21.11.2025 yildagi 737-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflik va raqobat tamoyillariga rioya etgan holda, davlat buyurtmachilari hamda aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridi elektron tizimi operatorining elektron tizimida “Farma.xarid.uz” modulini (keyingi oʻrinlarda — Modul) yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar (keyingi oʻrinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) boʻyicha davlat xaridlarini majburiy ravishda Modul orqali amalga oshirish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu maqsadlarda Modulni dastlabki bosqichda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning elektron tizimida joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan farmatsevtika mahsulotlari bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari boʻyicha “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlar boʻyicha “ISO:13485” sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatiga ega dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (distribyutorlar) dori vositalari va tibbiy jihozlar boʻyicha davlat xaridlarida ishtirok etishiga ruxsat beriladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda farmatsevtika mahsulotlari guvohnoma va (yoki) sertifikatlarning amal qilish muddati davomida ishlab chiqarilgan boʻlishi talab etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) farmatsevtika mahsulotlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomasi va ishtirokchilarning sertifikatlari “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan maʼlumotlar asosida Modul orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martdan boshlab Andijon va Namangan viloyatlarida roʻyxatdan oʻtgan davlat buyurtmachilari, 2026-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha davlat buyurtmachilari tomonidan farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari Modul orqali amalga oshirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va davlat xaridlari elektron tizimi operatori bilan birgalikda uch oy muddatda Modulda farmatsevtika mahsulotlarining boshlangʻich narxini aniqlash boʻyicha marketing tadqiqotlarini oʻtkazish imkoniyatlarini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing tadqiqotlari toʻgʻri oʻtkazilishini tizimli monitoring qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari jarayonlarini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Pharma.gov.uz” portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatoridan foydalanib hamda xaridlar hajmlarini koʻrsatgan holda, barcha farmatsevtika mahsulotlarining reyestrini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” sertifikatiga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatiga ega distribyutorlar va “ISO:13485” sertifikatiga ega tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilarining reyestrini shakllantirsin hamda jamoatchilik uchun eʼlon qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat buyurtmachilari va ishtirokchilar oʻrtasida tuziladigan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarda farmatsevtika mahsulotlarining narxi ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadigan referent narxlaridan yuqori boʻlmasligini Modul orqali avtomatik tarzda tekshirishni joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi mazkur shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishda (hisobga olishda) ushbu tartibga amal qilinishi yuzasidan muntazam ravishda monitoringni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi (XPN) bilan birga ularning savdo nomlari va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Portalidagi PharmID raqamlarini (keyingi oʻrinlarda — PharmID raqamlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlarning savdo nomlari bilan birga ularning PharmID raqamlarini shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar yuqori malakali, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish va qoldiqlarini samarali boshqarish boʻyicha “Elektron ehtiyoj” platformasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur platforma orqali davlat tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy jihozlar oqimi nazorat qilinadi, qoldiqlarni samarali boshqarish orqali tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Modul va platformadan foydalanish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqib, oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq belgilanayotgan tartibdan kelib chiqib, davlat xaridlari boʻyicha boshqa operatorlarning elektron tizimlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
737-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 737-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari jarayonlarini yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Davlat xaridlarining elektron tizimida (Respublika tovar-xomashyo birjasi) “Farma.xarid.uz” modulini yaratish.

1. Davlat xaridlarining elektron tizimlarida “Farma.xarid.uz” modulini (keyingi oʻrinlarda — Modul) yaratish.

2026-yil 1-yanvar

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

2. Andijon va Namangan viloyatlarida roʻyxatdan oʻtgan davlat buyurtmachilari tomonidan barcha farmatsevtika mahsulotlari xaridini Modul orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil 1-mart

3. Barcha davlat buyurtmachilariga farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari majburiy tartibda Modul orqali amalga oshirilishini joriy etish.

2026-yil 1-iyul

2.

Pharm.gov.uz portalida barcha farmatsevtika mahsulotlari, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarlarning reyestrini shakllantirish va jamoatchilik uchun eʼlon qilib borish.

Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatoridan foydalangan holda, barcha tibbiy jihozlar hamda dori vositalarining;

dori vositalari boʻyicha davlat xaridlarida “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” sertifikatiga ega mahalliy dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, ISO:13485 sertifikatiga ega tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar va “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatiga ega distribyutorlarning reyestrini modulga “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.

2026-yil 1-yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

3.

Modulda farmatsevtika mahsulotlarining boshlangʻich narxini aniqlash boʻyicha marketing tadqiqotlarini oʻtkazish imkoniyatlarini yaratish.

Modulda farmatsevtika mahsulotlarining boshlangʻich narxini geografik jihatdan yaqin davlatlardagi oʻrtacha narxlarni hamda narxlarning oʻzgarish dinamikasini tahlil qilgan holda aniqlash imkoniyatini yaratish boʻyicha tashkiliy-texnik choralar koʻrish.

2026-yil 1-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

4.

Davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlar oqimini nazorat qilish, qoldiqlarni samarali boshqarish orqali tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarga ehtiyojlarini shakllantirish va qoldiqlarni samarali boshqarish boʻyicha “Elektron ehtiyoj” modulini ishlab chiqish.

2026-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 09/25/737/1075-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)