23.12.2025 yildagi 814-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash obyektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda sog‘liqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
814-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 814-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Sanepidqo‘mning budjetdan tashqari jamg‘armasi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi va tushumlar doirasida ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar bo‘yicha sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qonunchiligini buzganlik uchun Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlari tomonidan qo‘llanilgan jarimalar va jarimalarni to‘lash kechiktirilgani uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 50 foizi (nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni to‘lash kechiktirilgani uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 25 foizi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtisoslashgan pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlarning 5 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli soha xodimlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar (ularni amalga oshirishga ketgan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari Jamg‘armaga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sanepidqo‘m raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘armaning daromad va xarajatlar smetasiga, qoida tariqasida, har chorakda bir marotaba o‘zgartirishlar belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, turar joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish (mahalliy va xorijiy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlar) hamda konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda qatnashishi uchun xorijiy xizmat safari xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Sanepidqo‘mning boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, yuqumli bo‘lmagan, yuqumli, parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarini, fuqarolarni gigiyena qoidalariga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Sanepidqo‘m tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital va joriy ta’mirlash, zarur tibbiy, diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash va ularni saqlash xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnika vositalari hamda dasturiy ta’minotlar, mebel va inventarlar bilan jihozlash, videokuzatuv, nazorat vositalari hamda qurilmalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini uzluksiz va samarali tarzda yo‘lga qo‘yish, xususan, tibbiy, diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, tibbiy va sarflash buyumlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Sanepidqo‘m faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy institutlar, kompaniyalar, mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xalqaro va mahalliy konferensiyalar, forum, ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish bilan bog‘liq (mehmonlarni kutib olish, transport, tarjimonlarni yollash, esdalik sovg‘alarini xarid qilish va boshqa) xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkiliy xarajatlarini qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sanepidqo‘m raisi Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Sanepidqo‘m raisi tomonidan muntazam baholanib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlari mehnatiga to‘lanadigan ish haqi asosiy (bazaviy) va qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismlardan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ish haqining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy (bazaviy) qismi ushbu ish beruvchida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash tizimi asosida belgilanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismini qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, shuningdek, mukofotlar va kompensatsiya yoki rag‘batlantirish xususiyatiga ega boshqa to‘lovlar tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlarga bayramlar, shu jumladan, kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan beriladigan mukofotlar va davlat mukofotlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlariga xodimlarning mehnatiga haq to‘lash tizimiga kiruvchi quyidagi to‘lovlar to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishli boshqarma yoki bo‘lim boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra alohida muhim topshiriqlarni bajarishda jamoa orasida jonbozlik ko‘rsatayotgan, bajarayotgan ishining murakkabligi, mehnatda erishgan natijalari va shaxsiy tashabbuslari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan 200 foizgacha (40 foiz rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) bo‘lgan miqdorda oylik ustamalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uzoq muddatli xizmati uchun quyidagi miqdorlardagi oylik ustama (40 foiz rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 yildan 5 yilgacha — 0,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 yildan 20 yilgacha — 1,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yildan ortiq — 1,8.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda uzoq muddatli xizmati uchun oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji Sanepidqo‘m raisi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha, yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravarigacha bo‘lgan kompensatsiya (qo‘shimcha) to‘lovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xodimlar va ularning farzandlarining nikoh to‘yi munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida moddiy yordam.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlariga ularning mehnatiga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan quyidagi mukofotlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan umumxalq bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari), shuningdek, tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan mukofot pullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sanepidqo‘mning yubiley sanalarida, pensiya yoshiga to‘lishi munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha miqdorda mukofot pullari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Sanepidqo‘mning markaziy apparati xodimlariga quyidagi holatlarda va miqdorlarda moddiy yordam ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir yilda bir marotaba qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha miqdorda moddiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) baxtsiz hodisa, xodimning kasalligi sababli davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash uchun bir martalik lavozim maoshining bir baravari miqdorida moddiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xodimning vafoti sababli uning yaqin qarindoshlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdorda moddiy yordam.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizomning 16-bandi “b” kichik bandida keltirilgan miqdordagi moddiy yordam xodimga ajratilishi uchun xodim tomonidan tegishli mazmundagi ariza va asoslovchi hujjatlarni Sanepidqo‘mga taqdim etish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sanepidqo‘m markaziy apparati xodimlariga ushbu Nizomning 14 — 16-bandlarida keltirilgan to‘lovlar Sanepidqo‘m raisining buyrug‘iga asosan amalga to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamg‘arma faoliyati Jamg‘arma faoliyatini boshqarish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan boshqariladi va uning mablag‘lari taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘m raisi Komissiya raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya Sanepidqo‘m raisining buyrug‘i bilan kamida yetti nafardan iborat Sanepidqo‘m raisining o‘rinbosarlari, Sanepidqo‘mning boshqarma, bo‘lim boshliqlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolarning ishtirok etish ixtiyoriyligi va ko‘rilayotgan masalalarni hal etishda teng huquqlilik tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishi a’zolarning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi yig‘ilmaganda, Komissiya yig‘ilishi boshqa sanaga ko‘chiriladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishining bayonnomasi va qarori Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari jalb etilishiga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan belgilangan limitlar doirasida xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va ularga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi, shuningdek, Jamg‘armaning zaxira mablag‘laridan foydalanishni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishiga kun tartibi bo‘yicha barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Komissiya yig‘ilishi o‘tkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolari va taklif etilgan shaxslarni yig‘ilishning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibidan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishi qarorlarining bajarilishi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya bayonnomalarini rasmiylashtiradi va qabul qilingan qarorlarni Komissiya a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya o‘z yig‘ilishlarini har chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya yig‘ilishini Komissiya raisi, u bo‘lmagan taqdirda — Komissiya raisining o‘rinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sanepidqo‘mning Moliya-iqtisod bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelishish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushumlar manbalari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari hamda xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va uni Komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Sanepidqo‘mning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha) va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobot Komissiyaning yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va har yili 15-martgacha Komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Yillik hisobot nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan manbalardan Jamg‘armaga ajratmalar tegishli tashkilotlar tomonidan hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga ajratmalar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi uchun javobgarlik Sanepidqo‘mning tizim tashkilotlari rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Komissiya Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 814-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash obyektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanitariya-epidemiologik xulosa majburiy tartibda olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

