31.10.2025 yildagi PQ-322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, goʻsht, sut, tuxum, baliq, oʻsimlik yogʻi va kartoshka bilan kafolatli taʼminlash, chorvachilik xoʻjaliklarining ozuqa bazasini tubdan yaxshilash, ularning faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish va narxlar barqarorligini saqlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mavjud yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish hisobiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) respublika aholisi ehtiyoji uchun ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish hamda toʻliq zanjirda moyli, ozuqabop, kartoshka va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, moyli va ozuqabop mahsulotlarni qayta ishlovchi, naslli chorva va parranda yetishtiruvchi hamda veterinariya xizmati koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) kelgusi 3 yilda yirik shoxli qoramollar sonini qoʻshimcha 445 ming boshga, qoʻy va echkilar sonini 1,7 mln boshga, parrandalar sonini 10,3 mln boshga, baliq yetishtirish hajmini 54 ming tonnaga, kartoshka yetishtirish hajmini 200 ming tonnaga, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarishni 30 ming tonnaga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Moliyaviy resurslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasining (J. Qoʻchqorov) oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, naslli chorva va parranda yetishtiruvchi hamda veterinariya xizmati koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari tomonidan ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 12 oy muddatga imtiyozli kreditlar ajratish. Bunda quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) kredit qaytmasligi xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) kafillik yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa taʼminot turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yil 10-dekabrdan 2030-yil 31-dekabrga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan yoʻnalishlar va shartlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidan qatʼi nazar:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Markaziy bank asosiy stavkasining (keyingi oʻrinlarda — asosiy stavka) ikki barobaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha boʻlgan qismini qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 8 foizdan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha boʻlgan qismini qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarining 50 foizigacha, biroq 10 mlrd soʻm ekvivalentidan oshmagan qismiga kafillik taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yirik va mayda shoxli qoramollarni boqishga ixtisoslashgan mahallalarga naslni yaxshilash uchun xorijiy va mahalliy veterinar va boshqa mutaxassislarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan jalb qilish, bunda xarajatlarning 50 foiz qismini ularning xulosasiga asosan tegishliligi boʻyicha Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtiruvchi subyektlarga mahsulot yetishtirishda sugʻorish tadbirlari uchun oʻz balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foiz qismini Davlat budjetidan qoplab berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda dastlabki bosqichda yirik va mayda shoxli qoramollarni boqishga ixtisoslashgan 200 ta mahalla roʻyxatini shakllantirsin va 2026-yil 1-yanvardan xorijiy va mahalliy veterinarlarni jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibining amal qilish muddati 2030-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) nasldor bir kunlik joʻjalar importi uchun belgilangan subsidiya 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2030-yil 31-dekabrga qadar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan goʻsht yoʻnalishida ushbu nasldor bir kunlik joʻjalar xarid qilinganda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror bilan Kompaniyaga qoʻshimcha vazifalar yuklatilganini inobatga olib, Kompaniya hisob-kitoblariga koʻra kelgusi yillarda Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi va Kompaniyaga yoʻnaltirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Chorvachilikni yanada rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan 2027-yil yakuniga qadar tirik yirik shoxli qoramol (TIF TN boʻyicha kodi 0102) va tirik qoʻy va echkilarni (TIF TN boʻyicha kodi 0104) import qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini 180 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash (qaytarib berish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2026-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda veterinariya ruxsatnomasi va sertifikati xavfni tahlil qilish natijalariga koʻra beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) veterinariya ruxsatnomasi va sertifikati 2 baravar qisqartirilgan muddatda koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ozuqabop mahsulotlarni yetishtirish uchun 49 yilga ijaraga berilgan yerlar hamda umumiy paxta-gʻallachilik va chorvachilik xoʻjaliklarining 10 gektardan kam boʻlmagan yerlarining 1 foiz, lekin 20 sotixdan koʻp boʻlmagan qismida yirik va mayda shoxli qoramollarni saqlash uchun yengil konstruksiyali bino, suv rezervuari va ozuqa saqlash omborxonalarini qurishga ruxsat beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) kamida 60 bosh yirik va 100 bosh mayda shoxli mollarni boqish boʻyicha loyihalar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qurilish yakunlanganidan keyin 6-oydan boshlab qoramol soni boʻyicha talab bajarilmagan taqdirda, qurilgan obyekt noqonuniy qurilma sifatida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Zarurat yuzaga kelganda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga kiritilmagan korxonalardan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish uchun tegishli veterinariya ruxsatnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat berilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) zarurat yuzaga kelgan hollar Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mahsulotning kelib chiqish hududi Jahon hayvonlar sogʻligi tashkilotining tavsiyalariga muvofiq hayvonlarning kasalliklaridan holi boʻlgan hamda mahsulot yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi davlatlarga nisbatan taqiq (cheklov) oʻrnatilmagan taqdirda, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tegishli veterinariya ruxsatnomasi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) veterinariya