompyuter, noutbuk, printer, skaner, elektron doskalarning soni 450 tagacha bo‘lgan hududda bir shartli shtat birligi, 450 dan 600 tagacha bo‘lgan hududlarda 1,5 shartli shtat birligi, 600 dan yuqori bo‘lgan hudud uchun 2 shartli shtat birligi hisobidan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnatga haq to‘lash fondi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTF = SHSHBS * 11,5 * MHTEKM * LAOOS;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTF — mehnatga haq to‘lash fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHSHBS — shartli shtat birliklari soni har bir hududdagi kompyuter, noutbuk, printer, skaner, elektron doskalarning sonidan kelib chiqib, mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan shartlar asosida hisoblangan yig‘indisiga teng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTEKM — O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (agar markaz ijtimoiy soliq to‘lovchi bo‘lsa, unda ushbu miqdor ijtimoiy soliq miqdoriga oshirilib hisobga olinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOOS — loyihalar amalga oshiriladigan oylar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar mehnatga haq to‘lash fondining 5 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz, boshqaruv va yordamchi xodimlarni saqlash xarajatlari mazkur tartibning 4 — 6-bandlarida ko‘zda tutilgan loyihalar qiymati bilan birga ko‘zda tutiladi hamda cheklangan mablag‘lar miqdori ushbu bandlarga muvofiq aniqlangan loyiha qiymatining 40 foizgacha miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv va yordamchi xodimlarning cheklangan soni va ularga mehnatga haq to‘lash shartlari Agentlik direktorining buyrug‘i asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv xodimlariga Markaz direktori, uning o‘rinbosarlari, inson resurslari, hisobxona, tahliliy rejalashtirish, yuridik xizmat, umumiy (ijro va devonxona) bo‘linma xodimlari, shuningdek, avtomatik tarzda amalga oshirilayotgan elektron to‘lovlarni kuzatib borish bo‘limi xodimlari kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xodimlar soni Vazirlar Mahkamasining “Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 24-iyuldagi 465-son qaroriga muvofiq ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining namunaviy normalari doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz foydasi loyihalar bo‘yicha xarajatlarning 2 foizi miqdorida belgilanadi. Yil yakuni bilan Markaz umumiy foydasi Agentlik direktori tomonidan taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik buyurtmasiga asosan Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan yangi loyihalarning qiymati loyihaning texnik talabi, amalga oshirish muddati, jalb qilinadigan mutaxassislar toifasi va sonidan kelib chiqib, Agentlik direktorining tegishli buyrug‘i asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz tomonidan loyihalarga jalb qilinadigan mutaxassislar belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan loyihalar muddatlari doirasida muddatli mehnat shartnomasi asosida jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur tartibning 4 — 6-bandlarida shartli ravishda inobatga olinadigan shtat birliklari va ish haqi miqdorlari hamda boshqa xarajatlar foizlari faqatgina loyiha qiymatini aniqlashda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliyotda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lgan mutaxassislar soni va ular mehnatiga haq to‘lash shartlari loyihalarga ajratilgan mablag‘lar doirasida markaz tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik va boshqa xarajatlar haqiqiy talabdan kelib chiqib, umumiy summa doirasida foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki Markaz loyihalari bo‘yicha ish hajmi o‘zgarganda, loyiha qiymati chorak yakuni bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazni xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 3-fevraldagi 69-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ko‘rik-tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash, shu jumladan, ularga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini va davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qiganlik uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining tegishli qismini to‘lash hamda ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishini ta’minlasin;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda hududning jamoaviy va adaptiv sport turlari bo‘yicha sport musobaqalaridagi natijalari va aholini jamoaviy va adaptiv sport turlariga jalb qilish mezonlariga alohida e’tibor qaratiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida” 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qarori 10-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markazga 1 ta imkoniyati cheklangan shaxslarga mo‘ljallangan yo‘lovchi avtobusni ijara (autsorsing) asosida jalb qilish uchun Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 23-iyuldagi 462-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ularning a’zolariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2026-yil 1-yanvarga qadar ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamlar pullari fuqarolar ixtiyorida qoldirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada jadallashtirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 6-avgustdagi 499-son qaroriga 1-ilova 1-pozitsiyasining “Davlat xaridi miqdori” ustuni “AQSH dollari” so‘zlaridan keyin “(qo‘shilgan qiymat solig‘isiz)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur ilova 5-bandi “v” kichik bandiningo‘ttiz to‘qqizinchi xatboshisi 2026-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)