03.11.2025 yildagi PF-207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning ustuvor maqsadlariga erishish, giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali aholini, birinchi navbatda, yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston aholisining salomatligi va millat genofondiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish hamda bunga sabab bo‘layotgan uyushgan narkojinoyatchilikka chek qo‘yishga qaratilgan normativ-huquqiy, tezkor-profilaktik va tashkiliy-tarbiyaviy choralar kompleksini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) voyaga yetmaganlar va yoshlarimiz kelajagini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan har tomonlama asrash — barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarining dolzarb vazifasi ekanini alohida qayd etish hamda ularning bu boradagi mas’uliyatini tubdan oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish faoliyatini amalga oshirishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ta’lim muassasalarida, o‘quvchi va talabalar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qo‘yish, yoshlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni kompleks ravishda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar (keyingi o‘rinlarda — giyohvandlik vositalari) noqonuniy aylanmasiga qat’iy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham berish, bu boradagi jazo choralarini keskin kuchaytirish hamda yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni og‘irlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) giyohvandlik vositalarini respublika chegarasidan olib kirish yo‘nalishlarini, internet tarmoqlari orqali tarqatish harakatlarini, noqonuniy narkolaboratoriyalarni va narkojinoiy uyushmalarni, shu jumladan, ularga homiylik (rahnamolik) qilayotgan mansabdor shaxslarni aniqlash, ular faoliyatiga chek qo‘yish hamda jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar (prekursorlar) aylanmasi ustidan qat’iy davlat nazoratini o‘rnatish, giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanuvchi tibbiyot muassasalari, farmatsevtika korxonalari va dorixonalarning faoliyatini nazorat qilish amaliyotiga raqamli yechimlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlik hamda zaharvandlikni tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Normativ-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar bugungi kundagi amaliyot, zamon talablari va ilg‘or xorijiy tajribalarni kompleks o‘rgangan holda giyohvandlik vositalari aylanmasini tartibga solish mexanizmlari hamda narkojinoyatlarning oldini olish va fosh etishda davlat organlari va tashkilotlarining aniq mas’uliyatini belgilaydigan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) uyushgan narkojinoyatchilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarshi kurashish faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi bo‘lim kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) narkojinoyatlarning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, quyidagi qilmishlar uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki internet tarmog‘idan foydalanib o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida iste’mol qilganlik uchun o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi ma’muriy javobgarlikni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha og‘irlashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda ko‘p miqdorda har qanday usulda o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ta’lim tashkilotlarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida, internet tarmog‘idan foydalanib, xavfli yoki o‘ta xavfli retsidivist tomonidan muomalaga kiritish, shuningdek, ularni ko‘p miqdorda kontrabanda qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini (o‘tkazish maqsadisiz) ko‘p miqdorda va takroran sodir etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) voyaga yetmagan va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) voyaga yetmagan shaxsni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga jalb qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ta’lim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ta’lim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha og‘irlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) voyaga yetmagan shaxslarni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni aynan ta’lim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ularga tutash hududlarda iste’mol qilishga jalb qilganlik uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha komissiya mahkumlarning afv etishga oid murojaatlarini o‘rganishda aholi genofondiga qarshi sodir etilgan har qanday jinoyat davlat, jamiyat va shaxs uchun jiddiy xavf ekaniga hamda o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishiga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kompleks chora-tadbirlarni belgilash va ularning ijrosini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi (keyingi o‘rinlarda — Milliy dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mas’ul vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari o‘z sohaviy yo‘nalishi va hududi kesimida Milliy dastur ijrosini manzilli tashkil etish bo‘yicha har choraklik “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda Milliy dastur ijrosini tizimli ravishda nazorat qilib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (S. Gordeyev, B. Tashmatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) qoshida mas’ul vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh shtabi tarkibini shakllantirsin hamda 2025-2026-yillarda mazkur Farmon bilan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish borasidagi ishlarning natijadorligini, shu jumladan, joylarga chiqqan holda tizimli o‘rganish va monitoring qilib borishni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Milliy dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning izchil, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini doimiy ravishda va qat’iy nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Milliy dastur, sohaviy va hududiy “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda aniq natijalarga erishish yuzasidan mas’uliyat davlat organlari, idoralari va mahalliy hokimliklarning shaxsan birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin va mazkur yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligi ta’minlanmagan taqdirda, ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mas’ul davlat organlari, idoralari va mahalliy hokimliklar har oy yakunida mazkur Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish borasida qilingan aniq ishlar hamda Milliy dasturning ijrosi yuzasidan hisobotlarni Agentlikka kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) har oyda mas’ul davlat organlari, idoralari va ularning hududiy bo‘linmalari hamda mahalliy hokimliklar rahbarlarining mazkur Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning sohalar va hududlar kesimida ijrosi yuzasidan hisobotlarini eshitadi, natijadorligi bo‘yicha tanqidiy muhokamalar o‘tkazadi hamda ushbu masalaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralarini ko‘rib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) har chorakda respublikada giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish borasida mazkur Farmonga asosan ko‘rilgan manzilli choralar va erishilgan aniq natijalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish va aniqlash mexanizmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sanoat va tibbiyotda foydalaniladigan kimyoviy moddalarning sintetik narkotiklar, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy tayyorlash jarayoniga kirib borishining oldini olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekistonda muomalasi cheklangan prekursorlar ro‘yxatini xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda kengaytirish choralari ko‘rilsin hamda uni soddalashtirilgan tartibda tezkorlik bilan yangilab borish (to‘ldirish) mexanizmlari joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solish hamda ular ishlab chiqarilishidan (xorijdan keltirilishidan) boshlab realizatsiya qilinishigacha (tranzit o‘tishi, mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish, sotish, saqlash, berish va boshqa) bo‘lgan barcha jarayonlarni elektron nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi qat’iy davlat nazorati o‘rnatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agentlikka O‘zbekistonda prekursorlar muomalasi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda ularning noqonuniy aylanmasi yuzasidan vakolatli huquq-tartibot organlariga tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish yuzasidan taqdimnoma kiritish huquqi berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va Bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tuzilmalarida, mavjud shtatlar doirasida, prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solishga va bu borada uning barcha bosqichlarida qat’iy davlat nazorati mexanizmlarini belgilashga, shuningdek, prekursorlarning noqonuniy muomalasi hamda ulardan foydalanish tartibini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kiritishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar bergan yoki aniqlashga ko‘maklashgan fuqarolarni munosib rag‘batlantirish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar Internet tarmog‘idagi narkodo‘konlarni hamda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash va bloklashga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida xakaton o‘tkazsin hamda eng maqbul takliflarni tanlab olib, amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil yakuniga qadar ichki ishlar organlarining barcha profilaktika inspektorlarini xizmat olib borayotgan mahallalar hududida g‘ayriqonuniy narkolaboratoriyalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlovchi sexlarni aniqlash bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilsin hamda ularning bu boradagi samarali faoliyatini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan munosib rag‘batlantirish yoki boshqa idoralar (sohaviy bo‘linmalar) tomonidan mahallada aniqlangan taqdirda intizomiy jazo choralarini qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Mudofaa sanoati agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar ichki ishlar organlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari namunalarini ekspress tekshirish bo‘yicha eng zamonaviy texnik vositalarni xarid qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-207-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AMALIY HARAKATLAR MILLIY DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ustuvor yo‘nalishlar

