13.12.2025 yildagi PQ-374-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo sohasida jahon yetakchilarini jalb qilish va xalqaro brendlar koʻlamini kengaytirish orqali investorlarning xalqaro kooperatsiyani rivojlantirishga, global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishga qiziqishini oshirish hamda turistlar oqimini koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalariga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllanadigan xalqaro brend mahsulotlari tarkibini kengaytirish bilan bogʻliq oʻzgartirish ilovaga muvofiq kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-374-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi PQ-374-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

Boj stavkasi

(tovarning bojxona qiymatidan % da yoki oʻlchash birligi AQSH dollarida)

1.

0901

Qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva; kofe qobigʻi va qahva donalarining qobigʻi; har qanday nisbatdagi qahvani oʻz ichiga olgan qahva oʻrnini bosuvchi moddalar

0

2.

330300

Parfyum va atir

5

3.

3304

Kosmetika yoki boʻyanish va terini parvarish qilish mahsulotlari (dorivor mahsulotlardan tashqari), shu jumladan, oftobdan qorayishga qarshi yoki qorayish uchun vositalari; manikyur yoki pedikyur mahsulotlari

5

4.

3305

Soch uchun vositalar

5

5.

3306

Ogʻiz boʻshligʻi yoki tishlarning gigiyenasi uchun vositalar, shu jumladan, protezlar uchun mahkamlash kukunlari va pastalari; chakana savdo uchun alohida qadoqlangan interdental boʻshliqlarni tozalash uchun ishlatiladigan ip (tish ipi)

5

6.

3307

Soqol olishdan oldin, soqol olish paytida yoki undan keyin ishlatiladigan mahsulotlar, shaxsiy foydalanish uchun dezodorantlar, vannalar uchun preparatlar, sochni tozalash vositalari va boshqa parfyumeriya, boshqa joyda koʻrsatilmagan yoki kiritilmagan kosmetika yoki hojatxona preparatlari; dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega boʻlmagan, hidli yoki hidsiz xona dezodorantlari

5

7.

3401

Sovun va tarkibida sovun boʻlgan organik moddalar va vositalar

5

8.

3406000000

Shamlar, ingichka mumli shamlar va shunga oʻxshash buyumlar

10

9.

3924

Oshxona idishlari, oshxona buyumlari va oshxona jihozlari, boshqa uy-roʻzgʻor buyumlari va plastik buyumlari yoki plastmassadan tayyorlangan gigiyena va hojatxona buyumlari

10

10.

4202

Sayohat sumkalari, chamadonlar, kosmetika yoki shaxsiy gigiyena toʻplamlari uchun qutilar, ish qogʻozlari uchun qutilar, portfellar, sumkalar va maktab sumkalari, koʻzoynaklar, durbinlar, kameralar, musiqa asboblari, qurollar uchun gʻiloflar va shunga oʻxshash buyumlar; oziq-ovqat yoki ichimliklar uchun termos sumkalar, kosmetika yoki shaxsiy gigiyena toʻplamlari uchun sumkalar, ryukzaklar, ayollar va erkaklar uchun sumkalar, xoʻjalik sumkalar, portmonlar, hamyonlar, geografik xaritalar uchun futlyarlar, sigaret qutilari, kisetlar, ish asboblari uchun sumkalar, sport sumkalari, shisha idishlar uchun futlyarlar, zargarlik uchun qutilar, upa qutilari, toʻliq yoki qisman materiallar yoki qogʻoz bilan qoplangan tabiiy yoki kompozitsion charmdan, plastmassa listlardan, toʻqimachilik materiallaridan, vulkanizatsiyalangan tolalardan yoki kartondan yasalgan asboblar va shunga oʻxshash narsalarni kesish uchun moʻljallangan qutilar

7,5

11.

4203

Haqiqiy charmdan yoki kompozitsion charmdan tikilgan kiyim-kechak buyumlari va ular uchun aksessuarlar‚ quyidagidan tashqari:

7,5

12.

4203 10 000 1

Tabiiy teridan tikilgan kiyimlar

7,5, biroq bir donasi uchun 1 AQSH doll. kam boʻlmagan

13.

