01.12.2025 yildagi PQ-365-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish materiallari sanoatida raqobatbardoshlikni yanada oshirish, qo‘shilgan qiymatli qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, sohada amaliyot va ilmiy tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, sifat nazoratini kuchaytirish, malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish doirasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ishlab chiqarish hajmini 62 trillion so‘mga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qurilish sanoati korxonalarining eksport salohiyatini oshirish va eksport hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qurilishda ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiyasini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qurilish materiallari xavfsizligini nazorat qilishni kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va eksport qilish salohiyatini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda 2028-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojidan ozod etiladigan qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallar ro‘yxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Bojxona qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Saudiya Arabistoni, Qatar, Mo‘g‘uliston davlatlari bilan hukumatlararo muzokaralar o‘tkazish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur davlatlar bilan bir taraflama o‘rnatilgan import bojlarini bekor qilish va mahsulotlar kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarni (certificate of origin) ikki taraflama o‘zaro tan olish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2027-yilgacha mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2026-yil 1-fevralga qadar Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) o‘rtasida 2-ilovada nazarda tutilgan ma’lumotlar bo‘yicha “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev Uyushma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan 3,5 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, qora metallar va qora metallar prokati (TIF TN bo‘yicha kodi — 7210) mahsulotlari oldindan haqi to‘lanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar sifatida tavsif etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining Afg‘oniston hududiga “Termiz” avtoyo‘l o‘tkazish punkti orqali Davlat chegarasidan xavfsiz o‘tib qaytishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatini raqamlashtirishga ko‘maklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengashning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Uyushma boshqaruv raisining qurilish materiallari sanoati korxonalarida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni joriy etishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Uyushma boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari sifatida korxonalarda sun’iy intellekt, raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalarni amaliyotga joriy etish, ma’lumotlar boshqaruvi va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashishni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Savdo-sanoat palatasi Uyushma bilan birgalikda uch oy muddatda alohida yuridik shaxs maqomidagi “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash uchun 2026-yildan boshlab har yili 100 milliard so‘mlik mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bino va inshootlarni loyihalashda va qurishda ekologik toza hamda energosamarador qurilish materiallaridan foydalanish nazoratini tashkil etish maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda ularning qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari tashkil etishiga oid talabni tekshirish amaliyoti joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Uyushma bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) uch oy muddatda ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallarini aniqlash uslubiyotini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-mayga qadar bino va inshootlarni qurishda foydalanilishi tavsiya etiladigan ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari ro‘yxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Budjet buyurtmasiga asosan amalga oshiriladigan davlat xaridlari bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida bino-inshootlar, shu jumladan, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etishda mahalliy qurilish materiallari ulushi kamida 80 foizni tashkil etishi shartligi to‘g‘risidagi talab belgilansin, bundan Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan alohida obyektlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun rejalashtirilgan qurilish obyektlari uchun qurilish materiallari hajmi bo‘yicha hududlar kesimidagi prognoz ma’lumotlarni Uyushmaga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va Uyushma yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Energetika vazirligi Uyushma tavsiyasiga asosan har yili 1-sentabrga qadar ko‘mir yoqilg‘isini dastlabki qizdirish uchun limit asosida tabiiy gaz yetkazib beriladigan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 2026-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston hududida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta va jurnallar, onlayn reklama, bilbord, internet tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish) orqali targ‘ibot va tashviqot qilish xarajatlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishga ruxsat etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur xarajatlarning 50 foizdan 100 foizgacha qismi, biroq bir kalendar yilda 250 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Savdo-sanoat palatasining xulosasiga asosan sanoat korxonalariga kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi uch hafta muddatda kompensatsiyalarni taqdim etish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarini ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qurilish materiallari sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar uchun belgilangan tartibda xorijiy ilmiy stajirovka tanlovini e’lon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Uyushma va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2026 — 2028-yillar uchun umumiy moliyalashtirish hajmi 30 milliard so‘mlik ilmiy loyihalar tanlovlarini e’lon qilish choralarini ko‘rsin. Bunda e’lon matnida tanlovga kelib tushgan loyiha hujjatlari Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashiga yuborilishi va ularning ijobiy xulosasi asosida saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallari sanoati korxonalari vakillari malakasini O‘zbekiston standartlar institutida oshirish bo‘yicha uch yillik dasturni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Belgilansinki, malaka oshirish kurslarida 2026-yil 1-fevraldan boshlab aniq reja-grafikka asosan har yili qurilish materiallari sanoati korxona vakillarining xalqaro standartlar, Jahon savdo tashkiloti qoidalari, sifat menejmenti, mahsulotlar sifati va xavfsizligi, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha malakasi belgilangan tartibda oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qurilish materiallarining xavfsizligini nazorat qilishni kuchaytirish, qurilish chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi doirasida xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining elektron reyestri yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) elektron reyestr ma’lumotlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Qurilish nazorati inspeksiyasi) tomonidan qurilish obyektlarida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari natijalarida olinadigan ma’lumotlarni integratsiya qilish orqali shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” axborot tizimlaridagi qurilish materiallarining elektron reyestrida ishlab chiqargan qurilish materiallarining xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan korxonalar davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xavfli qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalarning jamoatchilik uchun ochiq ro‘yxatini tegishli axborot tizimlari, Uyushma va boshqa vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-sahifalarida e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Aniqlangan xavfli qurilish materiallari qayta muomalaga chiqib ketishini nazorat qilish maqsadida belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilarga tegishliligi bo‘yicha qurilish obyekti va ishlab chiqarish korxonalarida xavfliligi aniqlangan, vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda muomaladan chiqarishga majburiy ko‘rsatma berilgan qurilish materiallarini qurilish chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar yoki chiqindi poligonlariga shartnoma doirasida yuborish majburiyati yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur majburiyat bajarilishini nazorat qilish tegishlicha Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya qo‘mitasi) Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qurilish nazorati inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur majburiyatni bajarishni talab qilish bo‘yicha beriladigan majburiy ko‘rsatmalar Ekologiya qo‘mitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Bosh prokuratura (S. Samadov) mazkur majburiyat aniq va bir xilda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. 2026-yil 1-iyundan boshlab qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilishga yo‘naltirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) buyurtmachi-yuridik shaxslar tomonidan binolar va inshootlar, yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash yoki buzish ishlarida hosil bo‘ladigan qurilish chiqindilari qurilish chiqindilarini qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari yoki chiqindi poligonlariga shartnoma doirasida taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil bo‘ladigan qurilish chiqindilari hajmini va ularni to‘plash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha loyihaviy yechimlar nazarda tutilishi majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qurilish chiqindilarining atmosfera havosiga ta’sirining oldini olish maqsadida buyurtmachi tomonidan amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq chang va yoqimsiz hidlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda qurilish jarayonida foydalaniladigan avtoklav va avtoklavsiz usulda ishlab chiqarilgan gazbeton mahsulotlarni qo‘llash doirasini aniq belgilovchi normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4198-son qarori 2-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasini joriy ta’minlash va uning faoliyatini moliyalashtirish Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan asoslangan smeta-hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Savdo-sanoat palatasi Uyushma, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i S.Q. Eshquvvatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-365-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PQ-365-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarining biznes-rejasidagi ish o‘rinlarini yaratish va mahsulotlar realizatsiyasidan tushum kabi ko‘rsatkichlar bajarilishining o‘rtacha miqdori 2025-2026-yillarda 30 foizdan va 2027-2028-yillarda 50 foizdan yuqori bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilariga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilayotgan kompensatsiya yordami qayta tiklanadi va to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-noyabrga qadar qurilish materiallarini ishlab chiqarish maqsadida ajratilgan kredit (lizing)lar miqdoridan qat’i nazar, uning 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi bo‘yicha hisobot oyi yakunida muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan stavkada milliy valyutada ajratilgan kredit foizining asosiy stavkadan 4 foiz punktdan yuqori qismi, biroq 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xorijiy valyutada ajratilgan kredit foizining 8 foiz punktdan yuqori qismi, biroq 4 foiz punktdan oshmagan miqdorda 2028-yilga qadar kompensatsiya qilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2026-2027-yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit miqdoridan qat’i nazar, uning 20 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan qismi bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy valyutada ajratiladigan kredit foiz stavkasining 8 foizdan yuqori qismi, biroq 3 foiz punktdan oshmagan miqdorda 12 oy muddatgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy valyutadagi kredit foiz stavkasining 8 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda uch yilgacha muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida, avval kreditning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, keyingi bir yil uchun mahsulot (xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushgan yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan taqdirda, keyingi yil davomida har oyda to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi hamda hudud toifasidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1, 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan imtiyozlardan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PQ-365-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladigan davlat organlari va ma’lumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Axborot tizimlari integratsiya qilinadigan tashkilotlar

Ma’lumot turi

1.

Milliy statistika qo‘mitasi

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining STIR raqamlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar MST va TIF TN kodlari, ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlari, energiya resurslari va neft mahsulotlari (elektr energiya, ko‘mir, mazut, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, ichimlik va texnik suv, benzin, dizel) iste’moli, xodimlar soni hamda aloqa o‘rnatish raqamlari.

2.

Bojxona qo‘mitasi

Qurilish materiallarining tashqi iqtisodiy faoliyat va tovar nomenklaturasi kodlari kesimida eksport va import ko‘rsatkichlari, bojxona omborlarida mavjud ishlab chiqarish texnologiyalari.

3.

Soliq qo‘mitasi

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining STIR, moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromad va xarajatlari, to‘lagan soliqlari, soliq qarzining summasi, xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ma’lumotlar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan tashkilotlardan bepul taqdim etiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 07/25/365/1120-son)