Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.02.1994 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SPORT QOʻMITASINING QOʻQON NOSTANDART ASBOB-USKUNALAR VA JIHOZLAR TAJRIBA-EKSPERIMENTAL ZAVODI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻqon nostandart asbob-uskunalar va jihozlar tajriba-eksperimental zavodini jahon bozorida raqobatga qobil xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish masalalarining hal etilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi 28-son qarori qisman oʻzgartirilib, Qoʻqon nostandart asbob-uskunalar va jihozlar tajriba-ekspertimental zavodi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi tarkibidan “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi ixtiyoriga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zavodni topshirish 1994-yil 1-yanvarga boʻlgan holatiga koʻra bir oy muddatda balansdan balansga tekinga amalga oshirilsin, buning uchun qoʻshma buyruq bilan qabul qilish-topshirish komissiyasi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (Ismoilov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi tomonidan “Indiana va DDS GMBX” (Germaniya) kompaniyasi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy texnologiyalardan foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan mahsulotning bir qismini chet elda sotish uchun yetkazib berish kafolatlangan kalava ip ishlab chiqarish, sport kiyimi, poyabzali, sport buyumlari va anjomlari tayyorlash boʻyicha ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi masala ishlab chiqilganligi va hal etilganligini maʼlumot uchun qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda zavodni qayta ixtisoslashtirish, qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha “Indiana va DDS GMBX” kompaniyasi bilan birgalikda olib borilgan ishlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallarni koʻrib chiqsin va qayd etib oʻtilgan kompaniya bilan bundan keyin hamkorlik qilish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda Qoʻqon nostandart asbob-uskunalar va jihozlar tajriba-eksperimental zavodini qayta ixtisoslashtirishning keyingi bosqichlari, moʻljallanayotgan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97-son