4205 00

Haqiqiy charmdan yoki kompozitsion charmdan boshqa buyumlar

7,5

14.

4419

Oshxona jihozlari, yogʻochdan

10

15.

4602

Toʻqish uchun materiallardan yoki 4601-tovar pozitsiyasining tovarlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shakl boʻyicha tayyorlangan savatsimon, toʻqilgan va boshqa buyumlar

10

16.

5702

Matoli gilamlar va boshqa toʻqimachilik pol qoplamalari, taftingli emas yoki floklanmagan, tayyor yoki tayyor emas, shu jumladan, “kilim”, “sumax”, “kermani” va analogik qoʻl mehnati gilamlari

10

17.

6101

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun, 6103-pozitsiyadagi buyumlardan tashqari, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

18.

6102

Ayollar yoki qizlar uchun 6104-pozitsiyadagi buyumlardan tashqari, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

19.

6103

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kostumlar, toʻplamlar, pidjaklar, blayzerlar, shimlar, lyamkali va nagrudnikli kombinezonlar, bridjilar va shortilar (suzish kiyimidan tashqari)

7,5

20.

6104

Ayollar yoki qizlar uchun mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kostumlar, toʻplamlar, jaketlar, blayzerlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, shimlar, lyamkali va nagrudnikli kombinezonlar, bridjilar va shortilar (choʻmilish kiyimlaridan tashqari)

7,5

21.

6105

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj koʻylaklar

7,5

22.

6106

Ayollar yoki qizlar uchun trikotajdan mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan bluzkalar, bluzlar va bluzonlar

7,5

23.

6107

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotajdan kalsonlar, ichki kiyimlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, choʻmilish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

24.

6108

Ayollar yoki qizlar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kombinatsiyalar, ichki yubkalar, ichki kiyimlar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

25.

6109

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj maykalar, yengli fufaykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar

7,5

26.

6110

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj sviterlar, puloverlar, kardiganlar, jiletlar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

27.

6111

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj bolalar kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun aksessuarlar

5

28.

6112

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj sport kostumlari, changʻi va choʻmilish kostumlari

7,5

29.

6113 00

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matodan tayyorlangan 5903, 5906 yoki 5907-tovar pozitsiyalaridagi kiyimlar predmetlari

7,5

30.

6114

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj boshqa kiyimlar predmetlari

7,5

31.

6115

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kolgotkalar, chulkilar, golfilar, paypoqlar va podsledniklar hamda boshqa paypoq buyumlar, shu jumladan, taqsimlangan bosimli kompression paypoq buyumlar (masalan, vena tomirlarining varikoz kengayishi bilan ogʻriganlar uchun chulki) va poshnasiz poyabzal:

7,5

32.

6116

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj qoʻlqoplar, rukavitsalar va mitenkalar

7,5

33.

6117

Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kiyimlar uchun boshqa tayyor aksessuarlar; Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kiyim qismlari yoki kiyim buyumlari qismlari

7,5

34.

6201

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun 6203-pozitsiyasidagi buyumlardan tashqari paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5, biroq bir kilogrammi uchun 2 AQSH doll. kam boʻlmagan

35.

6202

Ayollar yoki qizlar uchun 6204-pozitsiyasidagi buyumlardan tashqari paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

36.

6203

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun kostumlar, komplektlar, pidjaklar, blayzerlar, shimlar, nagrudnikli va lyamkali kombinezonlar, bridjilar va shortilar (suzish kiyimidan tashqari)

7,5

37.

6204

Ayollar yoki qizlar uchun kostumlar, komplektlar, jaketlar, blayzerlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, shimlar, nagrudnikli va lyamkali kombinezonlar, bridjilar va shortilar (suzish kiyimidan tashqari)

7,5

38.

6205

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun koʻylaklar

7,5

39.

6206

Ayollar yoki qizlar uchun bluzkalar, bluzlar va bluzonlar

7,5

40.

6207

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun maykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar, kalsonlar, ichki kiyimlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, choʻmilish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

41.

6208

Ayollar yoki qizlar uchun maykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar, ichdan kiyiladigan yubkalar, ichki kiyimlar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

42.

6209

Bolalar kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun aksessuarlar

5

43.

