01.12.2025 yildagi PF-236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga zamonaviy ilmiy va texnik yondashuvlarni joriy etish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini yanada kuchaytirish, kuchli zilzilalarni prognoz qilishning ilgʻor usullarini ishlab chiqish hamda ularga tayyorgarlik koʻrishning samarali va zamonaviy tizimini shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) respublikadagi barcha koʻp kvartirali uy-joylarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish va monitoring qilishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarini toifalash va ularning reytingini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qurilish-pudrat tashkilotlarining obyektlar qurilishida zilzilabardoshlikni taʼminlash boʻyicha javobgarligini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) obyektlarning zilzilabardoshligini taʼminlash va ularni nazorat qilish sohasidagi mavjud korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Nazorat va monitoring mexanizmlarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki va undan yuqori qavatli barcha koʻp kvartirali uy-joylarni (keyingi oʻrinlarda — koʻp kvartirali uy-joylar) instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarining roʻyxatini shakllantirish va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof qurilish” MAT) ularning reytingini yuritish. Bunda reyting yuritishda bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha muhandislarning sertifikatlari mavjudligi asosiy mezon hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Shaffof qurilish” MATda instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida bino va inshootlarning texnik holati monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) instrumental-texnik tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyotini tugatish hamda ushbu xulosalar faqat ijobiy boʻlgan taqdirda, koʻp kvartirali uy-joylardan kelgusida foydalanishga ruxsat berish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) instrumental-texnik tekshiruv xulosalariga obyektni qayta qurish yoki rekonstruksiya qilish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslantirish boʻlimi kiritiladi va ushbu xulosalar majburiy ravishda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish organlariga koʻp kvartirali uy-joylarni vizual va instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini tashkil qilish vazifasi yuklatiladi. Vizual va instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) milliy normativ hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni taʼminlash boʻyicha maxsus texnik shartlar (keyingi oʻrinlarda — maxsus texnik shartlar) asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish faqatgina “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Shaffof qurilish” MATda ekspertiza tashkilotlarining reytingi yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy ekspertiza tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda ularning reyting koʻrsatkichlari inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) obyektlarning zilzilabardoshligi boʻyicha ilmiy hamda loyiha hujjatlarining smeta qismidan tashqari shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyoti tugatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) obyektlarning zilzilabardoshligi boʻyicha (loyiha hujjatlari va maxsus texnik shartlar uchun) berilgan salbiy xulosalar loyiha tashkilotining “Shaffof qurilish” MATdagi reyting ballarini kamaytirishga asos hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) obyektlarning seysmik mustahkamligiga taʼsir qiluvchi ikkita asosiy materialning (beton va poʻlat prokati) sifatini ishlab chiqarishdan boshlab yuk koʻtaruvchi konstruksiya shakliga kelguniga qadar boʻlgan jarayonlarda monitoring qilib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ishlab chiqarish va qurilish-montaj jarayonlaridagi barcha bosqichlar “Shaffof qurilish” MAT orqali nazoratga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) beton va poʻlat prokati ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar)ning reytingi yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) qurilishi boshlangan koʻp kvartirali uy-joylarga qoʻshimcha qavat qoʻshish, balandligini oshirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan koʻrib chiqish, ekspertizadan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) belgilangan tartibda ruxsat olmagan holda qurilayotgan obyektlarni tashqi muhandislik tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. Bunda energiya taʼminoti korxonalarining axborot tizimlari “Shaffof qurilish” MAT bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) davlat ijrochisining qaroriga asosan oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzish ishlarini amalga oshirishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari masʼul etib belgilanadi. Bunda ushbu binolarni buzishga sarflangan xarajatlar qurilish obyekti buyurtmachisi (tashabbuskori)dan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari narxlari (obyektlarning turi, toifasi, hajmi, konstruksiyasi va boshqa parametrlaridan kelib chiqqan holda) har yil uchun alohida belgilab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik va pudratchining ichki nazoratini amalga oshirish davriylik muddatlarini obyektlarning toifasidan kelib chiqib aniq belgilash yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda obyektlarda ushbu nazorat turlarini yuritish davriyligi boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-yanvarga qadar koʻp kvartirali turarjoy obyektlarini qurish uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari faqat davlat ekspertizasi tashkilotlari tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-martdan boshlab obyektlarning loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va nazorat jarayonlarida qatnashadigan ushbu Farmonga 1-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan sertifikatlangan asosiy mutaxassislarning malakasi, ish tajribasi, salohiyatiga oid maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi reyestr joriy etilsin hamda uning “Shaffof qurilish” MATda yuritilishi belgilansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) obyektlar boʻyicha barcha bosqichlardagi ishlar faqatgina reyestrga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) har bir bosqichdagi ishning yakuniy natijasi va sifatiga shaxsan javobgarlik belgilash maqsadida masʼullarning har bir harakati elektron raqamli imzo orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) masʼullarning maʼlumotlari obyektlarning pasportiga biriktiriladi hamda obyekt pasporti QR kodli maʼlumot orqali “Shaffof qurilish” MATda saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-martdan boshlab Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) tomonidan hududlarda qurilish ishlari amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib boriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi maʼlumotlar bazalari oʻzaro integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtgan obyektlar boʻyicha maʼlumotlar “Shaffof qurilish” MAT orqali avtomatik olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtmagan qurilish maydonlari aniqlangan taqdirda, mazkur obyektlar haqida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligiga tegishli maʼlumotlar uzatib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kuzatuv ishlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh prokuratura (S. Samadov) ikki oy muddatda qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarga fuqarolarning koʻchib kirishiga yoʻl qoʻygan mansabdor va masʼul shaxslarga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihalashtirish va qurilish faoliyati litsenziatlari tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini “Shaffof qurilish” MATda monitoring qilishga qaratilgan maʼlumotlar bazalari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan III (xavflilik omili yuqori boʻlgan) va IV toifadagi (xavflilik omili juda yuqori boʻlgan) obyektlar qurib foydalanishga topshirilganda ularning seysmik va boshqa xavfsizligiga quruvchining 10 yildan kam boʻlmagan muddatga kafolat berishi boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Bosh prokuratura Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda uning natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida Farmon ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi S. Eshquvvatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-236-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PF-236-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarning loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va nazorat jarayonlarida qatnashadigan hamda “Shaffof qurilish” MATda malakasi, ish tajribasi, salohiyatiga oid maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi reyestri yuritiladigan asosiy mutaxassislarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muhandislik qidiruvlarini oʻtkazgan va xulosa bergan tashkilot rahbari va ishni bajargan guruh rahbari yoki loyiha bosh muhandisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihachi tashkilotdan loyihaning bosh arxitektori, loyiha bosh muhandisi va mualliflik nazorati muhandisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish-pudrat tashkilotidan ichki nazorat muhandisi, qurilish uchastkasi rahbari, bosh muhandis va tashkilot rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Geologik/geotexnik tadqiqot/qidiruvlar hisoboti va xulosasiga ekspertiza xulosasini bergan ekspert va ekspertiza tashkiloti rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Obyektga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa bergan ekspert(lar) va xulosa bergan tashkilot rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihaga ekspertiza xulosasini bergan ekspert va ekspertiza tashkiloti rahbari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyurtmachi tashkilot rahbari, bosh muhandis va u tomonidan tayinlangan texnik nazorat muhandisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspektori va obyektga biriktirilgan muhandis.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PF-236-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Taqdim etiladigan hujjat shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Qurilish obyektlarida texnik, mualliflik va ichki nazorat olib borish tartibini takomillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutgan holda pudratchining ichki nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va buyurtmachining texnik nazoratini amalga oshirish tartiblarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ichki nazorat muhandisi, mualliflik nazorati mutaxassisi va texnik nazorati mutaxassisiga qoʻyiladigan malaka talablari;

