03.12.2025 yildagi 763-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga xodimlarning mehnat daftarchasidagi yozuvlarni hamda mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish va o‘zgartirish haqidagi ma’lumotlarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron mehnat daftarchasini va tashkilotning tuzilmasini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantirish bo‘yicha tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tijoriy elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish bepul hisoblanib, xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalarini elektron shaklda tuzish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi cheklanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan tijoriy elektron xizmatlardan o‘z xohishlariga ko‘ra ixtiyoriy foydalanishlari mumkin. Bunda tijoriy elektron xizmatlardan foydalanish ish beruvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
763-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-son qaroriga
1-ILOVA

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament ish beruvchilarga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — “YAMMT” IDAK) orqali tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘lov evaziga “YAMMT” IDAKga kiritish va shakllantirish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda murojaat etuvchi ish beruvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijoriy elektron xizmatlar — vakolatli organ tomonidan talabgorlarga ularning xohishiga ko‘ra “YAMMT” IDAKga mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni kiritish va shakllantirish bo‘yicha to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui bo‘lib, u orqali tuzilgan ro‘yxatga olingan mehnat shartnomalari va xodimlarning mehnat stajiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq “YAMMT” IDAKdan foydalanish bepul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar “YAMMT” IDAK orqali ko‘rsatiladigan tijoriy elektron xizmatlardan o‘z xohishiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda foydalanishlari mumkin. Bunda mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni “YAMMT” IDAKga ish beruvchilarning o‘zi tomonidan bepul ravishda kiritishi va shakllantirishi tartibi cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tijoriy elektron xizmatlar ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Reglament qoidalari 2 — 4-ilovalarda keltirilgan tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish pasportlarida (keyingi o‘rinlarda — pasportlar) nazarda tutilgan xizmatlar turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatli organ tomonidan talabgorlarga “YAMMT” IDAK orqali quyidagi tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarining avvalgi ish joy(lar)i to‘g‘risida mehnat daftarchasidagi yozuvlarni “YAMMT” IDAKga kiritish orqali elektron mehnat daftarchasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YAMMT” IDAKda tashkilotning tuzilmasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgor elektron tijoriy xizmatlardan foydalanish uchun o‘rnatilgan tartibda YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnoma to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomani to‘ldirish jarayonida tasdiqlovchi hujjatlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqdan, mehnat shartnomasi va mehnat daftarchasidan nusxa va boshqalar) ilova qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va ish beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. So‘rovnoma YIDXP orqali avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnoma dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda so‘rovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar bo‘yicha navbatdagi ish kuni so‘rovnoma vakolatli organga kelib tushgan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgor to‘g‘risidagi “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilingan axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlar yuridik shaxsning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) orqali so‘rovnomaga avtomatik tarzda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgordan pasportlarning 4-bandida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ, zaruratga ko‘ra, taqdim qilgan ma’lumotlarga va tasdiqlovchi hujjatlarga talabgorga telefon qilish orqali aniqlik kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatish uchun pasportlarning 5-bandida belgilangan miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘im to‘langani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘im miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi yig‘im to‘langani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik xizmatlarni ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Talabgor tijoriy elektron xizmatlardan foydalanishni xizmat ko‘rsatishning har qanday bosqichida rad etish huquqiga ega. Bunda so‘rovnoma ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ pasportlarning 6-bandida belgilangan muddatda so‘rovnomani ko‘rib chiqib, tegishli hujjatlar (ma’lumotlar) pasportlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, “YAMMT” IDAKda mehnat faoliyatiga oid elektron ma’lumotlarni shakllantiradi va ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgor tomonidan pasportlarda nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganda, talabgorga kamchiliklarni to‘liq ko‘rsatgan holda ularni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar talabgorga so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangandan so‘ng bir ish kuni ichida YIDXP orqali yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatish muddati kamchiliklarni bartaraf etish vaqti davomida to‘xtatib turiladi. Kamchiliklar bartaraf etilib, qayta taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ tomonidan pasportlarning 1-bandiga muvofiq ma’lumotlar “YAMMT” IDAKga kiritilgandan (shakllantirilgandan) so‘ng talabgor o‘zining elektron raqamli imzosi (ERI) bilan ushbu ma’lumotlarni tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan noto‘g‘ri shakllantirilgani aniqlansa, talabgor 15 kun ichida yig‘im to‘lamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ ma’lumotlarni 5 ish kunida to‘g‘ri holatda qayta shakllantirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mehnat faoliyatiga oid (mehnat stajini tasdiqlovchi) yuborilgan ma’lumotlarning (hujjatlarning) haqqoniyligi uchun javobgarlik talabgorga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgor vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali tijoriy elektron xizmatlarni ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) portalidan ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnoma to‘ldiradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

YIDXP

Tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatilishi uchun so‘rovnomani vakolatli organga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organ

Talabgor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar (hujjatlar) asosida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ma’lumotlarni shakllantiradi.

Pasportlarning 6-bandida belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Ma’lumotlar shakllantirilgani haqida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani talabgorga elektron shaklda YIDXP orqali yuboradi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

Xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish bo‘yicha tijoriy elektron xizmat ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI

1. Tijoriy elektron xizmat nomi

Xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish.

2. Tijoriy elektron xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Talabgor (ish beruvchi).

3. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatuvchi vakolatli organ

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi.

4. Tijoriy elektron xizmatdan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);

yuridik shaxs nomi;

yuridik shaxs joylashgan manzil;

yuridik shaxs rahbarining F.I.O.;

yuridik shaxs rahbarining/kadrlar bo‘yicha mas’ul xodimining telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);

mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilishi lozim bo‘lgan xodimlar soni.

