ILOVA
T/r | Mezon | Indikator |
1-bob. Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi | ||
1. | Taʼlim tashkilotida Boshqaruv (Kuzatuv, Vasiylik) kengashining (bundan buyon matnda Boshqaruv kengashi deb yuritiladi) tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi | Boshqaruv kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 23-maydagi 129-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan |
Boshqaruv kengashining vakolatlari, vazifalari, funksiyalari va ish yuritish tartibi belgilangan | ||
Boshqaruv kengashining yigʻilishlari tizimli ravishda oʻtkazilgan va yigʻilish qarorlari asosida chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan | ||
Boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar taʼlim sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash, moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslaridan samarali foydalanish va oliy taʼlim tashkilotini strategik rivojlantirishga yoʻnaltirilgan* | ||
Oliy taʼlim tashkilotida kollegial organlar (oliy taʼlim tashkilotining kengashi, jamoatchilik kengashi va boshqalar) mavjud, ushbu kollegial organlarni tashkil etish asoslari, maqsadlari va vazifalari aniq belgilangan hamda ularning taʼlim sifatini taʼminlashdagi ishtiroki taʼminlangan | ||
Boshqaruv kengashi va kollegial organlarning qarorlarini qabul qilish jarayonida talabalar, professor-oʻqituvchilar, ish beruvchilar, soha mutaxassislari, bitiruvchilar, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) taklif va fikr-mulohazalari inobatga olingan | ||
Boshqaruv kengashi va kollegial organlarning qarorlari va ushbu qarorlar yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar rejalari ijrosi boʻyicha yagona monitoring tizimi joriy etilgan hamda monitoring natijalari muntazam tahlil qilingan | ||
2. | Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani | Oliy taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasiga (strategik reja, missiya, strategiya) muvofiq moliyaviy mablagʻlarni boshqarish va taqsimlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan |
Moliyaviy resurslar oʻquv jarayoni, moddiy-texnik baza va infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlariga muvofiq ravishda taqsimlangan | ||
Yillik moliyaviy reja tasdiqlangan va ijrosi amalga oshirilgan | ||
Yillik moliyaviy rejadagi oʻquv jarayoniga yoʻnaltirilgan xarajatlar maqsadli va samarali sarflangan | ||
Moliyaviy resurslardan foydalanish va yillik moliyaviy rejaning ijrosi boʻyicha muntazam monitoring va tahlil amalga oshirilgan hamda monitoring va tahlil natijalari asosida moliyaviy mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha qarorlar qabul qilingan | ||
3. | Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani | Oliy taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasi (strategik reja, missiya, strategiya) (bundan buyon matnda rivojlantirish rejasi deb yuritiladi) tasdiqlangan hamda mazkur rejada oliy taʼlim tashkilotini rivojlantirishning maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan* |
Rivojlantirish rejasini samarali amalga oshirish uchun oliy taʼlim tashkilotidagi barcha tarkibiy boʻlinmalarning (fakultetlar, kafedralar, boʻlimlar va boshqalar) yillik ish rejalari tasdiqlangan | ||
Rivojlantirish rejasini amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari ajratilgan, ularning taqsimoti rivojlantirish rejasining maqsadlari va vazifalari bilan uygʻunlashtirilgan | ||
Rivojlantirish rejasining ijrosi hamda natijalari ochiq va shaffof tarzda jamoatchilikka taqdim etib borilgan | ||
Rivojlantirish rejasining monitoringi va tahlili natijalari, manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilgan hamda ular asosida rivojlantirish rejasini takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
4. | Taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarini, shuningdek biriktirilgan taʼlim tashkilotlarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi | Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni rivojlantirish yoʻnalishlarida tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan |
Oliy taʼlim tashkiloti hududiy va respublika darajasida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etgan (hissa qoʻshgan, tashkil qilgan) | ||
Madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlar (festival, koʻrgazma, anjumanlar yoki boshqalar) tashkil etilgan | ||
Oliy taʼlim tashkilotiga biriktirilgan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy va boshqa taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyilgan | ||
Jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlarning natijalari tahlil qilingan | ||
5. | Taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani | Oliy taʼlim tashkilotida taʼlim jarayonlarini boshqarish, monitoring qilish va nazoratni amalga oshirish uchun axborot tizimi (HEMIS, LMS, elektron jurnal, boshqaruv platformasi yoki boshqalar) joriy etilgan* |
Axborot tizimida talabalar va professor-oʻqituvchilarga oid maʼlumotlar, shuningdek oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali, baholash va talabalar davomati boʻyicha maʼlumotlarni yuritish imkoniyati mavjud | ||
Oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan | ||
Axborot tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilgan hamda axborot tizimida foydalanuvchilarning samarali va qulay ishlay olishi taʼminlangan | ||
Axborot tizimidagi maʼlumotlarning aniqligi taʼminlangan hamda axborot tizimi oʻz vaqtida yangilanib borilgan va monitoring yuritilgan, shuningdek ushbu maʼlumotlar asosida yillik tahliliy hisobotlar tayyorlab borilgan | ||
Tayyorlangan tahliliy hisobotlar oliy taʼlim tashkilotining kengashi (bundan buyon matnda OTT kengashi deb yuritiladi) yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni tuzatish choralari koʻrilgan | ||
6. | Taʼlim tashkilotida xalqaro hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgani | Xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar, shuningdek nufuzli xalqaro institutlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan |
Professor-oʻqituvchilarning oʻz sohalari boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda malaka oshirish, tajriba almashish va stajirovka dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yaratilgan | ||
Oʻquv jarayoniga tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakaga ega xorijiy mutaxassislar jalb etilgan hamda ularning oʻquv jarayonidagi ishtiroki taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilgan | ||
Xalqaro hamkorlik natijasida oʻquv jarayonlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati va taʼlim dasturlarining mazmuni takomillashtirilgan | ||
Xalqaro tadbirlar, grantlar va loyihalar natijalari boʻyicha tahlillar oʻtkazilib va tahliliy hisobotlar tayyorlab borilgan | ||