6210

5602, 5603, 5903, 5906 yoki 5907 tovar pozitsiyalari materiallaridan tayyorlangan kiyim-kechak buyumlari

7,5

44.

6211

Sport, changʻi va choʻmilish kostumlari; boshqa kiyim-kechak buyumlari

7,5

45.

6212

Mashinada yoki qoʻlda tikilgan trikotaj yoki trikotaj boʻlmagan matodan tayyorlangan byustgalterlar, kamarlar, korsetlar, podtyajkalar, podvyazkalar va shunga oʻxshash buyumlar va ularning qismlari

7,5

46.

6213

Roʻmollar

7,5

47.

6214

Shallar, sharflar, kashnelar, mantillalar, vuallar va shunga oʻxshash buyumlar

7,5

48.

6215

Boʻyinbogʻlar, kapalaksimon boʻyinbogʻlar va boʻyinga bogʻlanadigan roʻmollar

7,5

49.

6216 00 000 0

Qoʻlqoplar, rukavitsalar va mitenkalar

7,5

50.

6217

Boshqa tayyor kiyim aksessuarlari; kiyim-kechak qismlari yoki kiyim-kechak aksessuarlari, 6212 tovar pozitsiyasidan tashqari

7,5

51.

6301

Odeyallar va sayohat pledlari

5

52.

6302

Yotoqxona, oshxona, yuvinish-taranish va oshxona choyshab, yostiq jild, sochiq, dasturxon va h.k.

10

53.

6303

Pardalar va ichki pardalar; krovatlar uchun lambrekenlar yoki podzorlar

5

54.

6304

Boshqa bezak buyumlari, 9404-pozitsiyadagi buyumlardan tashqari

7,5

55.

6307

Boshqa tayyor buyumlar, shu jumladan, kiyim namunalari

7,5

56.

6402

Kauchuk yoki plastmassadan yasalgan taglik va ustki qismi boʻlgan boshqa poyabzal

7,5, biroq bir jufti uchun 1,1 AQSH doll. kam boʻlmagan

57.

6403

Tagligi rezinadan, plastmassadan, tabiiy yoki kompozitsion charmdan va ustki qismi tabiiy charmdan yasalgan poyabzallar

7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan

58.

6404

Tagligi rezinadan, plastmassadan, tabiiy yoki kompozitsion charmdan va ustki qismi tekstil ashyolardan yasalgan poyabzallar

7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan

59.

6405

Boshqa poyabzallar

7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan

60.

6405 10 000 0

Ustki qismi tabiiy yoki kompozit teridan qilingan

7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan

61.

6911

Chinnidan tayyorlangan oshxona va boshqa xoʻjalik hamda hojatxona buyumlari

10

62.

691200

Keramikadan tayyorlangan oshxona va boshqa xoʻjalik hamda hojatxona buyumlari, chinnidan tashqari

10

63.

6913

Keramikadan tayyorlangan haykalchalar va boshqa dekorativ buyumlar

10

64.

7013

Oshxona va oshxona idish-tovoqlari, hojatxona va kanselyariya jihozlari, uy saranjomligi yoki shu kabi maqsadlar uchun buyumlar, shishadan (7010- yoki 7018-tovar pozitsiyasining buyumlaridan tashqari)

10

65.

7113

Qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va ularning qismlari

5

66.

7114

Qimmatbaho metallardan yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan oltin yoki kumush buyumlar va ularning qismlari

5

67.

7117

Bijuteriya

5

68.

7323

Qora metallardan tayyorlangan stol, oshxona yoki maishiy ehtiyojlar uchun boshqa buyumlar va ularning qismlari; qora metallardan “jun”; temir yoki poʻlatdan tozalovchi shimgichlar, tozalash yoki sayqallash yostiqchalari, qoʻlqoplar va shunga oʻxshashlar

10

69.

8215

Qoshiqlar, vilkalar, chelaklar, choʻmich, tort uchun qoshiq, baliq uchun pichoq, sariyogʻ pichogʻi, shakar qisqichlar va shunga oʻxshash oshxona yoki ovqat idishlari

10

70.

9004

Koʻzoynaklar va shunga oʻxshash himoya qiluvchi optik asboblar

5

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2025-y., 07/25/374/1160-son)