21.11.2025 yildagi 735-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish, hisobini yuritish va nazorat qilish jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olish jarayonlarini raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilib borish hamda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan yangi elektron xizmatlarni joriy qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” modulini (keyingi o‘rinlarda — elektron modul) va uning mobil ilovasini ishlab chiqsin hamda amaliyotga joriy etsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Adliya vazirligi elektron modulning mulkdori va operatori hisoblanadi, elektron modulni ishlab chiqish va uni yuritish hamda texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari vazirlikning Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) elektron modul va uning mobil ilovasi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilganini tasdiqlovchi hujjatlar (gerbli guvohnoma, QR-kodli ma’lumotnoma va boshqalar) raqamini kiritish orqali vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda to‘ldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsni dafn etishga ruxsat berilgani, qabrning sektori, uchastkasi, qatori va raqamini avtomatik ravishda shakllantirish hamda izchil ketma-ketlikda raqamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsning dafn etilgani haqidagi ma’lumotlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabr tayyorlatish, qabrni va qabr usti yodgorliklarini obod holatga keltirish kabi xizmatlarga mobil ilova orqali fuqarolar tomonidan elektron (onlayn) ariza yoki buyurtmalar berish, qabriston mudiri (nazoratchisi) haqida ochiq ma’lumotlar (F.I.O, telefon raqami) bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini avtomatik tarzda hisoblash, elektron kvitansiyalar (invoys) shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmalari bilan onlayn tarzda shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron modul va uning mobil ilovasidan to‘g‘ri foydalanilishini hamda o‘z vaqtida ma’lumotlar kiritilishini monitoring qilish, qonunbuzilishlarning oldini olish yuzasidan qabriston mudirlariga (nazoratchilariga) eslatmalar yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng real vaqt rejimida uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma bepul yuboriladi (hujjatning qog‘oz shakliga qo‘shimcha ravishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY organlaridan o‘lim qayd etilgani haqida gerbli guvohnomani olish yuzasidan tibbiyot muassasasida elektron buyurtma, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berish imkoniyatlari yaratiladi. Bunda gerbli guvohnoma manfaatdor shaxs buyurtma qilgan manzilga pochta aloqasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrga qadar Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslar tomonidan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgani haqida qabriston mudiri (nazoratchisi)ga xabar beriladi (o‘lim qayd etilganini tasdiqlovchi hujjatlar (gerbli guvohnoma, QR-kodli ma’lumotnoma va boshqalar) raqami ma’lum qilinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabriston mudiri (nazoratchisi) elektron modulga o‘lim qayd etilganini tasdiqlovchi hujjat raqamini kiritib, dafn etish sanasi va qabrning joylashuvi, vafot etgan shaxs haqida (F.I.O, tug‘ilgan sanasi), o‘lim sababi (vaqti), o‘lim qayd etilgani haqidagi hujjatning raqami, manfaatdor shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron to‘ldiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron moduldagi ma’lumotlar qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan tasdiqlangandan keyin dafn etishga ruxsat beriladi hamda elektron modulga vafot etgan shaxsning dafn etilgani haqida belgi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent shahri hokimligining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasining tegishli qabristonga biriktirilgan mas’ul xodimi o‘ziga biriktirilgan qabristonlarda dafn etish ishlarini monitoring qilib boradi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabriston nazoratchisining o‘limni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmagan holda dafn etish bilan bog‘liq harakati aniqlanganda, elektron modul orqali ushbu qonunbuzilish holati haqida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga xabarnoma yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar adliya boshqarmasi kelib tushgan xabarnoma asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi yuzasidan qabriston mudiri (nazoratchisi)ning javobgarligi masalasini hal etadi hamda dafn etilgan shaxsning o‘limini qayd qilish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi eksperiment natijasi bo‘yicha mazkur tartibni kelgusida respublikaning barcha hududlarida joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarda saqlanib kelinayotgan dafn etilgan shaxslar haqidagi so‘nggi 50 yillik mavjud ma’lumotlar elektron modulga kiritilishi va raqamlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
735-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xizmat nomi

1.

Yaqin qarindoshi dafn etilgan qabriston va qabr raqamini aniqlash xizmati

2.

Yaqin qarindoshi dafn etilgan qabrga gul ekish va suvoq qilish xizmati

3.

Qabr tayyorlash xizmati

4.

Qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish xizmati

5.

Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun maxsus avtotransport vositalaridan foydalanish xizmati

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbasi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Dafn etish sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish

1.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli (keyingi o‘rinlarda — elektron modul) va uning mobil ilovasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2026-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi

2.

Elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda dafn etishga ruxsat berish jarayonlarini o‘rgatish yuzasidan Toshkent shahridagi barcha qabriston nazoratchilariga o‘quv-seminarlari o‘tkazish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning mablag‘lari

2026-yil 15-iyun

Toshkent shahri hokimligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasidan tegishli qabristonlarga mas’ul xodim biriktirish hamda mazkur xodim tomonidan doimiy ravishda qabriston nazoratchilari faoliyatiga ko‘maklashib borish hamda monitoring qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning mablag‘lari

2026-yil 20-iyun

Toshkent shahri hokimligi

II. Dafn etish ishlarini tashkil qilish hamda aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish

4.

Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining budjetdan tashqari mablag‘larini hisobga olish va sarflash bo‘yicha shaxsiy hisobvarag‘ida har bir qabriston bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraq (kartochka) ochish yo‘li bilan ixtiyoriy xayr-ehson mablag‘larini taqsimlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning mablag‘lari

2026-yil 1-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng real vaqt rejimida uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)dagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnomani bepul yuborish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Ijrochilarning mablag‘lari

2026-yil 1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

6.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan o‘lim haqida gerbli guvohnomani olish yuzasidan tibbiyot muassasasida elektron buyurtma, YIDXP orqali onlayn ariza berish imkoniyatlarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

O‘lim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma asosida dafn etish uchun nafaqa berish tartibini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil 15-mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

III. Dafn etish ishlarini samarali nazorat qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish

8.

Davlat xizmatlari yagona reyestriga dafn etishga ruxsat berish davlat xizmatini kiritish.

Idoraviy normativ hujjat

-

2026-yil 15-mart

Adliya vazirligi

9.

Adliya organlari tomonidan elektron moduldan foydalangan holda muntazam ravishda monitoringlar o‘tkazish, qabristonlarga biriktirilgan mas’ul xodimlarning xabarnomalarini ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2026-yil 1-iyul — 31-dekabr

Adliya vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi

IV. Qabristonlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish

10.

Toshkent shahridagi qabriston mudirlarini (nazoratchilarini) elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron qurilmalar bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Hisob-kitoblarga ko‘ra

(homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar)

2026-yil 1-iyun

Toshkent shahri hokimligi

11.

Barcha qabristonlarda mavjud muammolarni (ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr va boshqalarni) aniqlash maqsadida ularni xatlov o‘tkazish hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

2026-yil 1-sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor tashkilot va idoralar

12.

Qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarda saqlanib kelinayotgan dafn etilgan shaxslar haqidagi oxirgi 50 yillik ma’lumotlarni elektron modulga kiritish va uning raqamlashtirilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

2027-yil dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 09/25/735/1072-son; 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)