qurilish obyektiga kirib kelgan va tekshirilishi majburiy boʻlgan qurilish materiallar roʻyxati va ularni sinash tartibi;

nazoratning davriyligi, nazoratdan oʻtkaziladigan konstruksiyalar va qurilish-montaj ishlarining aniq roʻyxati;

barcha qurilish bosqichlari, instrumental-texnik tekshiruvlar va ularning tartiblari;

obyektda boʻlishi yoki jalb qilinishi lozim boʻlgan sinov laboratoriyalariga qoʻyiladigan talablar, jumladan, undagi xodimlar soni, akkreditatsiya sohalariga talablar.

Hukumat qarori loyihasi

2026-yil mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2.

Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarda gaz, elektr energiyasi va issiq suv tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibini joriy etishga oid texnik talablarni shakllantirish.

1. Gaz, elektr energiyasi va issiq suv tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish.

Texnik normativ hujjat

2025-yil dekabr

Energetika vazirligi (Mirzamahmudov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(S. Askarov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(M. Xodjayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqliktaʼminoti” AJ

(I. Toʻrayev)

2. Oʻrganish natijalariga koʻra elektr energiyasi tarmoqlari va gaz taʼminoti tizimlarida avtomatik bloklash boʻyicha zaruriy texnik choralarni koʻrish.

2026-yil yanvar

3. Bino va inshootlarni loyihalashda bloklash tizimi bilan loyihalash tartibini joriy etishga qaratilgan texnik talablarni tegishli normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimcha sifatida kiritish.

2026-yil fevral

4. Elektr tarmoqlari, gaz va issiq suv taʼminoti tizimlarida avtomatik bloklash tizimini joriy etish.

2026-yil mart

3.

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, sinash, sertifikatlash va montaj qilish zanjirini markirovkalash tizimini joriy etish.

1. Qurilish materiallarining obyekt mustahkamligi va umrboqiyligiga taʼsir qiluvchi xossalari hamda boshqa zaruriy maʼlumotlar roʻyxatini tuzish.

Texnik normativ hujjat loyihasi

2026-yil yanvar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

(I. Raximov)

2. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, sinash, sertifikatlash va montaj qilish zanjirini markirovkalash tizimini xorijiy tajribani oʻrgangan holda ishlab chiqish.

2026-yil may

3. Qurilish materiallari va konstruksiyalarni markirovkalash boʻyicha texnik normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyun

4.

Respublikada qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib borish.

1. Respublikada qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib borishda yigʻiladigan va uzatiladigan maʼlumotlarni aniqlash va ularni uzatish tartibini belgilash.

Axborot-dasturiy tizim

2026-yil yanvar

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov)

2. “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan noqonuniy qurilayotgan obyektlar aniqlangan taqdirda, mazkur obyektlar haqida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligiga xabar berish tizimini raqamlashtirilgan hamda “Shaffof qurilish” MATga integratsiya qilingan holda ishga tushirish.

2026-yil 1-martdan

3. Respublikada qurilish ishlari amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib borish.

2026-yil 1-apreldan boshlab

5.

Obyektlarga texnik shartlar berish jarayonini raqamlashtirish.

1. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi barcha zaruriy maʼlumotlarni GIS formatida “Shaffof qurilish” MATga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.

Axborot-dasturiy tizimlarning oʻzaro integratsiyasi

2025-yil dekabr

Energetika vazirligi,

(J. Mirzamahmudov)

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(A. Askarov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(M. Xodjayev),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(A. Suvankulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Obyektlarning muhandislik tarmoqlariga ulanish nuqtalarini avtomatik aniqlagan holda texnik shartlar berishni yoʻlga qoʻyish.

Raqamlashgan tizim

2026-yil I chorakdan boshlab

6.

Muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish va yagona reyestrini yaratish.

1. Muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2025-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Muhandislik-geologik tadqiqotlar xulosalarining yagona elektron reyestrini yaratish.

Elektron reyestr

2026-yil yanvar

3. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” MATga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilgan holda ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida).

