Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021 20.11.1992 yildagi PF-500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021
Hujjat 22.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI BILAN BOGʻLIQ MASALALARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-500-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1992-yil 20-noyabrdagi Farmoniga binoan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyalariga, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro va davlatlararo shartnomalariga muvofiq ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom masalalarning quyidagi doirasini tartibga soladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi materiallarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish haqidagi materiallarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganlikni asoslash va rasmiylashtirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga tiklash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiya ishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi Qonun kuchga kirgan paytgacha yaʼni 1992-yilning 28-iyuligacha uning hududida doimiy yashovchi va boshqa davlatning fuqarosi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi uning nasl-nasabi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodlari, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, qayd etish yoʻli bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy yashash holati pasportda doimiy roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi belgi borligi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish tartibini Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi muassasalari davlat yoʻllanmasi bilan ishlayotgan, harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki oʻqiyotgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan shaxslar oʻsha yerda tugʻilgan boʻlsa yoki shu mamlakat hududida doimiy yashayotgan va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlagan boʻlsalar, ularning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligini belgilaydi. Ana shu shaxslar bu haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi Qonun kuchga kirgandan keyin bir yildan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasining oʻzlari yashab turgan davlatdagi diplomatiya vakolatxonasiga, konsullik muassasasiga shaxsan yozma ariza beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolik toʻgʻrisidagi Qonun kuchga kirgan paytgacha harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslarni roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan shaxslar Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda roʻyxatga olinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolik toʻgʻrisidagi Qonunning 42-moddasiga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yagona nusxadagi pasporti topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga yetmagan bolalarning hujjatlarida ularning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi haqida yozib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini berish tartibi va shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolik toʻgʻrisidagi Qonunning 8-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar. Oʻzbekiston Respublikasi har bir muayyan holatda xorijiy davlatlar hududida yashayotgan fuqarolarini bevosita Oʻzbekiston Respublikasining tegishli elchixonalari va konsullik muassasalari orqali himoya qiladi va oʻz homiyligiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi xalqaro shartnomada koʻzda tutilgan holatlardan tashqari xorijiy davlatga topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Xalqaro shartnoma mavjud boʻlganda fuqarolik toʻgʻrisidagi Qonunning 9-moddasiga muvofiq boshqa davlatning hududida huquqqa zid harakat sodir etgan shaxsni topshirish toʻgʻrisidagi masala mazkur davlatning talabiga koʻra vakolatli organlarni jalb etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiyada koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi materiallarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) respublika hududida doimiy yashovchi shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻnggi 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga fuqarolikka qabul qilish toʻgʻrisida ariza beradi. Arizada Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olishi, uning talablarini bajarishi toʻgʻrisidagi va xorijiy fuqarolikdan voz kechganligi toʻgʻrisidagi majburiyat koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maqomini Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki nusxada ariza-soʻrovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolikdan chiqqanlik toʻgʻrisida guvohlik beruvchi hujjat (fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 nusxada tarjimai hol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun kechirishning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan maʼlumotnoma yoki ish haqi, pensiya, nafaqa, divedendlar va kun kechirishning boshqa manbalari koʻrsatilgan boshqa hujjat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtta fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 nusxada oilasining tarkibi toʻgʻrisida ish joyidan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji toʻlanganligi yoki uni toʻlashdan ozod qilinganligi haqidagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 18 yoshga toʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza uning qonuniy vakillari tomonidan bola tugʻilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi bilan birgalikda beriladi. 