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar*

I. GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH SOHASIGA OID MILLIY QONUNCHILIK BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda narkojinoyatchilikning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, ularga qarshi kurashish bo‘yicha jinoiy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish.

Jinoyat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish:

narkojinoiy uyushma, yashirin narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash, narkotiklarni noqonuniy muomalaga kiritish bilan bog‘liq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda homiylik (rahnamolik) qilish yoki xabar berish uchun qat’iy javobgarlikni belgilash;

voyaga yetmagan shaxsni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga jalb etganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ta’lim tashkilotlari hamda ularga tutash hududlarda, internet tarmog‘idan foydalanib, shuningdek, voyaga yetmaganlarga o‘tkazganlik uchun javobgarlikni keskin og‘irlashtirish;

ayrim narkojinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibini joriy etish va boshqalar.

2025-yil noyabr

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

DXX

(B. Kurbanov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

SSV

(A. Xudayarov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlar ustidan ishonchli davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy mexanizmlarni joriy etish.

“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar bergan yoki aniqlashda ko‘maklashgan fuqarolarni rag‘batlantirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar mavjud dori preparatlariga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni aniqlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda o‘tkazish tartibini hamda ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solishga va bu borada uning barcha bosqichlarida qat’iy davlat nazoratini o‘rnatishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish respublika jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2026-yil yanvar

Narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

Narkojinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq moliyaviy jihatlarni bir vaqtning o‘zida tekshiruvdan o‘tkazish amaliyotini joriy etish.

2026-yil avgust

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

II. NARKOTIKLAR VA O‘QOTAR QUROLLARNI NAZORAT QILISH AGENTLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Yashirin narkolaboratoriyalar va narkotiklar tarqalishini barvaqt aniqlash bo‘yicha manzilli choralarni belgilash.

Giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda ishlab chiqarishda qo‘llanadigan asbob-uskuna, turli kimyoviy moddalar reyestrini shakllantirish va muomalasini nazoratga olish choralarini ko‘rish.

