20.10.2025 yildagi PQ-309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va kadrlar tayyorlash, qurilishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish, barqaror konstruktiv yechimlar, yerosti va yerusti shaharsozligi, “yashil” qurilish, geotexnika va qurilish materiallari yoʻnalishlarida zarur ilmiy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-184-son Farmoni bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatining (keyingi oʻrinlarda — Institut) asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) seysmik xavfsizlikni taʼminlash va barqaror qurilish sohasining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) seysmik va barqaror konstruktiv yechimlar, yerosti va yerusti shaharsozligi, infratuzilma, “yashil” qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalarni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining sifatini, foydalanilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) qurilish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tarixiy va madaniy meros obyektlarining zilzilabardoshlikka oid muammolariga yechimlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) seysmik xavfsizlik va qurilish sohasidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qonunchilikda belgilangan litsenziya talablari asosida seysmik xavfi III va IV toifadagi bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, taʼlim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Institut faoliyatining tashkiliy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Institutga Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) bilan kelishgan holda Universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Institut faoliyati oʻzini oʻzi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va oʻz faoliyatiga mos ixtisosliklar boʻyicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Institut oʻz faoliyatini tashkil etishda Universitetning tegishli laboratoriyalaridan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Institut ilmiy tadqiqotlar doirasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan begʻaraz oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Institut Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Institut oʻz faoliyati doirasida respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining laboratoriyalaridan begʻaraz foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti laboratoriyalarining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institut direktoriga Universitet rektori va Kengashlar bilan kelishgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) zaruratga koʻra Institut tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va belgilangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) moliyaviy va xoʻjalik faoliyati imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xodimlarning ish faoliyatidagi samaradorligi natijalariga koʻra mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Institut faoliyatining moliyaviy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida va ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida oʻtkaziladigan tanlovlarga ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) seysmik xavfsizlik va qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirishdan, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Institut tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan sohaga doir barcha turdagi pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalaridan tushadigan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, dastlabki bosqichda Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar bilan jihozlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qarori asosida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishdan tushgan mablagʻlar hamda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Universitet ikki oy ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) belgilangan tartibda Institut ustavini tasdiqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Institutni Universitetning Toshkent shahri Yunusobod tumani, Yangishahar koʻchasi 9a-uyda joylashgan asosiy binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Institutning ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish, salohiyatini oshirishga qodir tajribali mutaxassislar va ilmiy xodimlardan iborat yuqori malakali kadrlar bilan ochiq tanlov asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar sarflanadigan maqsadlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A. Toʻlaganov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-309-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yosh olimlar kengashi

Ilmiy kengash

Direktor

Xalqaro konsultantlar — maslahatchilar

Ilmiy ishlar va strategik rivojlantirish boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

1

Iqtisodiyot va marketing ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

1

Ilmiy kotib

1

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi laboratoriyasi

6

Sunʼiy intellekt texnologiyalari va raqamli qurilishni rivojlantirish laboratoriyasi

6

Marketing boʻlimi

3

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

2

Xoʻjalik ishlari boʻlimi

2

Geotexnika, gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari laboratoriyasi

6

Barqaror konstruktiv yechimlar,

shaharsozlik va infratuzilma laboratoriyasi

6

Bosh yuriskonsult

1

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar boʻyicha bosh mutaxassis

1

“Yashil” qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalar laboratoriyasi

6

Zilzilabardoshlik boʻyicha

ekspertlar guruhi

(shartnomalarga muvofiq jalb qilinadi)

