15.12.2025 yildagi PQ-376-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish hamda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli yirik musobaqalarini oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ustuvor yoʻnalishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2027-yilda futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatini (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) tashkil etish va oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — FIFA) talablariga muvofiq zarur boʻlgan infratuzilmani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislariga yuqori darajadagi xizmatlarni koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Jahon chempionatini oʻtkazish orqali mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jahon chempionatini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 2-oktabr kuni FIFA Kengashi tomonidan futbol boʻyicha Jahon chempionatini Oʻzbekiston va Ozarbayjonda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qoʻmitaga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) FIFA talablariga muvofiq Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlarning infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Jahon chempionati ishtirokchilarining Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport, tibbiy xizmat koʻrsatish va volontyorlik masalalarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Jahon chempionati boʻlib oʻtadigan hududlarni uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlash, obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Jahon chempionati boʻlib oʻtadigan hududlarda futbol stadionlari, mashgʻulot maydonlari va mehmonxonalarni tayyor holatga keltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Tashkiliy qoʻmitaga ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlarni qabul qilish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Moliyaviy resurslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga asosan Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslarning jamoat transporti vositalarida borib kelishi uchun Toshkent — Yangi Toshkent — Toshkent yoʻnalishida alohida avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transporti vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyatlarini yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. FIFA va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy ofis) ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mintaqaviy ofisni tashkil etish va saqlash xarajatlari birinchi navbatda FIFA tomonidan ajratiladigan mablagʻlar, yetmagan qismi esa Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, biroq umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmagan miqdorda qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mintaqaviy ofis Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasi 98a-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining binosida begʻaraz asosda joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mintaqaviy ofis binosini taʼmirlash, zarur mebel, jihoz, texnika va transport vositalari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. Bunda minimal saqlash talablari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent markaziy futbol oʻyingohi” FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli musobaqalar oʻtkazish boʻyicha talablariga moslashtirilishini nazorat qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Sport vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab marshrutini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Energetika vazirligi Jahon chempionati obyektlari va Xalqaro translyatsiya markazini FIFA talablari boʻyicha uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2026-yil 1-yanvarga qadar FIFA talabi asosida Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha mahalliy ishchi guruh (Local Organization Committee) tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) FIFA tomonidan belgilangan talablarga muvofiq Jahon chempionati uchrashuvlarini efirga uzatish huquqi uchun litsenziya olish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jahon chempionatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha mediarejani ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar eʼlon qilinishi, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tayyorlanishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sport vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) uch oy muddatda mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining FIFA bilan erishilgan kelishuvdan kelib chiqib, Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish doirasida FIFAga, uning aʼzolari va hamkorlariga, tashkil etilayotgan mahalliy ishchi guruhga, tadbirkorlik subyektlari va muxlislarga taqdim etilayotgan qulaylik va imtiyozlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish uchun talab etiladigan mablagʻlar 2026-2027-yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi B.N. Kurbanov hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-376-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-dekabrdagi PQ-376-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

B.N. Kurbanov

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

A.I. Ikramov

sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

5.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

6.

A.J. Tashkulov

adliya vaziri

7.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

8.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

10.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

11.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

12.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

13.

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

14.

B.B. Kudratxodjayev

favqulodda vaziyatlar vaziri

15.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

16.

F.J. Pulatov

Soliq qoʻmitasi raisi

17.

O.O. Kasimov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi

18.

A.A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

19.

A.A. Djuraboyev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya raisi

20.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

21.

Sh.Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

22.

J.O. Umarxodjayev

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi

23.

Z.Gʻ. Narzullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

24.

Lavozimiga koʻra

Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari

25.

R.S. Irmatov

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-dekabrdagi PQ-376-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionati (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) obyektlari va boshqa infratuzilmalarni FIFA masʼullari bilan inspeksiya qilish.

1. Jahon chempionati obyektlari va boshqa infratuzilmalar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari

2. Jahon chempionati obyektlari va boshqa infratuzilmalarni FIFA masʼullari bilan inspeksiya qilish.

2026-yil dekabr

3. Inspeksiya natijalariga koʻra takliflar ishlab chiqish va kamchiliklarni bartaraf etish.

2027-yil aprel

2.

Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini tashkil etish.

1. Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2027-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov)

2. Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini oʻtkazish joyini belgilash.

