11.11.2025 yildagi 714-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga “mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni jadallashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishish boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqishda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish mezonlariga alohida eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda faollik koʻrsatgan shaxslarni har tomonlama ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 11-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
714-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 714-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 6-bandi quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hududda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish, ushbu sohada faollik koʻrsatgan shaxslarni har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish”;

b) 2-ilovaning 6-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hududda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish, ushbu sohada faollik koʻrsatgan shaxslarni har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-ilovaning 6-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hududda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish, ushbu sohada faollik koʻrsatgan shaxslarni har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda hududning jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalaridagi natijalari va aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish mezonlariga alohida eʼtibor qaratiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 09/25/714/1032-son)