01.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3717
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 01.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3717
Kuchga kirish sanasi
01.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3717]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri A. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2025-yil 14-noyabrdagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
INDIKATORLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Indikator

1-bob. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi

1.

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi

Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmani (kafedrani, boʻlimni) (bundan buyon matnda tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) tashkil etish hamda uni moddiy-texnik baza va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejalar mavjud*

Tarkibiy tuzilmaning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari taʼlim dasturini samarali amalga oshirishga yoʻnaltirilgan va taʼlim dasturi doirasida belgilangan maqsadlarga uygʻun tarzda aniq belgilangan

Tarkibiy tuzilma tomonidan taʼlim dasturini mehnat bozori talablariga va texnologik oʻzgarishlarga muvofiq takomillashtirish mexanizmlari mavjud

Taʼlim dasturini samarali amalga oshirishi uchun tarkibiy tuzilma moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlanib boriladi hamda tarkibiy tuzilmaning ish rejalari mavjud**

Tarkibiy tuzilma tomonidan taʼlim dasturining mehnat bozori talablariga muvofiqligi va natijadorligi koʻrib chiqilib, tahliliy maʼlumotlar tayyorlab boriladi**

Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar asosida tarkibiy tuzilma tomonidan chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi, amalga oshiriladi hamda ijrosi nazorat qilinadi**

2.

Taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning (bundan buyon matnda istiqbolli reja deb yuritiladi) mavjudligi

Istiqbolli reja ishlab chiqilgan va kasbiy taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) bilan mos

Istiqbolli rejada taʼlim dasturini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, infratuzilma, axborot texnologiyalari, inson resurslari, moliyaviy manbalar va ish beruvchilar bilan hamkorlik masalalari aks ettirilgan hamda ushbu rejadagi vazifalarni bajarish muddatlari va masʼul ijrochilar aniq koʻrsatilgan

Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarni amalga oshirishga taʼsir qiluvchi xavf tahlili mavjud hamda ushbu xavflarni bartaraf etish boʻyicha muqobil choralar belgilangan

Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarning bajarilishini monitoring va tahlil mexanizmlari ishlab chiqilib, monitoring va tahlil natijalarida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish choralari koʻrib boriladi**

3.

Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki taʼminlangani

Taʼlim dasturini monitoring va tahlil qilish boʻyicha sifatni ichki taʼminlash boʻlinmasi tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan

Taʼlim dasturini ichki baholash tartibi ishlab chiqilgan hamda pedagogik (metodik) kengash va ish beruvchilar muhokamasidan oʻtkazilgan holda tasdiqlangan

Pedagoglar, ish beruvchilar, oʻquvchilar, shuningdek ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) takliflari hamda fikr-mulohazalari asosida taʼlim dasturi muntazam takomillashtiriladi hamda sifatni ichki taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirib boriladi**

Taʼlim dasturini takomillashtirish va sifatni ichki taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan monitoring va tahlil ishlari amalga oshirilib, taʼlim dasturi takomillashtirilib boriladi**

Taʼlim dasturini takomillashtirish haqidagi maʼlumotlar kasbiy taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq eʼlon qilib boriladi**

4.

Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi

Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot tendensiyalarini oʻrganish uchun monitoring oʻtkazish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan

Monitoring jarayonida pedagoglar, ish beruvchilar va soha mutaxassislarining ishtiroki taʼminlanib, mehnat bozori va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar muntazam yigʻiladi, tahlil qilinadi va baholanadi**

Monitoring natijalari asosida taʼlim dasturini takomillashtirish uchun zarur boʻlgan muammo va kamchiliklar aniqlanadi hamda taʼlim dasturidagi fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlariga (mavzu(lar)iga va mazmuniga) tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlaridagi yangiliklar va mehnat bozori talablari asosida doimiy yangilanuvchi maʼlumotlar bazasi yaratib boriladi**

Mehnat bozori va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar pedagoglar, ish beruvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar va soha mutaxassislari uchun ochiq tarzda eʼlon qilib boriladi**

5.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgani va uning natijalari asosida taʼlim dasturlarining takomillashtirilgani