2. Ish beruvchining ERI kaliti, xodimlarning ishga qabul qilinishi, mehnat shartnomasiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi yoki bekor qilinishi haqidagi buyruqlar va mehnat shartnomalari nusxalari PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinadi.

5. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi (bir nafar xodimning ma’lumotlarini shakllantirish uchun).

6. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatish muddati

3 ish kuni.

7. Izoh

Talabgor ushbu xizmatdan foydalanish uchun xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzilgan yoki mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritilgan yoki bekor qilingan kundan boshlab 2 ish kuni davomida vakolatli organga murojaat qilishi lozim.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA

Xodimlarining avvalgi ish joy(lar)i to‘g‘risidagi mehnat daftarchasidagi yozuvlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish orqali elektron mehnat daftarchasini shakllantirish bo‘yicha tijoriy elektron xizmat ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Tijoriy elektron xizmat nomi

Xodimlarining avvalgi ish joy(lar)i to‘g‘risidagi mehnat daftarchasidagi yozuvlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish orqali elektron mehnat daftarchasini shakllantirish.

2. Tijoriy elektron xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Talabgor (ish beruvchi).

3. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatuvchi vakolatli organ

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi.

4. Tijoriy elektron xizmatdan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);

yuridik shaxs nomi;

yuridik shaxs joylashgan manzil;

yuridik shaxs rahbarining F.I.O.;

yuridik shaxs rahbarining/kadrlar bo‘yicha mas’ul xodimining telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);

mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilishi lozim bo‘lgan xodimlar soni.

2. Ish beruvchining ERI kaliti, xodimlarning mehnat daftarchasi nusxasi va mehnat stajini tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlar PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinadi.

5. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi (bir nafar xodimning ma’lumotlarini shakllantirish uchun).

6. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatish muddati

15 ish kuni.

7. Izoh

Ish beruvchi vakolatli organ tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan 2005-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davr uchun mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida ERI bilan tasdiqlab berishga, 2005-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun xodim avval ishlagan ish beruvchilarning “Tashkilot kabineti”ga elektron shaklda so‘rov yuborilishiga mas’ul hisoblanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida tashkilotning tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha tijoriy elektron xizmat ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Tijoriy elektron xizmat nomi

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida tashkilotning tuzilmasini shakllantirish.

2. Tijoriy elektron xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Talabgor (ish beruvchi).

3. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatuvchi vakolatli organ

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi.

4. Tijoriy elektron xizmatdan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);

yuridik shaxs nomi;

yuridik shaxs joylashgan manzil;

yuridik shaxs rahbarining F.I.O.;

yuridik shaxs rahbarining/kadrlar bo‘yicha mas’ul xodimining telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa).

2. So‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

ish beruvchining ERI kaliti;

tashkilotning barcha bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuridik shaxsning alohida STIRga ega bo‘lgan va alohida yuridik shaxs bo‘lganlaridan tashqari;

ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning) tasdiqlangan shtat jadvali;

ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilingani bo‘yicha sug‘urta polisi sanasi va raqamlari;

ma’muriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda tashkilotdagi barcha ish o‘rinlari, shu jumladan, bo‘sh ish o‘rinlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun belgilangan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining toifalari va soni (agar qonunchilik talablari tatbiq etilsa) haqidagi ma’lumotlar;

 noqulay va zararli mehnat sharoitlari bo‘yicha lavozim va kasblar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa).

5. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

6. Tijoriy elektron xizmatni ko‘rsatish muddati

5 ish kuni.

Izoh

Vakolatli organ tashkilot kabinetini shakllantirishda talabgor tomonidan ushbu pasportning 4-bandiga muvofiq taqdim etilgan barcha ma’lumotlarni kiritishi shart.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

_____________________________________________________________________________________

(vakolatli organning nomi)

Sizning 20___ yil “____” _________________dagi ____________________-son murojaatingiz belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqildi va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlar shakllantirildi.

Mas’ul ijrochining F.I.O.

QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 763-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha ish beruvchilar va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan tijoriy elektron xizmatlardan o‘z xohishlariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22. Ish joyi haqidagi ma’lumotlarni shakllantirishda ish beruvchi har bir lavozim bo‘yicha Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatoriga muvofiq lavozim nomi, ish stavkasi hajmi (agar mavjud bo‘lsa), ish haqining asosiy (bazaviy) qismi (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar shtatlar jadvaliga muvofiq), ish o‘rniga qo‘yiladigan malakaviy talablar (Milliy malakalar ramkasining malaka darajasiga mos ta’lim darajasi va boshqalar), lavozim vazifalari, ish vaqti rejimi, mehnat sharoitlari (normal sharoitlardan farq qiladigan sharoitlardagi ish uchun kafolatlar va kompensatsiyalar) to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritishi shart. Shuningdek, ish beruvchi ish haqining asosiy (bazaviy) qismiga qo‘shimcha to‘lovlarni (ustamalar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, ustamalarni) ham ko‘rsatishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27. Tashkilotlarda ishlamagan fuqarolarning xabardorligisiz g‘ayriqonuniy ravishda ular bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi haqidagi “YAMMT” IDAKda qayd etilgan ma’lumotlar Davlat mehnat inspeksiyasining tegishli xulosasi asosida operator tomonidan “YAMMT” IDAKda “Tashkilot kabineti” arxiviga tushmaydigan tarzda to‘liq o‘chirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42. Tashkilotdagi mavjud har bir bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumotda ushbu Nizomning 22-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va tashkilot rekvizitlari, tashkilotning kadr xizmati mas’uli (F.I.O.) va aloqa ma’lumotlari ish beruvchi tomonidan ko‘rsatilishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-band chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/763/1123-son)