2026-yil yanvar

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

IIV

(A. Tashpulatov),

DXX

(B. Kurbanov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

hududiy komissiyalar,

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy ta’lim muassasalari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari va rejalariga yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlash metodikasini o‘qitish bo‘yicha mavzularni kiritish.

2026-yil yanvar

Hududiy ichki ishlar organlari va “mahalla yettiligi” vakillari uchun mahallalarda yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlarini tashkil etish.

2026-yil yanvar — may

(alohida reja-grafik asosida)

Respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda kuzatilayotgan tendensiya bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilish.

“Narkovaziyat tahlili” dasturini ishlab chiqish, unga mutasaddi vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2026-yil iyun

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

SSV

(A. Xudayarov),

Milliy statistika qo‘mitasi

(B. Hamrayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligida Situatsion markazni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil avgust

Respublikadagi narkovaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-sahifalar orqali keng jamoatchilikka yetkazib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Har chorakda

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda ularning eng faollarini rag‘batlantirish.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan milliy loyihalarni amalga oshirish.

2026-yil davomida

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

NNT Milliy assotsiatsiyasi

(K. Ishanxodjayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha “Targ‘ibot a’lochisi respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazishni yuqori darajada tashkil etish.

2026-yil may

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” idoralararo ko‘krak nishonini Hukumat qarori bilan ta’sis etish hamda rag‘batlantirib borishni (shu jumladan, faol yoshlarni ham) yo‘lga qo‘yish.

2026-yil mart

Sohaga oid xalqaro tadbir va umume’tirof etilgan sanalarni O‘zbekistonda o‘tkazish.

Butunjahon psixiatrlar assotsiatsiyasining (WPA) yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tashkilotga taklif kiritish.

2025-yil dekabr

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

TIV

(B. Saidov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish choralarini ko‘rish.

2026-yil mart

BMTning Yaqin va O‘rta Sharqda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha kichik qo‘mitasining 58-sessiyasini O‘zbekistonda yuqori darajada tashkil etish hamda unda 2027-yil BMTning Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyasiga a’zolik uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlash tashabbusini ilgari surish.

2026-yil sentabr

“26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish.

2026-yil iyun

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish.

Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari mas’ul kotiblarining sohaga oid bilim va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish.

2026-yil yanvar — mart

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik

va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini joyiga chiqqan holda tanqidiy o‘rganish va takomillashtirish (mas’uliyatini oshirish) yuzasidan choralarni belgilash.

2026-yil fevral — iyul

(reja-grafik asosida)

Sohaga oid ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish.

Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi, giyohvandlik vositalari hamda ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha izlanishlar va tahlillarni yorituvchi davriy ilmiy nashrni joriy etish.

2026-yil may

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

TIV

(B. Saidov),

Oliy attestatsiya komissiyasi

(A. Yusupov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani yuqori darajada o‘tkazish.

2026-yil oktabr

Giyohvandlikka chalinish (latent giyohvandlik) holatlari tarqalganligini respublika miqyosida aniqlash maqsadida epidemiologik tadqiqot o‘tkazish.

2026-yil noyabr

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish yo‘nalishida doktorlik tadqiqotini olib borib, muvaffaqiyatli himoya qilgan va uning natijalarini amaliyotga joriy etgan tadqiqotchilarni o‘zlari ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan besh yil davomida rag‘batlantirib borish tartibini joriy etish.

2026-yil mart

Faoliyati giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan muzey tashkil etish.

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi binosida “Narkotiklar muzeyi”ni tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil dekabr

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Madaniy meros agentligi

(B. Abdikarimov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

III. ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.

Quyidagi yo‘nalishlarda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan manzilli choralarni belgilash, tezkor-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish:

giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarni respublika chegarasi va bojxona postlaridan kirib kelish yo‘nalishlarini, viloyatlararo tranzit yo‘llari hamda ular bilan bog‘liq harakatlarini aniqlash (chek qo‘yish);

internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlar sxemalarini aniqlash va bartaraf etish;

yashirin narkolaboratoriyalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlovchi sexlarni aniqlash va faoliyatiga chek qo‘yish.

2025-2026-yillar davomida faol holda

IIV

(A. Raxmatullayev),

DXX

(kelishuv asosida),

Bojxona qo‘mitasi

(O. Choriyev),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov)

Narkojinoyatlarga qarshi faol kurashish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati sohasida professional kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish.

