ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbai | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlarni kompozit koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish: elektron raqamli imzo kalitini berish; tijorat banklarida hisobvaraq ochishga ariza topshirish va uni faollashtirish; ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish; koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish; qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq toʻlovchilarga); onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish; yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi (Tashkulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), tijorat banklari |
2. Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | ||||
2. | “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | - | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi (Tashkulov) |
3. | “ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi va “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | - | 2025-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
4. | Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida tayinlangan rahbar maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | - | 2025-yil dekabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
5. | Onlayn nazorat-kassa mashinalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini Soliq qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | - | 2025-yil dekabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
6. | “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda talabgorning litsenziya hamda ruxsat berish talab va shartlariga mos kelishini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. 2. Amaliy chora-tadbirlar. | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali koʻrib chiqish va kelishish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2025-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
8. | Quyidagi litsenziya va ruxsatnomalarni ariza beruvchilarning xohishiga koʻra tezlashtirilgan tartibda berish: turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya; konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya; moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya; veterinariya faoliyati uchun litsenziya; xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun litsenziya; xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya; avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa; ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2026-yil mart | Adliya vazirligi (Tashkulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abdurahmonov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Madaniy meros agentligi (Abdikarimov), Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Rafiqov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (Eshqoʻziyev), Turizm qoʻmitasi (Shadiyev) |
9. | Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni “Litsenziya” axborot tizimi orqali qoʻllash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi (Tashkulov) |
10. | “Litsenziya” axborot tizimida arizalarni toʻldirish jarayonida talabgorning tegishli talab va shartlarga mos kelishiga avtomatik yoki sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil may | Adliya vazirligi (Tashkulov) |
11. | “Litsenziya” axborot tizimida vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish. Ariza va taqdim etilgan hujjatlardagi raqamlashgan maʼlumotlarga axborot tizimlari yoki sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil avgust | Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Davlat muassasalariga ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda va ularning pasportlarida tegishli faoliyat yoki harakatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishga ruxsat berilgan boʻlsa, ularga ushbu faoliyatni bevosita amalga oshirishga ruxsat berish yuzasidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi (Tashkulov) |
13. | Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek, xabarnoma yubormasdan shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonunbuzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlanganda va huquqbuzarlik tasdiqlanganda, bu haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni undirilgan jarimaning oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2026-yil aprel | Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Urunov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
14. | “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2026-yil aprel | Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Urunov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
15. | 10 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | - | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Urunov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
16. | “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini amalda qoʻllash boʻyicha davlat xizmatlari markazlari va davlat tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini oʻqitish. | Amaliy chora-tadbirlar | - | Reja-grafik asosida har oyda | Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Urunov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga quyidagi tartibda tushuntirish: axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash; matbuot anjumanlarini oʻtkazish; hududlarda manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish; mustaqil ekspertlar, mutaxassislar, aholi va tadbirkorlarning fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Reja-grafik asosida | Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Urunov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xizmatlar, jumladan, bank-moliya, huquqiy, konsalting, rieltorlik, transport-logistika kabi xizmatlar hamda ularni koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi stendlar, bannerlar, onlayn reklama tablolarini joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda tadbirkorlar mablagʻlari | 2026-yil yanvar | Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), tijorat banklari, manfaatdor tashkilotlar |