Tahlillar natijasida samaradorlik koʻrsatkichlari aniqlanib, xalqaro hamkorlik faoliyati qayta koʻrib chiqilgan va manfaatli yoʻnalishlarda rivojlantirilgan | ||
2-bob. Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi | ||
7. | Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani | Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligini aniqlash boʻyicha baholash tartibi manfaatdor tomonlar ishtirokida ishlab chiqilgan va ijroga yoʻnaltirilgan |
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash jarayonida manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangan hamda ularning ishtirokida muntazam tadbirlar (uchrashuvlar, seminar-treninglar, muhokamalar, anjumanlar soʻrovnomalar, intervyular, fokus-guruhlar yoki boshqalar) oʻtkazilgan | ||
Manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari asosida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan | ||
Yigʻilgan maʼlumotlar, shu jumladan manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari va (yoki) ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi, taʼlim dasturlari va taʼlim jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan hamda muntazam takomillashtirilgan | ||
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi takomillashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oliy taʼlim tashkilotining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida ochiq eʼlon qilib borilgan | ||
8. | Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani | Oliy taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini ichki taʼminlash boʻlinmasi (ichki taʼlim sifati nazorati boʻlimi, taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi) tashkil etilgan* |
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligini aniqlash boʻyicha baholash tartibi amaliyotga joriy etilgan | ||
Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi faoliyati muntazam ravishda (yillik yoki yarim yillik) monitoring qilingan hamda tahlillar asosida baholab borilgan | ||
Monitoring va tahlil natijalari OTT kengashining yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda jamoatchilik va manfaatdor tomonlarga yetkazilgan | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan | ||
Aniqlangan muammo va kamchiliklar chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻz vaqtida bartaraf etilgan | ||
9. | Talabalar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi | Talabalarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari boʻyicha tartib, qoidalar, mezonlar va usullar (bundan buyon matnda baholash tartibi deb yuritiladi) tasdiqlangan va taʼlim dasturlaridagi kutilgan oʻquv natijalari hamda fanlarning (modullarning) maqsadlariga mosligi taʼminlangan |
Baholash tartibi oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin talabalar va professor-oʻqituvchilarga maʼlum qilib borilgan | ||
Baholash jarayonida raqamli texnologiyalar samarali qoʻllanilgan hamda talabalarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonida xolislik, shaffoflik va akademik halollik taʼminlangan | ||
Baholash natijalari raqamli platformada, talabalarning amaliyot kundaligida hamda yakuniy davlat attestatsiya (bundan buyon matnda YADA deb yuritiladi) komissiyasining baholash bayonnomalarida tizimli aks ettirilgan, yuritilgan va saqlangan | ||
Baholash jarayoni va natijalari boʻyicha talabalarning shikoyatlarini hal etish boʻyicha apellyatsiya va (yoki) qayta koʻrib chiqish mexanizmi mavjud | ||
Baholash tizimining samaradorligi doimiy monitoring qilingan hamda monitoring natijalari asosida baholash tartibi takomillashtirib borilgan | ||
10. | Taʼlim tashkilotida akademik halollik qoidalari belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi | Oliy taʼlim tashkilotida akademik halollik, etika va kasbiy masʼuliyatga oid tartib (qoidalar) va (yoki) yoʻriqnoma(lar) mavjud |
Akademik halollik tamoyillari taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitish, baholash va tadqiqot faoliyati jarayonlariga tizimli ravishda integratsiya qilingan | ||
Akademik halollik qoidalari buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha antiplagiat tizimi va tashkiliy choralar joriy etilgan* | ||
Akademik halollik qoidalarini buzish holatlarini koʻrib chiqish va javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha shaffof tartib mavjud | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar akademik halollik va etika qoidalari bilan tanishtirilgan | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun akademik halollik, etika, plagiat, sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish, mualliflik huquqi va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha muntazam ravishda treninglar (seminarlar, maʼruzalar) tashkil etilgan | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, innovatsion gʻoyalar, ixtirolar va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar himoya qilingan | ||
Akademik halollik tizimining samaradorligi doimiy tahlil qilingan hamda uni takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrilgan | ||
11. | Bitiruvchilar bandligi monitoringi yuritilgani va ish beruvchilarning bitiruvchilarga oid fikr-mulohazalari tahlil qilingani | Karyera markazi yoki bitiruvchilar bilan ishlash boʻlimining faoliyati tashkil etilgan hamda uning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi taʼminlangan |
Mehnat bozoridagi tendensiyalar asosida talabalarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan | ||
Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy koʻnikmalari va ish joyidagi samaradorligi yuzasidan ish beruvchilardan fikr-mulohazalar olish tizimi yoʻlga qoʻyilgan* | ||
Bitiruvchilarning bandligi boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasi mavjud hamda uning monitoringi muntazam yuritilgan | ||
Bitiruvchilarning bandligi monitoringi natijalari tahlil qilingan hamda Boshqaruv kengashi va OTT kengashining yigʻilishlarida muhokama qilingan va tegishli qarorlar qabul qilingan | ||
Bitiruvchilarning bandligi monitoring natijalari hamda ish beruvchilarning fikr-mulohazalari asosida oʻquv jarayoni takomillashtirilgan, kadrlar tayyorlash siyosati va qabul parametrlari qayta koʻrib chiqilgan, shuningdek yangilangan maʼlumotlar jamoatchilikka ochiq tarzda eʼlon qilingan | ||
3-bob. Talabalar faoliyati yoʻnalishi | ||
12. | Qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mosligi | Qabul parametrlari (talabalar soni, yoʻnalishlar kesimidagi kvotalar va boshqalar) oliy taʼlim tashkilotining auditoriyalari, maxsus xonalari, laboratoriyalari, amaliyot bazalari, texnikaviy jihozlanishi, shuningdek taʼlim dasturlarida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradigan infratuzilma quvvatini hisobga olgan holda belgilangan* |