14 dan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining arizasiga notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomani taqdim etishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Arizalar, soʻrovnomalar va tarjimai hollarning barcha nusxalarini arizachi ular yozilgan sanani koʻrsatib imzolashi zarur. Agar u savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari tufayli arizaga oʻz qoʻli bilan imzo cheka olmasa, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga binoan uning iltimosiga koʻra arizaga boshqa shaxs imzo chekishi mumkin va bu haqda ichki ishlar organi arizachi oʻz qoʻli bilan arizani imzolay olmaganligi sabablarini arizaga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi ushbu Nizomda koʻzda tutilgan barcha hujjatlarni topshirgan paytdan boshlab taqdimnoma ijro uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari arizachining rasmiylashtirilgan hujjatlarini tegishli suratda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari ichki ishlar boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar rasmiylashtirilishi toʻgʻriligini tekshiradilar, ushbu masalalar yuzasidan 2 nusxada hujjatlar yigʻma jildini yuritadilar va milliy xavfsizlik tegishli organlarining fikrini soʻraydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari ichki ishlar boshqarmalarining materiallari va xulosalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi oʻz xulosasini Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi materiallar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiyaga va respublikaning tegishli vakolatli organlari /Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi/ga yuboradi. Mazkur vakolatli organlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiyaga faqat oʻz xulosalarini yuboradilar, hujjatlarni esa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻulllanuvchi komissiya hujjatlarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chet ellarda doimiy yashovchi shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (chet elda yashovchi) Oʻzbekiston Respublikasining mazkur mamlakatdagi diplomatiya va konsullik muassasalari orqali Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida ariza beradi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilishni xohlovchi shaxs yashab turgan davlatda diplomatiya vakolatxonasi, konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda u Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladi, Iltimosnoma ifodalangan ariza, arizachining ajnabiy fuqarolikdan voz kechganligini yoki uning fuqaroligi yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat, tarjimai holiga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdiqlagan shakldagi soʻrovnomalarda uch nusxada bayon etiladi. Unga arizachining fotosuratlari va salomatligi haqidagi maʼlumotnomalar, jumladan SPIDga qarshi tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi qayd ilova qilinadi. Arizachi arizani taqdim etilgan sanani koʻrsatib imzolaydi.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari tufayli arizaga oʻz qoʻli bilan imzo cheka olmagan taqdirda, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga binoan uning iltimosiga koʻra arizaga boshqa shaxs imzo chekishi mumkin va bu haqda konsullik muassasasi arizachi oʻz qoʻli bilan arizani imzolay olmaganligi sabablarini arizaga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda koʻzda tutilgan barcha hujjatlarni arizachi topshirgan paytdan boshlab taqdimnoma ijro uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishni iltimos qilgan va doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchib kelish istagini bildirgan shaxs oʻz arizasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan birining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining hududida uy-joy berilishi yoxud ishga joylashishi bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatib oʻtishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vatandoshimiz xorijiy davlatning fuqarosi boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga u Oʻzbekiston Respublikasining hududida tugʻilganligini va shu hududda otasi yoki onasi, buvisi yoxud buvasi tugʻilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki dalillarni ilova qilishi zarur.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajnabiy shaxs uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish muddaosiga oʻz davlati hokimiyat organlarining munosabati toʻgʻrisida guvohlik beruvchi hujjatni ham taqdim etishi kerak. Iltimos qiluvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra bunday hujjat taqdim etilmasa, u oʻz arizasida shu haqda koʻrsatib oʻtishi lozim. Mazkur holat arizani koʻrib chiqish uchun toʻsiq boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustamlaka rejimi davrida, fuqarolar urushi, kollektivlashtirish davridagi qatagʻonlar, taʼqiblar, jabr-zulmlar, 30-yillardagi va shundan keyingi yillardagi ommaviy qatagʻonlar tufayli Oʻzbekistondan joʻnab ketganlik, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra respublika fuqaroligidan mahrum boʻlganlik majburiy muhojirlik hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi, sud, prokuratura, sobiq Davlat xavfsizligi komiteti va boshqa davlat muassasalarining arxiv materiallaridan koʻchirma yoki kamida 3 kishining ishonchli guvohlik koʻrsatmalari majburiy muhojirlik holatini eʼtirof etish uchun asos boʻla oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan ariza ushbu Nizom 2-bandining III boʻlimida koʻrsatilgan talablarga rioya etgan holda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning arizasini konsullik muassasasi barcha materiallar va oʻz xulosasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi uchun xulosa tayyorlaydi. Komissiya Milliy xavfsizlik xizmatidan ham materiallar oladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi PF-3587-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 12-13-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiga koʻchib kelish muddaosida boʻlgan