27.10.2025 yildagi 677-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi chegarasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida chinni sanoatini rivojlantirish va chinni sanoati uchun zarur boʻlgan xomashyo zaxiralaridan oqilona foydalanish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining “Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi chegarasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Surxondaryo viloyati hokimligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga ilovaga muvofiq “Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonacidagi tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalari) belgilangan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ikki oy muddatda Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga ushbu qarorga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 27-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
677-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27 oktabrdagi 677-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-banddagi “16 695” raqami “16 691” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-ilovaning 3-pozitsiyasi “Oʻtloq va yaylovlar” ustunidagi “9 425” raqami “9 421” raqami bilan hamda “Jami yer maydoni” ustundagi “10 423,40” raqami “10 419,40” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/677/0982-son)