Qabul parametrlarini belgilashda axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) imkoniyatlari (sigʻimi) hisobga olingan | ||
Qabul parametrlari professor-oʻqituvchilar soni, tarkibi va ularning oʻquv (ish) yuklamasini tahlil qilish asosida belgilangan | ||
Moliyaviy imkoniyatlardan (budjet, grantlar, kontrakt tushumlari yoki boshqalar) kelib chiqqan holda qabul parametrlari shakllantirilgan | ||
Qabul parametrlari oliy taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasi (strategik rejasi, missiyasi, strategiyasi) va akademik profili bilan uygʻunlashtirilgan | ||
Qabul parametrlari mehnat bozori ehtiyojlari, ustuvor taʼlim yoʻnalishlari va ilmiy salohiyat bilan uygʻun holda shakllantirilgan | ||
Qabul parametrlarini bajarilish holati boʻyicha har yili tahlil amalga oshirilgan hamda tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib borilgan | ||
13. | Talabalarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani | Oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari, baholash usullari va qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi belgilangan* |
Oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari, baholash usullari va qabul komissiyasi faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13 sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiqligi taʼminlangan | ||
Korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi xavfini kamaytirish va baholashning xolisligini taʼminlovchi raqamlashtirilgan tizim joriy etilgan | ||
Qabul jarayonida abituriyentlar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan va qabul jarayonining barcha bosqichlari (hujjat topshirish, kirish imtihonlarini oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish, tanlov asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmagan abituriyentlar roʻyxatini eʼlon qilish va boshqalar) ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilgan | ||
Qabul natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasiga kelib tushgan arizalar rasmiylashtirilgan, koʻrib chiqilgan va ularning ijrosi nazoratga olingan | ||
Qabul jarayoni doimiy ravishda ichki nazorat va tahlil qilingan hamda ichki nazorat va tahlil natijalari asosida qabul jarayonini takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
14. | Talabalar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash (bundan buyon matnda talabalar harakati deb yuritiladi) jarayonlarining belgilangan tartiblar asosida amalga oshirilgani | Talabalar harakati boʻyicha ichki hujjat(lar) (qoidalar, tartib, nizom) oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda ishlab chiqilgan* |
Talabalar harakati boʻyicha buyruqlar, komissiya bayonnomalari va boshqa hujjatlar asosli, adolatli va shaffof tarzda qabul qilingan holda rasmiylashtirilgan, ular boʻyicha hisobdorlik taʼminlangan va muntazam monitoring yuritilgan | ||
Kursdan-kursga oʻtkazish yoki qoldirishning mezonlari aniq belgilangan hamda kursdan-kursga oʻtkazish yoki qoldirish boʻyicha qaror qabul qilishda akademik koʻrsatkichlar hisobga olingan | ||
Talabalar harakati boʻyicha talabalarning huquqlari taʼminlangan va jarayonlar haqida talabalar va ularning ota-onalari xabardor qilingan, shuningdek talabalar harakati boʻyicha barcha oʻzgarishlar taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarida (HEMIS, LMS) oʻz vaqtida aks ettirilgan | ||
Talabalar harakati boʻyicha shikoyat berish uchun ochiq va qulay tizim yaratilgan va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonlari samarali tashkil etilgan | ||
15. | Respublika va xorijiy mamlakatlardagi taʼlim tashkilotlari bilan akademik mobillikning yoʻlga qoʻyilgani | Respublika va xorijiy mamlakatlardagi taʼlim tashkilotlari bilan akademik mobillikni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar (shartnomalar, memorandumlar va hamkorlik bitimlari) tuzilgan |
Akademik mobillik jarayonlarini tashkil etish, tanlov oʻtkazish va moliyalashtirish tartibi belgilangan | ||
Akademik mobillikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan va (yoki) masʼul ijrochi(lar) belgilangan | ||
Akademik mobillik jarayonlari milliy va xalqaro akademik mobillik talablari asosida amalga oshirilgan | ||
Professor-oʻqituvchilar va talabalarning akademik mobillik loyihalarida, shu jumladan hamkorlik dasturlari asosida yoʻlga qoʻyilgan loyihalarda ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan | ||
Akademik mobillikda ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar va talabalar taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi, taʼlim dasturlari va oʻquv jarayonini yaxshilashga qoʻshayotgan hissasi tizimli tahlil qilingan | ||
16. | Taʼlim xizmatlari eksportining samarali yoʻlga qoʻyilgani | Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi boʻyicha ichki hujjatlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
Xorijiy fuqarolarni jalb qilishga qaratilgan targʻibot va xalqaro hamkorlik faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilgan | ||
Xorijiy talabalarga moʻljallangan taʼlim dasturlari, til kurslari yoki maxsus modul va xizmatlar (viza rasmiylashtirish, viza muddatini uzaytirish, turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va boshqalar) tashkil etilgan | ||
Xorijiy talabalarning yangi sharoitlarga (oʻquv jarayoni, yashash, madaniyat va boshqalar) adaptatsiya boʻlishi boʻyicha ular tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar muntazam yigʻilgan, tahlil qilingan hamda tahlil natijalari asosida oʻquv jarayoni va ijtimoiy sharoitlarni takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
Xorijiy investitsiyalar hisobidan taʼlim texnologiyalari, ilmiy tadqiqotlar va infratuzilma modernizatsiya qilingan | ||
Taʼlim xizmatlari eksporti koʻrsatkichlari, xorijiy talabalar oqimi, moliyaviy va akademik natijalar boʻyicha yillik tahlillar amalga oshirilgan va hisobotlar yuritilgan | ||
4-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi | ||
17. | Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani | Oʻquv jarayoni jadvali (semestrlar davomiyligi, taʼtil davrlari, oraliq va yakuniy nazoratlar muddatlari va boshqalar) ishlab chiqilgan hamda oʻquv yilining boshlanishidan oldin eʼlon qilingan* |
Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlari (oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv rejalar, oʻquv dasturlar (sillabuslar), dars jadvallari va imtihonlar jadvallari) oliy taʼlim tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalarining (fakultet, kafedra, boʻlim va boshqalar) yigʻilishlarida muhokamadan oʻtkazilgan holda tasdiqlangan | ||