taqdirda konsullik muassasasi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga binoan 3 nusxadagi materiallarni oʻz xulosasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Birinchi nusxa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiyaga yuboriladi. Ikkinchi nusxa ana shu shaxsning kelishi mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani kelishib olish uchun Respublika Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Soʻngra bu hujjat Milliy xavfsizlik xizmatiga yuboriladi va u oʻz navbatida xulosasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Komissiyaga yuboradi. Uchinchi nusxa Ichki ishlar vazirligida qoladi. Uning yuzasidan xulosa chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiyaga yuboriladi. Komissiya arizachini ishga joylashtirish va unga uy-joy berish imkoniyati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining fikrini soʻraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiya materiallarini koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oldida juda katta xizmatlari boʻlgan yoki fan, texnika va madaniyat sohasida yuksak yutuqlarga erishgan, shuningdek respublika uchun qiziqarli kasb va malakaga ega boʻlgan ayrim shaxslar “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasining 1, 2 va 3-bandlarida bayon etilgan talablar hisobga olinmay, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi juda katta xizmatlar deyilganda quyidagilarni: Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining Oliy organlari bergan ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, hukumat faxriy yorliqlari va ularga teng keladigan ragʻbatlantiruvchi hujjatlarning borligini tushunish lozim. Fan, texnika va madaniyat sohasidagi yuksak natijalarga erishganlik deyilganda shaxs milliy, xalqaro mukofotlarga, ragʻbatlantirishning boshqa turlariga yoki oʻz ixtisosi boʻyicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlishga, oʻz tarmogʻi boʻyicha xalqaro tadbirlarda jyuri aʼzosi sifatida ishtirok etishga erishganligini, turli xalqaro tashkilotlarda haqiqiy va faxriy unvonlari borligini tushunish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu shaxslar arizada oʻz ixtisosi boʻyicha faoliyatini davom ettirish muddaosini, bu faoliyatning respublika uchun muhimligi va ahamiyatliligini koʻrsatishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika uchun qiziqarli boʻlgan kasb yoki malakaga ega boʻlgan shaxslar tegishli diplom yoki guvohnoma, shuningdek oʻz faoliyati sohasida u eng yuqori natijalarga erishganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. Oʻzbekiston Respublikasi uchun qiziqarli boʻlgan kasblar va malakalar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika hududida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga ariza beradi va uni doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza-soʻrovnoma — 2 nusxada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimayi hol2 nusxada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchta fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma 2 nusxada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yoki oʻqish joyidan, ishlamaydiganlar esa faqat yashash joyidan 2 nusxada maʼlumotnoma taqdim etadi, unda mazkur shaxs davlat oldidagi hamma majburiyatlarini bajarganligi yoki fuqarolarning, davlat, kooperativ yoxud boshqa jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyatlari bor-yoʻqligi koʻrsatilgan boʻlib, tuman hokimligi tomonidan tasdiqlanishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriq yoshidagi shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida harbiy komissariatdan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat poshlinasi toʻlanganligi yoki uni toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Arizalar, soʻrovnoma va tarjimai hollarning barcha nusxalari arizachi tomonidan mazkur Nizom ushbu boʻlimining 5-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya etilgan holda tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agarda arizachining Oʻzbekiston Respublikasida eri (xotini), shuningdek oʻz qaramogʻidagi shaxslar boʻlsa, u ana shu shaxslarning unga nisbatan mulkiy yoki boshqa daʼvolari yoʻqligi toʻgʻrisida notarius tomonidan tasdiqlangan yozma arizalarini taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 18 yoshga toʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi toʻgʻrisidagi ariza uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi bilan birga beriladi. Balogʻatga yetmaganlar 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlsa, ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarning arizasiga ularning notarius tomonidan tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligini taqdim qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda nikohni bekor qilish, ota-onalardan birining oʻlimi, farzand qilib olish, ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, aliment toʻlash toʻgʻrisidagi hujjatlarning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ota-onaning ikkalasi ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlib, ulardan biri respublika fuqaroligidan chiqsa va ayni vaqtda balogʻatga yetmagan bolasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishini iltimos qilsa, u holda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga oʻzining munosabati bildirilgan ota yoki onaning notarius tomonidan tasdiqlangan arizasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rasmiylashtirilgan materiallarni arizachining doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlari organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi materiallar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradilar, ikki nusxada ish yuritib, har bir iltimosnoma boʻyicha milliy xavfsizlik tegishli organlarining