2027-yil mart

3. Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini yuqori saviyada oʻtkazish.

2027-yil may

3.

Jahon chempionati obyektlari va Xalqaro translyatsiya markazini FIFA talablari boʻyicha uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlash.

1. Jahon chempionati obyektlarini uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlash.

2026-yil iyun

-

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2. Stadionlar, mashgʻulot maydonlari, mehmonxonalar va Xalqaro translyatsiya markazida:

FIFA talablariga muvofiq teleuzatish uskunalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun vaqtinchalik qurilmalarni oʻrnatish;

yoritish jihozlarini ishlatish jarayonlarida, shu jumladan, ochilish marosimi davrida barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish;

doimiy tarzda generator va uzluksiz elektr manbai (UPS) bilan taʼminlash.

2027-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Bunda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashda xizmat koʻrsatuvchi etib belgilangan pudrat tashkilotining montaj va demontaj ishlari, ekspluatatsiya qilish hamda saqlash xarajatlari Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan joylardagi hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari tomonidan qoplanadi.

Ijrochilar mablagʻlari

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

4.

Jahon chempionati delegatlari, ishtirokchilari, FIFA rasmiy mehmonlari va muxlislar uchun mehmonxonalarni va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini tayyorlash.

1. Jahon chempionati delegatlari, ishtirokchilari, FIFA rasmiy mehmonlari va muxlislar uchun Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi mehmonxonalarni va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini belgilash.

2026-yil iyun

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Jahon chempionati oʻyinlar oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Mehmonxonalar yuqori servis xizmatlari koʻrsatishi boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hamda har bir mehmonxonaga masʼullarni biriktirish.

2027-yil iyul

3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi talabnomasiga asosan Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi mehmonxonalarda Jahon chempionati delegatlari, FIFA rasmiy mehmonlari uchun alohida maxsus internet tarmogʻini (WLAN) ajratish, translyatsiya jarayonini toʻgʻridan-toʻgʻri namoyishlarni tahlil qilish uchun zarur boʻlgan texnik jihozlar bilan taʼminlash.

4. Jahon chempionati uchun tashkil etiladigan yagona yuqori tezlikdagi internet tizimiga tegishli mehmonxonalar ulanishini taʼminlash.

2027-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

5.

Jahon chempionati oʻtkaziladigan va ishtirokchilar boʻlib turgan obyektlargacha boʻlgan marshrutlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Obyektlarga olib boruvchi yoʻllarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, uylar, doʻkonlar, binolarning fasad va tom qismini taʼmirlash, chiqindilardan tozalash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilash.

2027-yil may — iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari

6.

Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish.

1. Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish choralarini koʻrish.

2027-yil may

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

7.

Jahon chempionatini targʻib qiluvchi rasmiy videoroliklar tayyorlash.

1. FIFA mutaxassislari tavsiyasiga koʻra Jahon chempionatining rasmiy videoroliklarini tayyorlash.

2. Ushbu videoroliklarning ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibotini tashkil qilish.

2027-yil iyun — oktabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

8.

FIFAning xavfsizlik talablari boʻyicha treninglar tashkil qilish.

1. Treninglar oʻtkazish muddatlarini belgilash va ishtirokchilarni jalb qilish.

2. Jahon chempionatidagi oʻyinlar oʻtkaziladigan hududlarda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya vakillari uchun trening tashkil qilish.

2027-yil iyun — avgust

-

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev)

9.

Jahon chempionatining rasmiy marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

1. Ishtirokchilar roʻyxatini tuzish va jalb qilish.

2. Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish.

2027-yil iyun — oktabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari

3. Aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

10.

Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislar uchun transport qulayliklarini yaratish.

1. Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilari hamda FIFA rasmiy mehmonlarini Toshkent shahridagi aeroportda kutib olish va kuzatish, xizmat avtotransport vositalarini ajratish.

2. Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi xalqaro aeroportda Jahon chempionati ishtirokchilari, muxlislari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

3. Axborot belgilarini oʻrnatish.

4. Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi xalqaro aeroportlarda ishchi guruh shtabini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

5. Xorijiy ishtirokchilar va mehmonlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga belgilangan tartibda joylarni band qilish.