ruxsatnomalari 1 yildan koʻp boʻlmagan muddatga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda 2026-yil 1-iyulga qadar yaylov yerlarini tiklash boʻyicha Osiyo taraqqiyot bank ishtirokida umumiy qiymati 63 mln AQSH dollariga teng (60 mln AQSH dollarlik kredit va 3 mln AQSH dollarlik grant) loyihani boshlash choralarini koʻrsin hamda ushbu loyiha doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy aholining uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oziqlantirish uchun jamoat yaylovlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) respublikada mavjud yaylov yerlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yaylov yerlari holati va infratuzilmasini tiklash, xususan, sugʻorish quduqlarini qazish, oʻsimlik turlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar (dronlar)dan foydalangan holda urugʻ sepish, yaylovlardan foydalanish boʻyicha zarur tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzurida yaylov yerlarini boshqarish hamda zarur infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha alohida direksiya tashkil qilish orqali ularning masʼuliyati va vakolatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti huzurida yaylov yerlari boʻyicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Maʼlumotlar bazasini boshqarish markazini tashkil etish hamda “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida yaylovlarni boshqarishning yagona axborot tizimini yaratish orqali yaylovlar holatini doimiy monitoring qilish tizimini ishga tushirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda yaylovlar degradatsiyasi va ularda hosildorlik pasayib ketishining oldini olish maqsadida 2025 — 2027-yillarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xorijiy davlatlar, jumladan Xitoy, Mongoliya bilan hamkorlikda yaylovlar degradatsiyasiga qarshi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yaylovlarda serhosil choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini tashkil etish choralarini koʻrib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishda tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil etilsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda oʻzining rasmiy veb-saytida goʻsht hamda yirik va mayda shoxli qoramollarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun veterinariya ruxsatnomasi va sertifikatini olish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish, shu jumladan rad etish holatini ochiq eʼlon qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Goʻsht hamda yirik va mayda shoxli qoramollarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda monopoliyani cheklash va tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Bosh prokuratura Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestridagi xorijiy eksport qiluvchilar va importyorlarni oʻrganib borib, aynan bir xorijiy eksport qiluvchidan mahsulotlarni import qilishda importyorlar ustun mavqega ega boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik holatlarini nazorat qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonida importyorlarning muammolarini tezkorlik bilan hal qilish boʻyicha ishonch telefoni tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining axborot tizimlarining Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha”, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining “e-fito.uz” hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “vis-chegara.uz” axborot tizimlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2025-2026-yillarda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tashkiliy masalalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar ikki oy muddatda tegishli hujjat loyihalarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi moyli va ozuqabop ekinlar urugʻchiligini yaxshilash dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda respublikada qoʻychilik, echkichilik va parrandachilik tarmogʻini rivojlantirish strategiyasini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hududlarda chorva mollari sonini oshirish, sohaga tegishli dasturlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash va davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlar narxlari barqarorligini saqlash uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida himoya qilinishini taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) har yili 1-noyabrga qadar (2025-yil 1-dekabrga qadar) kuz-qish mavsumida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda chorvachilik xoʻjaliklarini ozuqa bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) har chorakda yirik va mayda shoxli qoramollar soni oʻzgarishi, hududlarda goʻsht narxlari holati, dinamikasi, narx oʻzgarishi sabablari va sohaga tegishli dasturlar ijrosi haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda kuz-qish mavsumida respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida muzlatkichli sigʻimlari va omborxonalari mavjud boʻlgan xususiy tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirsin va ularning faoliyati samaradorligini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtiruvchi subyektlarga ular tomonidan mahsulot yetishtirishda sugʻorish tadbirlari uchun oʻz balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foiz qismini Davlat budjetidan qoplab berish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi “Davlat veterinariya nazorati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 148-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bojxona qoʻmitasi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar ijtimoiy muhim turdagi isteʼmol tovarlarining importi boʻyicha maʼlumotlarni (hajmi va summasi) hududlar va korxonalar kesimida eʼlon qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaziy bank har chorak yakuni boʻyicha ijtimoiy muhim turdagi isteʼmol tovarlari narxlari shakllanishi va ularga taʼsir koʻrsatayotgan omillar boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazsin va natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin va rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev hamda J.A. Qoʻchqorov va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-322-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya taqdim etiladigan yoʻnalishlar va shartlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Aylanma mablagʻlar uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha

Kreditni ajratish yoʻnalishlari*

chorva mollari uchun ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqarish;

chorvaning sunʼiy urugʻlarini sotib olish va xususiy veterinariya xizmatlarini koʻrsatish;

ozuqabop ekinlar urugʻlarini xarid qilish;

chorva, parranda va baliqlar uchun tayyor (bugʻdoydan tashqari) va yarim tayyor ozuqa qoʻshimchalarini xarid qilish;

naslli sut yoki goʻsht yoʻnalishida yirik shoxli qoramol, qoʻy, echki, quyon, bir kunlik joʻja va ona baliqlar xarid qilish;

teri va junni qayta ishlash uchun sotib olish;

oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib solish;

vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish

Kredit muddati

6 oygacha imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga

Kredit ajratish maqsadi

Kreditni ajratish yoʻnalishlariga muvofiq faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xomashyo va vositalarini xarid qilish

Kompensatsiya taqdim etiladigan kredit qismi

Kredit miqdoridan qatʼi nazar 3 milliard soʻm (ekvivalent)dan oshmagan qismiga

Foydalanuvchi tadbirkorlik subyekti

Barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlari

Kompensatsiya toʻlovi tartibi

Kredit shartnomasi muddatiga mutanosib ravishda

2. Loyihalarni amalga oshirish va faoliyatni kengaytirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha

Kreditni ajratish yoʻnalishlari*

Chorva mollari ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uskunalarni xarid qilish;

chorvani sunʼiy urugʻlantirish va xususiy veterinariya xizmatlarini koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish;

kushxonalar qurish;

teri va junni qayta ishlash;

ona baliqlarni saqlash, baliqlarni koʻpaytirish loyihalari uchun;

naslli mayda va yirik shoxli chorvani saqlash va koʻpaytirish loyihalari uchun

Kredit muddati

24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatgacha

Kredit ajratish maqsadi

Asbob-uskunalar, maxsus texnika va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish va naslli chorvani saqlash va koʻpaytirish uchun talab etiladigan inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish

Kompensatsiya taqdim etiladigan kredit qismi

Kredit miqdoridan qatʼi nazar 5 milliard soʻm (ekvivalent)dan oshmagan qismiga

Foydalanuvchi tadbirkorlik subyekti

Barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlari

Kompensatsiya toʻlovi tartibi

2+3tamoyili asosida avval kreditning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, keyingi uch yil davomida mahsulot (xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushgan yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan taqdirda, keyingi yillar davomida har oyda toʻlab boriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflarga koʻra kompensatsiya va kafillik tatbiq etiladigan yoʻnalishlar va shartlar roʻyxatini kengaytirish yoki qisqartirishga ruxsat etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishda tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.J. Xatamov

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, Ishchi guruh rahbari

2.

J.O. Urunov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

B.T. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

4.

T.Yu. Rapikov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

5.

J.T. Abduzuxurov

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

6.

M.A. Omarov

transport vaziri birinchi oʻrinbosari

7.

N.K. Musamuxamedov

Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

8.

D.K. Kurbanov

Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi oʻrinbosari

9.

O.S. Oʻsarov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Chorva mollarini kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilish tadbirlarini xususiy sektorga oʻtkazish.

1. Chorvachilik sohasida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xalqaro ekspertlarni jalb qilib, chorva mollarini kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilish tadbirlari yuzasidan oʻrganishlarni oʻtkazish.

2025-yil noyabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Chorva mollarini kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilish tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari va xalqaro ekspertlar tavsiyalaridan kelib chiqib, vaksinatsiya tadbirlariga xususiy sektorni jalb qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Ishlab chiqilgan takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

2.

Xususiy veterinariya xizmatlarini yanada rivojlantirish, jumladan, xususiy sektor tomonidan chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish xizmatlarini koʻrsatishni kengaytirish.