fikrini soʻrab biladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular yuzasidan materiallar va xulosalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining ichki ishlar boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi fuqarolikdan chiqish toʻgʻrisida tayyorlangan xulosalar bilan birga materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasiga hamda respublikaning tegishli vakolatli organlari — Milliy xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi, bu organlar fuqarolik masalalari Komissiyasiga faqat oʻz xulosalarini yuborib, materiallarni esa Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligiga qaytaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xorijda doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beradi. Bunda iltimos qiluvchining arizasi va zarur hujjatlar roʻyxati mazkur Nizom II (b) boʻlimining 1-bandida bayon etilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak, sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bundan mustasno.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida ariza beruvchi ota-onalar vaziyatga qarab oʻz arizalarida bolasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish toʻgʻrisidagi asosli iltimosni bayon qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomalar boʻyicha materiallar ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan albatta xulosa olgan holda mazkur Nizom II (b) boʻlimining 4-bandida koʻrsatilgan tartibda koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish asoslari va uni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalari hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar, Tashqi ishlar vazirligi olingan maʼlumotlarni va Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining xulosalarini oʻzining hujjatlari va xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda konsullik muassasalarining hujjatlari asosida hujjatlar va xulosani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uch yillik muddat tartibi faqatgina 16 yoshga toʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi, ularning ota-onalari yoki ulardan birining iltimosnoma berganligi hollari bundan mustasno. Iltimosnomaga 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi rahbari holatga qarab obyektiv maʼlumotlarga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining oʻz vaqtida konsullik hisobiga turmaganlik sabablarining uzrli ekanligiga mustaqil baho beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi haqida maʼlumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda, shaxsning haqiqatdan ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini aniqlash uchun zarur tekshiruvlarni olib boradilar. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi holati tasdiqlangan taqdirda, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar shaxs chet el davlati foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning chet davlat foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi ikkinchi boʻlimida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yoʻqotish yuzasidan tashabbuskor organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yoʻqotish tashabbusi yuzasidan hujjatlar nusxalarini Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga taqdim etadi. Ushbu tashkilotlar kelib tushgan hujjatlar asosida oʻzlarining xulosalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yoʻqotish haqidagi xulosani tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar shaxs chet el davlati fuqaroligini olgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor vazirlik va idoralar chet elda doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni va Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining xulosasini qabul qilib, ularni oʻzining hujjatlari va xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar. Ichki ishlar vazirligi hujjatlarni va Tashqi ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining xulosasini qabul qilib, ularni oʻzining hujjatlari va xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga koʻrib chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosalarda quyidagi maʼlumotlar alohida koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning davlat oldidagi bajarilmagan (ijro etilmagan) majburiyati yoki fuqarolar yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining jiddiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyati mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning qidiruvda ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro qilinishi lozim boʻlgan sud hukmining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ozodlikdan mahrum qilish joylarida ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligining manfaatlariga nomuvofiq ekanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning xulosalarini koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlashda fuqarolikni yoʻqotgan deb topilayotgan shaxsni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardor qilish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabardor qilish oʻrnatilgan tartibda shaxsning yashash joyi boʻyicha amalga oshiriladi. Shaxsning turar joyi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, uning oxirgi yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini yoki yaqin qarindoshlarini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yoʻqotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining yoʻqotilganligi fakti “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31, 32-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan, chet elda doimiy yashovchi shaxslar uchun esa, konsullik muassasalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PF-4990-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 