OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
SSSR DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT QOʻMITASI KORXONA VA TASHKILOTLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YURISDIKSIYASIGA QABUL QILISH TOʻGʻRISIDA
SSSR Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi tugatilganligi munosabati bilan uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalari va tashkilotlarining hamda ularning normal faoliyat koʻrsatishi zaruriyatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi ixtiyoriga berilsin:
“Sportloto” zonal korxonasi;
sport qayiqlari eksperimental zavodi, Samarqand shahri;
nostandart anjomlar va jihozlar tajriba-eksperimental zavodi, Qoʻqon shahri;
eshkakli qayiqda suzish sporti boʻyicha bosh sport bazasi, Samarqand shahri.
Qabul qilib olish-topshirish belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzglavlegsnabsbit” korxonalarning bir maromda ishlashi uchun moddiy-texnika taʼminoti masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasiga berilgan korxonalar va tashkilotlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 23-yanvar,
28-son