1. Xususiy sektor tomonidan koʻrsatilayotgan veterinariya xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil noyabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Veterinariya qoʻmitasi tomonidan koʻrsatilayotgan veterinariya xizmatlarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

3. Sunʼiy urugʻlantirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning sonini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

4. Sunʼiy urugʻ sifatini nazorat qilish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

5. Har bir tumanda bittadan sunʼiy urugʻlantirish maskanini tashkil etish va zarur uskunalar bilan taʼminlash.

2025-yil dekabr

6. Veterinariya xizmatlarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish hamda sunʼiy urugʻlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

3.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni qayta koʻrib chiqish.

1. Veterinariya va chorvachilik sohalarida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar ularning texnik iqtisodiy asoslariga muvofiq holda amalga oshirilayotganligini oʻrganish.

2025-yil noyabr

Hisob palatasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

2. Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganligini tahlil qilish.

2025-yil dekabr

3. Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini Vazirlar Mahkamasida muhokama qilish.

2025-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(T. Rapikov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya qoʻmitasi

4. Oʻtkazilgan muhokama natijalari, loyihalar samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil dekabr

4.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi faoliyatini qayta koʻrib chiqish.

1. Jamoat xavfsizligi departamenti karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasining veterinariya sohasiga biriktirilgan xodimlarining faoliyatini tahlil qilish.

2. Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasining veterinariya sohasiga biriktirilgan xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni boshqa yoʻnalishlarga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025 yil noyabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

5.

Chorva mollarining naslini yaxshilash, chorvachilik fermer xoʻjaliklarining naslchilikka ixtisoslashuvini kengaytirish, sunʼiy urugʻlantirish koʻlamini oshirish orqali mahalliy mahsuldorligi past boʻlgan sigirlardan zoti yaxshilangan nasl olishni koʻpaytirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish.

1. Sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yanada samarali tashkil etish hisobiga aholi xonadonlaridagi chorva mollari zotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) tomonidan tasdiqlash.

2025-yil dekabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Bandlik vazirligi

2. Mahalliy mahsuldorligi past boʻlgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning iqtisodiy samarasi toʻgʻrisida aholining amaliy koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrish boʻyicha har oyda ish rejalarini tasdiqlab borish va ijrosini taʼminlash.

2026-yil davomida

3. Chorvachilik fermer xoʻjaliklari, naslchilik xoʻjaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida ishlab chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) tomonidan tasdiqlash.

2025-yil dekabr

6.

Chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot platformasini yoʻlga qoʻyish.

1. Veterinariya qoʻmitasi raisi tomonidan chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot oʻtkazib borish.

2. Ochiq muloqot oʻtkazish jarayonini onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Youtube platformasida translyatsiya qilib borish.

3. Ochiq muloqotda bildirilgan takliflarni tahlil qilib, asosli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har oyda bir marotaba

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

7.

Chorvachilik uchun ozuqa mahsulotlarini yetishtirish hajmini koʻpaytirish.

1. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasidagi ozuqabop ekinlar joylashtirilgan yer maydonlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2025-yil dekabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Oʻzagroinspeksiya,

“Oʻzbekkosmos” agentligi

2. Mazkur yer maydonlariga ozuqabop ekinlar ekilishini taʼminlash.

2026-yil hosil yilidan boshlab

3. Ekish koʻzda tutilgan ekinlar haqiqatda ekilganligi holatini Oʻzagroinspeksiya va “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan nazorat qilib borish.

doimiy

4. Veterinariya qoʻmitasi tomonidan ekin maydonlaridan olinadigan hosil hisobidan kelib chiqib, chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlari taʼminotining balansini tayyorlash va tasdiqlash uchun Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasiga (J. Qoʻchqorov) kiritish.

Har yili yanvar oyida

5. Chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlari taʼminotining balansi ijrosini taʼminlash va Veterinariya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida ochiq eʼlon qilib borish.

Doimiy

8.

Chorva mollarini boqish uchun imkoniyatlarni kengaytirish va chorvachilik xoʻjaliklari faoliyatini takomillashtirish.

1. Chorvachilik komplekslariga ajratilgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va yer maydonlaridan samarali hamda maqsadli foydalanilishini tahlil qilish.

2. Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra chorvachilik xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

3. Yer maydonida belgilangan tartibda yengil konstruksiyali bino, suv rezervuari va ozuqa saqlash omborxonalarini qurish boʻyicha tashabbus bildirgan paxta-gʻallachilik va chorvachilik xoʻjaliklarini aniqlash hamda ularning yer maydonlarida qayd etib oʻtilgan komplekslarni qurishga koʻmaklashish.