Dars jadvallari oʻquv rejadagi kreditlar (soatlar) hajmi, fanlar (modullar) ketma-ketligi, guruhlar sigʻimi va professor-oʻqituvchilarning oʻquv (ish) yuklamasiga muvofiq shakllantirilgan hamda auditoriya va vaqt boʻyicha toʻqnashuvlarga yoʻl qoʻyilmagan | ||
Maʼruza, amaliy, laboratoriya, seminar va mustaqil taʼlim mashgʻulotlari boʻyicha haftalik va semestrlik yuklamalar taqsimoti hujjatlashtirilgan | ||
Oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlari, auditoriya, laboratoriya va maxsus xonalarning bandligi hamda guruhlar kesimidagi mashgʻulotlar axborot tizimida rejalashtirilgan va onlayn monitoring mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Oʻquv reja va dars jadvallariga oʻquv yili davomida kiritilgan oʻzgartirishlar hujjatlashtirilgan hamda professor-oʻqituvchilar va talabalarga oʻz vaqtida yetkazilgan | ||
18. | Professor-oʻqituvchilarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani va yuritilishi | Oʻquv dasturlarida (sillabuslarda) fanning (modulning) maqsadlari va vazifalari, kutilgan oʻquv natijalari (learning outcomes), asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar, baholash mezonlari va usullari, taʼlim texnologiyalari aniq belgilangan |
Professor-oʻqituvchilarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari (oʻquv dasturi (sillabus), oʻqitish materiallari, shaxsiy yillik ish reja) fanning (modulning) maqsadlari va vazifalariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda oliy taʼlim tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalarining (fakultet, kafedra, boʻlim va boshqalar) yigʻilishlarida muhokama qilingan holda tasdiqlangan | ||
Ishlab chiqilgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar amaliyotga tatbiq etilgan hamda ushbu hujjatlarning amalda qoʻllanilishi doimiy ravishda monitoring va tahlil qilingan | ||
Monitoring va tahlil natijasida oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni (oʻquv dasturi (sillabus), oʻqitish materiallari, shaxsiy yillik ish reja) qoʻllashda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan va ijro etilgan hamda shu asosida oʻquv-meʼyoriy hujjatlar takomillashtirib borilgan | ||
19. | Professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilganligi | Professor-oʻqituvchilarning oʻquv (ish) yuklamalari xalqaro standartlar va (yoki) professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt meʼyorlari va shtatlar jadvaliga muvofiq ishlab chiqilgan |
Oʻquv (ish) yuklamalari professor-oʻqituvchilar oʻrtasida ularning mutaxassisligi, ilmiy darajasi va ilmiy unvonidan kelib chiqib mutanosib ravishda taqsimlangan | ||
Oʻquv (ish) yuklamalarining taqsimoti barcha professor-oʻqituvchilar uchun ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilgan | ||
Oʻquv (ish) yuklamalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻquv yili boshlanishidan avval professor-oʻqituvchilarga yetkazilgan | ||
Shaxsiy yillik ish rejalarida ilmiy tadqiqot olib borish va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun alohida band belgilangan | ||
20. | Taʼlim dasturlarining iqtisodiyot, sanoat va soha ehtiyojlaridan kelib chiqib takomillashtirilgani hamda mazmunining yangilanganligi | Taʼlim dasturlari boʻyicha muntazam monitoring va tahlil qilish mexanizmi yaratilgan hamda kutilgan oʻquv natijalariga (learning outcomes) erishish darajasi doimiy baholangan |
Taʼlim dasturlari mehnat bozori, sanoat va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari hamda soha ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam qayta koʻrib chiqilgan | ||
Taʼlim dasturlari mazmuniga raqamli texnologiyalar, zamonaviy kompetensiyalar va innovatsion yondashuvlar integratsiya qilingan | ||
Taʼlim dasturlarini takomillashtirish jarayonida manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilgan va inobatga olingan | ||
Taʼlim dasturlariga kiritilgan oʻzgartirishlar manfaatdor tomonlarga ochiq va shaffof tarzda yetkazilgan | ||
21. | Taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilinganligi | Dars tahlillarini oʻtkazish tartibi, mezonlari va baholash koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarida belgilangan |
Rahbar kadrlar va professor-oʻqituvchilar tomonidan dars tahlillari reja-grafik asosida muntazam amalga oshirilgan | ||
Dars tahlillari natijalari oliy taʼlim tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalarining (fakultet, kafedra, boʻlim va boshqalar) yigʻilishlarida muhokama qilib borilgan | ||
Dars tahlillari davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha metodik tavsiyalar tizimli ravishda ishlab chiqilgan | ||
Yosh pedagoglarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida ular “ustoz-shogird” va mentorlik tizimlari asosida tajribali professor-oʻqituvchilarga biriktirilgan | ||
5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi | ||
22. | Belgilangan talablar va meʼyorlarga muvofiq ilmiy salohiyatga ega pedagog kadrlarning mavjudligi | Professor-oʻqituvchilarning soni talabalar kontingentiga nisbatan talabalar soni nisbati normativlari va professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan minimal talablar doirasida belgilangan (bunda, asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soni barcha professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan kamida 70 foizni tashkil etadi)* |
Oliy taʼlim tashkiloti ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlangan (bunda, asosiy shtatdagi ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar soni barcha asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan bakalavriatda kamida 35 foizni va magistraturada 70 foizni tashkil etadi)* | ||
Professor-oʻqituvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etgan hamda ularning ilmiy ishlari va natijalari doimiy tahlil qilingan | ||
Oliy taʼlim tashkilotini ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash uchun maqsadli kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan | ||
Professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etilgan hamda ilmiy salohiyatga ega xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va moddiy ragʻbatlantirish tizimi mavjud | ||
23. | Taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning mutaxassisligi (ixtisosligi) dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi | Professor-oʻqituvchilar ular tomonidan oʻqitiladigan (oʻqitilayotgan) fanlar (modullar) boʻyicha tegishli oliy maʼlumot, mutaxassislik (ixtisoslik) va kasbiy tayyorgarlikka ega* |
Yangi yoʻnalishlar yoki fanlararo (modullararo) kurslarni joriy etishda tegishli soha boʻyicha malakali mutaxassislar jalb qilingan | ||
Professor-oʻqituvchilarni tanlash va ishga qabul qilish jarayonlarida fan (modul) profiliga moslik asosiy mezon sifatida belgilangan | ||
Oʻquv (ish) yuklamasi professor-oʻqituvchilarning mutaxassisligi (ixtisosligi), ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi va kasbiy kompetensiyasiga muvofiq ravishda adolatli va asosli taqsimlangan | ||