Elektron reyestr

2026-yil mart

4. “Shaffof qurilish” MATda barcha turdagi xulosalar reyestri toʻliq yuritilishini yoʻlga qoʻyish.

Elektron reyestr

2026-yil sentabr

7.

Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish va xulosalarni taqdim etishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2025-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” MATdagi ekspertiza elektron platformasiga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilgan holda ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida).

Elektron reyestr

2026-yil mart

3. Reyestrni “Shaffof qurilish” MATda toʻliq ishga tushirish.

Elektron reyestr

2026-yil iyun

8.

Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza xulosalarini berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

1. Obyektlarning loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va ekspertiza xulosalarini berish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2026-yil yanvar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafiqov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” MATdagi ekspertiza elektron platformasiga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilgan holda ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida).

Elektron reyestr

2026-yil mart

3. Reyestrni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida toʻliq ishga tushirish.

2026-yil iyun

9.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish jarayonida oʻzaro affillangan shaxslarni aniqlash.

1. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasini “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritish jarayonida akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiq ekspertlarning asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tekshirish uchun “Shaffof qurilish” MAT bazasini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.

Texnik topshiriqlar

2026-yil yanvar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza tashkilotiga buyurtmachi tomonidan yuborish jarayonida loyiha tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq (obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatoridan kelib chiqib), mutaxassislarning asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqtda rejimida tekshirish uchun tegishli maʼlumotlar bazalarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro integratsiya qilish.

Maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasi

2026-yil mart

10.

Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida obyektlarga oid loyihaoldi hujjatlarni olish va koʻrib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida yer ajratish qarori, arxitektura topshirigʻi, loyiha kelishuvi, qurilishga ruxsatnoma va boshqa zaruriy hujjatlarni tegishli maʼlumotlar bazalarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro integratsiya qilgan holda birlamchi manbalardan olishni yoʻlga qoʻyish (dastlabki bosqichda test rejimida).

Texnik topshiriqlar

2026-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortikov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. “Shaffof qurilish” MATda ekspertiza qilish uchun loyihaoldi hujjatlarini avtomatik ravishda yuklab olish imkoniyatini yaratuvchi tizimni toʻliq yoʻlga qoʻyish.

Maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasi

2026-yil iyun

11.

Buyurtmachi xizmati tizimini raqamlashtirish hamda shu orqali obyektlar boʻyicha moliyalashtirish, texnik nazoratni yuritish, bajarilgan ishlar hajmini qabul qilish va obyektni foydalanishga topshirish jarayonlarini soddalashtirish.

1. Buyurtmachi xizmatlari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

Texnik topshiriqlar

2026-yil I chorak

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Buyurtmachi xizmatlari faoliyatining elektron raqamli platformasini ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida) hamda tegishli axborot-dasturiy tizimlar bilan integratsiya qilish.

Elektron platforma

2026-yil II chorak

3. Raqamli platformani toʻliq ishga tushirish.

Elektron platforma

2026-yil III chorak

12.

Obyektlar boʻyicha pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) belgilash tizimini qayta koʻrib chiqish.

1. Pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) belgilash natijasida obyektlar qiymati farqi yuzasidan tahlillarni amalga oshirish.

Shu asosda ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash (oʻxshash obyektlarni solishtirgan holda).

Tahliliy maʼlumotlar

2026-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) belgilash tizimini qayta koʻrib chiqib, tegishli Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Asoslangan takliflar

2026-yil mart

13.

Sohaga oid qonunchilikda mavjud boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

Qurilish reglamentlari, milliy qurilish normalari hamda smeta-resurs normalarining huquqiy maqomini belgilash;

master rejalarning huquqiy maqomini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2026-yil mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

14.