IIV Akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan iqtidorli kursantlardan iborat narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha alohida o‘quv guruhlarini shakllantirish va ularni o‘qitish jarayonini quyidagilarni nazarda tutgan holda tashkil etish:

narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish taktika va metodikalari bo‘yicha alohida o‘quv dasturini joriy etish;

o‘quv jarayonini dual ta’lim tartibida yo‘lga qo‘yib, kursantlar amaliy mashg‘ulotlarni bevosita ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor-qidiruv xizmati bo‘linmalarida o‘tashi mexanizmlarini qat’iy belgilash;

kursantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish;

o‘quv jarayonini muntazam ravishda monitoring qilib borish hamda natijalaridan kelib chiqqan holda ushbu yo‘nalish bo‘yicha kursantlarni doimiy o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

IIV Akademiyasini ushbu yo‘nalishda tamomlagan bitiruvchilarni ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor-qidiruv xizmati bo‘linmalariga xizmatga yuborilishini ta’minlash.

2025-2026 o‘quv yilidan boshlab

IIV

(A. Raxmatullayev,

D. Nazarmuxamedov),

IIV Akademiyasi

(R. Xatamov)

Narkojinoyatlarning oldini olish va qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor-profilaktik tadbirlarni jadallashtirish.

Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish.

2025-yil noyabr-dekabr

2026-yil mart-aprel

2026-yil iyul-avgust

IIV

(A. Tashpulatov),

DXX

(B. Kurbanov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud o‘simliklarni aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha “Qora dori — 2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish.

2026-yil may-iyun,

avgust-sentabr

IIV

(A. Tashpulatov),

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

hududiy komissiyalar,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish yo‘nalishida tezkor-profilaktik tadbirlar kompleksini tashkil etish.

Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligini o‘tkazish.

2026-yil fevral, aprel, oktabr

IIV

(A. Tashpulatov),

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Maktablarning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari hamda oliy ta’lim tashkilotlari profilaktika inspektorlarida giyohvandlikni aniqlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlarni o‘tkazish.

2026-yil yanvar — aprel

Narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar bilan kompleks profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish.

Sud hukmi chiqqanidan so‘ng narkojinoyat sodir etgan shaxsning mahallasida, ko‘chasida jinoyat muhokamasini tashkil etish.

Har haftada

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan ularning kelgusida qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazish.

Har oyda

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Narkojinoyat sodir etib, probatsiya va profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarish hamda ularni turmush tarzi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

Bunda ularga mahallada yuqori obro‘-e’tiborga ega shaxslarni nomma-nom biriktirish.

Har kuni

IIV

(A. Tashpulatov),

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini o‘z hududida narkojinoyatlarni, ayniqsa, yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlashga qaratilgan usullarga o‘qitish hamda ularning bu boradagi faoliyat natijadorligini baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil dekabr

IIV

(A. Tashpulatov)

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni aniqlashda kinologiya xizmati faoliyatini kuchaytirish.

Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni aniqlash bo‘yicha Toshkent shahri tajribasini respublikaning qolgan hududlariga joriy etish.

2026-yil aprel — iyul

IIV

(A. Tashpulatov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

DXX

(kelishuv asosida)

Giyohvandlik vositalarining namunalarini ekspress tekshirish jarayonida zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash orqali tezkor-qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirish.

Ichki ishlar organlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari namunalarini ekspress tekshirish bo‘yicha zamonaviy texnik vositalarni xarid qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

2026-yil mart

IIV

(A. Tashpulatov),

Mudofaa sanoati agentligi

(M. Ibodullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Narkotik moddalar ta’sirida transport vositasini boshqargan haydovchilarni aniqlashni yo‘lga qo‘yish.

Ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati inspektorlarini bosqichma-bosqich ekspress-narkotestlar bilan ta’minlash.

2026-yil dekabr

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Narkotik moddalar ta’sirida transport vositasini boshqargan haydovchilarni ekspress-narkotest yordamida aniqlashni boshlash choralarini ko‘rish.

IV. SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Maktab o‘quvchilari orasida giyohvandlik vositalari iste’molini erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazish.

Eksperiment tariqasida Toshkent shahridagi 10 ta maktabda 9 — 11 sinf o‘quvchilari bilan anonim so‘rov o‘tkazish orqali xavf guruhini aniqlash.

Xavf guruhlari bilan psixologlar ko‘magida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil dekabr,

doimiy ravishda

SSV

(A.Xudayarov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

IIV

(A. Tashpulatov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzoqov)

Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikning tarqalganlik holatini aniqlash bo‘yicha yangi metodika ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil yanvar — mart

SSV

(A. Xudayarov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

IIV

(A. Tashpulatov)

Aholining maxfiylik saqlangan holda narkologik yordam olish imkoniyati to‘g‘risida xabardorligini oshirish.

Konfidensial narkologik maslahat berish bo‘yicha Call-markaz to‘g‘risida jamoat joylarida va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar joylashtirish.

