28.11.2025 yildagi PQ-364-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida soliq toʻlash madaniyatini yuksaltirish, mazkur jarayonlarda mahalla institutining faol ishtirokini ragʻbatlantirish hamda soliq organlarining jamoatchilik oldida hisobdorligini va faoliyatining ochiqligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) fuqarolarda “soliq toʻlash burchim” degan fikrni shakllantirish, “soliq — mahalla taraqqiyoti garovi” tamoyili asosida soliq madaniyatini yanada yuksaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) soliqlarni toʻlashda mahalla institutining faol ishtirokini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) soliq maʼmurchiligining biznesni jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamohangligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. Bunda gʻoliblarni aniqlash boʻyicha mezonlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har 1 000 nafar aholiga toʻgʻri keladigan kichik biznes subyektlari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har 1 000 nafar aholiga toʻgʻri keladigan kichik biznes subyektlari tomonidan toʻlangan soliqlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) har 1 000 nafar aholiga toʻgʻri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchilar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) har 1 000 nafar aholiga toʻgʻri keladigan oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan toʻlangan soliqlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining toʻlanganlik darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” nominatsiyasi gʻoliblari uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tashabbusli budjet doirasida ketma-ket ikki marotaba gʻolib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qoʻllanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirishda ushbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalashtirilgan taqdirda, loyiha gʻolib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) belgilangan mezonlar asosida har yili birinchi 100 talikka kirgan eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarning har biriga Davlat budjetidan 2 milliard soʻm miqdorida mablagʻ tegishlicha Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ajratilgan mablagʻlar tegishli fuqarolar yigʻini kengashi qarori asosida faqat ushbu mahalla hududi infratuzilmasini (ichki yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr taʼminotini yaxshilash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va boshqa infratuzilma loyihalarini) yaxshilash uchun yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Ochiq budjet” axborot portalida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan budjet xarajatlari maʼlumotlarini oʻzida aks ettiruvchi “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli ishga tushirilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda toʻlangan daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) toʻlangan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xarajatlar yoʻnalishlari kesimida) doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda fuqarolar uchun jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan budjet xarajatlari maʼlumotlarini yorituvchi “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” modulini ishlab chiqsin va unga “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarining yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz beruvchilar portretini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligining texnik talabnomasi asosida shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolar tomonidan toʻlangan soliq maʼlumotlarining “Ochiq budjet” axborot portalida fuqaroning oʻzi uchun koʻrinadigan shaklda toʻgʻridan-toʻgʻri shakllanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har yili 1-fevralga qadar eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalar roʻyxati shakllantirilishini hamda 10-fevralga qadar rasmiy veb-saytda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Soliq munosabatlarini tashkil etishda yangicha yondashuv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 1-yanvardan boshlab Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modelini joriy etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutgan holda eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer soligʻi boʻyicha umumiy summasi bir million soʻmdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) soliq organlari faoliyatini baholashda inson omili taʼsirisiz avtomatik shakllanadigan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etishni tizimli davom ettirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq qoʻmitasi 2026-yil 1-oktabrga qadar eksperiment natijalari asosida uni boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulklarni ijaraga berishdan olingan daromad boʻyicha toʻlangan soliq toʻliq miqdorda mulk joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) soliqlar haqidagi huquqiy bilimni oshirish va soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashni targʻib qiluvchi axborotlar ijtimoiy axborot hisoblanadi va ular belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida bepul joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) har chorakda aholi, tadbirkorlik subyektlari va jamoatchilik vakillarining soliq organlari faoliyati yuzasidan fikrlarini oʻrganib borish hamda natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmatchilarining soliq toʻlash intizomini kuchaytirish orqali aholiga namuna boʻlishini taʼminlash maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida xodimlarning soliqdan mavjud qarzdorliklari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar faqatgina vazirliklar va idoralar (tarkibidagi tashkilotlarni inobatga olgan holda) kesimida shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida har chorak yakuni bilan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soliq qoʻmitasi aholining soliq savodxonligi va soliq toʻlash madaniyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-martga qadar quyidagilarni oʻz ichiga olgan portalni ishga tushirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yosh toifasi boʻyicha moslashtirilgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oʻyinlar, elektron taʼlim materiallari va qisqa oʻquv videolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) soliqlar boʻyicha resurslar, maslahatlar va layfxaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) grafik asosida muntazam ravishda oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim muassasalari va jamoat joylarida “Soliq toʻla — kelajakka hissa qoʻsh”, “Soliq — mahalla taraqqiyotining garovi” va “Toʻlangan soliq — biznes ravnaqi” kabi qisqa shiorlar orqali targʻibot tadbirlarini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy bank har oyda jismoniy shaxslarning soliq qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari va toʻlov tashkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvchilariga ilovaning asosiy sahifasida aks ettirib borilishi yuzasidan Soliq qoʻmitasiga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar instituti tashkil etilsin va unga quyidagi qoʻshimcha ustuvor vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabab va omillarini chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi va tadbirkorlarning soliq toʻlash madaniyatini oshirish, ularga sohada qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklarini yetkazish hamda fiskal shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) soliq va bojxona maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, sohadagi tizimli muammo va toʻsiqlarni tahlil qilish va aniqlash, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ularni bartaraf qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) budjet-soliq va bojxona-tarif siyosatining milliy iqtisodiyot va fiskal barqarorlikka taʼsirini baholash, ilgʻor xorijiy tajriba asosida sohadagi tizimli muammolarga ilmiy yechim topishga qaratilgan tadqiqotlarni tashkil qilish va olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromad va xarajatlarini prognozlashtirish hamda rejalashtirish sohasini tahlil qilish, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini oshirish va mustahkamlash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilansinki, Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar instituti Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining barcha huquqlari, majburiyatlari hamda tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda muntazam ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazib, mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni hamda “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” nominatsiyasi mezonlarini tushuntirish, koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalar va tadbirkorlik subyektlari faoliyati toʻgʻrisida videoroliklar va tashviqot materiallarini tayyorlab, ularning ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va tashqi reklama vositalari orqali keng yoritib borilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining yigʻiluvchanlik darajasini oshirish va ushbu soliqlarni undirish uchun sarf etilayotgan resurslarni maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun har yili Davlat budjeti parametrlarida mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-364-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-364-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi “Baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-281-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga” soʻzlaridan keyin “hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi “Orol artemiya sanoati” davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan Orol dengizining 227 ming gektar suv osti yer maydonlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori 3-bandining “j” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi” soʻzlari “maqomi, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish shartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/364/1113-son)