Professor-oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida tizimli malaka oshirish va qayta tayyorlash mexanizmlari yoʻlga qoʻyilgan | ||
24. | Taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani | Professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va oliy taʼlim tashkilotining ichki hujjatlari asosida amalga oshirilgan hamda ushbu jarayonlarga doir hujjatlar (tanlov hujjatlari, suhbat bayonnomalari, arizalar, buyruqlar yoki boshqalar) mavjud* |
Professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish jarayonlari ochiqlik, xolislik va adolat tamoyillari hamda tanlov (imtihon, suhbat) asosida amalga oshirilgan | ||
Professor-oʻqituvchilarning qoʻnimsizligi va kadrlar siyosatining samaradorligi boʻyicha doimiy ravishda monitoring va tahlil olib borilgan, shu jumladan pedagog kadrlar tarkibidagi oʻzgarishlar dinamikasi va mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari oʻrganilgan | ||
Monitoring va tahlil natijalari asosida chora-tadbirlar rejasi va yillik hisobot ishlab chiqilgan hamda boshqaruv qarorlarida inobatga olingan, shuningdek chora-tadbirlar rejasining ijrosi taʼminlangan | ||
Yangi ishga qabul qilingan professor-oʻqituvchilar uchun mentorlik va adaptatsiya dasturlari mavjud | ||
25. | Pedagog kadrlarning belgilangan talablarga muvofiq kasbiy rivojlanishi va malakasini oshirish ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani | Professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlarining kasbiy rivojlanishi, shu jumladan qayta tayyorlanishi va malakasini oshirishi boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli strategiyalar va reja-jadvallar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
Professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan | ||
Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan | ||
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari professor-oʻqituvchilar mutaxassisligi (ixtisosligi) va fan (modul) yoʻnalishlariga mos ravishda tashkil etilgan | ||
Professor-oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishini baholash va monitoring qilish tizimi mavjud hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalari kadrlar siyosatida inobatga olingan | ||
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan professor-oʻqituvchilarning ulushi oxirgi uch yilda barqaror oʻsish tendensiyasiga ega | ||
26. | Pedagog kadrlarning xorijda va/yoki ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishi yoki stajirovkalari tashkil etilgani | Mahalliy va xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalari bilan malaka oshirish va (yoki) stajirovka boʻyicha hamkorlik kelishuvlariga ega |
Stajirovka, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlari uchun zarur moliyaviy resurslar ajratilgan va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan | ||
Stajirovka yoʻnalishlari professor-oʻqituvchilar mutaxassisligi (ixtisosligi) va fan (modul) yoʻnalishlariga mos ravishda tashkil etilgan* | ||
Stajirovka natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlangan hamda olingan bilim va koʻnikmalar oʻquv jarayoniga joriy etilgan | ||
Stajirovka jarayonining samaradorligini baholash va monitoring qilish tizimi mavjud hamda stajirovka natijalari kadrlar siyosatida inobatga olingan | ||
Stajirovkada ishtirok etgan professor-oʻqituvchilarning ulushi oxirgi uch yilda barqaror oʻsish tendensiyasiga ega | ||
27. | Rahbar va pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI)ning yoʻlga qoʻyilgani hamda u asosida xodimlarning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani | Rahbar va professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) boʻyicha tartib ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
KPI tizimida oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va ijtimoiy faoliyat yoʻnalishlari qamrab olingan | ||
KPI koʻrsatkichlari va baholash mezonlari aniq belgilangan hamda baholash jarayonlari ochiqlik, xolislik va adolat tamoyillari asosida amalga oshirilgan | ||
KPI tizimining samaradorligi davriy ravishda tahlil qilingan hamda tahlil natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan | ||
KPI baholash natijalari boʻyicha rahbar va professor-oʻqituvchilarni ochiqlik, xolislik va adolat tamoyillari asosida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan | ||
6-bob. Ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishi | ||
28. | Taʼlim tashkilotida professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari va xalqaro mobilligi uchun shart-sharoitlarning mavjudligi | Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun zarur laboratoriyalar va moddiy-texnik baza yaratilgan |
Ilmiy faoliyatni moliyalashtirish uchun mablagʻlar (xalqaro va mahalliy grantlar, budjet, donorlik yordamlari yoki boshqalar) jalb qilingan | ||
Professor-oʻqituvchilar xalqaro ilmiy loyihalar va grantlarda ishtirok etgan | ||
Xalqaro mobillik dasturlari orqali xorijiy stajirovka imkoniyatlari yaratilgan | ||
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha tartib va mexanizmlar mavjud | ||
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha yillik hisobotlar tayyorlangan | ||
Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari tahlil qilingan hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish choralari belgilangan | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, innovatsion gʻoyalar, ixtirolar va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar himoya qilingan | ||
29. | Ilmiy-noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimining joriy etilgani hamda doimiy hisobotlarning yuritilishi | Ilmiy-noshirlik faoliyatida antiplagiat tizimi joriy etilgan* |
Koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha ichki tartib (yoʻriqnoma) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan | ||
Barcha dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar va tezislarni antiplagiat tizimi orqali tekshirish yoʻlga qoʻyilgan | ||
Tekshiruv natijalari boʻyicha hisobotlar shakllantirilgan hamda maʼlumotlar bazasi yuritilgan | ||
Plagiat holatlarini tahlil qilish va oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi mavjud | ||
Ilmiy ishlarning oʻrtacha oʻxshashlik foizi va tendensiyalari boʻyicha yillik hisobotlari tayyorlangan | ||
30. | Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-metodik va amaliy anjumanlarning (bundan buyon matnda amaliy anjuman deb yuritiladi) oʻtkazilgani | Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan yillik reja asosida amaliy anjumanlar tashkil etilgan |
Amaliy anjumanlar oliy taʼlim tashkilotining ustuvor ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlariga mos ravishda oʻtkazilgan | ||