Doimiy ravishda

SSV

(A. Xudayarov),

MTRK

(A. Djurabayev),

hududiy komissiyalar

Maxfiyligi saqlangan holda narkologik yordam olish tartibi va imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish.

2025-yil dekabr,

keyinchalik har oyda

Aholiga narkologik xizmat ko‘rsatish, narkotiklar va prekursorlarning qonuniy muomalasini nazorat qilish sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

Giyohvandlik vositalaridan og‘ir zaharlanish holatlari bo‘yicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil iyul

SSV

(A. Xudayarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik muammolari bo‘yicha maxfiyligi saqlangan holda tibbiy va psixologik maslahat beruvchi mobil ilova yaratish.

2026-yil aprel — sentabr

Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori preparatlarini, shuningdek, prekursorlarni respublika hududiga kirib kelishidan (respublikada ishlab chiqarilishidan) boshlab, iste’molchiga yetib borgunga qadar bo‘lgan jarayonni raqamlashtirish choralarini ko‘rish.

2026-yil may

Respublikada muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan ro‘yxatlarga kiritilgan tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan dori vositalari to‘g‘risida dorixonalarni tezkor elektron xabardor qilish tizimini yaratish.

2026-yil dekabr

Giyohvand bemorlarni davolash tizimini takomillashtirish.

Transkranial magnit stimulyatsiyasi va biologik qayta aloqa davolash usullarining klinik bayonini ishlab chiqish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimiga joriy etish.

2026-yil fevral — may

SSV

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi reanimatsion brigadalarni giyohvandlik vositalaridan og‘ir zaharlanishni bartaraf etish uchun (Nalokson) maxsus dori vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil aprel

Opiy retseptorlari antagonisti bo‘lgan “Naltrekson” dori vositasini qo‘llab-quvvatlovchi terapiya sifatida joriy etish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish choralarini ko‘rish.

2026-yil iyun

Aholiga sifatli narkologik xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish.

Aholiga narkologik xizmat ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

davlat-xususiy sheriklik asosida aholiga sifatli va qulay narkologik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish;

aholiga pullik narkologik xizmat ko‘rsatuvchi xususiy klinikalarga imtiyozlar berish orqali faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

narkologik xizmat ko‘rsatish muassasalarida giyohvandlikka chalingan voyaga yetmaganlar va ayollar uchun alohida ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarni tashkil etish;

narkologik xizmat ko‘rsatish muassasalarida alkogolizm va giyohvandlikka chalingan bemorlarni bir-biridan ajratgan holda davolash mexanizmlarini belgilash;

narkolog shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish;

narkologiya xizmati jozibadorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash;

transport vositasini narkotik moddalar ta’sirida boshqargan haydovchilarni bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil mart

SSV

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvand bemorlarni reabilitatsiya qilish amaliyoti samaradorligini oshirish.

Jazo o‘tayotgan giyohvandlikka chalingan bemorlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish jarayonlariga milliy klinik protokollar va milliy standartlarni joriy etish.

2026-yil iyul

SSV

(A.Xudayarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlarni ijtimoiy hayotga qaytarish samaradorligini oshirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimida Addiktologiya tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazini tashkil etish ishlarini boshlash.

2026-yil may

SSV

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarining narkotiklarni iste’mol qilganlik holatini ixtiyoriy ravishda tekshirib borilishi uchun imkoniyat yaratish orqali oilaviy nazorat rolini kuchaytirish.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilganlikni aniqlashga mo‘ljallangan ekspress-narkotestlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil mart — iyun

SSV

(A. Xudayarov),

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

(A. Temirov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Barcha fuqarolarga qulay bo‘lishi uchun dorixonalarda muntazam ravishda mahalliy ekspress-testlar mavjud bo‘lishini hamda retseptsiz sotilishini tashkil etish choralarini ko‘rish.

2026-yil iyul-avgust

Narkologik xizmat bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish.

Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surish.

2026-yil oktabr

SSV

(A. Xudayarov),

TIV

(B. Saidov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Respublikaga kirib kelayotgan biologik faol moddalar nazoratini kuchaytirish.

Biologik faol moddalarning tarkibida giyohvandlik vositalari mavjudligini aniqlashga qaratilgan majburiy tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil may

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning qonuniy muomalasini nazorat qilish faoliyatini boshqarishni takomillashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2026-yil iyun

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

V. YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targ‘ibot hamda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish.

Tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida “Antinarko” yoshlar front-ofislarini tashkil etish hamda volontyorlar jamoasi tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha manzilli targ‘ibot ishlarini olib borish.

2025-yil dekabr,

doimiy ravishda

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(O. Xasanov),

Toshkent shahar va Farg‘ona viloyati hokimliklari

Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida videoroliklar, rasmlar va insholar tanlovlarini o‘tkazish.