15

Rejim-maxsus qism (boʻlim) mutaxassisi

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ishlar hajmiga qarab — 60 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar — 34 nafarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar shartnoma asosida qoʻshimcha jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti laboratoriyalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Seysmik faol hududlarda quriladigan aktiv seysmik himoyalash qurilmalariga ega boʻlgan va ega boʻlmagan yuqori qavatli binolarning konstruktiv oʻziga xosliklarini inobatga olgan holda seysmik mustahkamligini hisoblash usullarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bino va inshootlarning texnik holatini monitoring qilishning ilmiy asoslarini yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. Zilzilalarda bino va inshootlarning shikastlanish darajasini baholash hamda ilmiy hajmdor ishlanmalarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bino va inshootlarni seysmik himoyalash uslublarini, yangi konstruktiv yechimlarni hamda koʻp qavatli bino va inshootlarning seysmik xatarini baholash metodikasini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning texnik holatini tadqiq qilish, barcha turdagi bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Grunt bilan oʻzaro taʼsirni va konstruktiv oʻziga xosliklarni hisobga olgan holda yerosti va yerusti inshootlari zilzilabardoshligi nazariyalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Gruntlar mexanikasi va geotexnika tadqiqotlarini rivojlantirish, qurilish materiallarini tajribalar orqali sinash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv omborlarining texnik holatiga taʼsir etuvchi turli omillarni inobatga olgan holda uning seysmik mustahkamligini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yangi qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalarini, konstruksiyalar mustahkamligini tadqiq qilish hamda olingan natijalar asosida amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Yashil” qurilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish. Qurilishda energiya tejamkor materiallar va uslublardan foydalanishni tadqiq qilish. Muqobil energiya manbalaridan (quyosh, shamol, biomassa va boshqalar) foydalanish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish. “Yashil” qurilish standartlari va normativlarini ishlab chiqishda ishtirok etish. Ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiluvchi loyihalarni ishlab chiqish va tadqiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qurilish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish, barqaror konstruktiv yechimlar olish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Barqaror konstruktiv tizimlar boʻyicha tadqiqot olib borish, shaharsozlik tizimlari va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha dasturlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yerosti va yerusti shaharsozligi va infratuzilma muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qurilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yangi ishlanmalar va yuqori texnologiyalarni inobatga olgan holda takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash, oʻrta va uzoq istiqbolda bino va inshootlar hamda muhandislik infratuzilmalarini seysmik xavfdan himoya qilishning strategik yoʻnalishlarida dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sohada fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlash maqsadida oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar hamda monografiyalar tayyorlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning natijalarini tijoratlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, chet el universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari bilan qoʻshma tadqiqotlarda ishtirok etish, tegishli ilmiy yoʻnalishlar va ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish

1.

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish.

1. Institutning mustaqil balansi hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish.

bir oy muddatda

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Institutning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhri va blankalarini shakllantirish.

3. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

4. Institut ilmiy laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

ikki oy muddatda

2.

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlash uchun mablagʻlarni shakllantirish.

1. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-sonli qarori asosida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishdan tushgan 6 milliard soʻm mablagʻlarni Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga oʻtkazish.

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 2 milliard soʻm mablagʻlarni Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga oʻtkazish choralarini koʻrish.

bir oy muddatda

Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishdan tushgan mablagʻlar, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

(K. Sultanov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

3.

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Xizmat hamda koʻchma laboratoriya mashinalari, shuningdek, zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventarlar va boshqa moddiy vositalar roʻyxatini shakllantirish.

bir hafta muddatda

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro va ichki bozorni oʻrgangan holda tijorat takliflarini ishlab chiqish.

ikki hafta muddatda

3. Tender tanlovlari asosida xaridlarni amalga oshirish.

bir oy muddatda

4.

Institutni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangishahar koʻchasi 9a-uyda joylashgan asosiy binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

1. Universitet binosining 2 va 3-qavatidan xodimlar va ilmiy laboratoriyalarga xonalar ajratish.

bir hafta muddatda

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov)

2. Institutga ajratilgan xonalarni zarur uskunalar, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar, tashkiliy texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol va innovatsion panel va monitorlar, videokonferensaloqa jihozlari, zarur boʻlgan barcha turdagi moddiy vositalar bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish.

ikki oy muddatda

5.

Institutga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish.

1. Institutga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov eʼlon qilish.

bir hafta muddatda

Institutga tushgan mablagʻlar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov)

2. Mutaxassis va ilmiy xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

ikki oy muddatda

II. Institutda ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish va takomillashtirib borish

6.

Institut ilmiy kengashini tashkil qilish.

1. Malakali ilmiy xodimlardan ilmiy kengash tarkibini tasdiqlash.

ikki oy muddatda

-

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti

2. Ilmiy kengashning yillik ish rejasini tasdiqlash.

ikki oy muddatda

3. Amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini oʻrnatilgan tartibda muhokamadan oʻtkazib borish.

doimiy

4. Ilmiy kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yillik hisobotni Respublika kengashiga taqdim etish.

doimiy

7.

Institutda tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.

1. Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini belgilash.

ikki oy muddatda

Institutga tushgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov)

2. Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida taʼlim olishni yoʻlga qoʻyish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

2025-yil yakuniga qadar

3. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.

doimiy

8.

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish.

1. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

2025-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov)

2. 05.10.03 — Seysmik xavfsizlik va 05.09.02 — Geotexnika ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish.

2026-yil aprel

9.

Institutning tajribali va yuqori malakali mutaxassis hamda ilmiy xodimlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.

1. Institut xodimlari 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.

uch oy muddatda

Institutga tushgan mablagʻlar,

Jamgʻarma,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov)

2. Har yili kamida 5 nafar xodimni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.

2026-2027-yillar

10.

Institutning xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlash.

1. Institut xodimlarining xorijiy mamlakatlarda sohaga oid oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirok etishini taʼminlash va tadqiqotchilar oʻrtasida tanlovlar tashkil etib borish.

