1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, dasturiy mahsulotlar va IT xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda investorlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro tan olingan ilg‘or amaliyot va institutlarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Farmonning asosiy maqsadi etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish hamda xalqaro darajada raqobatbardosh va jozibador ekotizimni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) IT kompaniyalar tomonidan venchur kapitalni jalb qilish hamda xalqaro sheriklar bilan shartnomalar tuzishda ularning huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) axborot texnologiyalari va biznes jarayonlari sohasida xizmatlar eksportini rivojlantirish hamda jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyani ta’minlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) raqamli yechimlar va innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or mahalliy kompaniyalar faoliyatini rag‘batlantirish va malakali kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirish va ularning huquqlarini ishonchli himoya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-son Farmoniga muvofiq “Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi boshqaruv kengashi (keyingi o‘rinlarda — Boshqaruv kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi hududi chegaralarining tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Markaz direksiyasini aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish, uning yagona aksiyadori sifatida “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJni belgilash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Markaz organlarining faoliyatini Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Markaz organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushumlar, Markaz rezidentlarining oylik ajratmalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Markaz rezidentlari uchun soliq va bojxona ma’muriyatchiligi, mehnat munosabatlarini tartibga solish, shaxsga doir ma’lumotlar va intellektual mulkni himoya qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, nizolarni hal qilish hamda qonun hujjatlari va Boshqaruv kengashi qarorlari bilan belgilanadigan boshqa sohalarda maxsus huquqiy rejim o‘rnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Markaz hududidagi maxsus huquqiy rejim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz hududida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, biznes jarayonlar autsorsingi (BPO);
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni (R&D) amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) video o‘yinlar (GameDev) yaratish, ular uchun raqamli kontent ishlab chiqish, jumladan, grafik dizayn, video va audiokontent yaratish va tahrirlash (shu jumladan, vizualizatsiya va raqamli media);
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) raqamli kontentni (shu jumladan, elektron kitoblar, o‘quv kurslari, mediakontent) yoki dasturiy yechimlarni onlayn platformalar orqali yaratish, joylashtirish va targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlarini, bulutli hisoblash tizimlarini yaratish, ularni boshqarish va tegishli xizmatlarni ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) raqamli texnologiyalar sohasida ta’lim faoliyatini va Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra Markaz rezidentlariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning maxsus qoidalari Markaziy bank (bank xizmatlari va valyutani tartibga solish bo‘yicha) va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (sug‘urta va qimmatli qog‘ozlar sohasidagi xizmatlar bo‘yicha) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Markaz rezidentlarining maxsus huquqiy rejim doirasidagi faoliyati mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Markaz hududi va (yoki) uning yurisdiksiyasi doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Markaz rezidentlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida Markaz hududida “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi, shu jumladan, ingliz tilida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi hamda xalqaro ekspertlarning quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Markazni Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud (yurisdiksiya) sifatida e’tirof etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Markazning maxsus huquqiy rejimi doirasida uning rezidentlari va tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq boshqa tadbirkorlik subyektlarining nizolarini O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga kirmaydigan mustaqil ixtisoslashtirilgan sud tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Markaz rezidentlari uchun o‘rnatilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni tatbiq etmagan holda Markaz hududida rezident bo‘lmagan kompaniyalar tomonidan moliyaviy, konsalting, investitsiya va yuridik xizmatlar ko‘rsatilishiga ruxsat etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini o‘rnatilgan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-son Farmonining 2-bandi uchinchi xatboshisi, 3, 5, 6-bandlari va ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil etish uchun mas’ul etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 26-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-233-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-son Farmoniga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi boshqaruv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
Sh.M. Mirziyoyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Boshqaruv kengashi raisi
2.
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
3.
J.A. Qo‘chqorov
—
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri
4.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
5.
A.D. Tashkulov
—
adliya vaziri
6.
T.A. Ishmetov
—
Markaziy bank raisi
7.
D.R. Li
—
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori
8.
B.B. Xodjayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i, Boshqaruv kengashi kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Boshqaruv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-son Farmoniga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi hududi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHEGARALARINING TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Burilish nuqtalari
Burilish nuqtalari koordinatalari
Burilish nuqtalari tavsiflari
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani
1-nuqta
41°20'39.23'' SHK
69°20'12.49'' SHU
Tepamasjid va Olimlar ko‘chalari kesishmasi
2-nuqta
41°20'35.11'' SHK
69°20'19.24'' SHU
Olimlar va Mo‘minov ko‘chalari kesishmasi
3-nuqta
41°20'26.16'' SHK
69°20'9.83'' SHU
Mo‘minov va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishmasi
4-nuqta
41°20'28.88'' SHK
69°20'5.22'' SHU
3-nuqtadan Do‘rmon yo‘li va Tepamasjid ko‘chalari kesishmasiga qadar 135 metr masofadagi nuqta
5-nuqta
41°20'34.59'' SHK
69°20'10.95'' SHU
4-nuqtadan “Tepa” jome masjidi hududi tugagan nuqta
6-nuqta
41°20'35.74'' SHK
69°20'9.24'' SHU
5-nuqtadan Tepamasjid ko‘chasiga chiqish nuqtasi
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)