Amaliy anjumanlarda talabalar, ilmiy izlanuvchilar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, hamkor mahalliy va xorijiy tashkilotlar ishtirok etgan | ||
Amaliy anjuman materiallari (tezislar, maqolalar toʻplamlari yoki boshqalar) nashr etilgan | ||
Amaliy anjumanlar natijasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha kelishuvlar (memorandumlar, shartnomalar, qoʻshma loyihalar yoki boshqalar) amalga oshirilgan | ||
Amaliy anjumanlar faoliyati oliy taʼlim tashkilotining veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali yoritilgan | ||
Oliy taʼlim tashkilotining faoliyati samaradorligiga amaliy anjumanlarning taʼsiri tahlil qilingan va hisobot yuritilgan | ||
31. | Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani | Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan hamkorlik boʻyicha kelishuvlar (shartnomalar) imzolangan va ularning amal qilish muddatlari tasdiqlangan |
Hamkor tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ishtirokida amalga oshirilgan (oshirilayotgan) ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar mavjud | ||
Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari asosida ilmiy yechimlar va texnologiyalar ishlab chiqarish va (yoki) oʻquv jarayonlariga joriy etilgan | ||
Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini ishlab chiqarish va (yoki) oʻquv jarayonlariga tatbiq etish boʻyicha dalolatnomalar, bayonnomalar yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar mavjud | ||
Ishlab chiqarish va (yoki) oʻquv jarayonlariga tatbiq qilingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarining iqtisodiy, texnologik yoki ijtimoiy samaradorligi boʻyicha tahlillar olib borilgan va hisobotlar yuritilgan | ||
32. | Mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) (bundan buyon matnda indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari deb yuritiladi) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani | Oliy taʼlim tashkilotida indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati mavjud* |
Axborot resurslaridan, shu jumladan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar (yoʻriqnomalar) ishlab chiqilgan hamda oʻquv-seminarlar va treninglar oʻtkazilgan | ||
Talabalar, ilmiy izlanuvchilar va professor-oʻqituvchilar uchun indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalariga kirish imkoniyati (IP manzil, login, korporativ akkaunt yoki boshqalar) yaratilgan | ||
Ilmiy maqolalar indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida chop etilgan hamda chop etilgan ilmiy maqolalar va ularga iqtiboslik koʻrsatkichlari boʻyicha talabalar, ilmiy izlanuvchilar va professor-oʻqituvchilar kesimida tahlillar yuritilgan | ||
Ilmiy natijalari xalqaro darajada tan olinishini belgilovchi koʻrsatkich “Xirsh” indeksi (h-indeks) besh va undan yuqori boʻlgan ilmiy izlanuvchilar va professor-oʻqituvchilar boʻyicha tahlillar yuritilgan hamda ularni moddiy ragʻbatlantirib borish tizimi joriy etilgan | ||
Axborot resurslaridan, shu jumladan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha tahlil olib borilgan va hisobotlar yuritilgan | ||
33. | Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarining muntazam monitoring qilib borilgani | Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tahlil qilish va umumiylashtirish boʻyicha oliy taʼlim tashkilotida masʼul tarkibiy boʻlinma yoki ishchi guruhning faoliyati yoʻlga qoʻyilgan |
Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va koʻrsatkichlari belgilangan | ||
Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini raqamli tahlil qilish va monitoring qilish uchun maxsus axborot tizimlaridan foydalanilgan | ||
Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar va statistik maʼlumotlar tayyorlab borilgan | ||
Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun patent, ijodiy (jumladan, sanʼat yoʻnalishida) ishlarga olingan mualliflik guvohnomalari hamda elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar mavjud | ||
Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijalari boʻyicha OTT kengashida muntazam muhokamalar oʻtkazilgan | ||
34. | Talabalarning startap loyihalari va ratsionalizatorlik gʻoyalari bilan respublika va xalqaro ilmiy dasturlarda ishtiroki hamda ularning natijadorligi | Talabalarning startap loyihalari va ratsionalizatorlik gʻoyalari uchun tanlovlar, akseleratsiya dasturlari va inkubatsiya jarayonlari tashkil etilgan |
Talabalarning startaplari va ratsionalizatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlovchi ichki mexanizmlar (grant, moddiy yordam, maslahatchilik, mentorlik yoki boshqalar) yoʻlga qoʻyilgan | ||
Talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha oʻquv-seminarlar, treninglar va master-klasslar oʻtkazilgan | ||
Talabalar respublika va xalqaro ilmiy tanlov, grant yoki startap dasturlarida ishtirok etgan | ||
Talabalarning innovatsion gʻoyalari va startap loyihalari oliy taʼlim tashkilotining veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilgan | ||
Respublika va xalqaro ilmiy tanlov, grant yoki startap dasturlaridagi talabalar ishtirokining natijadorligi boʻyicha tahliliy hisobotlar va samaradorlik koʻrsatkichlari (yillar va taʼlim dasturlari kesimida loyihalar, ishtirokchilar va gʻoliblar soni, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, joriy etilgan yechimlar va boshqalar) mavjud | ||
35. | Taʼlim tashkiloti talaba va professor-oʻqituvchilarining ilmiy va ilmiy-texnik faoliyati natijalarining tijoratlashtirilgani | Ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha ichki tartib (reglament) mavjud |
Oliy taʼlim tashkilotida tijoratlashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinma (texnologiya transferi markazi, innovatsiya boʻlimi) tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan | ||
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha tuzilgan tijorat kelishuvlari (shartnomalari) mavjud | ||
Tijoratlashtirishdan olingan moliyaviy tushumlar haqida hisobotlar yuritilgan | ||
Tijoratlashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari roʻyxati va ularning iqtisodiy samaradorligi boʻyicha tahlillar yuritilgan | ||
7-bob. Talabalarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi | ||
36. | Taʼlim xizmatlari yuzasidan talabalar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani | Talabalarning fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha ichki tartib (yoʻriqnoma) hamda talabalarning taʼlim sifati va yaratilgan sharoitlardan qoniqishi darajasini baholash boʻyicha soʻrovnoma (anketa) shakli va metodologiyasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