2026-yil yanvar oyidan boshlab

Institutga tushgan mablagʻlar

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti

2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda eʼlon qilish.

doimiy

11.

Institutda seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish boʻyicha ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish.

1. Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan tanlovlarni eʼlon qilish.

har yili 15-yanvarga qadar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar hamda Jamgʻarma mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

(B. Toʻlaganov),

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti,

Innovatsion rivojlanish agentligi

2. Sohaga doir ilmiy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish.

doimiy

3. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash.

2026-yilda boshlab

12.

Qurilish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va raqamli qurilishni rivojlantirish.

1. Xodimlarni sunʼiy intellekt va raqamli qurilish texnologiyalari boʻyicha oʻqitish, maxsus seminarlar va treninglar oʻtkazish.

har yili ikki marta

Institutga tushgan mablagʻlar

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti

2. Qurilish jarayonidagi muammolarni tahlillar asosida aniqlash hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning qoʻllanish imkoniyatlarini oʻrganish.

2026-yil II chorak

3. Ilmiy yondashuvlar asosida sunʼiy intellekt va raqamli qurilish modellarini yaratish.

2026-2027-yillar

III. Global iqlim oʻzgarishi, barqaror qurilish, yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha ilmiy ishlar samaradorligini oshirish

13.

“Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasida barqaror qurilish, shahar infratuzilmasi obyektlarida raqamli boshqaruv tizimini shakllantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Shaharlarni turli tabiiy va antropogen xususiyatga ega boʻlgan salbiy omillardan himoyalashda GIS texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Institutga tushgan mablagʻlar

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti

2. Shaharlarning transport va injenerlik infrastrukturasini raqamli boshqaruv tizimida GIS texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

doimiy

14.

Global iqlim oʻzgarishi jarayonida shaharlarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar ishlarini olib borishni yoʻlga quyish.

1. Shahar infrastrukturasini rivojlantirishda koʻkalamzorlashtirish, atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdorini kamaytirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Institutga tushgan mablagʻlar

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti

2. Turarjoy mavzelarida energiya resurslarini tejash va mikroiqlimni yaxshilashda “yashil” tom, “yashil” devor boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

3. Shahar atmosferasi ifloslanishini kamaytirish boʻyicha hududlarning oʻziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda “yashil” makon, “yashil” belbogʻ, bogʻlar va istirohat bogʻlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

4. “Yashil” qurilish, “yashil” innovatsion mahsulotlarni standartlashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

15.

Serveying (bino va inshootlarning hayotiy faoliyati) boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Loyihaoldi jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Institutga tushgan mablagʻlar hisobdan

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti

2. Loyiha, konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlash, tashish, saqlash hamda qurilish-montaj bosqichidagi kamchiliklarni kamaytirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

3. Ekspluatatsiyani toʻgʻri tashkil etish hamda qurilishda ruxsat etilgan texnik chetlashishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-309-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar sarflanadigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sohada ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni (jumladan davriy nashrlarni) tayyorlash va chop etish, Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) xodimlari tomonidan tayyorlangan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlardagi maqolalar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilmiy-texnik simpozium, anjuman, seminar-trening, koʻrgazmalar, davra suhbatlari oʻtkazish, soha faoliyatiga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish va ularni targʻib etish maqsadida ilmiy, meʼyoriy, uslubiy, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Institut xodimlari va mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash, malaka oshirishi va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish xarajatlarini moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institutning rahbar va xodimlariga qoʻshimcha va ustama haq, mukofot pullari va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash, xodimlarning xizmat safarlari, shu jumladan, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institutni zarur uskunalar, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar, tashkiliy texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur boʻlgan barcha turdagi moddiy qiymatliklar bilan taʼminlash, shuningdek, Institut uchun zarur boʻlgan asosiy vositalar xaridini amalga oshirish, ularni tashish, butlash, saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut faoliyatida zarur boʻladigan joriy xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar, jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xodimlarga, jumladan, xorijiy konsultantlarga uy-joy xizmatlari (ijara) uchun har oylik kompensatsiya toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sohaga oid ishlarda amaliy yordam koʻrsatish, hamkorlik qilish, tajriba almashish, maslahatlar berish maqsadida tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar, jumladan, xorijiy delegatsiyalar uchun sarflanadigan yoʻl, transport, ovqatlantirish xarajatlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari hamda boshqa shu turdagi davlat bayram tadbirlarini oʻtkazish xarajatlarini (jumladan, bino ijarasi, bezatish, konsert tadbirlari, gullar, esdalik sovgʻalari, videoroliklar tayyorlash va efirga uzatish, bayram dasturxoni kabilar) moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Institut faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 07/25/309/0961-son)