2026-yil fevral — may

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

IIV

(A. Tashpulatov),

SSV

(A. Xudayarov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(O. Xasanov)

Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

har oyda

Oliy ta’lim tashkilotlarida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish.

har chorakda

Maktab o‘quvchilarining giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolishlarini oldini olish bo‘yicha yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshiriladigan choralar metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil yanvar

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

IIV

(A. Tashpulatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari boshchiligida faol talabalardan iborat “Yosh targ‘ibotchilar guruhlari”ni tashkil etish va ular tomonidan giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan maqsadli targ‘ibot ishlarini olib borish.

2025-yil dekabr,

doimiy ravishda

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. TA’LIM TASHKILOTLARI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda ta’lim muassasalarining rolini kuchaytirish.

Yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qo‘shma murojaat tayyorlash va keng jamoatchilikka yetkazish.

2025-yil noyabr

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov),

SSV

(A. Xudayarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Umumta’lim maktablari o‘qituvchi va inspektor-psixologlari tomonidan o‘quvchilarning zararli odatlari to‘g‘risida ota-onalarini xabardor qilish mexanizmini yaratish.

2026-yil yanvar

Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini o‘quvchilarga kreativ tarzda yetkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish.

2026-yil yanvar — mart

Barcha tuman (shahar) markazlaridagi 1 tadan maktabda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yorituvchi ko‘rgazmali burchaklarni tashkil etish.

2026-yil mart

Maktab va oliy ta’lim muassasasining aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish bo‘yicha manzilli yillik reja”larini tasdiqlash va amalga oshirish.

2026-yil yanvar

O‘quvchi-talabalar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishning yangi tizimini joriy etish.

O‘quvchilar orasida “Rad etish ko‘nikmalari”, “Mening tanlovim — sog‘liq” kabi psixologik trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

2026-yil yanvar — aprel

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova)

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Maktab o‘quvchilari orasida giyohvandlik vositalarining iste’molini erta aniqlash uchun rejali psixolog va zarur hollarda narkolog maslahatlari amaliyotini joriy etish.

Rejaga muvofiq

“Mahalla — oilaviy poliklinika — ta’lim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Maktablarda “Xavfsizlik otryadlari” hamda oliygohlarda “Qalqonxavfsizlik patrullarini tashkil etish hamda ular yordamida ta’lim tashkilotlarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish choralarini amalga oshirish.

2026-yil fevral

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov)

“Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan foydalangan holda oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida “Giyohvandlik umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishidagi bellashuvlarni tashkil etish.

2026-yil fevral — aprel

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

Narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishish maqsadida o‘quvchi va talabalarning jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish.

Bunda o‘quvchi va talabalarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari bilan tanishishi, ularni ogohlikka chaqirish imkoni yaratiladi.

Har chorakda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov)

O‘quvchi-talabalar o‘rtasida narkojinoyatlarni barvaqt aniqlash.

“Ta’lim — oila — mahalla” tamoyili asosida Giyohvandlikdan holi ta’lim muassasasi konsepsiyasini tasdiqlash va amalga oshirish choralarini belgilash.

2025-yil noyabr

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Narkojinoyatga aloqador o‘quvchi va talabalar haqida anonim xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha maktab va oliy ta’lim tashkilotlarida ichki ishlar organlari tomonidan muhrlanadigan maxsus qutilarni o‘rnatish hamda tushayotgan xabarlarni tekshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil dekabr

Narkojinoyat sodir etishga moyil (sodir etayotgan) o‘quvchi va talabalarni aniqlagan va huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabar bergan pedagoglar tarkibini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish.

2026-yil fevral

VII. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Aholining giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari haqida ogohligini oshirishda mobil aloqa operatorlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish.

Mobil aloqa abonentlariga profilaktik ogohlantirish bo‘yicha SMS xabar yuborish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Har hafta

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

Internet tarmog‘idagi narkodo‘konlarni, giyohvandlik tarqalganligini aniqlash va bloklash uchun yoshlar o‘rtasida xakaton o‘tkazish.

2026-yil yanvar — may

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Xakatonda yaratilgan eng maqbul dasturlarni tanlab olib, bosqichma-bosqich joriy etish.

2026-yil dekabr

Narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etishda internetning global qidiruv tizimlari hamda messenjerlar imkoniyatlaridan foydalanish.

Narkojinoyatlar bilan bog‘liq vositalar (moddalar) joylashuv (lokatsiya) larini yuborgan akkauntlar haqida ma’lumot olish uchun “Google” global qidiruv tizimi va messenjerlar (“Telegram”, “WhatsApp”) mas’ullari bilan muzokaralar olib borish hamda o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.