Talabalarning fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha soʻrovnomalar (intervyular, muhokamalar va talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan boshqa tadbirlar) muntazam (kamida har semestrda bir marotaba) oʻtkazilgan | ||
Talabalarning fikr-mulohazalarini yigʻish boʻyicha monitoring tizimi (onlayn anketa platformasi) mavjud | ||
Talabalarning fikr-mulohazalarini oʻrganish natijalari oliy taʼlim tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalarining (fakultet, kafedra, boʻlim va boshqalar) yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda oʻquv jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan | ||
Talabalarning fikr-mulohazalarini oʻrganish natijalari oʻquv jarayonini takomillashtirishda inobatga olingan hamda chora-tadbirlar rejasining ijrosi taʼminlangan | ||
Talabalarning fikr-mulohazalarini oʻrganish natijalari oliy taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ichki axborot tizimida eʼlon qilingan | ||
37. | Talabalarga yetarli darajada taʼlim olish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish hamda karyera xizmatlarining tashkil etilgani | Talabalarni ijtimoiy, akademik va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan |
Talabalarni ijtimoiy, akademik va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan yoki masʼul xodimlar ajratilgan | ||
Karera markazi (bitiruvchilar bilan ishlash boʻlimi) faoliyati samarali tashkil etilgan hamda talabalar bandligini taʼminlash boʻyicha faoliyat yoʻlga qoʻyilgan | ||
Talabalarning bandligini taʼminlash maqsadida karyera yarmarkalari, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va mahorat darslari muntazam oʻtkazilgan | ||
Psixologik va karyera xizmatlari samaradorligini oshirish uchun takliflar ishlab chiqilgan hamda amaliy choralar koʻrilgan | ||
38. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalarga shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani | Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash (ragʻbatlantirish) mexanizmlari ishlab chiqilgan |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalarning roʻyxatlari shakllantirilgan hamda ular uchun individual taʼlim trayektoriyalari ishlab chiqilgan | ||
Talabaning oʻz iqtidorini koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar (stipendiyalar, grantlar, tanlovlar va boshqalar) yaratilgan hamda iqtidorli talabalarni saralash, qoʻllab-quvvatlash va eʼtirof etishda ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga amal qilingan | ||
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligi monitoring qilingan, shuningdek monitoring natijalari va talabalarning ehtiyojlari (takliflari) asosida ushbu mexanizmlar takomillashtirilgan | ||
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli talabalar oliy taʼlim tashkilotining talabalar turar joy(lar)iga joylashtirilgan | ||
Talabalar turar joyida tarbiyaviy, madaniy va psixologik qoʻllab-quvvatlash tadbirlari hamda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha faoliyat yoʻlga qoʻyilgan | ||
39. | Yoshlar bilan ishlash samaradorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilgani | Yoshlar siyosati va tarbiya ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ichki tartib mavjud |
Yoshlar bilan ishlash boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan va (yoki) masʼul xodimlar (kurator, tyutor, psixolog, huquqshunos yoki boshqalar) faoliyati yoʻlga qoʻyilgan | ||
Talabalar uchun huquqiy ong va madaniyatni oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilib borilgan | ||
Talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sport musobaqalari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar orqali ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish ishlari yoʻlga qoʻyilgan | ||
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birga talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan | ||
Huquqbuzarlikka moyil yoki ijtimoiy xavfli toifadagi talabalar bilan individual profilaktik ishlar olib borilgan hamda ularning natijadorligi tahlil qilingan va hisobotlar yuritilgan | ||
Yoshlar bilan ishlash, shu jumladan huquqbuzarlikka moyil yoki ijtimoiy xavfli toifadagi talabalar bilan ishlash samaradorligi boʻyicha natijalarga erishgan tyutorlar ragʻbatlantirib borilgan | ||
40. | Talabalar huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi | Talabalarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ichki tartib mavjud |
Ariza va shikoyatlar talabalar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali (qutilar, elektron vositalar, psixolog, masʼul shaxs, ishonch telefoni yoki boshqalar) qabul qilib borilgan | ||
Ariza va shikoyatlar belgilangan muddatlar va tartibga qatʼiy rioya qilgan holda ochiqlik, hisobdorlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan koʻrib chiqilgan | ||
Ariza va shikoyatlar roʻyxati yuritilgan, ularni koʻrib chiqish muddatlari belgilangan hamda koʻrib chiqish jarayonlari hujjatlashtirilgan | ||
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari tahlil qilingan hamda talabalarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilgan | ||
8-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi | ||
41. | Taʼlim dasturi/shakllari xususiyatidan kelib chiqib oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun talabalar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, xomashyo materiallari va dasturiy taʼminot bilan taʼminlanganligi | Oliy taʼlim tashkilotining umumiy maydoni talabalarning kontingenti hisobga olingan holda bino va inshootlar, auditoriyalar, maxsus xonalar, laboratoriyalar, amaliy mashgʻulot xonalari, amaliyot bazalari, axborot resurs markazi va boshqa infratuzilmalar bilan taʼminlangan |
Oliy taʼlim tashkilotining bino va inshootlari va moddiy-texnik bazasi mehnatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradi | ||
Taʼlim dasturidan kelib chiqqan holda laboratoriya va amaliy mashgʻulotlari talabalarning amaliy koʻnikma va malakalarini shakllantirish uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, musiqa asboblari, texnik vositalar, reagentlar, xomashyo materiallari yoki boshqa vositalar bilan taʼminlangan* | ||
Talabalar va professor-oʻqituvchilarning elektron taʼlim platformalari (LMS, Zoom, Moodle, Google Classroom va boshqalar) hamda dasturiy taʼminotga kirish imkoniyati mavjud | ||
Taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari, laboratoriyalari va ustaxona moddiy-texnik baza, jihozlar va asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish yoki yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (yillik reja) ishlab chiqilgan va ijro etilgan | ||
Infratuzilma va uni rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha moliyaviy hisobotlar mavjud | ||
Oliy taʼlim tashkilotining talabalar turar joy(lar)i mavjud hamda uning faoliyati yoʻlga qoʻyilgan | ||
42. | Taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani | Amaliyot oʻtish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilma (laboratoriyalar, maxsus xonalar, amaliyot xonalari, amaliyot bazalari) mavjud va faoliyat koʻrsatadi |
Taʼlim dasturiga mos laboratoriya, maxsus xonalar, amaliyot xonalari va amaliyot bazalari tashkil etilgan hamda zarur jihozlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan | ||
Laboratoriya, maxsus xonalar va amaliyot xonalaridagi jihozlar va asbob-uskunalar ishchi holatida hamda ularni yangilash va kalibrovka qilish boʻyicha rejali ishlar amalga oshirilgan | ||
Sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlarining bazalaridan foydalanish boʻyicha hamkorlik kelishuvlari mavjud hamda ushbu tashkilotlarda talabalar uchun mashgʻulotlar va amaliyotlar tashkil etilgan | ||
Amaliyot bazalaridan foydalanish tartibi va rejasi ishlab chiqilgan hamda amalga oshirilishi doimiy monitoring qilib borilgan | ||
Talabalar uchun tashkilotlar, korxonalar va muassasalarda amaliyotlar tashkil etilgan hamda ularda ishtirok etish natijalari boʻyicha hisobot yuritish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
Amaliyotlar natijalari tahlil qilingan, ular asosida oʻquv jarayoni hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
43. | Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) talabalar kontingentiga mos oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi | Oliy taʼlim tashkiloti talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda fanlar (modullar) boʻyicha asosiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlangan |
ARMning fondi tarkibi va undan foydalanish koʻrsatkichlari, shu jumladan kitoblar sonining (elektron manbalarning) talabalar soniga nisbati oʻquv-metodik taʼminotga qoʻyiladigan minimal talablarga mos keladi* | ||
Talabalar, ilmiy izlanuvchilar va professor-oʻqituvchilar uchun elektron kutubxona va raqamli taʼlim resurslari, shu jumladan xalqaro maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan | ||
ARM zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (kompyuterlar, internet, elektron katalog, elektron qurilmalar yoki boshqalar) bilan jihozlangan, internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati yaratilgan hamda ulardan foydalanish boʻyicha talabalarga tushuntirishlar berilgan | ||
Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida taʼlim dasturlari boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, oʻqitish materiallari toʻplami, raqamli taʼlim resurslari va multimedia kontentlar raqamli formatda joylashtirilgan | ||
ARM sohaviy ilmiy nashrlar va jurnallar bilan taʼminlangan hamda elektron katalog va onlayn foydalanish tizimi yaratilgan va muntazam yangilangan | ||
ARM xizmatlari va elektron resurslardan foydalanish samaradorligi boʻyicha monitoring va foydalanuvchilar statistikasi yuritilgan va tahlil qilib borilgan | ||
44. | Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani | Oliy taʼlim tashkilotining binolari va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, eshiklar va sanitariya xonalari (hojatxonalar) nogironligi boʻlgan shaxslar (talabalar) uchun moslashtirilgan |
Taʼlim dasturlari boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), ergonomik oʻrindiqlar, maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud | ||
Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr, ekran oʻquvchi tizimlar yoki boshqalar) yaratilgan | ||
Inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha tayyorlangan va zarur koʻnikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud hamda individual taʼlim trayektoriyalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan | ||
Inklyuziv taʼlim sharoitlarining amalda qoʻllanishi va samaradorligi boʻyicha monitoring yuritilgan | ||
45. | Oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlarning tegishli xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani | Oʻquv, laboratoriya, maxsus va amaliyot xonalarida jihozlar va asbob-uskunalarning joylashuvi oʻquv mashgʻulotlarining mazmuni, amaliyot jarayonlari va ergonomika meʼyorlariga mos |
Oʻquv, laboratoriya, maxsus va amaliyot xonalarida jihozlar va asbob-uskunalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga mos ravishda joylashtirilgan | ||
Oʻquv, laboratoriya, maxsus va amaliyot xonalari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq isitish, shamollatish, konditsiyalashtirish va yoritish tizimlari bilan taʼminlangan | ||
Oʻquv, laboratoriya, maxsus va amaliyot xonalarida erkin harakatlanish taʼminlangan hamda favqulodda holatlarda evakuatsiya chiqish yoʻllari belgilangan | ||
Xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi boʻyicha muntazam tekshiruvlar va profilaktika tadbirlari oʻtkazilgan | ||
46. | Oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va raqamli taʼlim muhiti yaratilgani | Oʻquv xonalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan |
Raqamli taʼlim muhiti (LMS, sunʼiy intellekt, VR tizimlari, elektron jurnal, elektron kutubxona, raqamli oʻquv resurslari yoki boshqalar) joriy etilgan va oʻquv jarayonida faol qoʻllanilgan | ||
Professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv jarayonida raqamli taʼlim muhitidan, shu jumladan elektron taʼlim platformalari, multimedia vositalari va interaktiv uskunalardan samarali foydalanilgan | ||
Onlayn darslar va videokonferensiyalar uchun texnik sharoitlar yaratilgan | ||
Axborot xavfsizligi va maʼlumotlarni himoya qilish talablari taʼminlangan | ||
Oʻquv binolari va talabalar turar joylarida barqaror va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi taʼminlangan hamda Wi-Fi zonalari tashkil etilgan | ||
47. | Taʼlim tashkilotida talabalar kontingentiga mos bufet/oshxona, oʻrindiqlar va sport maydonlarining mavjudligi | Oliy taʼlim tashkilotida, shu jumladan talabalar turar joy(lar)ida talabalar kontingentiga mos ravishda bufet (oshxona) mavjud hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq yuritilgan, shuningdek bufetda (oshxonada) sogʻlom ovqatlanishga oid tavsiyalar va ratsional menyu yoʻlga qoʻyilgan |
Oliy taʼlim tashkilotida, shu jumladan talabalar turar joyi(lar)ida talabalar kontingentidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari mavjud | ||
Sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari doimiy faoliyat koʻrsatadi, ularning jihozlari texnik jihatdan soz holda saqlangan va yangilab borilgan | ||
Dam olish va suhbatlashish uchun qulay joylar (yoritilgan ochiq maydonlar, ayvonlar, oʻrindiqlar, yopiq xonalar) tashkil etilgan | ||
Talabalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda infratuzilmani takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||