2027-yil avgust — oktabr

-

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari,

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

6. Xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yoʻl chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

7. Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslarning jamoat transporti vositalarida borib kelishi uchun Toshkent — Yangi Toshkent — Toshkent yoʻnalishida alohida avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish.

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

11.

Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish.

1. Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilar hamda rasmiy mehmonlarni yigʻimlardan ozod qilish hamda Jahon chempionatidagi oʻyinlar oʻtkaziladigan hududlardagi aeroportlarda bepul rasmiylashtirilishini taʼminlash.

2. Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish uchun Tashqi ishlar vazirligining xodimlarini ajratish.

3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy VIP mehmonlarga yoʻllanadigan taklifnomalarni diplomatik kanallar orqali xorij tomonga yetkazish.

2027-yil avgust — oktabr

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev)

12.

Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish jarayoniga oliy taʼlim tashkilotlaridan volontyorlar va tarjimonlarni (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari boʻyicha) jalb etish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlaridan volontyorlar va tarjimonlar (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari boʻyicha) jamoalarini shakllantirish va tasdiqlash.

2027-yil iyun

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

2. Jahon chempionati davrida xorijiy mehmonlarga hamrohlik qilish uchun davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan jalb etilgan volontyorlar va tarjimonlarni fanlarni keyinchalik oʻzlashtirish sharti bilan oʻquv mashgʻulotlaridan ozod etish choralarini koʻrish.

3. Oliy taʼlim tashkilotlaridan volontyorlar va tarjimonlar uchun oʻquv treninglar tashkil qilish hamda zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2027-yil yanvar — noyabr

13.

Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlarni ajratish.

1. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga muvofiq Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlarni ajratish.

2. Sinxron tarjimonlarning ovqatlanishini tashkil qilish hamda ularning harakatlanishi uchun tegishli transport vositalarini ajratish.

2027-yil may — noyabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

14.

Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilish.

1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalarda tibbiyot xonalarini FIFA talablariga muvofiq tibbiy jihozlar bilan taʼminlash.

2. Akkreditatsiyaga ega boʻlgan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha belgilangan shifoxonalarda alohida tibbiyot boʻlimlarida yashil yoʻlakchalar tashkil etish hamda xizmat koʻrsatuvchi malakali tibbiyot xodimlarini biriktirish.

2027-yil may — noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

15.

Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil qilish.

1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash.

2. Jahon chempionatini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarda tegishli asbob-uskunalar va jihozlardan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

2027-yil may — noyabr

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev)

16.

Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish marosimini oʻtkazish.

1. “Trophy tour” marosimini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni jalb etish.

2. “Trophy tour” marosim dasturini ishlab chiqish.

3. “Trophy tour” marosimini yuqori saviyada tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2027-yil iyun — avgust

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

17.

Jahon chempionati ishtirokchilari uchun bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

1. Jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlar joylashadigan VVIP, VIP zonalar, mehmonxonalar, anjuman zallari, sport obyektlari, mashgʻulot maydonlari va matbuot markazida bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

2. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari uchun kiberxavfsizlik uskunalarini (litsenziyasi bilan), CATV tizimi xarid qilinishini, qoʻshimcha LED ekran oʻrnatilishini hamda FIFA delegatsiyasining mobil qurilmalarini UzIMEI tizimidan roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash.

2027-yil yanvar — oktabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

3. FIFA va mahalliy ishchi guruh aʼzolarini xalqaro maxsus tarif rejasiga ega boʻlgan Sim kartalar bilan bepul taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

4. Stadionlar hamda Xalqaro translyatsiya markazi yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga (1 — 10 Gb) ulanishini hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda kiberxavfsizlik talabiga javob berishini taʼminlash.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

18.

Toshkent shahrida Jahon chempionatining rasmiy ochilish va yopilish marosimlarini belgilangan tartibda oʻtkazish.

1. Jahon chempionatining rasmiy ochilish va yopilish marosimlari dasturini ishlab chiqish.

2027-yil iyul

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov)

2. Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilarini hamda FIFA rasmiy mehmonlarini xalqaro tadbirga jalb qilish choralarini koʻrish.

3. Jahon chempionatining rasmiy ochilish va yopilish marosimlarini tashkil qilish.

2027-yil sentabr

19.

Jahon chempionatining rasmiy marosimlari madaniy qismini tashkil etish.