Obyektlarning barcha yuk koʻtaruvchi konstruktiv elementlarini markirovkalash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

Buyruq asosida

2026-yil yanvar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Markirovkalash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

Topshiriq asosida

2026-yil mart

3. Ishchi guruh tomonidan axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

aniq hisob-kitoblar asosida obyektlarning barcha yuk koʻtaruvchi konstruktiv elementlarini markirovkalashning aniq tartibi;

aholi va biznesga qoʻshimcha moliyaviy yuklamalar va ularning narx-navoga taʼsiri;

mazkur amaliyotni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi asoslari nazarda tutiladi.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil may

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PF-236-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Indikator (subindikator) nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holat

(yillik)

Maqsadli koʻrsatkichlar

Maʼlumot berishga masʼul idoralar

2025

2026

2027

2028

2029

2030

1

2

3

6

7

8

9

10

11

12

13

MAQSAD: Zilzilabardoshlik va seysmik xavfsizlik yoʻnalishida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirish

I. Amaliyot koʻrsatkichlari

Jarayonlarni raqamlashtirish va monitoring qilish

1.1.

“Shaffof qurilish” MAT orqali beton va poʻlat prokati ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) reytingini yuritish

foiz

-

-

10

50

80

100

100

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.2.

“Shaffof qurilish” MATda ekspertiza tashkilotlarining reytingini yuritish

foiz

-

-

100

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.3.

Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha loyiha tashkilotlarini shakllantirish va “Shaffof qurilish” MATda ularning reytingini yuritish

foiz

-

-

100

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.4.

Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish va xulosalarni taqdim etishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish

foiz

-

-

100

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.5.

Muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish va yagona reyestrini yaratish.

foiz

-

-

20

40

50

80

90

Fanlar akademiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.6.

Obyektlarning maxsus texnik shartlariga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tizimini raqamlashtirish

foiz

-

-

20

40

50

80

90

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.7.

Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida obyektlarga oid birlamchi hujjatlarni olish va koʻrib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish hamda shu orqali hujjatlarni arizachi tomonidan yuklash amaliyotiga chek qoʻyish

foiz

-

-

100

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.8.

Seysmik faol zonalarda joylashgan koʻp kvartirali uy-joylarni har besh yilda kamida bir marotaba vizual tekshiruvdan oʻtkazish

foiz

-

-

10

20

30

40

50

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

1.9.

Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza xulosalarini berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish

foiz

-

-

100

-

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

1.10.

Buyurtmachi xizmati tizimini raqamlashtirish hamda obyektlar boʻyicha moliyalashtirish, texnik nazoratni yuritish, bajarilgan ishlar hajmini qabul qilish va obyektni foydalanishga topshirish jarayonlarini soddalashtirish

foiz

-

-

30

80

100

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.11.

Obyektlarning loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va nazorat jarayonlarining barcha bosqichlaridagi ishlarni Farmonning 1-ilovasidagi roʻyxatda keltirilgan asosiy mutaxassislarning milliy reyestriga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirish

foiz

-

-

5

15

35

50

70

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Xavfsizlikni taʼminlash va noqonuniy harakatlarni cheklash

1.12.

“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan qurilishlar ustidan doimiy kuzatuvlar olib boriladigan hududlar qamrovi

foiz

-

10

20

60

80

100

“Oʻzbekkosmos” agentligi

1.13.

Pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) tanlash amaliyotini qatʼiyan cheklash

foiz

100

100

50

30

10

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar

1.14.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish jarayonida oʻzaro affillangan shaxslarni aniqlash

foiz

100

100

50

30

10

-

Bosh prokuratura

II. Natijadorlik koʻrsatkichlari

2.

Noqonuniy qurilishlar ulushini kamaytirish

foiz

100

100

80

60

40

20

10

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

2.1.

Oʻzboshimchalik bilan boshlangan qurilishlar

foiz

100

100

80

60

40

20

10

2.2.

Hujjatlarida kamchiliklar bilan qurilayotgan bino va inshootlar

foiz

100

100

80

60

40

20

10

2.3.

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligiga salbiy taʼsir qiluvchi holatlar

foiz

100

100

80

60

40

20

10

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 06/25/236/1117-son)