2025-yil dekabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Oʻzagroinspeksiya

9.

Chorva mollarini identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish.

1. Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida chorva mollarini identifikatsiya qilish ishlari samaradorligini tahlil qilish.

2. Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra identifikatsiya qilish mexanizmlarini ilgʻor xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

10.

Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dastur ijrosini tahlil qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish.

2025-yil noyabr

Veterinariya qoʻmitasi

2. Oʻrganish natijalari va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha Vazirlar Mahkamasida muhokamalar oʻtkazib borish.

Har oyda bir marotaba

Vazirlar Mahkamasi

(T. Rapikov),

Veterinariya qoʻmitasi

3. Hisob palatasi tomonidan mazkur dasturda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganligini baholab borish.

Har olti oyda bir marotaba

Hisob palatasi,

Veterinariya qoʻmitasi

11.

Chorvachilik va uning alohida tarmoqlarini rivojlantirish, moyli va ozuqabop ekinlar urugʻchiligini yaxshilash dasturlarini ishlab chiqish.

1. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda moyli va ozuqabop ekinlar urugʻchiligini yaxshilash dasturini ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yirik shoxli qoramollarni koʻpaytirish, qoʻychilik va echkichilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda parrandachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

5. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yaylovlar degradatsiyasi va ularda hosildorlik pasayib ketishiga olib keluvchi omillarni tahlil qilish hamda yaylovlarni asrash va ularning holatini yaxshilash dasturini ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Parrandasanoat” uyushmasi,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

12.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar va boshqa ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga xorijiy eksport qiluvchi korxonalarni kiritish tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar va boshqa ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda talab etiladigan ruxsatnoma va sertifikatlar soni hamda ularni olish muddatlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, importyor korxonalarga bozorga kirish jarayonlarini soddalashtirish va raqobat muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish, normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Hisob palatasi,

Veterinariya qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

13.

Chorva mollari kasallanishi holatlarini aniqlash va tezkorlik bilan choralar koʻrish tizimini takomillashtirish.

1. Veterinariya qoʻmitasining axborot tizimlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar va maʼlumotlar bazalarini “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasiga toʻliq integratsiya qilish orqali mazkur xizmat va maʼlumotlarni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali taqdim etish imkoniyatini yaratish.

Mazkur tadbirlarni Veterinariya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

2. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida quyidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish imkoniyatini yaratish:

fuqarolar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorva mollari kasallanishi boʻyicha murojaat qilish hamda veterinariya organlari tomonidan mazkur murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha maʼlumotlarni kiritish;

fuqarolar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha murojaat qilish, amalga oshirilgan urugʻlantirish ishlari boʻyicha maʼlumotlarni kiritish hamda fuqarolar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan urugʻlantirish natijalarini tasdiqlash, shuningdek, sunʼiy urugʻlantirilgan chorva mollari reyestrini yuritish;

hudud, korxona va xonadonlar kesimida chorva mollariga qoʻllanilgan vaksinalar va preparatlar boʻyicha reyestrni yuritish, xonadon va tadbirkorlik subyektlari tomonidan vaksina va preparatlar qoʻllanilganligini tasdiqlash.

Mazkur tadbirlarni Veterinariya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

2025-yil dekabr

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Biznes ombudsman,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, malaka oshirish markazi hamda ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

Veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, malaka oshirish markazi hamda ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yetakchi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, oʻquv dasturlari yangilanishi, oʻquv jarayonlariga xorijiy ilmiy pedagog xodimlar jalb qilinishi hamda qoʻshma tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini taʼminlash.

2026-yil dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: 2025-2026-yillarda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “yoʻl xaritasi”dagi topshiriqlar ijrosi Hisob palatasi tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi hamda ijro holati yuzasidan har chorak yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-269-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 3-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ” soʻzlaridan keyin “(keyingi oʻrinlarda — Kompaniya)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “2025-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlaridan keyin “3 (uch) yil muddatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 320-son qaroriga ilovaning 17-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2026-yil 1-yanvardan boshlab paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Yagona billing tizimi va Soliq qoʻmitasining “E-factura” axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy kelishilgan roʻyxatlarga muvofiq mazkur nizomning 10-bandiga asosan hisoblangan subsidiya mablagʻlarini isteʼmolchilarning arizada koʻrsatilgan tijorat banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkazib beradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 07/25/322/1002-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son; 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)