1. Jahon chempionatining rasmiy marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Bunda ochilish va yopilish marosimlarining madaniy dasturida FIFAga aʼzo mamlakatlarning madaniyatini aks ettiruvchi kuy va qoʻshiqlarni inobatga olish.

2027-yil avgust

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Tadbirlarni, shu jumladan, konsert dasturlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun taniqli sanʼatkorlar va milliy guruhlar ishtirokini belgilangan tartibda (shartnoma asosida) taʼminlash.

2027-yil sentabr-oktabr

20.

Jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan stadionlar va transport vositalarini brending qilish (bezash).

1. Jahon chempionatining guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar yoʻnalishlaridagi tezyurar poyezdlarni Jahon chempionati brendi bilan bezatish choralarini koʻrish.

2. Stadion va mashgʻulot maydonlarini Jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan brending qilish (bezash).

2027-yil avgust

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari

21.

Jahon chempionatini oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash.

1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari, mashgʻulot maydonlari va mehmonxonalarni oʻrganish.

2026-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev)

2. Oʻrganish natijalariga koʻra FIFAning xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Jahon chempionati musobaqalari, rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzi (maskot)ni ommaga tanishtirish marosimlari, “Trophy experience” futbol turi hamda anjumanlarda xavfsizlik talablarini taʼminlash.

2027-yil fevral — oktabr

4. Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Xavfsizlik konsepsiyasiga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalarni xarid qilish.

2027-yil mart

22.

Jahon chempionatini yoritish ishlarini tashkil qilish.

1. Toshkent shahrida Jahon chempionatining Xalqaro translyatsiya markazini tashkil etish.

2027-yil may

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djuraboyev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2. Toshkent shahri va Jahon chempionatining guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardan efir signallarini qabul qilish hamda uzatish choralarini koʻrish.

3. Jahon chempionatini targʻib etuvchi videoroliklarni namoyish qilish uchun tomoshabinlarga qulay boʻlgan paytni inobatga olib, efir vaqtini ajratish.

4. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar, konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet xizmati bilan taʼminlash.

5. Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Jahon chempionati veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish.

2027-yil may — noyabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-dekabrdagi PQ-376-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yilda futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatining (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) qurʼa tashlash, ochilish va yopilish marosimlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jahon chempionati sport obyektlarini ijaraga olish, bezatish, targʻibot materiallarini (tarqatma materiallar va boshqalar) tayyorlash va chop etish hamda axborot-koʻngilochar tizimni (Infotainment) Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — FIFA) talabnomasi asosida zarur jihozlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) rasmiy xorijiy mehmonlar, ishtirokchi jamoalar, hakamlar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va kuzatuvchilar, volontyor, ommaviy axborot vositalari vakillari, Tashkiliy qoʻmita aʼzolari, mahalliy ishchi guruh aʼzolarining mehmonxonaga joylashtirilishini, transport vositalari bilan taʼminlanishini, ovqatlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish boʻyicha mahalliy ishchi guruh (Local Organization Committee) aʼzolarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Xalqaro translyatsiya markazini tashkil etish va uning FIFA talablariga muvofiq faoliyat koʻrsatishini yoʻlga qoʻyish hamda FIFA talablariga asosan ishlab chiqiladigan Xavfsizlik konsepsiyasiga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Jahon chempionatini targʻib qiluvchi rasmiy videoroliklarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish tadbirlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlarini umumiy sugʻurta (mulkiy va javobgarlik) qilish hamda FIFA xodimlari uchun hayotni sugʻurta (jismoniy shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati) qilish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(n) Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlar ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(o) Jahon chempionatini xorijiy ommaviy axborot vositalari, internet tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(p) rasmiy xorijiy mehmonlar, ishtirokchi jamoalar, hakamlar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va kuzatuvchilar, volontyor, ommaviy axborot vositalari vakillari, Tashkiliy qoʻmita aʼzolari, mahalliy ishchi guruh aʼzolarining respublika hududida harakatlanishi uchun avia va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(r) FIFA talablaridan kelib chiqib yuzaga keladigan boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jahon chempionati oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish hamda tadbir oʻtkazish uchun tayyor holga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xorijiy ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon hamda kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarini Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar va Toshkent shahri boʻylab harakatlanishi uchun transport vositalari bilan taʼminlash.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2025-y., 07/25/376/1166-son)