T/r

Nomi

TIF TN kodi

1.

Go‘sht va oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan go‘sht mahsulotlari (hayvonot dunyosiga tegishli bo‘lgan kalla-pocha, ichak-chovoq va ichki a’zolari), shu jumladan, qadoqlangan (farmatsevtika sohasida foydalaniladigan hayvonot dunyosiga tegishli bo‘lgan ichak va ichki a’zo mahsulotlari bundan istisno)

0201 — 0210

(istisno: 0206 10 100 0, 0206 22 000 1, 0206 29 100 0, 0206 30 000 1, 0206 30 000 3, 0206 41 000 1, 0206 49 000 1, 0206 80 100 0, 0206 90 100 0)

2.

Baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuska va boshqa suvda yashovchi umurtqasizlar

0301 — 0308

(istisno: 0301 11 000 0 va 0301 19 000 0, *0306391000, *0307609000 *0308902000)

3.

Sut mahsulotlari (istisno: xomashyo tariqasidagi sut); parranda tuxumi (istisno: inkubatsiyalanadigan tuxum); tabiiy asal; kelib chiqishi hayvonot olamiga mansub bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (faqat oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan)

0401 — 0406, 0407, 0408

(istisno: 0408 11 200 0, 0408 19 200 0, 0408 91 200 0, 0408 99 200 0),

0409 00 000 0, 0410 00000 0

4.

Hayvonot dunyosiga tegishli bo‘lgan mahsulotlarning (istisno: baliq mahsulotlari) but yoki bo‘laklangan, yangi, sovitilgan, muzlatilgan, tuzlangan, tuzli suvga solingan, quritilgan yoki dudlangan ichaklari, qopchalari va oshqozonlari

0504 00 000 0

5.

Oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan mevalar va yong‘oqlar, sitrus mevalar po‘stlari yoki qovunning po‘choq va ildizlari

0801 — 0814 00 000 0

6.

Qahva, quruq choy va xushbo‘y ziravorlar

0901 — 0910

7.