2026-yil yanvar — mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Raxmatullayev,

Z. Kurbanov),

DXX

(kelishuv asosida),

mutasaddi vazirlik va idoralar

VIII. MIGRATSIYA AGENTLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Xorijiy davlatlarda turli maqsadlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish choralarini ko‘rish.

Xorijdagi fuqarolarimiz uchun tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi profilaktik ishlarni amalga oshirish.

Alohida reja-grafik asosida

Migratsiya agentligi

(B. Musayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazabekov),

TIV

(B. Saidov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Migratsiya agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi kontentlarni joylab borish.

Har oyda

Xorijga ishlash maqsadida ketayotgan shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlarini tashkil etish.

Aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara bojxona postlarida giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tarqatish.

2025-yil dekabr

Migratsiya agentligi

(B. Musayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(Z. Narzullayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketayotgan fuqarolarning narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi bo‘yicha ogohligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy ravishda

IX. O‘ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlik va narkojinoyatlarni aniqlashda jamoatchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Mahalla raislari tomonidan narkolaboratoriya mavjudligiga shubha qilingan xonadonlar haqida profilaktika inspektoriga xabar berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil davomida

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

IIV

(B. Abdullayev),

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Aholi orasida biofaol qo‘shimchalarni, ayniqsa, ozdiruvchi vositalarni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish oqibatida kelib chiquvchi noxush holatlar, salomatlikka ta’siri haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

Har oyda

Mahallalardagi latent (yashirin) giyohvandlar to‘g‘risida huquq-tartibot idoralariga xabar berish tartibini belgilash.

2025-yil dekabr

Mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish.

Madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha uchrashuvlarini o‘tkazish.

Har oyda

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Narkojinoyatlardan holi mahalla” tamoyili ostida sport musobaqalari va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish.

Har chorakda

“Mahalla — oilaviy poliklinika — ta’lim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish.

Har oyda

X. MUDOFAA VAZIRLIGI VA MILLIY GVARDIYA MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Harbiy xizmatchilar orasida giyohvandlik tarqalishini oldini olish bo‘yicha manzilli tadbirlarni tashkil etish.

Qurolli Kuchlar safiga muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqiriluvchilar hamda harbiylarni majburiy tibbiy laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2026-yil iyul

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish va qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish.

Reja asosida

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

Harbiy qismlarda “Giyohvandlik vositalariga qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar o‘tkazish.

Har oyning 5 sanasida

“Jasorat” maktablarida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish.

Har oyning 10 sanasida

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish.

Mahallalar, ta’lim tashkilotlarida harbiy texnika va o‘qotar qurollar ko‘rgazmalari hamda harbiy jang san’ati bo‘yicha chiqishlarni tashkil etish.

Har oyda

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

XI. BOJXONA QO‘MITASI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Chegara o‘tkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish.

Chegara o‘tkazish punktlari va bojxona postlari uchun zamonaviy maxsus texnik vositalarni xarid qilish choralarini ko‘rish.

Reja asosida

Bojxona qo‘mitasi

(A.Mavlonov),

DXX

(kelishuv asosida),

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

TIV

(B. Saidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Chegara o‘tkazish punktlari va bojxona postlari xodimlarining xorijiy davlatlarning maxsus o‘quv muassasalarida malakasini oshirish.

2026-yil davomida

Respublika hududiga giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmini takomillashtirish.

Giyohvandlik vositalarini “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirini amalga oshiruvchi idoralararo normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish.

2026-yil mart

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

IIV

(A. Tashpulatov),

DXX

(B. Kurbanov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Respublika hududiga kirib keladigan va tranzit yuklar, xalqaro pochta jo‘natmalari xususida qo‘shni va xorijiy davlatlar bilan dastlabki ma’lumotlar elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil aprel

Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qo‘mitasining ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rish.

2026-yil may

XII. MADANIYAT VAZIRLIGI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Aholi orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish.

Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy konsert va festivallarda giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashishni targ‘ib qilish.

Har oyda

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida musiqiy fleshmoblarni o‘tkazish.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida sportchi, san’atkor, taniqli shaxslar ishtirokida chellenj o‘tkazish.

Giyohvandlikka qarshi qaratilgan ta’sirchan ijodiy mahsulotlarni yangicha yondashuv asosida tayyorlash.

Ishlab chiqilayotgan film, spektakl va kliplarda giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari haqidagi mavzularni yoritish.

Har oyda

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Voyaga yetmaganlar uchun giyohvandlikning salbiy oqibatini yorituvchi animatsion va multiplikatsion filmlar ishlab chiqish.

