21.11.2025 yildagi 734-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish hamda chet ellik mutaxassislarga “IT-visa” berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq raqamlashtirish sohasidagi xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy xodimlari va xalqaro startap loyihalar ishtirokchilarini Oʻzbekistonga jalb qilish orqali IT xizmatlar eksportini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) startap loyihalarning xorijiy taʼsischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga hamda oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilari, shuningdek, IT-park rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun “IT-visa” berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) IT sohasida eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro darajadagi malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi doirasida maqsadli qarzlar ajratishni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
734-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 734-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik “IT-visa” (keyingi oʻrinlarda — “IT-visa”) beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-bandning “b” kichik bandi yettinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlari va mutaxassislariga, shuningdek, IT-park rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik “IT-visa” oʻrniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ra tenglashtiriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilovaning 29-pozitsiyasi “Taʼrif” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻp martalik “IT-visa”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomning 6-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda “IT-visa”ni taqdim etish boʻyicha tavsiya beradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi 556-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IT-park rezidenti maqomiga ega boʻlgan axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasidagi eksport qiluvchi kompaniyalarga ikki yil ichida IT sohasida eksport hajmini kamida 30 foizga oshirish sharti bilan maqsadli qarzlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro darajadagi malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun xorijiy tillarni oʻqituvchi oʻquv markazlariga va shu yoʻnalishda oʻqish istagini bildirgan mutaxassislarga maqsadli qarzlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari “Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli qarz boʻyicha foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada boʻlishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-bosqich” “Subyektlar” ustunidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Yoshlar ishlari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5-bosqich” “Tadbir” ustuni 1-bandidagi “Stipendiatlarni ishga joylashtirish” soʻzlari “Stipendiatlarni ishga joylashtirishda koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 09/25/734/1071-son)