Amaldagi taʼlim dasturini baholash va takomillashtirish boʻyicha soʻrovnoma, intervyu va fokus-guruhlar (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi), ularning mavzulari, savollar (masalalar) roʻyxati, soʻrovnomani oʻtkazish muddatlari hamda masʼul ijrochilar belgilab boriladi**

Oʻtkaziladigan soʻrovnomalar toʻgʻrisida oʻquvchilar muntazam xabardor qilinadi hamda tizimli ravishda ularning ishtirokini taʼminlash choralari koʻriladi**

Soʻrovnoma jarayonlari ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etiladi**

Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari masʼul ijrochilar tomonidan tahlil qilinib, oʻquvchilarning taʼlim dasturini takomillashtirishga oid taklif va fikr-mulohazalari muntazam yigʻiladi**

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlanib, pedagogik (metodik) kengashga taqdim etib boriladi**

Tayyorlangan tahliliy hisobot asosida taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi va taʼlim dasturiga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

Soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar kasbiy taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq eʼlon qilib boriladi**

2-bob. Taʼlim dasturlari yoʻnalishi

6.

Manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim standarti (bundan buyon matnda DTS deb yuritiladi) va milliy malakalar ramkasi (bundan buyon matnda MMR deb yuritiladi) talablariga muvofiqligi

Taʼlim dasturini ishlab chiqish tartibi mavjud, shu jumladan taʼlim dasturining maqsadi, kompetensiyalari hamda kutilgan oʻquv natijalari belgilangan hamda taʼlim dasturini ishlab chiqish boʻyicha pedagoglar, soha mutaxassislari va ish beruvchilardan iborat ishchi guruh tashkil etilgan*

Taʼlim dasturining mazmuni DTS, MMR, kasbiy standart(lar) (yoki malaka talablari) hamda mehnat bozori talablariga mosligi boʻyicha tahlil qilingan

Tahlil natijalari asosida taʼlim dasturining kutilgan oʻquv natijalari va maqsadlari aniqlashtirilgan, kamchiliklar yuzasidan xulosalar tayyorlangan

Taʼlim dasturi ish beruvchilar va pedagoglar ishtirokida muhokama qilingan hamda ularning taklif va tavsiyalari asosida taʼlim dasturiga oʻzgartirishlar kiritilgan

Taʼlim dasturi DTS, MMR va kasbiy standart(lar)ga (yoki malaka talablari) muvofiq taʼlim dasturi yakunida beriladigan kvalifikatsiya(lar) aniq belgilangan holda ishlab chiqilgan va ish beruvchilar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan

7.

Taʼlim dasturining mazmuni va strukturasi nazariya hamda amaliyot bilan mutanosib ravishda uygʻunlashtirilgani

Taʼlim dasturida belgilangan kutilgan oʻquv natijalari va kompetensiyalarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy qismlar belgilangan

Taʼlim dasturida nazariya va amaliyot uchun ajratilgan kreditlar (soatlar) DTS hamda MMRdagi malaka darajasiga mos

Kasb (mutaxassislik) xususiyatidan kelib chiqqan holda taʼlim dasturida amaliyot mashgʻulotlari (oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda laboratoriya mashgʻulotlari) nazarda tutilgan va zarur kreditlar (soatlar) ajratilgan

Nazariy va amaliy fanlar (modullar) oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash uchun ish beruvchi korxonalar va amaliyot bazalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan

Taʼlim dasturini baholash natijalariga muvofiq nazariy fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlari takomillashtirib boriladi hamda tizimli ravishda kreditlar (soatlar) qayta koʻrib chiqiladi**

8.

Taʼlim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangani

Taʼlim dasturining davomiyligi (umumiy kreditlar (soatlar), oʻqish muddati) ushbu dasturning maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga muvofiq ravishda belgilangan*

Oʻquv rejadagi fanlarning (modullarning) ketma-ketligi va uzluksiz taʼlim tizimiga (boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari hamda oliy taʼlim) muvofiqligi taʼminlangan

Fanlarning (modullarning) oʻquv yuklamalari hamda nazariy va amaliy mashgʻulotlarning ketma-ketligi davomiylik, uzluksizlik va kutilgan oʻquv natijalari talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan

Fanlardagi (modullardagi) nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrtasida oʻzaro integratsiya taʼminlangan

Taʼlim dasturini qayta koʻrib chiqish jarayonida fanlardagi (modullardagi) nazariy va amaliy mashgʻulotlarning oʻzaro uzviyligi va uzluksizligi doimiy tahlil qilinadi hamda takomillashtiriladi**

9.

Amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani

Taʼlim dasturining samaradorligini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan**

Taʼlim dasturi boʻyicha tizimli monitoring va tahlil jarayonlari amalga oshirib boriladi**

Monitoring jarayonida ish beruvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar, bitiruvchilar hamda soha mutaxassislarining ishtiroki tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi**

Monitoring natijalari tahlil qilinib, taʼlim dasturining samaradorligi va kutilgan oʻquv natijalariga mosligi baholab boriladi hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirib boriladi**

Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, taʼlim dasturidagi fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlarining mazmuni hamda baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

3-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va kutilgan oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi

10.

Ishchi oʻquv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani

Ishchi oʻquv reja va fan (modul), amaliyot dasturlari namunaviy oʻquv reja va dasturlar asosida ishlab chiqilgan

DTS talablariga muvofiq ishchi oʻquv reja va dasturlar hududlardagi ish beruvchilar tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan*

Ishchi oʻquv rejadagi oʻquv yuklamalarida nazariy va amaliy qismlar, shuningdek oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari oʻrtasida mutanosiblik taʼminlangan

Ishchi oʻquv reja va dasturlar mehnat bozori, soha va mavsumiylik talablariga muvofiqlashtirilgan

11.

Oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan kutilgan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani

Oʻquv jarayoni ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat bozoridagi zamonaviy ehtiyojlar va sohaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtirilgan

Ishchi oʻquv reja boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari jadvali oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan**

Ishchi oʻquv reja boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishda fanlar (modullar), oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining oʻzaro uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangan**

Oʻquv jarayonini tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) foydalanib boriladi**

Taʼlim dasturi boʻyicha amaliyot bazalari mavjud*

Kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim dasturining kutilgan oʻquv natijalariga erishish taʼminlab boriladi hamda kutilgan oʻquv natijalariga erishish darajasi tahlil qilib boriladi**

12.

Oʻquv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani

Oʻquv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibi ishlab chiqilgan

Oʻquv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibida belgilangan davriylikda (oylik, semestr, yillik) oʻquv jarayonini baholash va tahlil qilish amalga oshiriladi**

Oʻquv jarayonini baholash jarayoniga ish beruvchilar, oʻquvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va soha mutaxassislar muntazam jalb etiladi, ularning taklif va fikr-mulohazalari hujjatlashtirilgan holda tahlil qilib boriladi**

Baholash natijalari boʻyicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi, ijro monitoringi yuritiladi hamda oʻquv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibida belgilangan davriylikda (oylik, semestr, yillik) oʻquv jarayoni takomillashtirib boriladi**

13.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani

Taʼlim dasturida belgilangan oʻqitish usullari, pedagogik texnologiyalar, fanlar (modullar) va amaliy mashgʻulotlar mazmuni kutilgan oʻquv natijalariga erishishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan holda ilgʻor pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalari doimiy ravishda qoʻllaniladi**

Oʻqitish usullari, pedagogik texnologiyalarning qamrovi, joriy etish tendensiyasi va murakkablik darajasi taʼlim dasturining darajasi, taʼlim shakli va oʻquvchilarning ehtiyojlariga mos ravishda belgilangan**

Ilgʻor oʻqitish usullari va pedagogik texnologiyalar qoʻllashning samaradorligi boʻyicha monitoring va tahlil olib boriladi, monitoring va tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida pedagoglarning kasbiy salohiyati oshirib boriladi**

Monitoring, tahlil va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish natijalari asosida pedagogik texnologiyalar doimiy ravishda yangilanadi hamda takomillashtiriladi**

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar qoʻllanilishi va ularning samaradorligi boʻyicha yillik tahliliy hisobot tayyorlanadi va pedagogik (metodik) kengash tomonidan koʻrib chiqiladi**

14.

