15.12.2025 yildagi 787-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-noyabrdagi PQ-350-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi va BMTning Butunjahon turizm tashkiloti oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimiga muvofiq Butunjahon turizm tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — Tashkilot) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son Farmonida Akademiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida har yili Davlat budjeti hisobidan mablagʻlar ajratib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Akademiyada mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga talabalarni qabul qilish kvotalari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqib belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Samarqand shahrining Bobur Mirzo koʻchasi 3a-uy manzilidagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga (keyingi oʻrinlarda — Universitet) qarashli binoga bepul joylashtirilishi nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo xorijiy davlatlarning iqtidorli mutaxassislari Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida taʼlim olishi boʻyicha maxsus grant ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Akademiya huzuridagi “Global yashil turizm startaplari” laboratoriyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada “yashil turizm” talablarini keng qoʻllashga koʻmaklashuvchi innovatsion ishlanmalarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan yangi maʼruzalar, qoʻllanmalar, oʻquv materiallari yaratishda hamda “yashil turizm” masalalari bilan bogʻliq oʻquv faoliyatining boshqa shakllarida foydalanishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil turizm” yoʻnalishida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish, ularning natijalarini tijoratlashtirish va keng targʻib qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil turizm” yoʻnalishidagi startap loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari va olingan natijalarni muntazam muhokama qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning maʼmuriy boshqaruv shtatlari soni 16 birlikni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, oʻquv-yordamchi va texnik xodimlari soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Turizm qoʻmitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahri Goʻroʻgʻli koʻchasidagi 13-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni buzish yoki rekonstruksiya qilish, ushbu hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va “Badiiy galereya” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Binolarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, “Badiiy galereya” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish, manzarali daraxtlar, butalar va gul koʻchatlarini ekish ishlarini (keyingi oʻrinlarda — qurilish-montaj va tashkiliy ishlar) qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida, istisno tariqasida, Samarqand viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKni buyurtmachi etib belgilashga ruxsat berilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qurilish-montaj va tashkiliy ishlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari qisqa muddatda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj va tashkiliy ishlarni amalga oshirishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Turizm qoʻmitasi raisi hamda Samarqand viloyati hokimi A.M. Boboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
787-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 787-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo xorijiy davlatlarning iqtidorli mutaxassislari Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida taʼlim olishi boʻyicha maxsus grant ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo xorijiy davlatlarning iqtidorli mutaxassislari Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) taʼlim olishi (qayta tayyorlash va malaka oshirish) boʻyicha maxsus grant ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har yili Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarida taʼlim olish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan maxsus grant ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarida maxsus grant asosida taʼlim oladigan mutaxassislar yil davomida oʻtkazib boriladigan tanlov orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlovda quyidagi shaxslar ishtirok eta olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjat topshirish vaqtida shaxs 45 yoshdan oshgan, ilgari xorijda shu kabi mutaxassislik boʻyicha malaka oshirgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) diplomatik va konsullik korpusi aʼzolari yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va konsullik korpusi vakillarining oila aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan xalqaro tashkilotlar xodimlari yoki Oʻzbekistonda joylashgan xalqaro tashkilotlar xodimlarining oila aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) boʻyicha kamida V2 va undan yuqori, TOEFL IBT boʻyicha kamida 72 va undan yuqori ball koʻrsatkichi bilan tan olingan xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan shaxslar (ingliz tilida tahsil olgan yoki ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarning mutaxassislari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sohada oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarida maxsus grant boʻyicha taʼlim olish uchun nomzodlar komissiya (keyingi oʻrinlarda — Tanlov komissiyasi) tomonidan tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov komissiyasining tarkibi va ish tartibi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlov oʻtkazilishini eʼlon qilish va unda ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Akademiyaning rasmiy veb-saytlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus grant ajratiladigan taʼlim dasturlari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab etiladigan hujjatlar roʻyxati, ularni qabul qilish tartibi, muddati va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilariga (yoshi, chet tilini bilish darajasi, ilmiy maqolalarning mavjudligi boʻyicha) qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov bosqichlarini oʻtkazish joyi va muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻlanish uchun telefon raqamlari va elektron pochta manzili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov ishtirokchilari Akademiyaga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID karta nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplom va sertifikatlarning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) boʻyicha kamida V2 va undan yuqori, TOEFL IBT boʻyicha kamida 72 va undan yuqori ball koʻrsatkichi bilan tan olingan xalqaro sertifikat nusxasi (ingliz tilida tahsil olgan yoki ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarning mutaxassislari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchisining iqtidorini namoyish etuvchi qisqa rolik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo xorijiy davlatning turizm sohasiga masʼul boʻlgan yuqori tashkilotining tavsiyanomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar hujjatlarni bosma shaklda rasmiylashtirilgan holda Akademiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toʻplangan hujjatlar asosida tanlov ishtirokchilari bilan ularning kasbiy bilim va koʻnikmalari, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari va qobiliyatlari yoʻnalishida suhbat oʻtkaziladi, bunda suhbat jarayoni videotasvirga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining qaroriga asosan tanlov ishtirokchisi bilan suhbat onlayn-video muloqot shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Suhbat jarayonidagi nomzodga beriladigan savollar va ularning javoblari, Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan tanlov ishtirokchisiga qoʻyiladigan ballar hamda suhbatning umumiy natijalari qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov komissiyasi aʼzolari tanlov ishtirokchisining bilimi, shuningdek, ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Bunda ushbu qaror Tanlov komissiyasi majlisida hozir boʻlgan aʼzolarning bergan ballari natijasi boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyasi suhbat natijalarini umumlashtiradi va Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vasiylik kengashi maxsus grant ajratilishi tavsiya etilgan tanlov gʻoliblari roʻyxatini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akademiya oʻz veb-saytida tanlov gʻoliblari roʻyxatini eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov gʻolibi oʻqish jarayonlari boshlanganidan keyin bir oy mobaynida oʻquv jarayonida ishtirok etmasa, yaʼni Akademiyaga kela olmasa, unga grant ajratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov gʻolibi bilan Akademiya oʻrtasida oʻquv jarayonlarini tashkil etish shartlari, tomonlarning majburiyatlarini koʻrsatgan holda shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Apellyatsiya komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlov oʻtkazilishi yuzasidan kelib tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun Vasiylik kengashining qaroriga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Apellyatsiya komissiyasiga shikoyatlar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Apellyatsiya komissiyasi shikoyat kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlovni oʻtkazish tartibi va Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan suhbat jarayonida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan deb topilgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi tanlov ishtirokchilari bilan qayta suhbat oʻtkazadi yoki tanlov natijalarni qayta hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov gʻoliblariga grantlar ajratish miqdori va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Maxsus grant miqdori xorijiy davlatlar mutaxassislarining (keyingi oʻrinlarda — mutaxassislar) quyidagi xarajatlarini qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda 500 AQSH dollari ekvivalentidagi stipendiya va yashash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik 100 AQSH dollari ekvivalentidagi sayohat, Oʻzbekiston hududlari madaniyati va hayoti bilan tanishish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir marta ekonom klassda Oʻzbekistonga kelish va oʻz Vataniga qaytish xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov gʻoliblari bilan Akademiya oʻrtasida tomonlarning majburiyat va vakolatlarini belgilab beruvchi shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilgan shartnomaga muvofiq maxsus grantlar tanlov gʻoliblari Oʻzbekistonga kelgan va Akademiyaga oʻqishga qabul qilingan jarayondan boshlab oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov gʻoliblari shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, Akademiya tinglovchilari safidan chetlatiladi va ularning Akademiyada boʻlishi hamda oʻqishini taʼminlash uchun ajratilgan barcha moliyaviy xarajatlar belgilangan tartibda Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2025-y., 09/25/787/1164-son)