153-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qayta tiklash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligida boʻlgan shaxs oʻz iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligida qaytadan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Arizada Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum boʻlish sabablari koʻrsatiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasi materiallarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qarorlar qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) respublika hududida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 31, 35-moddalariga muvofiq ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini uning shaxsiy arizasiga binoan, shuningdek uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi xususida shubha yuzaga kelgan boshqa barcha hollarda aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chogʻida shaxs oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi yoki undan mahrum boʻlishi sabablarini koʻrsatib, tarjimai holini, yashayotgan muddati va oilasining tarkibi koʻrsatilib, doimiy istiqomat joyidan maʼlumotnomani, uchta fotosuratni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash yakunlari boʻyicha asosli xulosa chiqariladi, uni tegishli ichki ishlar organining rahbari imzolaydi va shahar yoki tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash chogʻida shaxsga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini berish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va chet el pasportini yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni ichki ishlar organlariga topshirish taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet el pasportini yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni topshirishdan bosh tortganligi tegishli xulosada koʻrsatiladi, shaxsga esa uni mazkur hujjat qaysi davlatga tegishli boʻlsa oʻsha davlatning elchixonasi yoki konsulxonasiga yuborish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xorijda doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijda doimiy yashovchi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi arizasi “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32, 35-moddalariga muvofiq qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi. Ariza beruvchining bunday arizasi va tarjimai holiga oid maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi tasdiqlagan shakldagi soʻrov varaqalari /anketalar/da bayon etiladi va unga arizachining fotosuratlari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ariza beruvchi shaxsda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik bilan aloqador holatlarni shak-shubhasiz tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda konsullik muassasasining rahbari ushbu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchida tegishli hujjatlar boʻlmagan taqdirda konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga soʻrov yoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi ariza bergan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar orqali tekshiradi va qabul qilgan qaror haqida konsullik muassasasini xabardor etadi. Ariza bergan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi tasdiqlangan taqdirda konsullik muassasasi unga Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan nusxadagi pasportini beradi va konsullik hisobiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasining ishini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Komissiyani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat muassasalarining ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning, ilmiy-ijodiy jamiyatlar hamda jamoatchilikning vakillaridan iborat tarkibda 5 yil muddatga tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya jamoatchilik asosida ishlaydi. Komissiya aʼzolariga oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻlik xarajatlar qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiyaning majlisi materiallar tayyorlanishiga qarab chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning majlisini Komissiya raisi yoki uning topshirigʻiga binoan rais oʻrinbosari oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda u huquqiy vakolatga ega deb hisoblanadi. Komissiyaning qarori hozir boʻlgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlib qolganida ariza rad qilingan hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda komissiyaning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya oʻrganib chiqilgan materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni rasmiylashtiruvchi ichki ishlar organlari, diplomatiya vakolatxonalari, konsullik muassasalari ariza beruvchi shaxsdan mazkur Nizomda koʻrsatilgan hujjatlar va materiallardan tashqari ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlarni ham talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organlarning har birida materiallarni koʻrib chiqish muddati bir oydan, umumiy muddati esa — fuqarolik masalalari boʻyicha hujjatlar ochilgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro qilish tartibini buzuvchi mansabdor shaxslarning huquqqa zid xatti-harakatlari xususida qonun bilan belgilangan tartibda lavozimiga koʻra yuqoriroq mansabdor shaxsga, norozi boʻlgan taqdirda esa sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid farmonlari qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida yiliga 2-marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasiga axborot berib turadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari va konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan shakllar boʻyicha fuqarolik masalalariga oid maʼlumotnomalarni beradilar.
(VIII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni asosida 5-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 65-modda)