Har chorakda

O‘zbekiston davlat satira teatrida sahnalashtirilgan “Totli ro‘yolar” spektaklining ommaviy namoyishini tashkil etish.

Spektaklni respublikaning barcha hududlarida namoyish etish.

Reja-grafik asosida

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Spektaklning O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oltin fondi”da qoldirish maqsadida tasvirga olish, shuningdek, spektaklni telekanallar orqali efirga uzatib borish.

2025-yil dekabr

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

MTRK

(A. Djurabayev)

XIII. OILA VA XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi mafkuraviy immunitetni oshirish.

Xotin-qizlar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan “Sharq ayoli ma’rifati” loyihasini ishlab chiqish va mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashuv hamda seminarlar tashkil etish.

2025-yil noyabr,

reja asosida

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

(U. Abdullayeva),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi murosasiz muhitni yaratish.

Mahallalarda xotin-qizlar faoli tomonidan “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” shiori ostida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Har oyda

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

(U. Abdullayeva),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xotin-qizlar faoli tomonidan “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida har oyda kamida 20 ta oila bilan tushuntirish ishlari olib borishni yo‘lga qo‘yish.

XIV. FANLAR AKADEMIYASI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlikni erta aniqlashga mo‘ljallangan diagnostika vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Giyohvandlik vositalarini iste’mol qilganlikni aniqlashga mo‘ljallangan ekspress-narkotestlarni ishlab chiqarish.

2026-yil mart — iyun

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

SSV

(A. Xudayarov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

Texnik kannabis o‘simligining yangi urug‘ navlarini yaratish choralarini ko‘rish.

Sanoat maqsadlarida yetishtirilayotgan texnik kannabis o‘simligining yangi urug‘ navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

IIV

(A. Tashpulatov)

XV. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MAS’ULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy harakatlarni keng yoritib borish.

Chora-tadbirlarni keng yoritishga qaratilgan media-rejani ishlab chiqish va ijrosini sifatli tashkil etish.

2025-yil noyabr,

reja asosida

MTRK

(A.Djurabayev),

O‘zbekiston

Milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston milliy media birlashmasi

(A. Abdutalipov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlari yordamida aholi orasida narkojinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilganligi haqida keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

2026-yil davomida

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan kamida 4 ta maxsus ko‘rsatuv va radio eshittirishni efirga uzatish.

Har oyda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur ustunda ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning barchasi vazifalar ijrosi uchun bir xilda mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoniga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 7-pozitsiyada “Nazorat sohasi” ustunidagi “va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi mazmundagi 45-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

45.

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, shuningdek, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish faoliyati ustidan nazorat

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada giyohvandlik vositalari va o‘qotar qurollar bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari va o‘qotar qurollarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu borada qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi sohasida nazorat funksiyasini amalga oshirish hamda ularning noqonuniy muomalasi yuzasidan qat’iy choralar ko‘rib borilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari va o‘qotar qurollar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini ekspert jihatdan baholash, bu borada yagona axborot almashuvi va idoralararo hamkorlikni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari va o‘qotar qurollarni nazorat qilish sohasida xorijiy davlat tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan manzilli hamkorlikni o‘rnatish, giyohvandlik vositalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni tartibga soluvchi konvensiyalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan BMTga yillik ma’ruzalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlikning oldini olish, giyohvandlik vositalari va o‘qotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni doimiy o‘rganish hamda uning natijalarini joriy etish va ommalashtirish bo‘yicha metodika, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari va o‘qotar qurollarni nazorat qilish samaradorligini oshirish yo‘nalishida milliy va xalqaro konferensiyalar hamda simpoziumlarni o‘tkazish choralarini ko‘rish, mas’ul davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlarni tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 4-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi, “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Milliy markaz” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Milliy markaz” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agentlik direktori hamda uning o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, ijtimoiy himoya va tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi bo‘yicha tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiriga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning rahbarlari va xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbarlari va xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari, ijtimoiy himoya va tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi qo‘llaniladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 6-bandda “Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazining” so‘zlari “Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 7-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Milliy markazga” so‘zlari “Agentlikka” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 8-bandning birinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Milliy markaz” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) 9 va 10-bandlardagi “Milliy markaz” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori, Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

B.D. Islamov

Oliy sud raisi

B.N. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri

J.A. Qo‘chqorov

iqtisodiyot va moliya vaziri

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri

A.I. Ikramov

sport vaziri

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

B.E. Zaxidov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

K.K. Kuranbayev

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi

O.A. Xasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori

A.A. Djurabayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qo‘mitasi raisi

Z.B. Maxkamova

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktorining o‘rinbosari, Davlat komissiyasi mas’ul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Davlat komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-4438-son qarorining birinchi bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)