1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari | |||||
1. | Oʻzbek-Fransuz universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2026-yil yanvar | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Universitet |
2. | Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirish. | 1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, boshqaruv va taʼlim jarayoniga jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish. 2. Universitet taʼlim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish. | 2026-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet |
3. | Universitet hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi oʻrtasida taʼlim xizmatlari boʻyicha bitim imzolash. | 1. Universitet hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi oʻrtasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha kelishuv bitimini imzolash. | 2026-yil may | Davlat budjeti va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fransiya universitetlari konsorsiumi |
2. Kelishuv bitimini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazish. | Ikki hafta muddatda | Universitet, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||
3. Kelishuv bitimiga asosan amalga oshirilgan xizmatlar hajmidan kelib chiqib, Universitet tomonidan zarur mablagʻlar oʻtkazish. | Bitimda belgilangan muddatlarda | Universitet, Fransiya universitetlari konsorsiumi | |||
4. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning buyurtmasiga asosan Universitetga jalb qilinadigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | 1. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | Doimiy | - | Tashqi ishlar vazirligi |
2. Universitetga jalb etiladigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berish va ularni uzaytirish, shuningdek, ularni Oʻzbekistonda yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish. | Ichki ishlar vazirligi | ||||
3. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish va muddatini uzaytirish. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||||
5. | Universitetda tahsil olish istagini bildirgan xorijiy talabalar uchun oʻqishning butun davri uchun uzoq muddatli koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish. | 1. Universitet tomonidan xorijiy talabalar uchun oʻqish muddatiga muvofiq uzoq muddatli koʻp martalik viza talabnomalarini tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish. 2. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda vizalarni rasmiylashtirish. | Doimiy | - | Universitet, Tashqi ishlar vazirligi |
6. | Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 1. Universitetning dastlabki faoliyatini tashkil etish uchun uni Toshkent davlat texnika universiteti bosh binosining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirish. | 2025-yil dekabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Universitet |
2. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyining Toshkent shahri Bogʻiboʻston koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Oʻzbekiston milliy universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish. | 2026-yil yanvar | ||||
3. Toshkent shahri Bogʻiboʻston koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan bino va inshootlariga Universitetni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish hamda bino va inshootlarni xalqaro talablar asosida taʼmirlash va jihozlash. | Joylashtirish — 2026-yil mart Taʼmirlash va jihozlash — 2026-2027-yillarda | Davlat budjeti mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | |||
4. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi faoliyatini tugatish. Bunda litsey oʻquvchilariga amaldagi oʻquv binolarida oʻquv jarayonini yakunlash imkoniyati yaratiladi. | 2027-yil may | ||||
II. Universitetda oʻquv va ilmiy jarayonni tashkil etish | |||||
7. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetning tayyorlov kursi va magistratura bosqichiga talabalar qabulini tashkil etish. | 1. Fransiya universitetlari konsorsiumi bilan hamkorlikda xalqaro akkreditatsiyalangan tayyorlov kursi va magistratura mutaxassisligi dasturlarini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. | 2026-yil may | ||||
3. Nomzodlarni saralab olish va talabalar qabulini tashkil etish. | 2026-yil iyul — sentabr | ||||
8. | Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2027-yil iyul | Universitet mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fransiya universitetlari konsorsiumi |
2. Yozgi maktablarni tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish. | Doimiy | Homiylik va grant mablagʻlari | |||
9. | Universitet talabalari uchun tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malakaviy amaliyotlarni davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazishni tashkil etish. | 1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish. 2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish. 3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish. | Reja-jadval asosida | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fransiya universitetlari konsorsiumi |
10. | Fransiya oliy taʼlim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish. | 1. Fransiya universitetlari konsorsiumi bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat transport universitetidan iborat Oʻzbekiston oliygohlari konsorsiumini tashkil etish hamda uning tarkibiga zaruratga koʻra boshqa oliygohlarni kiritish. | 2026-yil mart | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Fransiya universitetlari konsorsiumi |
2. Universitet oʻquv jarayonini dastlabki bosqichda samarali tashkil etish, jumladan, taʼlim dasturlarining oʻquv-metodik hujjatlarini Fransiya universitetlari konsorsiumidagi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻzaro muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | ||||
3. Fransiya universitetlari konsorsiumi va Oʻzbekiston oliygohlari konsorsiumi tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | Doimiy | ||||
11. | Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Universitet professor-oʻqituvchilari uchun ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish. 2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. 3. Xirsh indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
III. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish | |||||
12. | Universitetda besh muhim tashabbus doirasida sport va maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish. | 1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona ajratish va uni jihozlash. | 2026-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil sentabr | ||||
13. | Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish. | 1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | Doimiy | ||||