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining oʻquv natijalariga muvofiqligi

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari boʻyicha tartib, qoidalar, mezonlar va usullar (bundan buyon matnda baholash tartibi deb yuritiladi) ishlab chiqilgan

Baholash tartibi oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻquvchilarga maʼlum qilib boriladi**

Baholash jarayonlariga pedagoglar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek kuzatuvchi sifatida ota-onalar, bitiruvchilar va (yoki) jamoatchilik vakillari jalb etib boriladi**

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonida xolislik, shaffoflik va akademik halollik taʼminlangan**

Baholash natijalari raqamli platformalar, oʻquvchilarning amaliyot kundaligi, yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining baholash bayonnomalarida tizimli ravishda aks ettiriladi, yuritiladi hamda saqlanadi**

Baholash jarayonining taʼlim dasturiga mosligi tizimli va muntazam monitoring qilinadi, tahlil yuritiladi hamda monitoring va tahlil natijalari oʻquvchilar va ota-onalarga taqdim etiladi**

15.

Oʻquvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi

Oʻquvchilarning baholash natijalari yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari va shikoyatlarini yigʻish, koʻrib chiqish va tahlil qilish boʻyicha tartib ishlab chiqilgan hamda masʼul ijrochilar belgilangan

Ishlab chiqilgan tartibda shikoyat berish shakllari, muddatlari, ularni koʻrib chiqish tartibi va qaror qabul qilish mexanizmi aniq belgilangan

Takliflar, fikr-mulohazalar va shikoyatlar oʻquvchilar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali qabul qilinadi hamda ularni koʻrib chiqish jarayoni ochiqlik, hisobdorlik, shaffoflik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi**

Baholash jarayoni va natijalari boʻyicha oʻquvchilarning shikoyatlari kasbiy taʼlim tashkilotining apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tizimli ravishda tahlil qilinadi**

Tahlil natijalari boʻyicha hisobotlar muntazam tayyorlanadi va baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi, shuningdek baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

4-bob. Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi

16.

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibi belgilangan va hujjatlashtirilgan boʻlib, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qabul jarayoni bilan bogʻliq maʼlumotlarning ochiqligi taʼminlangan**

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablarini belgilashda hududning mehnat bozori, (maktab) bitiruvchilar va tegishli hududdagi ishsizlar haqida maʼlumotlar mavjud

Qabul va apellyatsiya komissiyalari tarkibi tasdiqlangan, qabul jarayonida shaffoflikni taʼminlovchi vositalar qoʻllanilgan va maxsus xonalar tashkil etilgan (onlayn roʻyxatdan oʻtish, ochiq tanlov komissiyalari va boshqalar)

Qabul jarayonida adolat va tenglik tamoyillari taʼminlanadi, qabul qilingan abituriyentlar roʻyxatlari ochiq hamda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi**

Qabul jarayoniga oid ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmi mavjud

17.

Qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)i kasbiy taʼlim tashkilotining infratuzilmasi, moliyaviy imkoniyatlari, auditoriya, laboratoriya, amaliyot bazalari va DTSlarga mos ravishda belgilangan

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)i tegishli hududning mehnat bozori, kasbiy taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi), pedagoglarning soni va tarkibi, ularning ish (oʻquv) yuklamasi bilan uygʻunlashtirilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)ining bajarilish holati boʻyicha har yili tahlillar amalga oshiriladi, tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

18.

Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash (bundan buyon matnda oʻquvchilar harakati deb yuritiladi) tartibining belgilangani

Oʻquvchilar harakati kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda oʻquvchilar harakatini amalga oshirish boʻyicha masʼul komissiya (yoki ishchi guruh) tashkil etilgan**

Oʻquvchilar harakati boʻyicha buyruqlar, komissiya bayonnomalari va boshqa tegishli hujjatlar asosli, adolatli va shaffof tarzda qabul qilingan holda toʻgʻri rasmiylashtiriladi hamda ularning hisoboti va monitoringi muntazam yuritiladi**

Oʻquvchilar harakati boʻyicha oʻquvchilarning huquqlari taʼminlanadi hamda oʻquvchilar va ularning ota-onalari jarayonlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi, barcha oʻzgarishlar taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarida (EMIS PT) oʻz vaqtida va toʻliq aks ettiriladi**

Oʻquvchilar harakati boʻyicha shikoyat berish uchun ochiq va qulay tizim yaratilgan va shikoyatlarni koʻrib chiqilishi tartibi belgilangan**

19.