Don mahsulotlari (istisno: urug‘lik materiallari)

1001 — 1008

(istisno: 1008 30 000 0, 1001 11 000 0, 1001 91, 1002 10 000 0, 1003 10 000 0, 1004 10 000 0, 1005 10, 1006 10 100 0, 1007 10, 1008 10 000 1, 1008 21 000 0)

8.

Un-yorma mahsulotlari; solod; kraxmal; inulin; bug‘doy kleykovinasi

1101 00 — 1109 00 000 0

9.

Qovurilmagan yoki boshqa usulda qayta ishlov berilmagan, qobiqsizlantirilgan yoki qobiqsizlantirilmagan, maydalangan yoki maydalanmagan yer yong‘oq (istisno: urug‘lik materiallari)

1202

(istisno: 1202 30 000 0)

10.

Sharbatlar va o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan ekstraktlar; pektin moddalar, pektinat va pektatlar; agar — agar va o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan quyuqlashtirgichlar, ko‘rinishi o‘zgartirilgan yoki o‘zgartirilmagan

1302

(istisno*1302390000)

11.

Kelib chiqishi hayvonot dunyosiga yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan moy va yog‘lar hamda ularning parchalanishi natijasida kelib chiqqan mahsulotlar; tayyorlangan oziq-ovqat moylari; hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan mumlar

1501 — 1517

(istisno: 1501 10 100 0, 1501 20 100 0, 1502 10 100 0, 1502 90 100 0, 1503 00 110 0, 1503 00 300 0, 1507 10 100 0, 1507 90 100 0, 1508 10 100 0, 1508 90 100 0, 1511 10 100 0, 1511 90 910 0, 1512 11 100 0, 1512 19 100 0, 1512 21 100 0, 1512 29 100 0, 1513 11 100 0, 1513 19 300 0, 1513 21 100 0, 1513 29 300 0, 1514 11 100 0, 1514 19 100 0, 1514 91 100 0, 1514 99 100 0, 1515 19 100 0, 1515 21 100 0, 1515 29 100 0, 1515 50 110 0, 1515 50 910 0, 1515 90 210 0, 1515 90 310 0, 1515 90 400 0, 1515 90 600 0, 1516 20 950 0), 1518 00 910,

(istisno 1521 90 910 0, 1521 90 990 0)

12.

Go‘sht, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlardan tayyorlangan tayyor oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan mahsulotlari

1601 00 — 1605

13.

Shakar va shakar asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari

1701 — 1704

(istisno *1701999009,*1702901000)

14.

Kakao va kakao asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari

1801 00 000 0 — 1806

15.

Boshoqli o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan don, un, kraxmal yoki sutli; unli qandolat mahsulotlari

1901 — 1905

16.

Sabzavot, meva, yong‘oq va o‘simliklarning boshqa qismlaridan qayta ishlangan mahsulotlar

2001 — 2009

17.

Turli oziq-ovqat mahsulotlari

2101 — 2106

(istisno *2106 90 980 8 — Xamirturish hujayra devori (Veast Call Wall) — hayvonlar ozuqa qo‘shimchalari)

18.

Spirtsiz ichimliklar va sirka (uksus)

2201 — 2202, 2209 00

19.

Aholiga savdo tarmoqlari orqali savdo qilinadigan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan tayyorlanadigan oziq-ovqat, oshpazlik masalliqlari va yarim tayyor mahsulotlar

Nomi 0201 dan 2106 gacha bo‘lgan tovar pozitsiyalarida keltirilgan mahsulotlardan tayyorlangan

20.

Tuz (faqat iste’mol qilinadigan tuz uchun)

2501 00 911 0, 2501 00 919 0

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mahsulotlarni tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), yetkazib beruvchilar va sotuvchilar ularning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 0306391000 — mayda Avstraliya qisqichbaqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 0307609000 — Nelix Aspersa Muller (Chig‘anoqlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 0308902000 — “Dengiz yulduzi” suv assortimentidagi manzarali baliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1302390000 — Setogum G-12 (oziq-ovqat bo‘lmagan) yordamchi to‘qimachilik mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1701999009 — Saccharose Pharmur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1702901000 — Moltoza monogidrat — reaktiv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2106909808 — Xamirturish hujayra devori (Veast Call Wall) — hayvonlar ozuqa qo‘shimchalari.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/814/1201-son)