Norasmiy va orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish tartibining belgilangani

Norasmiy va orttirilgan (informal) koʻnikma hamda malakalarni tan olish yoʻlga qoʻyilgan

Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari bilan hamkorlikda norasmiy va orttirilgan (informal) koʻnikma hamda malakalarni tan olish boʻyicha hamkorlik ishlari tashkil etilgan

Norasmiy va orttirilgan (informal) koʻnikma hamda malakalarni baholash jarayonida kasbiy taʼlim tashkilotining pedagoglari ishtirokini taʼminlash choralari koʻrilgan

Talabgorning norasmiy va orttirilgan (informal) koʻnikmalari hamda malakalarini tan olishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilgan

20.

Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan akademik, psixologik, ijtimoiy va kasbiy yoʻnalish boʻyicha maslahat berish tizimi rejalashtirilgan

Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va maslahat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq (veb-sayt, bukletlar, stendlar va boshqalar orqali) yoritilgan

Oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinganidan soʻng ularni ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari, taʼlim-tarbiya muhiti va taʼlim dasturi bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli tashkil etiladi**

Kasbiy taʼlim tashkilotining karera markazi tomonidan maslahatlar, bitiruvchilar bandligi va ishga joylashish boʻyicha doimiy ravishda metodik va axborot koʻmagi koʻrsatiladi**

Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va maslahat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar tizimli ravishda yigʻiladi, tahlil qilinadi, xizmatlardan qoniqish darajasi oʻrganiladi hamda maslahat tizimi samaradorligi takomillashtiriladi**

5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi

21.

Taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi

Boshqaruv xodimlarining taʼlim sohasida ish tajribasi va strategik rejasi mavjud

Boshqaruv xodimlarining belgilangan muddatda malaka oshirish kurslarida ishtiroki tashkillashtirilib, tegishli sertifikatlarga ega boʻlishi taʼminlab boriladi**

Pedagog kadrlarning soni ular dars berayotgan fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlariga mos ravishda taʼminlangan

Oʻquv-yordamchi xodimlar sonini taʼlim dasturini samarali tashkil etish uchun mos darajada taʼminlash choralari koʻrilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj (boʻsh ish oʻrinlari) toʻgʻrisida oliy taʼlim tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʻlinmalariga chiqarilgan murojaatlar mavjud**

22.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani

Amaldagi taʼlim dasturi boʻyicha fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlari pedagoglar bilan taʼminlangan hamda ushbu pedagoglarning diplomi (sertifikati), malaka toifasi va sohaviy tajribasi taʼlim yoʻnalishiga mos keladi**

Taʼlim dasturi boʻyicha oliy maʼlumotli oʻqituvchilar va amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan ishlab chiqarish taʼlim ustalari mavjud**

Taʼlim dasturiga muvofiq pedagog kadrlarning soni oʻquv yuklamasi asosida shakllantirilgan**

Taʼlim dasturi boʻyicha dars berayotgan nomutaxassis (nopedagog) xodimlar qayta tayyorlashdan oʻtkazib boriladi**

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish mexanizmi mavjud hamda pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻtkazib boriladi**

Kadrlar taʼminoti va sifat tarkibini oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar (tanlov, trening, stajirovka va boshqalar) amalga oshirib boriladi**

23.

Yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj tahlil qilingan va pedagog kadrlar bilan taʼminlash rejasi ishlab chiqilgan*

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborish choralari koʻrilgan

Pedagog kadrlar bilan taʼminlash rejasida taʼlim tashkilotlarining ilmiy daraja yoki amaliy tajribaga ega boʻlgan pedagog kadrlarini dars mashgʻulotlariga jalb qilish nazarda tutilgan

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar bilan taʼminlash rejasining ijrosini kuzatish, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi nazorat mexanizmi ishlab chiqilgan

24.

Kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi

Pedagog kadrlarning malaka oshirish kurslariga ishtirok etishi, ish beruvchi korxona va tashkilotlarda stajirovka oʻtashi boʻyicha grafiklar ishlab chiqilgan

Pedagog kadrlarni kasbiy taʼlim tashkilotining kasbiy rivojlantirish tizimiga muvofiq ilmiy-amaliy konferensiya, vebinarlar, seminar-treninglar va forumlarga yuborish (ishtirokini taʼminlash, tashkil etish) choralari koʻrilgan

Pedagog kadrlar malaka oshirish va stajirovka kurslariga ishtirok etishi grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi**

Ijobiy natijalarga erishgan pedagoglarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirib boriladi**

Moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish jarayonlarida shaffoflik hamda adolat tamoyillariga doimiy amal qilinadi**

Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirishga qaratilgan choralar koʻrib boriladi hamda ushbu choralarning samaradorligi boʻyicha tahliliy hisobotlar muntazam yuritiladi**

6-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi

25.

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalarning mavjudligi hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha infratuzilma, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun zarur asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar mavjud hamda ular taʼlim dasturining talablariga muvofiq

Taʼlim dasturi boʻyicha jihozlar va texnikalar soni oʻquvchilar kontingentidan (guruh hajmidan) kelib chiqqan holda taʼminlangan**

Asbob-uskunalar texnik pasportlarga ega va texnik koʻrikdan oʻtkazib boriladi hamda texnik xizmat koʻrsatilganlik (taʼmirlash, profilaktika) ishlari hujjatlashtirilgan**

Taʼlim dasturi va oʻquvchilar soniga mos ravishda amaliy mashgʻulotlar uchun zarur xomashyo va (yoki) yonilgʻi-moylash materiallari miqdori (hajmi) shakllantirilgan hamda zaxira qilingan**

Xomashyo va (yoki) yonilgʻi-moylash materiallaridan foydalanish hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi mavjud va ular yuritib (hujjatlashtirib) boriladi**

Jihoz va asbob-uskunalardan foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmalar, yoʻriqli texnologik xaritalar, koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar (xavfsizlik yoʻriqnomalari, instruksiyalar) mavjud

26.

Fanlar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani

Taʼlim dasturidagi fan (modul) va amaliyot mashgʻulotlari boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar va elektron taʼlim resurslari mavjud

Taʼlim dasturidagi fan (modul) va amaliyot mashgʻulotlari boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar va elektron taʼlim resurslari soni oʻquvchilar kontingentiga nisbatan mos ravishda taʼminlangan

Fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlari boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar va elektron taʼlim resurslari doimiy ravishda ishlab chiqiladi hamda foydalanish uchun ochiqligi taʼminlab boriladi**

Oʻquv adabiyotlari va metodik qoʻllanmalar yangilab boriladi hamda ularni fanning (modulning) mazmuni va oʻquv amaliyotiga moslashtirish mexanizmi joriy etib boriladi**

Taʼlim dasturidagi fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlari mazmuniga mos zamonaviy (xorijiy) adabiyotlardan va qoʻshimcha materiallardan foydalanish imkoniyati yaratilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar doimiy ravishda yangilanib, fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlarining soʻnggi talablariga mos holda takomillashtirib boriladi**

27.

Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxona (poligon)larning oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturlariga mos jihozlar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilingani

Oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv xonalari va jihozlar bilan taʼminlangan*

Oʻquv, laboratoriya xonalari va ustaxonalar (poligonlar) AKT vositalari va qurilmalari bilan taʼminlangan

Oʻquv, laboratoriya xonalari va ustaxonalarda (poligonlarda) oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda zarur oʻrindiqlar va ish joylari mavjud

Oʻquv, laboratoriya xonalari va ustaxonalarda (poligonlarda) xavfsizlik qoidalari, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha koʻrsatmalar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari va xavfsizlik jurnallari mavjud hamda evakuatsiya yoʻllari (sxemalari) belgilangan

Ustaxonalar (poligonlar) taʼlim dasturiga mos jihozlar, asbob-uskunalar va texnikalar bilan taʼminlangan hamda ushbu jihozlar, asbob-uskunalar va texnikalar doimiy ishchi holatda

28.

Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani

Kasbiy taʼlim tashkilotining binolari va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, eshiklar va sanitariya xonalari (hojatxonalar) nogironligi boʻlgan shaxslar (oʻquvchilar) uchun moslashtirilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud

Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr va boshqalar) yaratilgan

Inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha tayyorlangan va zarur koʻnikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud

Taʼlim jarayonida inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi pedagogik va psixologik yordam koʻrsatish tizimi mavjud**

Inklyuziv taʼlim sharoitlarining amalda qoʻllanishi va samaradorligi boʻyicha monitoring olib boriladi**

29.

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi

ARMda taʼlim dasturiga mos darslik, oʻquv va badiiy adabiyotlar mavjud*

ARM zamonaviy AKT va elektron qurilmalar bilan jihozlangan va ulardan foydalanish boʻyicha oʻquvchilarga doimiy ravishda tushuntirishlar beriladi**

ARM oʻquv zali, elektron kutubxonadan foydalanish va internet tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari yaratilgan

Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida taʼlim dasturi boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlar, oʻqitish materiallari toʻplami, elektron taʼlim resurslari va multimedia kontentlar raqamli formatda joylashtirilgan

ARM va elektron taʼlim resurslaridan foydalanish tartibi qulay va ochiq, elektron maʼlumotlar bazasiga erkin kirish taʼminlangan hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha monitoring yuritib boriladi**

ARM faoliyati natijalari pedagogik (metodik) kengashda muntazam muhokama qilinadi, shuningdek ARM faoliyatini takomillashtirish hamda zarur oʻquv-uslubiy va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejalari shakllantiriladi va hisobot yuritib boriladi**

Kutubxona fondi muntazam yangilanib boriladi**

30.

Raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, Wi-Fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari)

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquvchilar va pedagoglar uchun barqaror internet ulanishi, Wi-Fi zonalari va raqamli qurilmalardan (kompyuter sinfi, VR tizimlar, planshetlar va boshqalar) foydalanish imkoniyati yaratilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha elektron taʼlim resurslarini boshqarish boʻyicha alohida masʼul xodim(lar) (administrator) mavjud

Taʼlim dasturi boʻyicha onlayn kurslar, video darslar, onlayn testlar va boshqa raqamli kontentlar mavjud hamda ular amalda qoʻllanib boriladi**

Vebinar va onlayn mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur texnik hamda metodik sharoitlar yaratilgan, vebinarlar va onlayn seminarlar muntazam tashkil etiladi**

Taʼlim dasturi boʻyicha masofaviy taʼlimda ishtirok etayotgan pedagoglar va oʻquvchilar soni hisobga olinib, ularning ishtiroki yuzasidan monitoring olib boriladi**

LMS (learning management system) va (yoki) taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari (EMIS PT), raqamli platformalardan foydalanish boʻyicha pedagoglar va oʻquvchilar uchun oʻquv-seminarlar (treninglar, vebinarlar) tashkil etib boriladi**

LMS va (yoki) taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari (EMIS PT) orqali taʼlim jarayonini tashkil etish, baholash va monitoring qilish imkoniyati mavjud

31.

Taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi

Taʼlim dasturi boʻyicha mavjud guruh(lar) oʻquvchilar soniga mos ravishda bufet (oshxona) mavjud boʻlib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq yuritilgan hamda bufetda (oshxonada) sogʻlom ovqatlanishga oid tavsiyalar va ratsional menyu yoʻlga qoʻyilgan

Taʼlim dasturi doirasida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda dam olish uchun oʻrindiqlar (ayvonlar) va soya joylar mavjud

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari mavjud

Sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari faoliyat koʻrsatadi, ularning jihozlari texnik jihatdan soz holda saqlanadi va yangilanib boriladi**

Taʼlim dasturi boʻyicha jihozlangan faollar zali mavjud**

Binolar (inshootlar) xavfsizlik talablariga javob beradi**

Infratuzilmadan foydalanish holati va samaradorligi baholanib, binolarning (inshootlarning) texnik holati boʻyicha yillik monitoring va hisobot yuritib boriladi**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) indikatorlarda nazarda tutilgan kasbiy taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbir rejasi, monitoring va tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6)*majburiy indikatorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**faqat amaldagi taʼlim dasturlari uchun foydalaniladigan umumiy indikatorlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2025-y., 10/25/3717/1115-son)